Namangan muhandislik-texnologiya instituti



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   169
biologiya

Plastidalar 
Plastidalarni-Levenguk 1676 yilda kashf etgan. Xloroplastlar tarkibida xlorofill, 
karotin  va  ksantofill,  xromoplastlarda  esa  ksantofill  va  karotin  pigmentlari  bor. 
Plastidalar  stroma  hamda  pigmentlar,  protein  va  lipid,  mineral  elementlardan 
tashkil  topgan.  Plastidalar  qo‘sh  membranali  oqsil-lipidli  qobiqqa  ega.  Plastidalar 
tarkibida  ko‘p  miqdorda  turli  fermentlar  bo‘lib,  ular  moddalar  almashinuvi 
jarayonida  biokatalizator  sifatida  ishtirok  etadi.  Plastidalar  o‘simlik  hujayrasida 
zahira  moddalarning  hosil  bo‘lishi  va  almashinuvida  asosiy  rol  o‘ynaydi.  Uch  xil 
plastidalar  mavjud:  leykoplast,  xloroplast  va  xromoplast.  Rangli  plastidalar 
tarkibida  pigmentlar  bo‘ladi.  Xloroplastlar  tarkibida  xlorofill,  karotin  (qizil)  va 


 
 
ksantofill (sariq), xromoplastlarda esa ksantofill va karotin pigmentlari bor. 
Leykoplastlar-tarkibida  pigmentlar  uchramaydi,  ichki  membranasi  kuchsiz 
rivojlangan.  Leykoplastlarning  quyidagi  turlari  mavjud:  tarkibida  kraxmal 
to‘plovchi  amiloplastlar;  oqsil  saqlovchi  proteinoplastlar;  moy  to‘plovchi 
elayoplastlar  yoki  oleoplastlar;  etioplastlar  qorong‘i  joyda  o‘sgan  o‘simliklarda 
hosil  bo‘ladigan  rangsiz  plastidalar  hisoblanadi.  Bunday  sharoitda  o‘sgan 
o‘simliklar qorong‘ilikdan yorug‘likka o‘tqazilsa, hujayradagi etioplastlar tezlikda 
xloroplastlarga  aylanadi.  Leykoplastlar  embrional  to‘qima  hujayralarida,  sporalar 
sitoplazmasida  va  urg‘ochi  gametalarida,  urug‘larda,  tuganak  va  ildiz, 
piyozboshlarda  hamda bir pallali o‘simliklarning epidermisida  uchraydi. Ularning 
asosiy vazifasi kraxmal, oqsil hamda moylar kabi zahira moddalarni to‘plashdir. 
Xloroplastlar-qo‘sh  membranasi  oqsil-lipid  tuzilmali  organella.  Uning  ichki 
qismidagi  tilakoidlarida  xlorofill  va  karotin  pigmentlari  joylashadi.  Tarkibida 
magniy tutadigan xlorofill gemoglobindagi gemga 
o‘xshash bo‘ladi. Xlorofill tirik organizmlar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 
fotosintez  jarayonini  amalga  oshiradigan  pigment.  Xloroplastlar  o‘lchami,  katta 
kichikligi,  tarkibida  DNK  mavjudligi  va  replikatsiya  qilish  xususiyatiga  ega 
bo‘lishi bilan  mitoxondriyaga o‘xshaydi. Dastlabki  kraxmal  xloroplastlarda sintez 
bo‘ladi. Xloroplastlar o‘simlik organlarining yer yuzasidagi qismlari: barg, qisman 
poya,  gul,  meva  va  urug‘larida  uchraydi.  Xloroplastlarda  fotosintez  jarayonini 
boshqaradigan  fermentlar  bo‘lib,  ular  kraxmal,  oqsil,  yog‘  kislotalari  va 
fosfolipidlarni  sintez  qiladi.  G  igant  xloroplastlar  suvo‘tlarida  uchrab,  xromatofor 
deb yuritiladi. 
Xromoplastlar-dastlab  1837  yilda  I.Berselius,  keyinchalik  1885  yilda 
A.Shimper tomonidan aniqlangan. Gultojibarglardagi  xromoplastlar changlatuvchi 
hasharotlarni jalb qiladi, har xil rangda bo‘yalgan meva qatidagi xromoplastlar esa 
qushlar va hayvonlar tomonidan yeyilib, ular orqali atrofga tarqaladilar. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə