Namangan muhandislik-texnologiya instituti



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   169
biologiya

Ribosomalar 
Ribosomalarda  aktiv  aminokislotalar  kondensatsiyasi,  hamda  ularning 
polipeptid  bog‘ga  terilib  oqsil  sintezi  ro‘y  beradi.  Ribosoma  RNK  va  oqsildan 
tashkil topgan. Ribosoma tarkibiga aktiv bo‘lmagan ribonukleaza, latent holatdagi 
dezoksirubnukleaza,  aktivlashgan  leytsinaminopeptidaza,  β-  galaktozidaza  va 
boshqa  fermentlar  kiradi.  Ribosoma  o‘zida  ko‘p  miqdorda  magniy  va  sezilarli  oz 


 
 
miqdorda kalsiy tutadi. Ribosomalar mayda subbirliklardan iborat har bir subbirlik 
bitta yuqori polimer ribosomal RNK molekulasini va oqsilni tutuvchi ribonukleotid 
moddadir.  Ular  yadrochada  sintezlanadi.  Subbirliklar  orasida  yoriq  ko‘rinadi. 
Ribosoma subbirliklarining birlashishi sitoplazmada ro‘y beradi. 
Fibrillyar tuzilmalar – ipsimon strukturalardir. 
Hujayrada turli filamentlar uchraydi: 
1.
 
Aktinli  –  tropomiozin  va  troponin  oqsillari  bilan  bog‘liq  aktin  oqsilidan 
tashkil topadi.  
2.
 
Miozinli  –  miozin  oqsilidan  iborat,  aktinli  filamentlarning  zich  birikishidan 
hosil bo‘ladi.  
3.
 
Oraliq  filamentlar  –  ba'zan  tutamlar  –  fibrillalar  hosil  bo‘ladi.  Masalan: 
ko‘ndalang – targ‘il mushaklarda aktin va miozin mikrofilamentlar birgalikda 
miofibrillalarni  hosil  qiladi.  Ular  muskul  qisqarishini  ta'minlaydi.  Nerv 
hujayralari  filamentlar  tutami  neyrofibrilla,  epiteliy  hujayrasi  filamentlar 
tutami tonofibrillar deb ataladi.  
Mikrofilamentlar  sitoplazmaning  chetki  yuzalarida  tutamlar  hosil  qilib 
joylashadi. Ayniqsa, sitoplazmaning periferik qismlarida va membrana ostida ko‘p 
miqdorda  bo‘ladi.  Ba'zi  hujayra  membranasi  integral  oqsillari  aktin  filamentlari 
bilan  bog‘lanadi.  Bunday  bog‘lanish  hujayraning  amyobasimon  harakatida  va 
shaklini  o‘zgartirishida  ishtirok  etadi.  Mikrofilamentlar  hujayra  bo‘linishida  ham 
ishtirok  etadi,  ikki  qiz  hujayraning  ajralishini  ta'minlaydi.  Mikrovorsinkalar 
tarkibida  ham  aktin  mikrofilamentlari  borligini  ko‘rish  mumkin.  Mikrofilamentlar 
mikrovorsinkalarning 
plazmatik 
membranaga 
birikishini 
ta'minlaydi. 
Mikrovorsinkalar  ostida  miozin  filamentlari  joylashib,  ular  mikrovorsinkalar 
qisqarishida ishtirok etadi.  

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə