Ma’naviyat daqiqasi
Tanlash ... tanlash doim azoblidir. Va bu har doim zarar etkazadi. Bilaman.
REJA.
1)O’zgaruvchan o’lchovlar haqida ma’lumot
2)Misollar orqali tushuntirish
Bilib oldim
Bilishni xoxlayman
Bilaman.
Tushunchalar
1)O’zgaruvchan ladlar qanday bo’ladi?
2) lad o’zi nima va qanday turlari bor?
18-Mavzu: O’zgaruvchan o’lchovlar.
Reja:
O’zgaruvchan o’lchovlar haqida ma’lumot
Misollar orqali tushuntirish
O‘zgaruvchan metr musiqa asari davomida o‘zgarib turadigan metrga aytiladi. O‘zgaruvchan metr tekis va notekis almashinadi. Tekis, ya’ni vaqti-vaqti bilan almashinadigan metrning o‘lchovlari kalit yonida ketma-ket joylashgan ikkita kasr raqam bilan ifodala- nadi
Notekis almashinadigan metrning o‘lchovlari har bir o‘zgarish yuz berganda takt boshida qo‘yiladi.
Murakkab taktda cho‘zimlarning guruhlanishida uni tashkil qiladigan oddiy o‘lchovlar alohida guruhcha tarzda bir-biridan ravshan ayrilishi zarur. Oddiy o‘lchovli guruhchalarda, yuqorida aytilganidek, mayda cho‘zimlarni guruhlash qoidalariga rioya qi- lish lozim.
Metr turlari uning ikki hissaligi va uch hissaligi hamda ular- ning turlicha qo‘shilishlari asosida barpo bo‘ladi.
Oddiy metr (yoki oddiy takt) deb bitta kuchli hissani o‘z ichiga olgan, ikki yoki uch hissadan tashkil topgan metrga deyiladi.
Oddiy metrlar ikki hissali va uch hissali metrlarga ajraladi va quyidagi o‘lchovlarda o‘z ifodasini topadi:
ikki hissali o‘lchovlar — 2/2, 2/4, kamdan-kam 2/8, 2/16.
2/2 o‘lchov alla breve deyiladi va o‘rniga ф belgi qo‘llaniladi.
uch hissali o‘lchovlar — 3/2, 3/4, 3/8, kamdan kam 3/16.
Bir turdagi murakkab metrlar, o‘z navbatida, ikki hissali va uch hissali metrlarga ajraladi.
Murakkab ikki hissali metrlar oddiy ikki hissali metrlar qo‘shilishi natijasida hosil bo‘ladi. Ulardan to‘rt hissali metr (2 hissa + 2 hissa) ko‘p qo‘llaniladi — 4/4, 4/2, 4/8. 4/4 o‘lchovi C belgi bilan ham belgilanishi mumkin (28-misolga qarang).
Murakkab uch hissali metrlar oddiy uch hissali metrlar qo‘shilishi natijasida hosil bo‘ladi. Ulardan olti hissali (3+3) va to‘qqiz hissali (3+3+3) metrlar keng tarqalgan: 6/4, 6/8; 9/4, 9/8.
6/4=3/4+3/4.
Murakkab metrda yozilgan misollar musiqa adabiyotida ko‘p uchraydi.
Aralash metrlar ikki va uch hissali metrlar qo‘shilishi natijasida hosil bo‘ladi. Ulardan besh hissali metrlar (3+2 yoki 2+3) ko‘proq uchrab turadi: 5/4=2/4+3/4, 5/4=3/4+2/4; 5/8
Dostları ilə paylaş: |