Namangan muhandislik-texnologiya instituti



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   169
biologiya

tranzitsiya
 deyiladi.  
b)  purin  asosini  pirimidin  asosi  bilan  yoki  aksincha  pirimidin  asosini  purin 
bilan almashishiga 
transversiya
 deb nomlanadi. 
Spontan  tranzitsiyada  vodorod  bog’larni  hosil  bo’lishi  o’zgaradi.  Natijada 
adenin  guanin  xossasiga,  guanin  adeninning,  sitozin  timinning,  timin  esa 
sitozinning  xossasiga  ega  bo’ladi.  Transversiya  esa  ultrabinafsha  nurlar  ta'sirida 


 
 
amalga oshadi. 
Gen  mutatsiyasining  ikkinchi  turida  DNKdagi  nukleotidlarning  joylashgan 
o’rni o’ zgaradi. DNK spiralidagi nukleotidlarning j oylashgan o’ rnini o’ zgarishi 
ham  mutagen  omillar  masalan,  proflovin  ta'sirida  sodir  bo’ladi.  Bu  mutagen 
ta'sirida  DNK  zanjiridan  bir-ikkita  nukleotidlar  tushib  qolishi  yoki  uning  orasiga 
kirishi  kuzatiladi.  Oqibatda  DNK  zanjiridagi  gen  tarkibida  nukleotidlar  izchilligi 
o’zgaradi.  Aksariyat  ko’pchilik  gen  mutatsiyalari  shunday  yo’l  bilan  paydo 
bo’ladi.  Qayd  qilingan  usulda  oqsil  molekulasi  tarkibidagi  aminokislotalarning 
kodi  va  antikodonida  o’zgarish  ro’y  beradi.  Chunonchi,  lizin  aminokislotasining 
kodi  AAA  dan  UAA  ga  o’zgarishi,  glutamin  kodi  SAG  dan  UAG  ga  o’zgarishi 
mumkin.  Har  qanday  aminokislota  kodini  mutatsiya  tufayli  terminator  UAG 
kodiga  o’zgarishi  polipeptid  zanjiri  sintezini  ertaroq  tugallanishiga  olib  keladi. 
Mabodo  tRNK  antikodonida  mutatsiya  sodir  bo’lsa  terminatsiya  hodisasi  ro’y 
bermaydi  va oqsil  molekulasidagi aminokislotalar  miqdori o’zgarmasa ham  uning 
tuzilishi  o’zgaradi.  Demak,  gen  mutatsiyasi  DNK  molekulasidagi  nukleotidlar 
izchilligini  o’zgarishi  bilan  aloqador  bo’lib,  u  ko’p  hollarda  oqsil  molekula 
tuzilishini o’zgarishiga olib keladi. 
Gen mutatsiyalari retsessiv va dominant xillarga ajraladi. Retsessiv mutatsiya 
xromosomalari  diploid  to’plamli  organizmlarda  geterozigota  holatda  fenotipda 
namoyon bo’lmaydi. Lekin kelgusi avlodlarda ana shunday geterozigotali Aa : Aa 
organizmlar  o’zaro  chatishsa  retsessiv  mutatsiya  gomozigota  (aa)  holatga  o’tib, 
fenotipda  ko’zga  tashlanadi.  Ulardan  farqli  ravishda  dominant  mutatsiyalar 
geterozigota holatda ro’yobga chiqadi. 
  Gen  allelini  o’zgarishiga  ko’ra  mutatsiya  ikki  xil:  to’g’ri  va  teskari 
mutatsiyalarga  bo’linadi.  To’g’ri  mutatsiyada  dominant  allel  mutatsiya  tufayli 
retsessiv allelga ya’ni A   a ga aylanadi. Teskari mutatsiyada esa aksincha retsessiv 
allel (a) dominant allel (A) ga o’zgaradi (a   A). Ayrim holatlarda mutatsiya tufayli 
bir genning ko’p xil holati yuzaga kelishi mumkin. Bunday vaqtlarda A geni a
1
, a
2

a
3
, a
4 … 
allellarini  hosil  qiladi,  ya’ni  ko’p  tamonlama  allelizm  amalga  oshadi. 
Lekin,  diploid  to’plamli  gomologik  xromosomalarda  ana  shu  allellarning  faqat 


 
 
ikkitasigina uchraydi. 
   

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə