12-ma’ruza: elektr toki reja



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix24.05.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#112691
  1   2   3   4   5   6   7
12-ma\'ruza



12-MA’RUZA: ELEKTR TOKI 
REJA: 
1. Tokning xosil bo‘lish sharti. Tok kuchi va zichligi.
2.Om va Djoul-Lens qonunining integral va differensial ifodalari. 
3.Berk zanjir uchun Om qonuni.
4.Tarmoqlangan zanjirlar.
5.Kirxgof qoidalari. 
 
Tayanch iboralar: 
Elektr toki. Tokning kuchi va zichligi. Om va Djoul-Lents qonunlarining integral 
va differentsial ko’rinishlari.
O‘tkаzgichlаr, yarim o‘tkаzgichlаr, dielektriklаr, elektr toki, 
o‘tkаzuvchаnlik toki, konvektsion tok, tok kuchi, o‘zgаrmаs tok, tok zichligi, elektr tokining mаnbаi, 1 Om, 
o‘tkаzgichning qаrshiligi, solishtirmа elektr o‘tkаzuvchаnlik, qаrshiliklаrni pаrаllel vа ketmа-ket ulаsh, 
mаnbаni elektr yurituvchi kuchi, tаshqi kuchlаr, ichki qаrshilik, Om qonunlаri, tok zаnjiri, tugun, Kirxgof 
qoidаlаri. 
Tokning xosil bo’lish sharti. Tok kuchi va zichligi.
Agar o‗tkazgichning ikki nuqtasi orasidagi potentsiallar ayirmasi doimiy saqlansa
(

1
-

2
=
const
), o‗tkazgichichidan noldan farqli maydon hosil bo‗ladi. Bu maydon o‗tkazgichdagi 
erkin zaryadlarning bir tomonga yo‗nalgan tartibli harakatini yuzaga keltiradi. Bu holda musbat 
zaryadlar o‗tkazgichning katta potentsialli nuqtasidan kichik potentsialli nuqtasiga, manfiy 
zaryadlar esa, aksincha harakatlanadilar. 
Elektr zaryadining tartibli harakatiga 
elektr toki
deb aytiladi. 
Elektr tokini metallarda erkin elektronlarning, elektrolitlarda musbat va manfiy 
ionlarning, gazlarda esa musbat,manfiy ionlar va elektronlarning harakati hosil qiladi. 
Tok kuchi
deb, o‗tkazgichning ko‗ndalang kesimi yuzasidan vaqt birligi ichida o‗tgan elektr 
zaryadiga miqdor jihatidan teng bo‗lgan fizik kattalikka aytiladi. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə