Har bir hayvon va o‘simlik hujayralarida uchraydigan organelladir
(eritrotsitning yetuk shaklidan tashqari). Sitoplazmada bir tekis joylashadi, lekin
ba'zan ular qaerda energiya ko‘proq kerak bo‘lsa, o‘sha yerda to‘planadi.
Hujayralardagi mitoxondriyalarning sonini aniq aytish qiyin. Ularning
miqdori hujayra tipiga va funksional holatiga bog‘liq bo‘lib, bitta buyrak
hujayrasida ularning soni 1000 taga yetadi. Mitoxondriya ikki qobiq bilan o‘ralgan.
Gialoplazmadan ajratib turuvchi tashqi membranasining qalinligi taxminan 60 Å
bo‘lib, shu organellaning o‘tkazuvchanlik xususiyatini belgilasa kerak. Tashqi
membrana endoplazmatik to‘r bilan bog‘langan bo‘ladi. Ichki tarafda yotuvchi
ichki mitoxondrial membrana tashqi membranadan farqli ravishda, tekis bo‘lmay
krista deb ataluvchi, matriksga botib kiruvchi o‘simtalar hosil qiladi. Bu
membrananing ham qalinligi taxminan 60 Å ni tashkil qiladi. Ichki membranalar
orasidagi bo‘shliq mayda donador moddalar bilan to‘lgan bo‘lib, matriks deb
ataladi. Mitoxondriya matriksida elektron zich donador tuzilma (ribosoma) va
nozik ipchalar (DNK) mavjud. Mitoxondriya ichki membranasida ATF sintezi
jarayoni ketadi.
Mitoxondriya matriksida o‘ziga xos oqsil sintez jarayoni ham yuz beradi. Bu
yerda RNK, DNK molekulalari, ribosomasi va mitoxondriya ichki oqsillari
aniqlangan. Lekin bu oqsil sintezi mahsulotlari mitoxondriya funksiya bajarishi
uchun yetarli emas.
Dostları ilə paylaş: