hisoblanadi. Biroq moddalar almashinuvining anabolitik va katabolitik yo‘llari
o‘zaro mos kelmaydi. Masalan, glikogenning latat kislotagacha parchalanishida 12
ta ferment ishtirok etib, ularning har biri bu jarayonning alohida bosqichini
katalizlaydi. Glikogenning laktat kislotadan hosil bo‘lishi jarayoni esa 9 ta
fermentativ reaksiyalardan iborat bo‘lib, ular tegishli katabolik reaksiyalarning aksi
hisoblanadi. Xuddi shunga o‘xshash oqsillar bilan aminokislotalar yoki yog‘lar
bilan faollashgan atsetat kislota o‘rtasida kechadigan anabolik va katabolik
reaksiyalar ham o‘zaro mos kelmaydi. Moddalar almashinuvining reaksiyalari
hujayraning ma'lum qismlari – kopartamentlarda amalga oshadi. Masalan, glikoliz
jarayoni
hujayra
sitoplazmasida,
gidrolitik
parchalanish
reaksiyalari
–
lizosomalarda, lpidlarning hosil bo‘lishi silliq endoplazmatik to‘rda, oqsillar
biosintezi ribosomalada ro‘y beradi. Moddalar almashinuvining umumiy
bosqichlari bir-biri bilan doimo bog‘langan bo‘ladi. Moddalar almashinuvining
asosiy oraliq moddasi piruvat kislota karbonsuvlar, lipidlar va oqsillar almashinuvi
reaksiyalarini o‘zaro bog‘lab turadi.
Barcha tirik organizmlar uchun xos bo‘lgan hujayra darajasidagi moddalar
almashinuvi, asosan, bir xil usulda boshqariladi. Bunda biokimyoviy
jarayonlarning jadalligi va yo‘naltirilganlgi fermentlar faolligiga ta'sir ko‘rsatish,
ularning hosil bo‘lishi yoki parchalanishini boshqarish orqali amalga oshadi.
Yuksak darajada rivojlangan organizmlarda moddalar almashinuvi ko‘shimcha
boshqaruv mexanizmlariga ega. Moddalar almashinuvi nerv tizimi orqali va
gormonal yo‘l bilan ham boshqarib tuziladi.(
ўсимлик х.ралари хақида мисол
келтириш)
Dostları ilə paylaş: