Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., Nurmurodov t. I., Umirov f. E



Yüklə 11,81 Mb.
səhifə19/159
tarix29.11.2023
ölçüsü11,81 Mb.
#140710
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   159
Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., N

2.4. FOSFATLI XOM ASHYOLARNI BOYITISH


Fosfatli rudalardan tarkibida fosfor tutgan minerallarni va qo‘shimcha jinslarni maksimal darajada ajratish uchun ularni ham birlamchi qayta ishlanadi (masalan, elanadi va yuviladi), ham asosiy flotatsiyalashda - ikkilamchi boyitiladi.


Donador toshsimon rudalarda turli miqdordagi fosfatli moddalar tutgan turlicha kattalikdagi donachalar tuproq, qum kabi bekorchi jinslar bilan aralashgan holda bo‘ladi. Tuproq va qum singari bekorchi mayda jinslar elash yoki yuvish orqali ajratiladi. Bunda oz miqdordagi fosfatli moddalar tutgan 0,5 mm dan mayda zarrachalar ajratiladi. Qolgan material tarkibida 22-25% gacha P2O5 bo‘ladi. Ko‘p xollarda qoldiq sinflar bo‘yicha ajratiladi va fosfat miqdori eng ko‘p bo‘lgan maxsulotning u yoki bu (masalan, +10 yoki -25+1 mm li sinfdagi) fraksiyasi olinadi. Bu rudaning donadorlik tarkibi yoki ulardagi Р2O5 va qo‘shimchalar miqdori bo‘yicha farqlanadigan bir necha fraksiyalari (konsentratlar) ga bog‘likdir. Xuddi shunday tarzda chig‘anoqli fosforit rudalarini birlamchi boyitiladi. Masalan, tarkibida hammasi bo‘lib 5-10% Р2O5 bo‘lgan past navli Maardu rudasini ezish va maydalash - asosiy minerallarning amaliy klassifikatsiyasi, tarkibida 26-27% Р2O5, bo‘lgan -0,5 + 0,25 mm li va tarkibida 25-25,5% Р2O5, bo‘lgan -0,074 mm li fraksiyalarda fosfatlarning to‘planishi bilan sodir bo‘ladi.
Apatit-nefelinli ruda va qatlamli fosforitli ruda (masalan, Qoratog‘) ham turli darajadagi yiriklikdagi zarrachalarda fosfat minerallarining xar xil tarkibda bo‘lishi bilan tavsiflanadi.
Apatit-nefelinli rudani tanlab maydalanishi va 1 mm li elakda elanishi natijasida tarkibida 36-37% Р2О5 bo‘lgan konsentrat olinadi. Ammo bunda Р2О5 ning konsentratga ajratib olish darajasi 50% dan oshmaydi.
Birlamchi konsentratlar yoki yuvilgan fosforitlar ishlab chiqarish uchun ham, flotatsiyalash yo‘li bilan ikkilamchi boyitishdan oldin rudani dastlabki ajratish uchun ham fosforitli rudalarni birlamchi quruq yoki ho‘l boyitiladi. AKSHda tarkibida -15% P2O5 tutgan Florida fosforit rudalari xo‘l elash va gidroseparatsiyalash orqali o‘tga sinfga ajratiladi. Tarkibida 30-40% Р2O5 tutgan -1,3-1,4 mm ulchamli zarrachalardan iborat yirik fraksiya va tarkibida 34-35% Р2O5 tutgan 0,25-1,3 mm zarrachali o‘rta fraksiya maxsulot sifatida olinadi. Qo‘shimchalarning asosiy massasi to‘plangan 0,25 mm dan kichik bo‘lgan mayda fraksiya flotatsiyali boyitiladi va tarkibida 34-35% Р2O5 tutgan konsentrat olinadi. Bunda rudadagi 65-70% gina Р2O5 maxsulotga ajratib olinadi, qolgan fosfatlarning uchdan bir qismi quyqum va chiqindilar shaklida yo‘qotiladi. Yuqori konsentratsiyali Tenessi koni rudalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri boyitilmasdan ishlatiladi, past navli rudalar esa navlarga ajratish va yuvish orqali boyitiladi.
Respublikamizda Qizilqum fosforit konsentratlari va Qozog‘iston Respublikasidan olinadigan Qoratog‘ fosforit konsentratlari ishlatiladi. MDX. mamlakatlarida Xibin apatit konsentratlari; Qoratog‘, Egorev va Kingisepp flotatsiyali fosforit konsentratlari; Vyatsk, Egorev, Aktyubinsk, Maardu, Kursk va Bryansk yuvilgan fosforitlari hamda birlamchi fosforit konsentratlari va boshqalar ishlatiladi. Har bir fosforit rudasini boyitish tarkibidagi qo‘shimchalar va fosfatlarni ajratib olish darajasiga muvofiq holda o‘ziga xos xususiyatga egadir.
«Qoratog‘» kombinatida yuqori sifatli rudani quruq maydalash yo‘li bilan ham, kambag‘al fosforitli rudani boyitish orqali ham kislotali qayta ishlash uchun fosfatli xom ashyo ishlab chiqariladi. Bunda xattoki fosforit tarkibida 23,3% Р2O5 va 3,6% MgO bo‘lganda ham mavjud boyitish usullari orkali tarkibida 27,9% Р2O5 va 2,45% MgO bo‘lgan flotatsiyali konsentrat olinadi. Bundan tashqari, Qoratog‘ fosforitlarini boyitish - ma’lum miqdordagi xom ashyo yo‘qotilishi bilan bog‘liq qimmatbaxo jarayondir. Flotatsiyali konsentratdagi 1 t Р2O5 ning tannarxi boshlang‘ich rudani quruq maydalashdan olinadigan fosforit uniga nisbatan 2,5-3 marta qimmatdir. Flotatsiyalashda boyitiladigan rudadan Р2O5 ning maxsulotga ajralish darajasi 63-65% ni tashkil etadi, ya’ni boyitish jarayonida 35% fosfatli modda yukotiladi. Boyitish fabrikasining tarkibida 16-18% Р2O5 va 4-6% MgO tutgan chiqindisi ishlatilmaydi.
Temir rudali fosforitlarni boyitish uchun magniyli separatorlardan foydalaniladi. Fosforitlarni boyitishda ularga termin ishlov berish usuli ham ishlatiladi. Bunda fosforitlar 400-800°C da aylanuvchi trubali yoki qaynovchi qatlamli pechlarda ishlov berilishi natijasida undagi karbonatlar parchalanadi, fosforit zarrachalarining strukturasi qisman o‘zgaradi, bu esa ularning keyingi kislotali ishlov berilishida o‘z samarasini beradi.
Fosforitlarni kimyoviy boyitishda ko‘p miqdordagi kislota sarf bo‘lishi, suyultirilgan va tashlab yuboriladigan eritmalar hosil bo‘lishi va ma’lum miqdordagi fosfatli moddalarning eritmaga o‘tishi hisobiga yo‘qotilishi sababli amalda joriy etilmagan. Lekin, fosfatlarni qisman parchalash va flotatsiyali boyitish orkali kambag‘al fosforitlarni dastlabki kimyoviy qayta ishlash iktisodiy jihatdan samarali hisoblanadi. Karbonatlarni yo‘qotish maqsadida kimyoviy boyitish qo‘llanilishi mumkin.

Yüklə 11,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə