Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., Nurmurodov t. I., Umirov f. E


Tabiatda hosil bo‘lishi va tarqalishi



Yüklə 11,81 Mb.
səhifə18/159
tarix29.11.2023
ölçüsü11,81 Mb.
#140710
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   159
Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., N

Tabiatda hosil bo‘lishi va tarqalishi. Apatitlar er qobigida ko‘p tarqalgandir, ularning er qobigidagi miqdori fosfatlar umumiy massasining 95% ni tashkil etadi. Apatitlar ichidan ftorapatit eng ko‘p tarqalgandir, gidroksilapatit kam va xlorapatit esa yanada kam uchraydi. Apatit otilib chiqadigan lavalar tarkibiga kiradi, ammo konsentrlangan shaklda nisbatan kam uchraydi.
Kalsiy fosfatlari kelib chiqishiga ko‘ra: magmatik va qoldiqli turlarga bo‘linadi. Magmatik yoki sof apatitli jinslar erigan magmaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri sovushi natijasida yoki magmatik suyuqlanmaning kristallanish jarayonida ayrim tomirlar (pegmatitli tomirlar) ko‘rinishida bo‘ladi, yoxud issiq suv eritmalaridan ajralib chiqish yo‘li bilan (gidrotermal) hosil bo‘ladi, yoxud magmaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri oxaktoshlar bilan o‘zaro ta’siridan (kontaktli) hosil bo‘ladi.
Apatitli jinslar hosil bo‘lish sharoitiga muvofiq holda donachali yirik kristalli tuzilishga ega bo‘ladi va polidispers emasligi va mikroyoriklarning yo‘qligi bilan tavsiflanadi. Ularning donachalari bilan birgalikda yoki ularga yo‘ldosh bo‘lgan boshqa turdagi magmatik nefelin (Na,K)A1SiO4*nSiO2 piroksenlar [masalan. egirin NaFe(SiO3)2], titanomagnetit Fe3O4*FeTiO3*TiO2, ilmenit FeTiO3, sfen СaTiSiO5 dala shpati, slyuda, evdialit va boshqa minerallar ham kristallik tuzilishi bilan tavsiflanadi.
Gidroksilapatit tabiatda keng tarqalgan bo‘lsada, ammo yirik to‘planish hosil qilmaydi. U inson va xayvon suyagi (tishi) ning (oz miqdorda kalsit va organiq moddalar aralashgan) asosiy massasini tashkil qiladi. O‘lgan organizmdagi suyakning parchalanishi natijasida organiq moddalarni yo‘qotadi va atrof-muxitdan ftorni yutishi orqali frankolit yoki kalsit, shuningdek ftorapatitga aylanadi.
Qoldiqli kalsiy fosfatlarga fosforitlar kiradi. Ular fosfatli jinslarning emirilishi, daryolarning dengizga oqizib olib chiqishi, boshqa jinslar bilan ta’sirlashishi natijasida va tarqoq cho‘kindilar holatida ham, yirik to‘planish hosil qilish bilan ham hosil bo‘ladi. Barcha cho‘kindili kalsiy fosfatlarining ma’lum miqdori - chig‘anoq va suyaklarning er qobigining ko‘p joylarida geologik va kimyoviy jarayonlar ta’siri natijasida to‘plangan (organiq kelib chiqqan) fosfor hissasiga to‘g‘ri keladi.
Hosil bo‘lish sharoitiga bog‘liq holatda va cho‘kindili kalsiy fosfatlarining tuzilishiga ko‘ra fosforitli to‘planish uchta asosiy: organogen, donador toshsimon va qatlamli turlarga bo‘linadi. Organogen (chig‘anoqli) to‘planish fosfatli chig‘anoq va suyaklardan, qatlamli va donador toshsimon fosforitlar esa organizmlarning bevosita ishtirokida kimyoviy yo‘l bilan hosil bo‘ladi. Donador toshsimon fosforitlarga fosfatli jinslarning murakkab ikkilamchi o‘zgarishi natijasida hosil bo‘ladigan ikkilamchi (cho‘kindili) fosforitlar ham kiradi.
Fosforitli rudalar tarkibida, asosiy fosfatli moddalardan tashqari, ko‘p miqdordagi boshqa minerallar: glaukonit (K2О+KO)K2O3*4SiO2*2H2O (bu yerda K2O - Na2О va K2O, PO - MgО, CaO va FeO, P2O3 - Fe2O3 va Al2O3 limonit 2Fe(ON)6*Fe2О3, kalsit СaSO4, dolomit СaCO3*MgCO3, kaolin H2Al2Si2O8·H2O, pirit FeS2, dala shpatlari, kvars, granit va boshqalar, shuningdek oz miqdordagi organiq moddalar ham bo‘ladi.

Yüklə 11,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə