Ilova - 1
Fizik kattaliklar o‘lchov birliklar sistemasi
Butun dunyoda XX asrning o‘rtasigacha bir nechta o‘lchov sistemasi mavjud edi: MKGSS - metr, kilogramm - kuch va sekundaga asoslangan texnik sistema; SGS - santimetr, gramm va sekundaga asoslangan metrik sistema; MTS - metr, tonna, sekunda, hamda turli sistemasiz birliklarga asoslangan sistema.
O‘lchov birlik sistemalarining ko‘pligi juda katta noqulayliklar, fan, texnika va ishlab chiqarishning turli sohalarida xalqaro munosabatlarni qiyinlashtirgan.
1960 yili o‘lchov va tarozilar XI bosh konferensiyasida Xalqaro birlik sistemasi (SI) qabul qilindi.Ushbu sistemaga o‘tish mexanik, elektrik, issiqlik va boshqa fizik kattaliklarni o‘lchashning bir xilligini ta’minlaydi, ularning aniqligini oshiradi va hisoblash formulalarini soddalashtiradi.
Xalqaro sistemasi (SI)da, asosiy o‘lchov birliklari quyidagilar:
№
|
Kattalik
|
Birlik nomi
|
Belgisi
|
1
|
Uzunlik
|
Metr
|
m
|
2
|
Massa
|
Kilogramm
|
kg
|
3
|
Elektr toki kuchi
|
Amper
|
A
|
4
|
Temperatura
|
Kelvin
|
K
|
5
|
Yorug‘lik kuchi
|
Kandela
|
kd
|
6
|
Modda miqdori
|
Mol
|
mol
|
Undan tashqari, standartda yana ikkita qo‘shimcha birlik nazarda tutilgan:
Yassi burchak
|
Radian
|
rad
|
Fazoviy burchak
|
Steradian
|
sr
|
Kattaliklar orasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi hosilaviy birliklar o‘lchamlari fizika tenglamalari yordamida aniqlanadi. Quyida keltirilgan I1-1 jadvalda Xalqaro birliklar sistemasining asosiy, qo‘shimcha va ko‘p ishlatiladigan hosilaviy, hamda boshqa sistemadagi birliklarning SI birliklariga o‘tkazish koeffitsientlari keltirilgan.
Yuqorida keltirilgan nisbatlardan tashqari quyidagi birliklar tez-tez uchrab turadi:
uzunlik - 1 mkm=10-6 m; Angstrem =10-10m=10-8sm=0,1 Nm; massa - 1 t =1000 kg, 1 sentner = 100 kg; temperatura - Farengeyt gradusi 10F=[5/9(t-32)+273,15]K; t0C=(t+273,15)K; chastota 1 Gs = 1 s-1; 1 ayl/s = 1 Gs.
Undan tashqari quyidagi birliklar ham qo‘llanadi: 1 milya (qadimgi rus) = = 7,468 km; 1 milya (dengiz) = 1,852 km; 1 milya (quruqlik) = 1,609 km; 1 dyuym = =2,54 sm; 1 sarjin = 3 arshin = 7 fut = 2,1336 m; 1 arshin = 71,12 sm; 1 fut = =12 dyuym = 0,3048 m; 1 funt = 0,4536 kg; 1 funt-kuch = 4,448 Nyuton.
Dostları ilə paylaş: |