Ўзбекистан Республикаси



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix24.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#158923
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Umumiy geologiya (4)



O„ZBEKISTON RESPU BLIK ASI O LIY VA O„RTA 
MAXSUS TA ’L IM V A Z IR LIG I
ABU RAYHON BERUNIY N OM IDAGI 
TO SHKENT DAVLAT TEXNIKA U N IV ERSITETI
UM UM IY G EO LOG IY A
fanidan 1-o„quv geologik 
dala amaliyoti uchun uslubiy qo„llanma
Toshkent - 2016
1


UDK: 550.8:528
Toshm uxam edov B.T., Tulyaganova N.Sh. 
“Umumiy geologiya” 
fanidan 1-o„quv geologik dala am aliyoti uchun uslubiy qo„llanma. -
Toshkent: ToshDTU, 2016.
Talabalar fandan olgan nazariy bilimlari asosida 1-kursdan so„ng yoz 
oyida bir oylik dala amaliyotini Burchmulla poligonida o„taydi.
Tog„ jinslari turli geologik hodisalar natijasida vujudga kelib taraqqiy 
etadilar va nihoyat yemirilib joylarini o„zgartiradilar, ya’ni turgan joydan 
boshqa bir joyga shamol, suv va boshqalar yordamida olib borib 
yotqiziladi. Bu ko„rsatilgan tog„ jinslariga xarakterli omillar Burchmulla 
nohiyasida keng tarqalgandir.
Uslubiy 
qo„llanma 
kon-geologiya 
hamda 
neft 
hamda 
gaz 
fakultetlarining ixtisoslashgan kafedralari dasturlari asosida tayyorlangan. 
Shuningdek «Geologiya, mineralogiya va petrografiya» kafedrasida 
ishlagan ko„plab professor-o„qituvchilarning pedagogik tajribalari va 
ilmiy-tadqiqot ishlar natijalari hisobga olingan.
Dastur 5311700-«Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va 
razvedkasi» (qattiq foydali qazilmalar), «Foydali qazilma konlari 
geologiyasi, qidiruv va razvedkasi» (neft va gaz konlari), 5311800- 
«Gidrogeologiya 
va 
muxandislik 
geologiyasi» 
yo„nalishlarining 
bakalavrlariga mo„ljallangan.
Abu 
Rayhon 
Beruniy 
nomidagi 
Toshkent 
davlat 
texnika 
universitetining ilmiy uslubiy kengashi tomonidan tasdiqlangan va nashr 
etilgan.
T aqrizchilar:
A bduraxm onov А.А. - TDTU, “Foydali qаzilmа konlari gеоlоgiyasi vа
qidiruv ishlari” kаfеdrа mudiri, dоtsеnt, g-m.f.n.
J.B.Jamolov-O„zFA, Geologiya va geofizika institutining 
bo„lim mudiri, g-m.f.n, dotsent.
2


I bob. K irish
Mamlakatimizda 
mutaxassislar 
tayyorlashning 
sifatini 
tubdan 
yaxshilash, milliy istiqlol g„oyasiga sodiq, yetarli intellektual salohiyatga 
ega, ilm-fanning zamonaviy yutuqlari asosida mustaqil fikr va mushohada 
yurita oladigan shaxslarni tayyorlashga katta ahamiyat berilmoqda. 
Hozirgi kun talabiga javob bera oladigan zamonaviy darsliklar va 
qo„llanmalar chop etishga e ’tibor kuchaymoqda.
Hozirgi kunda hamma nazariy va amaliy mashg„ulotlarning o„zbek 
tilida 
olib 
borilayotganligi 
talabalarni 
ixtisosliklar 
fanlarini 
o„zlashtirishlarida o„z samaralarini bermoqda. Shuning uchun o„zbek tilida 
darsliklar, qo„llanmalar tayyorlash shu kunning talabi bo„lmoqda.
Respublikamizda 
geologiya 
sohasida 
yetuk 
mutaxassislarni 
tayyorlashga katta e ’tibor berilmoqda. Shu maqsadda O„zbekiston 
Respublikasi prezidenti I.A.Karimovning “Geologiya-qidiruv ishlarini 
tashkil qilishni takomillashtirish, O„zbekiston Respublikasi Davlat 
Geologiya 
va 
mineral 
resurslar 
qo„mitasi 
faoliyatini 
tubdan 
takomillashtirish chora-tadbirlari to ‘g ‘risida”gi 2007-yil 17-yanvardagi 
PF-568 raqamli qarori hamda O„zbekiston Respublikasi oliy va o„rta 
maxsus ta’lim vazirligi va O„zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral 
resurslar Davlat qo„mitasining “Geologiya sohasi uchun kadrlar 
tayyorlashni takomillashtirish bo„yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini 
tasdiqlash” to„g„risidagi 2007-yil 28-fevraldagi 36/55 raqamli qo„shma 
qarori chiqarildi va ushbu qarordagi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
Qo„llanma 
Kon-geologiya 
hamda 
Neft 
va 
gaz 
fakultetlarining 
ixtisoslashgan kafedralari dasturlari asosida tayyorlangan. Shuningdek 
«Geologiya, mineralogiya va petrografiya» kafedrasida ishlagan ko„plab 
professor o„qituvchilarning pedagogik tajribalari va ilmiy-tadqiqot ishlar 
natijalari hisobga olingan.
Geologiya grekchadan Geo - Yer, Logos - o„rganish demakdir, ya’ni 
Yer haqidagi fandir. Geologiya yerning tarkibi, tuzilishi, rivojlanishi va 
unda bo„ladigan har xil jarayonlarni o„rganadi. Hozirgi zamon geologiyasi 
Yer po„stini paydo bo„lish qonuniyatlarini, uni tashkil etgan minerallar, 
tog„ jinslari, hamda foydali qazilmalarni o„rganadi.
Yer qobig„i turli-tuman tog„ jinslaridan - granit, gneys, marmar, 
ohaktosh, qumtosh va boshqalardan tashkil topgan. B a’zan ularning 
qalinliklari yer qobig„ida bir necha o„nlab kilometrga yetadi. Shu tog„ 
jinslari esa minerallardan tashkil topgan. Shuning uchun ham yer qobig„i, 
ya’ni uni tashkil qilgan tog„ jinslari va minerallar, ekzogen va endogen 
jarayonlar geologik fanlar tomonidan o„rganiladi.
3


Minerallar kimyoviy elementlarning tabiiy birikmasi bo„lib, m a’lum 
fiziko-kimyoviy sharoitda yer qobig„ining ichki yoki tashqi qismida hosil 
bo„ladi. Ular m a’lum fizik xossa va tarkibga ega bo„ladilar. Hozirgi vaqtda 
minerallarning soni 3000 ga yaqin bo„lib, turlari bilan hisoblaganda 4000 
ga yaqin. Ular qattiq, suyuk (simob) va gaz holida uchraydi.
Yer qobig„ining tarkibi va tuzilishini bir qancha geologik fanlar 
o„rganadi. Minerallarni mineralogiya, tog„ jinslarini petrografiya, qadimgi 
hayvonot qoldiqlarini paleontologiya, yer qobig„i tarixini geologiya, yer 
qobig„i harakatini tektonika, vulqonlarni vulkanizm va boshqa geologik 
jarayonlarni bir qancha geologik fanlar o„rganadi.
Tog„ jinslari kelib chiqishiga qarab magmatik, metamorfik va 
cho„kindiga bo„linadi.
Bir xil yoki turli minerallardan, boshqa jinslarning bo„laklaridan iborat 
mustahkam yaxlit, zich yoki bo„shoq jism agregatlari tog„ jinslari deb 
yuritiladi. Tog„ jinslari turli geologik hodisalar natijasida vujudga kelib 
taraqqiy etadilar va nihoyat yemirilib joylarini o„zgartiradilar, ya’ni turgan 
joydan boshqa bir joyga shamol, suv va boshqalar yordamida olib borib 
yotqiziladi. Cho„kindi tog„ jinslari asosan dengiz tubida hosil bo„ladi. Ular 
Yer qobig„ining tarixini aytib beruvchi eng muhim omillardan biridir. Tog„ 
jinslari hayvonot va o„simlik qoldiqlarini o„rganish natijasida quruqlik va 
suvning o„tmishdagi chegaralarini, vulqon harakatlarini, tog„ hosil bo„lish 
jarayonlarini, shuningdek foydali qazilma konlari va ular uchraydigan 
joylarni aniqlash mumkin.
Nohiyaning orogidrografiyasi
O„quv geologik amaliyoti o„tkaziladigan nohiya O„zbekistonning 
sharqiy qismida, Toshkent viloyati - Bo„stonliq nohiyasining Burchmulla 
qishlog„ ida joylashgan.
Burchmulla qishlog„i Ko„ksuv va Chotqol daryolarining qo„shilish 
qismida, Chorvoq suv omborining shimoli-sharqiy qismi dengiz sathidan 
100 m, balandlikda joylashgandir.
Amaliyot nohiyani G„arbiy Tyan-Shanning tog„ tizmalari bilan 
o„ralgandir. Bularga Korjontov, Ugam, Pskom va Chotqol tog„lari kiradi. 
Tizmalarni daryo vodiylari bir-biridan ajratib turadi. Shimoliy-sharqda 
Chotqol daryosining chap sohilidan Chotqol tizma tog„i ko„tariladi. Bu 
tizmaning O„zbekistondagi baland cho„qqisi katta Chimyon (3309) va 
Babaytog„ (3555) dir.
Korjontov G„arbiy Tyan-Shanning yirik tizmasidir. Tyan-Shan 
xitoycha so„z bo„lib osmon bo„yi tog„lar demakdir. Tyan-Shan tog„
4


tizmalari orasida har yerda keng kotlovinalar (cho„kma) bordir. Bunga 
Chorbog„ kotlovinasi misol bo„la oladi. Bu kotlovinalar tektonik harakatlar 
natijasida tog„ oralig„ida yer qobig„ining cho„kishidan paydo bo„lgan. 
Chorbog„ yoki Burchmulla kotlovinasi qadimgi geologik davrlardagi yirik 
suv havzalarining qoldiqlaridir. Bunday havzalarga quyiluvchi daryolar 
atrofdagi tog„larni sekin-sekin yemirib chuqur vodiylar, tor daralar hosil 
qilgan. Tog„ vodiylari va daralar ko„proq tektonik yoriqlar o„rnida vujudga 
kelgan. Daryo qattiq jinslardan tuzilgan tog„larni yemirib, ular orasidan tor 
yo„l ochgan va tik qoyali yon bag„irlarni vujudga keltirgan. Shunday qilib 
G„arbiy Tyan-Shan tog„lari oralarida Ugam, Pskom, Ko„ksuv, Chotqol, 
Chirchiq kabi vodiylar hosil bo„lgan. Vodiy va kotlovinalar serunum yerlar 
bo„lib, u yerlarda aholi zich yashaydi, shahar va qishloqlar ko„p. Vodiylar 
ko„kalamzor, eng obod yerlardir.
Burchmulla kotlovinasini o„rab turgan tog„ cho„qqilarining yer 
sathidan balandligi 1000-2200 m.
Chotqol daryosi Talas Olatog„i bilan tizmasi bir-biriga qo„shilgan 
joydan boshlanadi. Uzunligi 220 km, uning quyi qismigina Chirchiq 
Oxangaron nohiyasiga qaraydi. Uning quyi qismi bir qancha terrasali keng 
vodiydan oqadi. Chotqol daryosi asosan qor, qisman muz suvlaridan 
to„yinadi. Chorbog„ suv omboriga o„ng tomondan Ko„ksuv daryosi 
quyiladi. Uning suvi nomiga mos ravishda ko„m-ko„k musaffodir.
Bo„stonliq nohiyasida Arktika o„simliklaridan tortib to subtropik 
mamlakatlarda o„sadigan pista, bodom va ziralar uchraydi. Nohiya relyefi 
past va balandliklardan tashkil topganligi uchun undagi o„simliklar ham 
pastdan yuqoriga qarab o„zgarib boradi. Pastdan yuqoriga qarab 
o„simliklar qalinlashib olma, olcha, yong„oqlar uchray boshlaydi. O„tlar 
orasida qimmatli dorivor giyohlar ko„plab uchraydi. Tog„ tizmalarining 
yuqori qismlarida archa o„sadi.
Tog„ tizmalari hayvonot dunyosiga ham boy. Yaylov va o„rmonlarda 
jonivorlar va qushlar ko„plab uchraydi. Qoya toshlar orasida kaklik, 
qorayaloq, tosho„rdaklar ko„p uchraydi. Tyan-Shan tog„ tizmalarining 
yuqori qismlarida tog„ echkilaridan tortib qoplon, arslongacha uchratish 
mumkin. Tiniq muzdek suvlarida marinka va osmon baliqlari, soylar 
qo„shiladigan yerlarda sazan balig„i uchraydi.
Nohiyaning geografik o„rni va relyefining tuzilishi uning iqlimiga katta 
ta’sir etadi. Iqlim nohiyaning janubi-g„arbiy tekislik qismida quruqroq, 
shimoli-sharqiy tog„lik qismida namroqdir. Yozda havoning harorati 
40°Cga ko„tarilishi mumkin. Chirchiq-Oxangaron vodiysida yoz bilan qish 
harorati orasidagi yillik farq ham kam, kunduzgi va tungi haroratlar farqi
5


ham ancha katta. Nohiyaning iqlimi umuman kontinental iqlim. Yo g„in 
miqdori tekislikdan toqqa tomon oshib boradi. Toshkentda bir yilda 367 
mm yog„in bo„lsa, Pskom qishlog„ida 800 mm. Yozda ob-havo o„zgarmay 
bir xil bo„lib turganda tog„-vodiy shamoli esib turadi. Shamol kunduz kuni 
vodiydan tog„ tomonga, kechasi tog„dan vodiyga qarab esadi. Ajoyib tog„ 
havosi, salqin yoz, qorli qish Bo„stonliq nohiyasida dam oladigan joylarni 
bunyod etishga imkon beradi.
Ugam-Chirchiqning yirik irmoqlaridan biri. Uning uzunligi - 70 km. 
Daryo Korjontov va Ugam tizmalari orasidan oqib o„tadi. Tog„ Chorbog„ 
darasida Chorbog„ to„g„oni va GES qurilgan. To„g„ondan yuqorida 
Chorbog„ suv ombori bunyod etildi. Gidrouzel to„g„onining balandligi 170 
m.dir. «Chorbog„ dengizi» maydoni 37 km . Suv ombori atrofi aholining 
hordiq chiqaradigan joyiga aylanib bormoqda.
1 - rasm
Chorbog„ suv om bori
II bob. B urchm ulla nohiyasining qisqacha tabiiy geografik tavsifi va 
m aydonda olib borilgan tad q iq o tlar tarixi
6


Burchmulla yon atrofidagi amaliy mashg„ulotlar olib boriladigan 
maydon, Chotqol tizmasining shimoli-sharqini, Pskom tizmalarini o„z 
ichiga oladi. M a’muriy nuqtai nazardan maydon Toshkent viloyatining 
Bo„stonliq nohiyasida joylashgan.
Aholi yashaydigan qishloqlar Chotqol va Pskom daryolari vodiysida 
joylashgan. Ular qatoriga Bo„stonliq, Chorvoq, Burchmulla, Nanay va 
Yakkatut kiradi. Ular o„zaro va Toshkent 
shahri 
bilan asfaltlangan 
avtomobil yo„llari orqali bog„langan.
Ugam, Pskom, Chotqol kabi tog„ tizmalari, asosan, shimoli-sharqiy 
yo„nalishida joylashgan. Katta Chimyon eng baland tog„ cho„qqisi 
hisoblanadi (3200m). Tog„ tizmalarining yon bag„irlari nihoyatda tik, 
intruziv metamorfik jinslardan tuzilgan bo„lib, karbonat tog„ jinslari 
tarqalgan maydonlarda karst g„orlarini uchratish mumkin. Tizmalarning 
suv ayirg„ichlari daryo o„zanlaridan 200-300m, ba’zilari esa 1000m 
balandroq. Tizmalar janubi-g„arb tomon pasayib, mezazoy va kaynozoy 
yotqiziqlari nurash natijasida yemirilgan tog„ jinslarining bo„laklari bilan 
qoplangan. Tog„larning shimoliy yonbag„irlarida mayda muzliklarni 
uchratish mumkin.
Nohiyaning eng asosiy daryosi Chirchiq bo„lib, Chotqol, Pskom va 
Ko„ksuv daryolarining qo„shilishi natijasida paydo bo„lgan. Bu daryolar 
Talas Olatov muzliklaridan boshlanib, yo„llarida tor va chuqur daralarini 
kesib, Burchmullaning g„arbida Chorvoq suv omboriga quyiladi. Suv 
omborining umumiy hajmi 2000 mln.m , bundan foydali suv sig„imi 1580
о
mln.m , eni ayrim joylarida 10 km gacha yetadi, suv yuzining sathi 40 
km2. Chirchiq daryosining boshlanish qismiga Chorvoq gidrouzeli, 
Chotqol va Ugam tog„lari orasiga esa to„g„on qurilgan. Uning uzunligi 768 
m, balandligi 168 m, eng yuqori qismining eni 12 m. To„g„on ustidan 
avtomobil yo„li qurilgan. To„g„onga Chorvoq GESni suv bilan ta’minlash 
uchun uzunligi 800 m va diametri 11 m bo„lgan ikkita tunnel qurilgan. 
Suv oqimining hajmi ko„payib ketganda suvni chiqarib yuborish uchun 
shaxtali va ikki qavatli suv tashlagichdan foydalaniladi. Shaxtali suv
о
о
tashlagichdan sekundiga 1200m , II qavatdan 450 m , GES agregati orqali
о
500 m suv oqib chiqishi mumkin. Chorvoq suv ombori Toshkent 
vohasidagi 500 ming ga yaqin yerni suv bilan ta’minlashi mumkin.
Tizmalarning pastki iqlim sharoiti, asosan, tog„larning baland pastligi, 
yerning yuzasi va tog„ yonbag„irlariga bog„liq. Maydonning eng baland 
qismlarida qish qorli, sovuq, yoz esa iliq va quruq o„tadi. Nohiyada 
uchraydigan o„simliklar o„zlarining rang barangligi bilan ajralib turadi. 
2000 m balandlikda ko„m-ko„k yaylovlar, undan pastroqda esa archazor,
7


butazorlar tarqalgan. Asosiy aholisi o„zbeklar, tojiklar, qozoqlar bo„lib, 
chorvachilik, dehqonchilik va bog„dorchilik ishlari bilan shug„ullanadi.
Chotqol, 
Pskom 
tog„larining 
geologiyasini 
o„rganish 
tarixida 
to„rtlamchi davrni belgilash mumkin.
Birinchi ilk o„rganish davri o„tgan asrning 70-80 yillaridan 1917-yil 
orasidagi vaqtni o„z ichiga olgan va Chotqol - Qurama regionining 
birinchi tadqiqotchilari N.V.Mushketov, G.D.Romanovskiy, V.I.Veber 
kabi olimlarning nomi bilan bog„liq bo„lgan. Bu tadqiqotchilarning ishlari 
natijasida nohiyaning birinchi mayda masshtabli geologik xaritasi tuzilgan.
Geologik tekshiruvlarning ikkinchi bosqichi asrimizning 20-yillaridan 
50-yillarining orasidagi davrga to„g„ri keladi. Bu davrda mayda masshtabli 
geologik xaritalash va qidiruv ishlari olib borilgan. 1:500000 li masshtabda 
geologik xaritalash natijasida A.E.Adelung, E.V.Ivanov va N.M.Sinit- 
sinlarning «O„rta Osiyoning geologik xaritasi» nashr etilgan. 1932-1934- 
yillarida Yu.A.Skvortsov boshchiligida Pskom va Chotqol daryolari 
vodiylarida olib borilgan geomorfologik tekshiruvlar natijasida hozirgi 
zamon 
tektonik 
harakatlari 
mavjudligi 
aniqlanadi. 
1938-yilda 
V.I.Popovning «G„arbiy Tyan-Shanning cho„kma va ko„tarilmalari tarixi» 
nomli kitobi chop etildi. 300-yillarda A.S.Uklonskiy, I.M.Efimenko va 
boshqalar boshchiligida bir qator qazilma boylik konlari ochildi 
(Obiraxmat, Burchmulla, Chavata, Kumushkon, Miskon).
Geologik tekshiruvlarning uchinchi davri 1955-70-yillariga to„g„ri 
keladi. Bu davrda Z.S.Rumyantseva, N.P.Adelung, Z.P.Artemova, 
V.Kolesnik, O.I.Kim, Doronkinlar 1:200000 li masshtabda geologik 
xaritalash ishlarini olib borganlar. Undan tashqari Chotqol geologik 
ekspeditsiyasi nohiyada rejalashtirilgan tarzda, yirik masshtabli xaritalash 
ishlari 
olib 
boradi. 
Bu 
izlanishlarida, 
ayniqsa, 
A.A.Agafonov, 
V.N.Kolesnik, M.Xalikovlarning xizmatlari e ’tiborga ega. Shu bilan 
birgalikda nohiyada yirik olimlari H.M.Abdullaev, M.O.Axmadjanov, 
R.N.Abdullayevlarning geologiya sohasidagi nazariy tadqiqotlari g„oyat 
salmoqlidir. H.M.Abdullayevning «Дaйки и oрудeнeниe» (1957), 
M.O.Axmadjanov, R.N.Abdullayev, O.M.Borisovlarning «Тeктoникa 
дoмeзoзoйскиx oбрaзoвaний Срeдиннoгo и Южнoгo Тянь-Шaня» 
(1979) nomli kitobi va 1981 -yilda O„zbekistonning 1:500000 li 
masshtabdagi geologik xaritasining chop etilishi Chotqol - Qurama 
regionini o„rganishda muhim ahamiyatiga egadir.
Geologik 
o„rganish tarixining 
yakunlovchi 
davri 
70-yillardan 
boshlanadi. Bu davrda qidiruv va alohida tadqiqot ishlari olib borilishi, 
yangi qazilma boyliklarini aniqlashda muhim rol o„ynaydi. Yirik,
8


umumlashtirilgan ishlar qatorida quyidagilarni ko„rsatish mumkin: 
Гeoлoгия Рeспублики Узбeкистaн (1972), Гeoлoгичeскaя KapTa 
Рeспублики Узбeкистaн (1980), KapTa M arnarrnecK ^ кoмплeксoв 
Рecпублики Узбeкиcтaн (1984) va boshqalar.
III bob. Nohiyaning geologik tuzilishi 
Nohiyaning stratigrafiya
O„rganilayotgan maydonda arxey-proterazoy, paleozoy, mezazoy va 
kaynazoy yotqiziqlari tarqalgan. Birinchi ikki guruh jinslari orogen 
viloyatlarni, ikkinchilari esa, tog„lararo cho„kma va tog„oldi botiqliklarini 
tashkil etadi.
Arxey quyi proterazoy guruhi - PRi
Chotqol - Qurama regionining bu davrga taaluqli bo„lgan va eng 
qadimgi hisoblangan tog„ jinslari Kosson va Ters vodiysida uchraydi. Ular 
asosan zonaning Qurama qismida joylashgan.
Teraksoy svitasi - A R - PR i tr.
Bu svitaga tegishli yotqiziqlar Ishtomberdi daryosining quyi oqimi va 
Chapchama dovoni atrofida tarqalgan va shu nomli braxiantiklinalning 
yadrosida yuzaga chiqqan. Svitaning ostki qismi gneys, magmatit va 
granat - biotit - kvarsli slaneslardan, ustki qismi esa oq, och kulrang yirik 
kristalli marmarlardan iborat. Qalinligi - 250-340m.
Semizsoy svitasi - PR 2-3 Sm
Semizsoy svitasi yotqiziqlari Kossonsoy antiklinalining yadrosini 
tashkil qiladi. Ko„pgina uzilmalar ularni bo„laklarga ajratgan va shu bilan 
birgalikda yuqori proterazoy diorit, amfibolitlarini yorib o„tgan. Svitaning 
tarkibi: kvars-biotitli slaneslar, diorit, gneys, slyudali qumtosh va 
kvarsitlardir. Qalinligi - 3000-3500m.
U zunbuloq svitasi - R 3 JZ
Bu svita yotqiziqlari Pskom va Sandalash tizmalarida tarqalgan bo„lib, 
Chotqol daryosi boshlari va Qoraqasmoq - Sandalash daryolari orasida
9


ayrim bloklar sifatida yuzaga chiqqan. Ular asosan kulrang, ko„kimtir 
kvarsli qumtosh, gravelitlardan iborat bo„lib, orasida esa mayda chaqindili 
konglomerat va ohaktoshlarning linzalari uchraydi. Svitaning yuzaga 
chiqqan qalinligi 600m.
Shorasuv svitasi - Vshr
Shorasuv svitasi Bo„g„ilibuloq, Qoraqasmoq daryolarining o„zanlari va 
Beshtorsoy atroflarida uchraydi. Yotqiziqlar, asosan, quyidagicha: 
tillitsimon konglomerat, qumtosh, alevrolit va slaneslar. Qalinligi - 700­
800m.
Uzunbuloq va Shorasuv qatlamlarida hayvonat qoldiqlari topilmagan, 
lekin Katta Qoratov va Katta Norin kesmalariga asoslanib, uzunbuloq 
svitasining yoshi yuqori rifey, shorasuv svitasi esa vend deb hisoblanadi.
Paleozoy guruhi - Pz
Paleozoy erasining yotqiziqlari Chotqol va Qurama zonalarida bir- 
biridan tarkibi, tuzilishi bilan tubdan farq qiladi. Quyida, asosan Chotqol 
tektonik zonasining stratigrafik tasviri bayon qilinadi.
Paleozoy yotqiziqlari, asosan Sandalash, Pskom va Maydontol 
tizmalarida keng tarqalgan.
K em briy - O rdovik sistemasi - G - Q
Q oraqum seriyasi- Gr Q2
Tarkibi va stratigrafik hajmiga ko„ra, bu seriya aniq ikki svitaga bo„linadi: 
bo„g„ilibuloq (G1 - Q2) va jayaktor (Q 1 - Q 2). Bo„g„libuloq svitasi 
Sandalash tizmasidagi Bo„g„libuloq, Shorasuv, Sandalash daryolari 
vodiysida aniqlangan. Pskom tizmasida svita kesmasini qisqa ko„rinishini 
uchratamiz.
Tasvirlanayotgan yotqiziqlarning ostki qismi ko„mir-kremniyli, ko„mir- 
gilli, 
karbonat-gilli, 
gilli-slaneslardan, 
yuqori 
qismi 
esa kulrang 
ohaktoshlardan iborat. Qalinligi 100-500m.
Jayaktor svitasi Pskom antiklinoriysining qanotlarida va Sandalash 
tizmasi atrofida keng tarqalgan. Tarkibi ko„mir-gilli, ko„mir-kremniyli, 
yashmasimon kremniyli slaneslardan iborat. Qalinligi 10 - 130m.
10


Seriyada ko„ksuvboshi (Q2) va chiralma (Q13) nomli alohida ikki svita 
ajraladi. Ko„ksuvboshi svitasi, asosan, kulrang, ko„kimtir polimikt 
qumtosh, alevrolit va gilli slaneslar bilan tasvirlanadi. Pskom tizmasida esa 
svita tarkibida muhim rolni massiv rifogen ohaktoshlar o„ynaydi. 
Svitaning fauna qoldiqlari bilan tasvirlangan to„liq kesmasi. Ko„ksuv 
daryosining yuqorilarida aniqlangan. Bu yerda yotqiziqlarning qalinligi 
100-120m.
Chiralma svitasi Chiralma va Bodoq daryolari vodiysida qumtosh, gilli, 
qizil, yashmasimon, ko„mir-gilli slanes va alevrolitlardan iborat. Svitaning 
qalinligi 200-350m.
A yutor svitasi - O3at
Bu svita yotqiziqlari nihoyatda qalin terrigen kompleksdan tuzilgan. 
Ehtimol, ular alohida-alohida svitalardan tashkil topgan bo„lishi mumkin, 
lekin svitani bo„lishiga yetarli dalillar hozircha yo„q.
Ayutor svitasi Pskom va Sandalash tizmalarida keng tarqalgan 
(Chavata soy, Nanay qishlog„ining janubi, Ko„ksuv daryosining chap 
qirg„og„i) 
Svitaning quyi yotqiziqlari 450-500 m qalinlikda bo„lib, 
ko„kimtir, kulrang, qora har xil zarrali qumtosh, alevrolit va alevralitli 
slaneslardan iborat. Pskom tizmasi va Sandalash tizmasining janubi- 
sharqida Ayutor svitasi orasida konglomerat gravelit linzalari uchraydi.
Svita yotqiziqlarining yuqori qismi (500m) Flishsimon bo„lib, 
qumtosh, alevrolit va gilli slaneslardan tashkil topgan. Beshtor soyi va 
Ko„ksuv 
daryosining 
yuqorilarida 
svitaning 
quyi 
qismidagi 
konglomeratlarda karadok yarusiga tegishli. Cotenipora sp, Estonia ex qn. 
Lamelosa hiaer faunalarining qayta yuvilgan nusxalari uchraydi. Svitaning 
qalinligi 1100 m
Devon sistemasi-D
Yuqori devon - D3
Fran yarusi - f
Tulkibosh svitasi - tb
O„rganilayotgan 
regionda 
frank 
asridan 
boshlab, 
tektonik 
harakatlarning qayta jonlanishi kuzatiladi. Bu harakatlar viloyatning 
intensiv va uzoq vaqt davom etgan botishi, dengiz bostirib kelishi va 
yuqori devon - quyi toshko„mir davri karbonat formatsiyasi to„planishi 
bilan ifodalanadi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə