|
Namangan muhandislik-texnologiya institutiTakroriy va tahliliy chatishtirishbiologiya11.2.Takroriy va tahliliy chatishtirish
Birinchi avlod duragayini gomozigota holdagi dastlabki ota yoki ona
organizmi bilan chatishtirishga
takroriy chatishtirish
yoki bekkros deyiladi.
Takroriy chatishtirish natijasida olingan avlod F
b
bilan belgilanadi. Demak,
takroriy chatishtirishda Aa x AA yoki Aa x aa sxemada o’tkaziladi.
Dominant belgili organizmlar genotipi gomozigota yoki geterozigota
ekanligini aniqlashtirish uchun
tahliliy chatishtirish
olib boriladi. Bunda tahlil
qilinayotgan organizm retsessiv belgili organizm -aa bilan chatishtiriladi. Agar
bunday chatishtirishdan olingan F
b
duragay bir xil belgili bo’lsa, u holda
chatishtirishda qatnashgan dominant belgili organizm gomozigota, mabodo F
b
da
ham dominant belgili, ham retsessiv belgili organizmlar rivojlansa, u holda
chatishtirishda qatnashgan dominant belgili organizm geterozigota hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|