Mikronaychalar
– silindrsimon diametri 24 nm bo‘lgan tuzilma bo‘lib,
sitoskelet va boshqa organoid (sentriola, kiprikchalar va xivchinlar)ning asosiy
struktur birligi hisoblanadi. Tubulin oqsilidan tuzilgan. Mikronaychalar doimiy
tuzilmalar emas. Ular tarkibidagi tubulin oqsili molekulalari parchalanib ketishi va
qayta yig‘ilishi mumkin.
Yadro
Yadro – genetik axborotni saqlash, uzatish, uni ko‘payishini va oqsil
biosintezini ta'minlaydi. Irsiy axborotni saqlanishi va tutib turilishi uning
almashtirib bo‘lmaydigan strukturasi DNK, ya'ni hujayra bo‘linish oldidan ikki
hissa ortuvchi tuzilma bilan bog‘liq (replikatsiya). Yadro ichida DNK
molekulalarida informatsion, transport va ribosomal RNK transkripsiya va sintezi
bo‘lib o‘tadi. Yadro ichida yadrochada hosil bo‘lgan rRNK va sitoplazmadagi
ribosomalar tomonidan sintez qilingan va yadroga o‘tgan oqsildan ribosoma
subbirliklari hosil bo‘ladi.
Interfazada yadro xromatin, karioplazma, yadrocha va yadro qobig‘idan
iborat bo‘ladi. Xromatin hromasomasining interfazadagi holati, u to‘rsimon
despirallashgan holatda – euxromatin yoki spirallashgan zichlashgan holati –
geteroxromatin bo‘ladi. Euxromatin qismida hujayra oqsil biosinteziga yo‘nalgan
transkripsiya va reduplikatsiya jarayonlari kechadi. Spirallashgan (zichlashgan)
xromatin sintetik funksiyalarni bajarmaydi. Xromatinning tarkibida DNK (40%),
gistonli oqsil (~60%) va RNK (1%) mavjud. DNK irsiy axborotni kodlovchi
to‘rtta azot asosidan iborat, ular – adenin, guanin, sitozin, timin. Gistonlar lizin va
arginin aminokislotalariga boy ishqoriy muhitga ega oqsillardir. Ular butun DNK
ipi uzunligi bo‘yicha bloklar holatida joylashgan. Har bir blokda DNK bilan
nukleosoma hosil qiluvchi 8 tadan giston joylashgan. Yadroning nogiston oqsillari
yadroda to‘r xosil qilib, yadroning oqsilli matriksini hosil qiladi. Bundan tashqari,
yadroda RNP (ribonukleoproteid) oqsillari bilan birikkan iRNK ni o‘zida tutuvchi
perixromatinli fibrillalar, perixromatinli va interxromatinli donalar (granulalar)
mavjud.
Yadrocha.
Odatda yadro bazofil bo‘yaluvchi 1-4 yadrocha tutadi. DNK
ning yadro hosil qiluvchi qismlarida rRNK sintezlanib, bu RNK yadrocha sohasida
oqsil bilan o‘raladi va ribosoma subbirliklari hosil bo‘ladi. Ular yadrochadan
chiqib, sitoplazmadagi oqsil sintezida ishtirok etadi. Elektron mikroskopik
tadqiqotlar yadrocha 2 ta komponentdan: donador (periferik qismida) va fibrilladan
(markaziy qismidan) iborat ekanligini ko‘rsatdi.
|