Pul tushunchasi va uning funktsiyalari. Pul agregatlari



Yüklə 25,08 Kb.
səhifə1/2
tarix23.12.2023
ölçüsü25,08 Kb.
#157878
  1   2
bozor muozanati


Pul bozorida muvozanat
Reja:
Pul tushunchasi va uning funktsiyalari. Pul agregatlari.
Pulga talabning klassik nazariyasi.
Pulga talabning keynscha nazariyasi.
Bozor iqtisodiyotiing mazmuni va uning asosiy belgilari.
Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari
Bozor tushunchasi, uning vazifalari va turlari.


  1. Pul tushunchasi va uning funktsiyalari. Pul agregatlari. Pul – iktisodiyot sub`ektlari mulkining bir turi bo`lib, mulkning boshka turlaridan ikki xususiyatiga ko`ra fark kilad:birinchidan,pul yukori likvidliliklar, ya`nikiska muddatda, sezilarsiz sarf - xarajatlar bilan boshka buyumga ayirboshlanish kobiliyatiga ega; ikkinchidan baxolar o`zgarmas bo`lgan sharoitda pul yoki xech kanday daromad keltirmaydi, yoki uning daromadliligi darajasi boshka mulk turlarinikidan ancha kam.SHunga karamasdan kishilar nima uchun mulk sifatida pulga egalik kilishga xarakat kiladilar? Bu savolga javobni pulning funktsiyalaridan topamiz. Odatda pulning uch asosiy funktsiyasi mavjud deb karaladi.

Bular :1) to`lov vositasi (almashinuv vositasi);kiymat o`lchovi vositasi,. jamgarish( boylik to`plash) vositasi. Umumiy ekvivalentlilik, yukori likvidlilik xususiyatlari pulni ideal to`lov vositasiga aylantiradi.Xozirgi zamon iktisodiyotida to`lovlar uch yo`l bilan amalgam oshiriladi: 1)nakd pul to`lovi; 2) bankdagi xisobvaraklarda yozuv orkali, ya`ni nakd bo`lmagan pul ko`chirish orkali; 3) bir shaxsning ikkinchi shaxsga karzdorliligini tasdiklovchi xujjatlar( veksellar, karz majburiyatlari) yordamida. Kiymat o`lchovi sifatida pullar tovarlarbaxosini ifodalaydi va turli tovarlar kiymatini takkoslashimkonini beradi. O`z tovari uchun olganpulini sotuvchi doim xam birdaniga ishlatvermaydi. SHu sababga ko`ra pullar ularga o`tkazilgan kiymatni saklab turishlarijuda muxim. Agar pulaytilgan xususiyatga ega bo`lsa, unda u boylik to`plash maksadida
jamgariladi. Pulning bu funktsiyasini mukobil tarzda mulkningboshka turlari - obligatsiyalar, aktsiyalar, ko`chmas mulk xam bajarishi mumkin. Rivojlangan iktisodiyot sharoitida pulning to`lov vositasi sifatidagi vazifasi jamgarish vositasi vazifasiga nisbatan muximrok ao`xamiyat kasb etadi. Pulning yukori likvidliligi va kiymatni saklab turishi xususiyatlar barcha turdagi to`lov vositalarida bir xil emas. Nakd pullar va muddatsiz depozitlarning likvidliligi djarajasimuddatli depozitlarga yoki veksellarga karaganda yukorirok. SHu sabablipul massasilikvidlilik darajasining pasayib borishi tamoyiliga asoslangan agregatlarga bo`linadi. Rivojlangan mamlakatlarda pul massasini aniklashda - M1; M2; M3; M4 deb belgilanadigan pul agregatlaridan foydalaniladi.

Pul agregatlarining tarkibi va mikdori turli mamlakatlarda o`zaro fark kilish mumkin. Kuyida umumlashtirib olingan pul agregatlari tarkibini keltiramiz: “M0 - bank tizimidan tashkaridagi nakd pullar va tijorat banklarining Markaziy bankdagi rezervlari; M1 = M0 + muddatsiz depozitlar, yo`l cheklari vaboshkalar; M2 =M1 +(mikdori va muddati cheklangan) muddatli depozitlarva boshkalar ; M3 = M2+(mikdori va muddati cheklanmagan) muddatli depozitlar va
boshkalar”* Makroiktisodiy taxlilda M1va M2 pul agregatlari eng ko`p foydalaniladi. Pul agregatlarining dinamikasi turli sabablarga boglik. Masalan, daromadlarning oshishi natijasida M1ga talab tezrok o`ssa, foiz stavkasining o`sishi natijasida M 2 va M3ga talab M1 ga nisbatan tezrok o`sadi.


  1. Pulga talabning klassik nazariyasi.

Pulning mikdoriy nazariyasi pulga bo`lgan talabni almashinuv tenglamasi yordamida aniklaydi: M · V = P · Y Bu erda: M – muomaladagi pul mikdori; V – pulning aylanish tezligi; P – baxolar darajasi (baxo indeksi); Y – real YAIM. Pulning aylanish tezligi, iktisodiyotda bitimlar tarkibi nisbatan barkaror bo`lganligi uchun xam doimiy kattalik deb kabul kilinadi. Ammo bank tizimiga xisob-kitoblarni tezlashtiruvchi texnik vositalar joriy kilinishi natijasida u o`zgarishi mumkin. V doimiy bo`lgan sharoitda almashtirish tenglamasi kuyidagicha bo`ladi: M · V* = P · Y(Fisher tenglamasi),bundan: P · Y M=----------- V* P · Y – nominal YAIM mikdorini bildirishini vadoimiy mikdorligini xisobga olsak, muomala uchun zarur bo`lgan pul mikdori ishlab chikarilayotgan tovarlar va xizmatlar mikdori va ularning baxosi o`zgarishlariga, boshkacha aytganda, nominal YAIM o`zgarishiga boglik. Muomaladagi pul massasining o`zgarishi, klassik nazariyaga ko`ra, Y sekin o`zgarishi tufayli asosan baxolar darajasiga ta`sir ko`rsatadi. Bu xolat “pulning neytralligi” nomini olgan. Monetaristlar koidasiga ko`ra xukumat pul massasining o`sish sur`atini, real YAMMning o`rtacha o`sish sur`ati darajasida ta`minlab tursalar iktisodiyotda baxolar darajasi barkaror bo`ladi.


Yüklə 25,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə