Ўзбекистан Республикаси



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix24.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#158923
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Umumiy geologiya (4)

Beshtor seriyasi - Q 
2
 - 
3
11


Tulkibosh svitasi yotqiziqlari Chotqol va Ko„ksuv daryolarining yuqori 
oqimi maydonlari, Tepar, Inach, Oqarsoylarning vodiysi, Chotqol 
antiklinorisi, Chavata va Hudoydot gumbazlarining yadrosida uchraydi. 
Bu yotqiziqlar aniq ko„zga tashlanuvchi nomuvofiqlik bilan ordovik 
qumtoshlarini qoplaydi va bora-bora, famen yarusi ohaktoshlari bilan 
almashadi.
Hudoydot ko„tarilmasining yadrosida fran qatlamlarining faqat yuqori 
qismigina yuzaga chiqib turadi. Ko„pgina maydonlardagi fran yotqiziqlari 
kesmasining osti 22 m qalinlikdagi zamin konglomeratlardan iborat. 
Konglomeratlar to„q kulrang, nihoyatda silliqlangan ohaktosh, pushti 
qumtosh va kremniylardan tashkil topgan. Konglomeratlarning ustida och 
kulrang qumtosh va yirik zarrali kvarsitlar yotadi. Bu jinslarning qatlam 
tekisligida to„lqinsimon belgilar tez-tez uchrab turadi. Qumtoshlar 
o„zlarining yuqori qismlarida kulrang ohaktosh mergil, alevrolitli slaneslar 
bilan almashinib turadi.
Ko„ksuv 
bo„yicha 
Yu.I.Loshkin 
(1958y) 
fran 
qatlamlarining 
quyidagicha kesmasini keltiradi (ostidan yuqoriga):
1. Yirik bo„lakli qizg„ish konglomeratlar - 22 m.
2. Linzasimon konglomerat, gravelit va slanes qatlamlarini o„z ichiga 
olgan, kulrang qumtosh va kvarsitlar - 160 m.
3. Orasida konglomerat qatlamlari uchraydigan to„q qizil kvarsitlar - 2 m.
4. Orasida slaneslar uchraydigan qoramtir - qizil, massiv, qalin va qatlamli 
qumtoshlar - 61 m.
5. Bir-birlari bilan almashinuvchi qumtosh, slanes va ohaktoshlar - 15m.
6. Orasida ohaktosh qatlamlari uchraydigan pushti - sariq, kulrang, to„q 
kulrang massiv qumtoshlar - 32 m.
7. Yuqori qismida kulrang ohaktosh uchraydigan slanes va qumtoshlar -
55m.
Fran yotqiziqlari kesmasining umumiy qalinligi 387 metrni tashkil 
etadi. Lekin yo„nalishi bo„yicha ularning qalinligi juda o„zgaruvchan. 
Masalan, Pskom antiklinali va Chotqol antiklinoriyasi o„qlari bo„yicha 
(Ixnachsoy, Oqsaroy), fran qatlamlarining qalinligi 200m bo„lsa, shimolda 
(Tepasaroy) - 2000m, sharqda bir necha yuz metrgacha boradi. Bu 
o„zgaruvchanlik hozirgi Pskom va Ko„ksuv tizmalari atrofida geoantiklinal 
ko„tarilma mavjudligidan dalolatdir. Fran yotqiziqlarida baliqlardan 
Bothriolepis sp. qoldiqlari topilgan.
12


Fam en yarusi - fm
Famen yarusi yotqiziqlari, asosan, karbonat jinslaridan tashkil topgan 
bo„lib, tarkibi va qalinligi jihatidan keng maydonda deyarli bir xildir. 
Chotqol, Ko„ksuv, Ugam daryolari vodiysidan, Sargardonsoy, Ustarasoy, 
Qulosiyasoy, Bodoqsoy, Ixnachsoy, Tepasaroy kabi maydonlarda, gumbaz 
va braxiantiklinallarning qanoatlarida joylashgan. Ularni Chotqol, Pskom 
tizmalarining ko„pgina nuqtalarida uchratish, famen asridagi dengizgi 
kengligidan dalolat beradi. Barcha joyda famen yarusi qatlamlari fran tog„ 
jinslari ustida muvofiq yotishi aniqlangan. Rangi, tarkibi va strukturasiga 
ko„ra, famen yotqiziqlari ustarasoy, ko„kterak, burchmulla va chavata 
svitalariga bo„linadi.
U starasoy svitasi - Y
Bu svitaga taalluqli yotqiziqlar Ko„ksuv daryosining o„ng qirg„og„idagi 
Ustarasoy, Chavatasoy, Ugam daryosining o„ng qirg„og„idagi Ixnach va 
Bodoqsoylarda tarqalgan. Ular kulrang, to„q kulrang, qisman qumli 
ohaktoshlardan iborat. Qalinligi 100-150m.
K o„kterak svitasi - kt
Talas 
Olatovdagi Ko„kterak soyida ajratilgan bo„lib, 
Pskom 
daryosining o„ng qirg„og„idagi Tepar gumbazini janubi-sharqiy qanoti, 
Sargardon 
va 
Oqbuloq 
daryolarining 
quyilishida 
tarqalgan. 
Tasvirlanayotgan svita yotqiziqlari to„q kulrang, dolomitlashgan ohaktosh, 
bitumli ohaktoshlardan iborat. Ohaktoshlarda Cyrtospirifer kickinensis 
Serg, Gurichella deflexa A.Roem kabi fauna qoldiqlari topilgan. Ko„kterak 
svitasining qalinligi 100m.
B urchm ulla svitasi - b r
Bu svita yotqiziqlari Ugam, Pskom, Chotqol tizmalarida keng 
tarqalgan. Ko„pgina tadqiqotchilar Tepasaroy gumbazi, Zaxtansoy, 
Chavata, Xudoydod gumbazi, Sargardon antiklinali va boshqa joylarda 
Burchmulla svitasi borligini aniqlashgan, lekin yotqiziqlarining to„liq 
kesmasini Ko„ksuv daryosiga quyiladigan Zaxtansoyda va Chotqol bilan 
Oqbuloq daryosi uchrashadigan joyida kuzatishgan. Bu yerlarida 
Burchmulla svitasi quyida yupqa va qalin qatlamli ohaktoshlarni, yuqorida
13


esa yupqa qatlamli bo„lgan mergelli ohaktoshlar va qum ohaktoshli 
slaneslarning almashinuvchanligi bilan tasvirlanadi. Svitaning yoshi, uning 
kesmadagi o„rniga, ya’ni ko„kterak svitasi ustida muvofiq yotishi va 
chavata svitasi bilan qoplanishiga qarab aniqlanadi. O.I.Sergunkova va 
Q.Q.Nabiev ohaktoshlarda yuqori devon davriga taalluqli konodontlar 
aniqlashgan. Quruqsoydagi kesmada burchmulla svitasining qalinligi 95­
100m.
C havata svitasi - cv
Yotqiziqlari Ko„ksuv, Pskom daryolarining yonbag„ri, Chavata va 
Xudoydod gumbazlari, Qulosiya va Sargardonsoylarda aniqlangan. 
Chavata svitasi qalin va o„rta qalinlikdagi qatlamlardan iborat bo„lib, ba’zi 
bir qismlarida lentasimon ko„rinishga ega. Ostki qismi to„q kulrang, 
oltingugurt-vodorodli dolomitlardan, yuqori qismi esa to„q kulrang, 
dolomitlashgan 
ohaktoshlardan 
iborat. 
Yotqiziqlarda 
topilgan 
foraminiferlardan Bisphaera irregularis Bir.Paratnuramina suleimanovi, 
Arcnaesphaera minima Sul., Radiosphaera basilica Reiti. Chavata 
svitasining famen davrida hosil bo„lganligiga dalil bo„lishi mumkin. 
Qalinligi 400m.
Toshko„mir sistemasi - C 
Quyi toshko„mir bo„linmasi - C 1 
Turne yarusi - t 
Quyi turne - t 1 
Temirbosti svitasi - tm
Temirbosti svitasi ilk bor O.I.Sergunkova tomonidan ajratilgan bo„lib, 
Chavata svitasini muvofiq qoplaydi. Chotqol - Pskom tizmalarining 
Chavata, 
Xudoydod 
gumbazlari, 
Ustarasoy, 
Qulosiyasoy, 
Sargardonsoylarida yotqiziqlar och kulrang, o„rta qatlamli, ko„rinishi 
qandsimon ohaktoshlardan tashkil topgan. Qalinligi 360-400m.dan iborat 
bu 
yotqiziqlarda 
braxiopodalardan 
Plicatifera 
temirensis 
Serg, 
Camarotoepanderi foraminiferlardan Parathuramina suleimanovi Lip., 
Bisphaera irregularis Bir. va boshqalardan tashkil topgan.
Yuqori turne - t2
Ko„ksuv svitasi - kk.
Qulosiya va Chotqol daryolari oralig„ida ajratilgan. Ular to„q 
kulrang, o„rta qatlamli detritus - afanit ohaktoshlardan tashkil topgan 
bo„lib, qora kremniy qatlamchalari va g„urralarini o„z ichiga oladi. 
Ohaktoshlarning ostki qismi mayda kristalli, yuqori qismi esa yirik
14


kristallidir. Ko„ksuv svitasi Chotqol - Norin zonasida, Pskom daryosining 
yuqori oqimidagi Oyganing sinklinali, Ayriqsoy, Chavatasoy, Ko„ksuv 
daryosining chap qirg„og„i va Kelinchaksoy yon atroflarida keng 
tarqalgan. E.V.Ivanov (1937), A.S.Adelung (1947), S.R.Maxamat- 
raximovlar tomonidan bu ohaktoshlarda braxiopodalardan Plaecharistites 
catkalicus 
Dik., 
P.Jesinuatus 
Lis., 
foraminiferlardan 
Endothyra 
tschimanica Mal., E.Latispiralis Lip. va boshqalar aniqlangan. Ko„ksuv 
svitasining qalinligi 300m.
Vize yarusi - v 
Quyi vize - vi 
Toldibuloq svitasi - tb 
Bu 
svita 
yotqiziqlari 
birinchi 
bor 
Talas 
Olatov 
tizmasidagi 
Toldibuloqsoyda ajratilgan va ularni Ustarasoy, Oqsaroy, Chavatasoy va 
Qulosiya soylarida keng tarqalgan ohaktoshlar bilan taqqoslash natijasida
O.I.Sergunkova keyingilarni ham toldibuloq yotqiziqlari qatoriga qo„shadi. 
Umuman, tasvirlanayotgan qatlamlar Chotqol-Norin zonasida keng 
tarqalgan. Bu svita yotqiziqlarini yuqorida qayd etilgan soylardan tashqari, 
Pskom va Ko„ksuv daryolari vodiylaridagi Ispay va Zatonsoylarda ham 
uchratish mumkin. Toldibuloq yotqiziqlari Ko„ksuv cho„kindilari ustida 
muvofiq joylashgan 
bo„lib, 
quyida 
kulrang 
detritus 
strukturali 
ohaktoshlardan tashkil topgan. Ularda qora kremniylar uchraydi. Yuqori 
qismi esa kulrang oolit ohaktoshlardan iborat. Toldibuloq ohaktoshlarida 
braxiopodalardan Palaeochites cinetus keys., Uarginata burling-tonensis 
hall., Isvitusia parachumerosa Gled., foraminiferlardan esa Endothyra 
inflate Lip., E. Paracostifera Lip., E., turkestanica bog. Et Juf. va boshqalar 
uchraydi. Qalinligi 160-170 m.
S argardon svitasi - Sr
Bu svita yotqiziqlari Chavata antiklinali, Ko„ksuv daryosining chap 
qirg„og„i, Oyganing sinklinali, Paltov va Oqbuloq daryosi vodiysida. Ular 
och kulrang, massiv organogen ohaktoshlardan iborat. Obirahmatdagi 
ohaktoshlarda flyuorit koni joylashgan, faunadan Leptaena analoga Phill., 
Plicatifera irregulaicostata Kr. et Karp., Dictyoclostus burlingtonenais 
Hall. tez-tez uchrab turadi. Qalinligi - 230m.
15


Bu svita yotqiziqlari Pskom, Chotqol tizmalarining Qulosiya, Chavata, 
paltov, Obiraxmat, Oqsaroylarida, Pskom daryosi vodiysida keng 
tarqalgan, lekin to„liq kesmasini N.M.Mixno Pskom daryosining chap 
irmog„i bo„lgan Oqsaroysoyda aniqlangan. Yotqiziqlar yupqa qatlamli, 
orasida kremniy qatlamchalaridan iborat krinoid ohaktoshlardan tuzilgan. 
Bu svita asosan Dictyoclostus deruptus Spirifer planes faunalari bilan 
xarakterlidir, lekin Suringothyris cf hannibalenais Swallow., Plicatifera 
mesoloda Phill kabi faunalar irisuv yotqiziqlarini quyi vize davrida hosil 
bo„lganligiga asos bo„la oladi. Qalinligi - 250m.
K shiqaindi svitasi - kk.
Irisuv qatlamlari ustidan muvofiq yotadi. Bu svita, asosan, to„q kulrang, 
yupqa qatlamli kremniylashgan ohaktoshlardan iborat. Ko„pgina qismidagi 
mshankali ohaktoshlar kvarslashgan.
Organik qoldiqlardan 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə