5. Baliqlarniig iqtisodiy ahamiyati



Yüklə 8,49 Kb.
səhifə1/2
tarix19.12.2023
ölçüsü8,49 Kb.
#151522
  1   2
5. Baliqlarniig iqtisodiy ahamiyati-fayllar.org


5. Baliqlarniig iqtisodiy ahamiyati

5.Baliqlarniig iqtisodiy ahamiyati. Hozirgi vaqtda inson baliqlardan 40% gacha hayvon oqsilini olmoqda. Ular asosan qimmatbaho oziqa mahsuloti uchun ovlanadi. Baliqlardan oziq-ovqat mahsulotlaridan tashqari vitamin, baliq yog`i va boshqa maxsulotlar olinadi.
Ovlanadigan baliqlarning 90% ga yaqini dengiz va okeanlardan tutiladi. Тinch okeanidan 40%, Atlantika okeanidan 45%, Hind okeanidan 10% va Shimoliy muz okeanidan 5% baliq tutiladi.
Rossiya baliqchilik sanoati yuqori taraqqiy etgan mamlakat hisoblanadi. MDHning suv havzalarida 1000 tur baliq yashasa, shundan 150 turi ovlanadi. Bizda eng muhim ovlanadigan baliqlar — seldlar, zog`ora baliqlar, treskalar, lososlar, osetrlar, sudak va hamsadir. Hozirgi vaqtda Rossiyada faol ov, ya’ni yil bo’yi tutish keng rivojlangan. Buning natijasida baliqchilik korxonalariga baliq uzluksiz kelib turadi.
Ovlanadigan baliqlarni tabiiy sharoitda saqlash va ularning sonini ko’paytirish uchun davlatimiz bir qancha choralarni ko’rmoqda:
1. Baliqlarning ko’payish joylarini ximioya qilish.
2. Suv havzalarini ortiqcha loy va suv o’simliklaridan tozalab turish.
3. Daryo, ko’l va hovuzlarni sanoat korxonalaridan chiqqan zaharli oqova suvlardan, neft quyilishidan qo’riqlash.
4. Qimmatbaho baliqlarni iqlimlashtirish.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 avgustdagi «Baliqchilik tarmog`ida monopoliyadan chiqarish va xususiylashtirishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to’g`risida» gi № 350 va 2004 yil 28 oktabrdagi «Biologik resurslardan oqilona foydalanish va ularni O’zbekiston Respublikasidan olib chiqish hamda olib kirish ustidan nazoratni kuchaytirish to’g`risida»gi № 508 sonli qarorlari O’zbekistonda baliqchilikni rivojlantirishga qaratilgan asosiy chora-tadbirlarining biridir.
Oxirgi yillarda O’zbekistonning suv havzalarida Amur daryosidan amur xumboshi, oq amur baliqlari iqlimlashtirildi. Hozirgi vaqtda O’zbekistonda bir qancha baliqchilik xo’jaliklarida zog`ora baliq, laqqa baliq, kumushtovon, sharq oqchasi, okhayroq (jyerex), qizilko’z (plotva), ilonbosh, sla (sudak), cho’rtan baliq va boshqalar ovlaniladi.
O’zbekiston “Qizil kitobi” ga respublikamiz suv havzalarida uchraydigan 84 tur (kenja tur) dan 18 tur mahalliy bakiqlarimiz kiritilgan. Ular to`g`risidagi ma`lumotlar 1-jadvalda o`z ifodasini topgan.
7.1-jadval
O’zbekiston respublikasi “Qizil kitobi” ga kiritilgan baliqlar

T/r






Yüklə 8,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə