Namangan muhandislik pedagogika isntituti "menejment" kafedrasi ismatov r. O., Ahmedov o. T


Strategik rejalashtirish va uning afzalliklari



Yüklə 10,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/147
tarix11.12.2023
ölçüsü10,68 Mb.
#145899
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   147
Namangan muhandislik pedagogika isntituti menejment kafedrasi (1)

 
1.5. Strategik rejalashtirish va uning afzalliklari
Strategik rejalashtirish bo’limining roli va vazifalari axborotlar tuplash va ularni 
ishlash, strategiyani xar yili qayta ko’rib chiqish tizimini yaratish va kelajakda uni 
boshqarishdan iborat bo’ladi. Direktorlar kengashi muxim strategik yunalishlarni 
ko’rib chiqadi va yuqori boshqaruv tizimi tavsiya etgan strategik rejalarni rasmiy 
jixatdan tasdiqlaydi. Mana shu marosim davomida kengash oxir-oqibatda qabo’l 
qilingan strategiya uchun javobgar bo’ladi. 
30


Direktorlar kengashining vazifasi - bu barcha korxonalar yetarli darajada tahlil 
qilib va ko’rib chiqilganligiga xamda taklif etilgan strategik chora-tadbirlar mavjud 
variantlardan eng yaxshisi ekanligiga ishonch xosil qilishdan iboratdir. 
Strategik rejalashtirishning afzalliklari
5
:
1.Ishni tashkil etishni strategiyaning «biz nima qilish uchun xarakat qilayapmiz 
va nimaga erishyapmiz?» degan asosiy aspektga yunaltirilganligini ta’minlash; 
2.Vujudga kelayotgan o’zgarishlar, yangi imkoniyatlar va taxdid solayotgan 
tendentsiyalarga menejerlarning yanada aniq reaktsiya ko’rsatish zaruriyati; 
3.Kapital quyilmalar va personal sonini kengaytirishning muqobil variantlarini 
baholash, ya’ni resurslarni strategik asoslangan va yuqori rentabelli loyixalarga 
oqilona yunaltirish imkoniyati; 
4.Boshqarishning barcha darajalari raxbarlarini karorlarini birlashtirish 
imkoniyati; 
5.Faol raxbarlikka yaxshi imkoniyatlar yaratadigan va o’zgarishlarga passiv 
reaktsiya ko’rsatish tendentsiyalariga karshilik qiladigan muxitni yaratish. 
 
 
1.6. Kompaniyani boshqarishda direktorlar kengashining o’rni va vazifalari 
Yuqorida ko’rib o’tilgan strategik boshqarish vazifalarining xar biri doimiy tahlil 
va qarorlar qabo’l qilishni talab etadi: ishni belgilangan yo’nalishda davom ettirish 
kerakmi yoki unga o’zgartirishlar kiritish kerakmi? CHunki strategik menejment 
doimiy xarakatdagi jarayondir.
5)Bu besh vazifa bir-biridan ajralgan xolda bo’lmay , ular o’zaro o’zviy 
boglangan. Masalan, kompaniyaning missiyalariga bogliq masalalar mauyyan 
maqsadlar bilan jips boglangan; 
6)bu besh vazifa aloxida xolda amalga oshirilmaydi; 
7)strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish ogir jarayon xisoblanadi va 
menejerlardan turli xil xarakatlarni talab qiladi
8)strategik menejmentga doimiy yetarli etibor berish strategiyani 
takomillashtirish zaruriyati va uni amalga oshirish usullarini yangilash strategiyaning 
sifati, samaradorligini oshirish uchun xar bir xodimdan talab qilinadi. 
Strategik boshqaruvning asosiy bosqichlari
6
.
Strategik boshqaruvning asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat: 
1. Biznes sohasini aniqlash va Korxonaning asosiy maqsadini ishlab chiqish. 
2. Korxonaning asl maqsadini aloxida o’zoq muddatli va qisqa muddatli faoliyat 
maqsadlariga aylantirish. 
3. Faoliyat maqsadlariga erishish strategiyasini belgilash. 
4. Strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish 
5. Faoliyatni baholash, vaziyatni ko’zatib borish va unga to’zatishlar kiritish. 

Yüklə 10,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə