bo‘lganidan ularda kislota va ishkor xususiyatlari bor. Asosan ana shu
guruhlarning dissotsiatsiyasi natijasida molekulalarning yuzasi musbat (+) va
manfiy (-) elektr zaryadlariga ega.
Faqat aminokislotalardan tashkil topgan oqsillar oddiy oqsillar deyiladi.
Bundan tashqari oddiy oqsillarning oqsil bo‘lmagan boshqa moddalar bilan
birikishidan hosil bo‘lgan murakkab yoki kon'yugatsiyalangan oqsillar ham
bo‘ladi. Bular jumlasiga oddiy oqsillarning uglevodlar bilan qo‘shilishidan kelib
chiqqan - glikoproteidlar, yog‘ kislotalari, xolesterin va fosfolipidlar tutadigan
lipoproteidlar, tarkibida temir kompleksi - gem tutuvchi gemoglabin va bir qator
oksidlovchi
fermentlar
kabi
gemproteidlar,
nuklein
kislotalar
tutuvchi
nukleoproteidlar kiradi. Oqsil tizimining o‘rganilishi ularni (masalan insulin)
sintez qilish imkonini yaratdi.
Oqsillar tarkibiga azot, uglerod, vodorod, kislorod, oltingugurt va ba'zan
fosfor kiradi.
Dostları ilə paylaş: