Namangan muhandislik pedagogika isntituti "menejment" kafedrasi ismatov r. O., Ahmedov o. T


Raqobat kurashida muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlikning kalit omillari



Yüklə 10,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/147
tarix11.12.2023
ölçüsü10,68 Mb.
#145899
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   147
Namangan muhandislik pedagogika isntituti menejment kafedrasi (1)

 
3.6. Raqobat kurashida muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlikning kalit omillari 
 
Agar rorxona yoki kompaniya o’z raqiblarining xatti xarakatlarini kuzatib
bormasa u ko’zini bog’lab olib raqobatlashmoqchi bo’lgan xisoblanadi. Xuddi
shaxmatdagidek raqobat kurashida xam raqibining keyingi yurishini oldindan
ko’ra bilish bebaho axamiyatga egadir. Agar raqibining keyingi qadamini
48


bilmasa, kompaniya Galaba qozonolmaydi. Bu boradagi raqobat kurashi quyidagi
yo’nalishlarda olib boriladi
21

1-Raqiblar strategiyasini aniqlash.
Buning uchun raqib kompaniya
faoliyatining asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlari, uning bozordagi mavqei, strategik
maqsadlari raqobat strategiyasi o’rganiladi. 
2-Kelajakda tarmoqning yetakchisi bo’lishi y’ki yetakchi bo’lgan
Korxonalarni aniqlash.
Buning uchun xar bir korxonaning potentsial
imkoniyatlarini o’rganib ularning ichidan boshqalardan o’zib ketish y’ki o’zib
bo’lgan korxonalar belgilanadi. Kelajakda qaysi korxonalar o’z mavqeini
yo’qotadi , qaysi biri yetakchi bo’lishi mumkinligini to’g’ri belgilash korxonaning
strategiyasini tuzishda muxim axamiyat kasb etadi. 
3-Raqiblarning keyingi qadamini oldindan ko’ra bilish.
Agressiv raqib
odatda qandaydir yangi strategik qadam qo’yadi. O’zining bozordagi mavqeidan
qanoatlanadigan korxonalar esa amaldagi strategiyasini saqlab turadi. Omadsiz
korxonalarning axvoli shu qadar yomon bo’ladi-ki, ular yaxshi o’ylanmagan
bo’lsa xam xujumga o’tishga majbur bo’ladilar. 
Raqibning keyingi qadamini oldindan aytib berish uchun o’sha kompaniyadagi
vaziyatni raxbariyatning kayfiyatini, ularning fikrlash tarzini bilish lozim. Raqib 
xaqida axborot yig’ishga qaratilgan razvedka faoliyati uning xarakatlarini oldindan
bilish va samarali qarshi choralar ko’rish imkonini beradi. 
Muvaffaqiyatning asosiy omillari (MAO) - muayyan tarmoqdagi moliyaviy va 
raqobatli muvaffaqiyatning asosiy belgilovchi omillaridir. Ularni aniqlash - strategiya 
ishlab chiqishning asosiy yo’nalishlaridan biridir. Ular strategiyani ishlab chiqishda 
hal qiluvchi rol o’ynashi mumkin, biroq ular turli tarmoqlarda turlicha bo’ladi. Odatda 
bir tarmoqqa shunga o’xshash uch-to’rtta omil xarakterli bo’lib, ularning bir-ikkitasi 
eng muhimi bo’lib, tahlilning vazifasi ularni aniqlashdan iborat bo’ladi. 
Quyida MAOning turlari va ularning tarkibiy qismlari sanab o’tilgan
22

1. Texnologiyaga bog’liq omillar: 
- ilmiy tadqiqotlarning saviyasi; 
- ishlab chiqarish jarayonlarida innovatsiyalarga qodirlik; 
- mahsulotda innovatsiyalarga qodirlik; 
- mazkur texnologiyada ekspertlarning roli. 
2. Ishlab chiqarish bilan bog’liq omillar: 
- kam xarajatli ishlab chiqarishning samaradorligi (ishlab chiqarish ko’lamidan 
tejash, to’plangan tajriba samarasi); 
- ishlab chiqarish sifati; 
- yuqori fond qaytimi; 
- ishlab chiqarish xarajatlarning kam bo’lishi, kafolatlanadigan xolda 
joylashtirilishi; 
- tegishli malakali ishchi kuchi bilan ta’minlash,
- yuqori mexnat unumdorligi (ayniqsa ko’p mehnat talab qiladigan sohalarda); 
- arzon loyixalashtirish va texnik ta’minot; 
- ishlab chiqarishning model va o’lchamlarning o’zgarishiga moslashuvchanligi. 
3. Taqsimlash bilan bog’liq omillar: 
- distribyutorlar/dilerlarning qudratli tarmog’i; 
21
Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland.p. 120
22
Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland. p.124
49


- chakana savdodan tushadigan daromadlar extimoli; 
- kompaniyaning o’z tarmog’i; 
- tez yetkazib berish. 
4. Marketing bilan bog’liq omillar: 
- savdoning yaxshi sinalgan, tekshirilgan usuli; 
- qulay, arzon servis va texnik xizmat ko’rsatish; 
- xarid talablarini aniq qondirilishi; 
- tovarlar diapazonining kengligi; 
- tijorat san’ati; 
- jozibali dizayn va upakovka
- xaridorlar uchun kafolatlar. 
5. Malakaga bog’liq omillar: 
- noyob istedodlar; 
- sifatni nazorat qilish «nou-xau»si; 
- loyixalash sohasidagi ekspertlar; 
- texnologiya sohasidagi ekspertlar; 
- aniq va sodda reklama qilish qobiliyati; 
- ITTKI bosqichida ishlab chiqarish natijasida yangi mahsulotlarni xosil qilish va 
ularni tez bozorga olib chiqa olish. 
6. Tashkilotning imkoniyatlariga bog’liq omillar: 
- oliy darajadagi axborot tizimlari
- o’zgarib turgan bozor sharoitlariga tez moslasha olish qobiliyati; 
- boshqaruv maxorati va boshqaruv sohasidagi «nou-xau»larning mavjudligi. 
7. MAOning boshqa turlari: 
- ijobiy imidj va obro’; 
- o’zini peshqadam deb xis qilish; 
- qulay joylashuv; 
- xushmuomala va muloyim xizmat ko’rsatish; 
- patent ximoyasi; 
- umumiy xarajatlarning kamligi. 
Bundan tashqari, tarmoqning jozibadorligiga umumiy baho berish lozim 
(«Menejment asoslari» kursiga qarang)
 
Muvaffaqiyatning kalit omillari (M.K.O)-bu raqobatbardosh bo’lish va
moliyaviy barqarorlikka erishish uchun rorxona ta’minlashi lozim bo’lgan raqobat
imkoniyatlari va faoliyat natijalaridir. M.K.O shunday omillarki, ularga korxona 
aloxida etibor berishi kerak, chunki ular korxonaning muvaffaqiyati yoki
muvaffaqiyatsizligini belgilab beradi. Masalan: pivo sanoatida ishlab chiqarish 
quvvatlarining to’liq bandligini ta’minlash shunday omilga kiradi. (bu ishlab 
chiqarish xarajatlarini minimallashtirib beradi) M.K.O xar bir tarmoqda o’ziga xos
xususiyatga , ko’rinishga ega bo’ladi. Ayrim tarmoqlarda MKOlar 3-4ta bo’lishi
mumkin, lekin xal qiluvchi axamiyatga 1 yoki 2 tasi ega bo’ladi.
 
Tarmoq va undagi raqobat tahlilining pirovardida tarmoqning jozibadorligi
aniqlanadi. Buning uchun quyidagi ko’rsatkichlar asos qilib olinadi: 
A-tarmoqning o’sish imkoniyatlari 
B-xarakatlantiruvchi kuchlarning tarmoqqa ijobiy yoki salbiy ta’sir
ko’rsatishi: 
V-Tarmoqqa yirik korxonalarning kirish (chiqish) imkoniyatlari: 
G-Talabning barqarorligi: 
50


D-Raqobat kuchlari ta’sirining kuchayishi yoki zaiflashishi: 
E-Tarmoq oldida turgan muammolarning jiddiyligi: 
J-Tavakkalchilik va noaniqlik darajasi: 
Z-Raqobat natijasida tarmoqdagi daromad darajasining pasayishi yoki
ko’tarilishi.

Yüklə 10,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə