tranzitsiya
deyiladi.
b) purin asosini pirimidin asosi bilan yoki aksincha pirimidin asosini purin
bilan almashishiga
transversiya
deb nomlanadi.
Spontan tranzitsiyada vodorod bog’larni hosil bo’lishi o’zgaradi. Natijada
adenin guanin xossasiga, guanin adeninning, sitozin timinning, timin esa
sitozinning xossasiga ega bo’ladi. Transversiya esa ultrabinafsha nurlar ta'sirida
amalga oshadi.
Gen mutatsiyasining ikkinchi turida DNKdagi nukleotidlarning joylashgan
o’rni o’ zgaradi. DNK spiralidagi nukleotidlarning j oylashgan o’ rnini o’ zgarishi
ham mutagen omillar masalan, proflovin ta'sirida sodir bo’ladi. Bu mutagen
ta'sirida DNK zanjiridan bir-ikkita nukleotidlar tushib qolishi yoki uning orasiga
kirishi kuzatiladi. Oqibatda DNK zanjiridagi gen tarkibida nukleotidlar izchilligi
o’zgaradi. Aksariyat ko’pchilik gen mutatsiyalari shunday yo’l bilan paydo
bo’ladi. Qayd qilingan usulda oqsil molekulasi tarkibidagi aminokislotalarning
kodi va antikodonida o’zgarish ro’y beradi. Chunonchi, lizin aminokislotasining
kodi AAA dan UAA ga o’zgarishi, glutamin kodi SAG dan UAG ga o’zgarishi
mumkin. Har qanday aminokislota kodini mutatsiya tufayli terminator UAG
kodiga o’zgarishi polipeptid zanjiri sintezini ertaroq tugallanishiga olib keladi.
Mabodo tRNK antikodonida mutatsiya sodir bo’lsa terminatsiya hodisasi ro’y
bermaydi va oqsil molekulasidagi aminokislotalar miqdori o’zgarmasa ham uning
tuzilishi o’zgaradi. Demak, gen mutatsiyasi DNK molekulasidagi nukleotidlar
izchilligini o’zgarishi bilan aloqador bo’lib, u ko’p hollarda oqsil molekula
tuzilishini o’zgarishiga olib keladi.
Gen mutatsiyalari retsessiv va dominant xillarga ajraladi. Retsessiv mutatsiya
xromosomalari diploid to’plamli organizmlarda geterozigota holatda fenotipda
namoyon bo’lmaydi. Lekin kelgusi avlodlarda ana shunday geterozigotali Aa : Aa
organizmlar o’zaro chatishsa retsessiv mutatsiya gomozigota (aa) holatga o’tib,
fenotipda ko’zga tashlanadi. Ulardan farqli ravishda dominant mutatsiyalar
geterozigota holatda ro’yobga chiqadi.
Gen allelini o’zgarishiga ko’ra mutatsiya ikki xil: to’g’ri va teskari
mutatsiyalarga bo’linadi. To’g’ri mutatsiyada dominant allel mutatsiya tufayli
retsessiv allelga ya’ni A a ga aylanadi. Teskari mutatsiyada esa aksincha retsessiv
allel (a) dominant allel (A) ga o’zgaradi (a A). Ayrim holatlarda mutatsiya tufayli
bir genning ko’p xil holati yuzaga kelishi mumkin. Bunday vaqtlarda A geni a
1
, a
2
,
a
3
, a
4 …
allellarini hosil qiladi, ya’ni ko’p tamonlama allelizm amalga oshadi.
Lekin, diploid to’plamli gomologik xromosomalarda ana shu allellarning faqat
ikkitasigina uchraydi.
Dostları ilə paylaş: |