Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., Nurmurodov t. I., Umirov f. E



Yüklə 11,81 Mb.
səhifə13/159
tarix29.11.2023
ölçüsü11,81 Mb.
#140710
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   159
Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., N

Kgigr. = K1/U

bu yerda: K - namunaning kritik (maksimal) namligi;


K1 - tajriba yo’li bilan aniqlanadigan kinetik konstanta.

Gigroskopiklik shkalasi va ko‘rsatkichlari turli xududlarda qisman farq qiladi.


Yopishqoqlik: - ma’lum tashqi sharoitda dispers materialning turli darajadagi kattalik va mustaxkamlikka ega bo‘lgan aglomeratlarni hosil qilish xossasidir. Yopishqoqlik aniq standart sharoitda tekshirib olingan aglomeratlarning mustaxkamligi bilan tavsiflanadi.
Suvda eruvchan mineral o‘g‘itlarni donadorlanish, tarkibidagi namligini kamaytirish, donachalar mustaxkamligini oshirish, maxsulotni omborga joylashtirish yoki qoplashdan oldin sovutish, uni saqlashda saqlash sharoitini ta’minlaydigan germetiklikni ta’minlash natijasida uning yopishqokligini kamaytirilishi mumkin.
Elanish: bu o‘g‘itni solishda tuproqda bir tekisda taqsimlanishi uchun mashinalarning ta’minlovchi va tashlovchi qurilmalaridan o‘g‘itning tushishni belgilaydigan xususiyatidir. Tashlovchi qurilmalarda o‘g‘itlarning bir tekisda taqsimlanishi sepiluvchanligi (xarakatchanligi) orqali aniqlanadi. Zamonaviy mashinalar bilan o‘g‘itlarni solishda ularning bir tekisda taqsimlanishi o‘g‘itlarning donadorlik (fraksiyali) tarkibiga bog’liq bo‘ladi.
Donachalarniig mustaxkamligi - o‘g‘itlarni tashish, saqlash va tuproqqa solishdagi donadorlik darajasining saqlanishidir. U namlikka, kristallarning joylashish o’lchami, shakli va zichligiga, boshqa yuzalarga ishqalanish tabiatiga va hokazolarga bog’liqdir. Donachalarning mustaxkamligi dinamik mustaxkamlik ishqalanishga mustaxkamligi R va statik mustaxkamlik Ro - bilan tavsiflanadi. Dinamik mustaxkamlik ma’lum balandlikdan tashlanganda donachalarning maydalanishi soni bilan; donachalarning ishqalanishga mustaxkamligi - ishqalanishi tekshirilganda hosil bo‘ladigan kukun ulushi bilan tavsiflanadi. Statik mustaxkamligi ularni bir tekislik bo‘yicha qisishdagi mustahkamlik chegarasi bilan tavsiflanadi.

Yüklə 11,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə