Namangan muhandislik-texnologiya instituti


Diduragay va poliduragay chatishtirish



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   169
biologiya

 
11.3.Diduragay va poliduragay chatishtirish 


 
 
Duragaylash  uchun  olingan  ona  va  ota  organizmlar  bir-birdan  ikki  juft 
qarama-qarshi belgilari bilan farq qilsa, ular diduragay chatishtirish deb ataladi. 
G.Mendel diduragay chatishtirish uchun sariq, silliq donli no‘xot bilan yashil 
burushgan  (g‘adir-budur)  donli  no‘xotni  chatishtiradi.  Natijada  olingan 
duragaylarning  birinchi  avlodi  (F
1
)  sarik,  silliq  donli  bo‘lib  chiqadi.  Bu  tajribada 
donning  sariq  va  silliq  belgilari  dominant,  yashil  va  burishgan  belgilari  retsessiv 
belgilar ekanligi ma'lum bo‘ldi. 
Mendel duragaylarning birinchi avlodini o‘zidan changlatib, ikkinchi avlodini 
oldi  va  ularda  dominant  hamda  retsessiv  belgilarning  nisbati  9:3:3:1  bo‘lishini, 
ya'ni  har  16  ta  dondan  9  ta  sariq,  silliq  donga;  3  ga  yashil  silliq;  3  ta  sariq 
burushgan  va 1 ta  yashil  burushgan don  hosil bo‘lishini  (har 16 ta donning 9 tasi 
dominant belgilarga. 1 tasi retsessiv belgilarga. 6 tasi aralash belgilarga ega bo‘lib 
chiqishini) aniqladi. 
Tajribada  ona  va  ota  o‘simliklariga  xos  bo‘lmagan  yashil,  silliq  va  sariq, 
burushgan  donlarning  olinishini  G.Mendel  har  xil  juft  belgilarning  mustaqil 
holatda  nasldan-naslga  o‘tish  qonunidir,  deb  ta'rifladi.  Keyinchalik  bu  qoida 
Mendelning uchinchi qonuni deb nomlandi. 
Mendel qonunlarida duragaylarning fenotip va genotip bo‘yicha parchalanish 
nisbatlari berilgan. 
Fenotip  bu  organizmning  belgi  va  xususiyatlaridir.  Genotip  esa  shu  belgi  va 
xususiyatlarni  nasldan-naslga  olib  o‘tadigan  genlardir.  Belgi  va  xususiyatlarning 
rivojlanishi  uchun  ma'lum shart-sharoitlar kerak. Aks  holda organizmda  gen bo‘la 
turib, belgi yoki xususiyat yuzaga kelmasligi mumkin.  
Bir-biridan  uchta  na  undan  ortiq  alternativ  belgilar  bilan  farq  qiladigan 
organizmlarni  chatishtirish  poliduragay  chatishtirish  deyiladi.  Poliduragay 
duragaylarning  ikkinchi  bo‘g‘inida  (F

da)  belgilar  bo‘yicha  ajralish  diduragay 
duragaylariga  nisbatan  ancha  murakkab  bo‘lib,  ularda  ham  irsiyat  qonuniyatlari 
kuzatiladi. 
Agar  diduragay  chatishtirishda  hosil  bo‘ladigan  gametalar  soni  4  tani,  ular 
kombinatsiyasi 16 ta bo‘lib, sinflar soni  fenotip bo‘yicha 4 tani,  genotip bo‘yicha 


 
 
esa 9 tani tashkil etsa, triduragay chatishtirishda hosil bo‘ladigan gametalar soni 8 
tani, ular kombinatsiyasi 64 ta bo‘lib, sinflar soni fenotip bo‘yicha 8 tani, genotip 
bo‘yicha 27 tani tashkil etadi. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə