Namangan muhandislik-texnologiya instituti



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   169
biologiya

F
2
  da  belgilarning  nisbatini  9:3:3:1  nisbatda  bo’lishi.
  Bunga  misol 
tariqasida  xoldor  to’tilarni  chatishtirish  bo’yicha  o’tkazilgan  tajriba  natijasini 
keltiramiz.  Qush  boquvchilarga  tanish  bo’lgan  xoldor  to’tilarning  pati  4  xil: 
havorang,  sariq,  yashil  va  oq  rangda  bo’ladi.  Agar  havorang  urg’ochi  to’tilar  oq 
patli  erkak  to’tilar  bilan  chatishtirilsa,  F
1
  dagi  erkak  va  urg’ochi  to’tilarning  pati 


 
 
havorang bo’ladi. Mabodo F
1
 dagi erkak va urg’ochi to’tilar o’zaro chatishtirilsa F
2
 
da  75%  havorang,  25%  oq  rangli  to’tilar  rivojlanadi.  Bundan  ikki  xil  xulosaga 
kelish mumkin. 
1-xulosa. 
To’tilarda  pat  rangini  ifoda  qiluvchi  genlar  jinsiy 
xromosomalarda emas, balki autosomalarda joylashgan. 
2-xulosa. 
Patning  ikki  xil  rangda  bo’lishi  bitta  genning  ikki  xil  allel 
holatiga bog’liq. 
Xuddi  shunday  natija  sariq  rangli  to’tilarni  oq  rangli  to’tilar  bilan 
chatishtirganda  ham olinadi. Yuqoridagi  ikki  xil chatishtirish tafsiloti  quyidagicha 
yoziladi. 
 
belgilarning  to’liq  irsiylanishiga  o’xshash  ekanligini  tushunish  qiyin  emas. 
Shunga  asoslanib  xoldor  to’tilarda  pat  rangi  bir  genning  ikki  xil  allel  holatiga 
bog’liq  degan taxminni ilgari suramiz  va  uning qanchalik  to’g’ri ekanligini  bilish 
uchun  yuqorida  ikki  xil  chatishtirishda  qatnashgan  to’tilarning  genotipini  yozib 
chiqamiz. 
 
Bu  ikki  chatishtirish  natijasida  sariq  patli  to’tilarning  genotipini  aniqlash 
qiyinchilik  tug’diradi.  Bundan  tashqari  agar  ikki  xil  chatishtirishda  dominant 
bo’lgan belgi ya’ni havorang va sariq patli xoldor to’tilarning erkak va urg’ochisini 
o’zaro  chatishtirilsa,  F
1
  avloddagi  erkak  va  urg’ochi  to’tilarning  pat  rangi  yashil 


 
 
bo’ladi.  yashil  patli  urg’ochi  va  erkak  to’tilarni  o’zaro  chatishtirilsa  F
2
  avlodida 
9/16  yashil,  3/16  havorang  patli,  3/16  sariq  patli,  1/16  oq  patli  to’tilar  paydo 
bo’ladi. Bunday  natija  ilgari qayd qilinganidek, diduragaylarda belgilarning to’liq 
irsiylanishida  fenotip  bo’yicha  namoyon  bo’lgan  edi.  Lekin  unda  ota-ona  o’zaro 
ikki  belgisi  bilan  farqlanadi.  Vaholanki,  xoldor  to’tilarda  esa  ota-ona  to’tilar  bir 
belgisi - pat rangi bilan farqlanadilar xolos. Shunga ko’ra pat rangining rivoji ikki 
xil allel bo’lmagan genga bog’liq degan xulosaga kelamiz. 
U holda havorang patli to’tilarning genotipi AAbb, sariq patli to’tilar genotipi 
aaBB, oq patlilarniki aabb va yashil patlilarniki AaBb  holatda bo’ladi deb taxmin 
qilamiz.  Taxminimiz  qanchalik  to’g’ri  ekanligini  oydinlashtirish  maqsadida 
havorang va sariq patli erkak va urg’ochi to’tilarni chatishtirib, birinchi va ikkinchi 
avlod duragaylar genotipini va fenotipi aniqlaymiz. (7-rasm)
 
       

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə