bo’ladi. yashil patli urg’ochi va erkak to’tilarni o’zaro chatishtirilsa F
2
avlodida
9/16 yashil, 3/16 havorang patli, 3/16 sariq patli, 1/16 oq patli to’tilar paydo
bo’ladi. Bunday natija ilgari qayd qilinganidek, diduragaylarda belgilarning to’liq
irsiylanishida fenotip bo’yicha namoyon bo’lgan edi. Lekin unda ota-ona o’zaro
ikki belgisi bilan farqlanadi. Vaholanki, xoldor to’tilarda esa ota-ona to’tilar bir
belgisi - pat rangi bilan farqlanadilar xolos. Shunga ko’ra pat rangining rivoji ikki
xil allel bo’lmagan genga bog’liq degan xulosaga kelamiz.
U holda havorang patli to’tilarning genotipi AAbb, sariq patli to’tilar genotipi
aaBB, oq patlilarniki aabb va yashil patlilarniki AaBb holatda bo’ladi deb taxmin
qilamiz. Taxminimiz qanchalik to’g’ri ekanligini oydinlashtirish maqsadida
havorang va sariq patli erkak va urg’ochi to’tilarni chatishtirib, birinchi va ikkinchi
avlod duragaylar genotipini va fenotipi aniqlaymiz. (7-rasm)
Dostları ilə paylaş: