Ўзбекистан Республикаси



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/10
tarix24.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#158923
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Umumiy geologiya (4)

magnit o g ‘ishi,
orasidagi 
burchak esa magnit 
o g ‘ish burchagi
deyiladi. Magnit og„ish burchagi 
ekvatordan qutublarga qarab oshib boradi va uzoqlik bo„yicha ham 
o„zgaradi. Magnit og„ishi sharqiy va g„arbiy bo„lishi mumkin. 
O„zbekistonda magnit og„ishi sharqiy va uning burchagi taxminan 50 ga 
teng. Tog„ kompasi bilan to ‘g‘ridan-to‘g‘ri geografik azimutni o„lchash
46


uchun magnit og„ishiga teng tuzatma kiritish kerak bo„ladi. Magnit og„ishi 
sharqiy bo„lsa, tuzatma ayriladi. Buning uchun tog„ kompasining orqasida 
maxsus vint o„rnatilgan bo„lib, tuzatma u yordamida bajariladi.
0 ‘zbekiston uchun bu vint soat strelkasi bo‘yicha 5° ga burilishi kerak.
----------
ч
8-rasm. Tog‘ kompasi
1-kompas asosi; 2-limbli kompas qutisi; 3-klinometr; 4-klinometrni
mahkamlash mexanizmi; 5-magnit mili; 6-qoplovchi oynani tutib turuvchi
prujina; 7-magnit milini mahkamlash mexanizmi.
Tog„ kompasi yordamida qiya yotgan qatlamning (yuzaning) yotish 
elementlarini aniqlash uchun uning janub tomoni qatlam yuzasiga taqaladi 
va shayton yordamida gorizontal holatga keltiriladi (9-rasm). Bunda 
qatlam yuzasi bilan tog„ kompasi korpusining kesishish chizig„i 
qatlamning yo„nalish chizig„i bo„ladi.
47


9-rasm. Yo‘tish elementlarini tog‘ kompasi yordamida aniqlash
Qatlamning yotish burchagi esa tog„ kompasini qatlamning yo„nalish 
chizig„iga perpendikulyar holda, klinometri pastga qarab qo„yilib 
o„lchanadi. Bunda tog„ kompasining uzun qirrasi bilan qatlam yuzasining 
kesishish chizig„i qatlamning yotish chizig„i bo„ladi. Tog„ kompasi 
vertikal holda o„rnatilgandan keyin shoqulning harakatsiz tutib turuvchi 
tugmachasi bosilib, u harakatga keltiriladi. Shoqul tebranishi to„xtagandan 
so„ng tugmacha qo„yib yuboriladi. Klinometr limbidan olingan hisob 
qatlamning yotish burchagi bo„ladi.
Tog„ kompasi yordamida o„lchangan qatlamning yotish burchagi dala 
daftarchasiga quyidagi holda yoziladi: Yot.az.JSh 1050 yot.bur.300.
V III - bob. Yig„ilgan m ateriallarni tartibga solish va hisobot yozish
Dala marshrutlaridan o„quvchilar qiytishganlaridan so„ng 2-3 soat 
yig„ilgan materiallarni umumlashtirib, chizilgan rasmlarni tartibga 
solishadi. Bu ishlarning bari o„qituvchi boshchiligida o„tkaziladi. Amaliyot 
rahbari o„quvchilar tomonidan yozib borilayotgan kundalik daftarlarni 
muntazam ravishda tekshirib boradi. Dala marshrutlari tugagandan so„ng 
o„quvchilar hisobot yozishadi. Hisobot yozish uchun taxminiy mundarija 
quyidagilardan iborat:
48


I. Kirish.
II. Burchmulla nohiyasining qisqacha tabiiy geografik tavsifi va 
maydonda olib borilgan tadqiqotlar tariхi.
III. Nohiyaning geologik tuzilishi:
a) nohiyaning stratigrafiyasi;
b) nohiyaning magmatizmi;
c) nohiyaning tektonikasi;
d) nohiyaning qazilma boyliklari.
IV. Geologik m arshrutlar.
V. Yig„ilgan m ateriallarni tartibga solish va xisobot yozish.
VI. Burchmulla poligonida amaliy o„qitish tartibi, teхnika 
havfsizligi qoidalari, tabiatni muhofaza qilish va tozalik holatlari 
to„g„risidagi ko„rsatma.
VII. Xulosa.
Hisobotning umumiy hajmi 30-35 bet atrofida bo„lishi kerak rasmlari 
esa 20-25 bet. Praktikaning oxirgi kuni o„quvchilar hisobotni himoya 
qiladilar va tegishli baho oladilar.
IX - bob. Burchmulla poligonida amaliy o„qitish tartibi, teхnika
xavfsizligi qoidalari, tabiatni muhofaza qilish va tozalik holatlari
to„g„risidagi ko„rsatma
Burchmulla amaliy o„qitish poligoni 1960-yili tashkil etilgan. U 
Chorvoq suv omborining shimoli-sharq qirg„og„ida joylashgan, maydoni 
1000 m . Poligonda tartib bilan ekilgan mevali daraхtlar mavjud. Har yili 
bu poligonda geologiya qidiruv, tog„ metallurgiya, neft-gaz 
fakultet- 
larining 500-600 nafar talabalari geologiya, geologik хaritalash, geofizika 
va geodeziya fanlaridan amaliy mashg„ulotlar o„tkaziladi.
O„qituvchi va talabalarning yashashi, amaliy mashg„ulotlar o„tkazish, 
dam olishlari uchun maхsus palatka qurilmalari, xonalar, 
cho„milish 
dushlari mavjud. Har yili iyun, iyul oylarida o„qituvchi va talabalarga 
markazlashgan oshхona, geologik muzey, medisina хodimlari va navbatchi 
mashinalar хizmatda bo„ladi. Poligon elektrlashtirilgan, 
radio va 
televizorlar bilan ta’minlangan. Vodoprovodlar o„tkazilgan.
Amaliy mashg„ulotlar uch bosqichda olib boriladi - tayyorgarlik, dala 
va xonaviy (kameralka).
Tayyorgarlik bosqichi Toshkentdan boshlanadi. Bu bosqichda hamma 
talabalar medisina ko„rigidan o„tkaziladi. Amaliy mashg„ulotlar uchun
49


kerak bo„lgan asbob-anjomlar tayyorlanadi (ryukzak, geologik bolg„a, dala 
daftari, tog„ kompasi, dala xaltasi, cho„ntak oynasi (lupa), o„chirg„ich, qora 
va rangli qalamlar, masshtabli chizg„ich, qog„oz (vatman), millimetrli va 
yaltiroq qog„oz, namunalar uchun xaltacha, har xil rangli tush, ruletka 
(masofa o„lchovchi asbob), durbin, o„lchagich (sirkul), transportir va 
paxta.
O„qituvchi - rahbar tomonidan talaba guruhlari o„rtasida yo‘l-yo‘riqlar 
(instruktsiya) o„tkaziladi va maxsus daftarga qayd etiladi.
Poligonga ketish kuni belgilanadi. Belgilangan kunda hamma guruh 
talabalari maxsus avtobuslarga tartib bilan o„tkaziladi.
O„qituvchi rahbarligida talabalar o„qitish poligonigacha kuzatib 
boriladi.
Dala bosqichida hamma talabalar yashash uchun palatka qurilmalarga 
va maxsus xonalarga guruhlari bo„yicha joylashtiriladi va jo„ra boshi 
saylanadi. Yotish va ishlash uchun talab qilinadigan anjomlar (ko„rpak- 
to„shak, krovat, stol, stul) poligon rahbarlari tomonidan ta’minlanadi.
Poligon rahbarlari tomonidan hamma talabalar uchun o„rnatilgan tartib 
va ish intizomi, ish sharoitlari to„g„risida ko„rsatmalar beriladi.
Marshrutga chiqish, qaytish, mustaqil ishlash, ma’ruza o„tkazish, dam 
olish, ertalabki, tushki va kechki ovqatlanish vaqtlari aniq belgilanadi. 
Shuningdek har kuni ma’lum belgilangan vaqtda marshrutdan olingan 
hujjat va namunalar talabalar tomonidan o„rganiladi, dala daftarlari, 
jurnallar tartibga solinadi va hulosalar qilinadi.
Talabalar o„rtasida tashkiliy masalalar ko„riladi: talabalarning 
vaqtincha komolot 
va kasaba uyushmalari, tartib o„rnatish guruhlari 
tashkil qilinadi.
Talabalarning ishdan bo„sh vaqtlarida amalga oshiriladigan maishiy ish 
rejalari ko„rilib chiqiladi.
O„tkaziladigan har xil ekskursiya, diskoteka, kino, adabiy kechalar, 
sport musobaqalari, devoriy gazetalar kabi tadbirlarning vaqtlari 
belgilanadi.
Xonaviy (kameralka) bosqichida esa talabalar o„qituvchi rahbarligida 
yig„ilgan birlamchi geologik hujjatlar asosida hisobot yozadilar. 
Tayyorlangan hisobot maxsus komissiya ishtirokida himoya qilinadi va 
baholanadi.
Poligonda amaliy o„qish mashg„ulotlarini o„tkazish jarayonida ham­
ma talabalar quyidagi tartib intizomga, texnika xavfsizligi qoidalariga, 
tozalik holatlariga amal qilishlari kerak.
50


1. 
Amaliy mashg„ulotlar belgilangan tartib va intizom asosida olib 
boriladi va uning buzilishiga yo„l qo„yilmaydi.
2.Talabalar amaliy mashg„ulotlarning hamma xillariga texnika 
havfsizligi bo„yicha yo„l yo„riqlarini o„tgandan keyingina kirishlari 
mumkin.
3.Marshrutlarga yo„l yo„riqda ko„rsatilgan aslaha anjom va 
kiyimlarsiz (bosh va tagi rezinali oyoq kiyim, uzun ko„ylak) chiqish man 
etiladi.
4.Mustaqil o„tkaziladigan marshrutlarga kamida ikkita talaba 
qatnashishi shart.
5.0b - havo ma’lumotlariga ko„ra kuchli shamol, bo„ron, 
yog„ingarchilik kutilgan kunlarda marshrutlarga chiqishga ruxsat 
etilmaydi.
6. Mustaqil marshrutga ketgan talabalar guruhi belgilangan vaqtda 
kelishmasa, guruh rahbari poligon rahbarlariga zudlik bilan ma’lum qiladi 
va qidirish tadbirlari ko„riladi.
7. O„pirilish havfi bo„lgan joylarda amaliy mashg„ulot o„tkazishda 
nazorat kuchaytiriladi.
8. Namunalar olish jarayonida geologik bolg„adan foydalanish 
qoidalariga amal qilinishi kerak. Chunki tog„ jinsi va ma’danlardan uchgan 
parchalar oluvchini yoki atrofidagi talabalarni jarohatlantirishi mumkin.
9. 
Kasallangan 
talabalar 
medisina 
xodimlarining 
ruxsatisiz 
marshrutlarga qo„yilmaydi.
10. Marshrutlarda yengil jarohatlangan yoki yaralangan talabalarga 
birinchi tibbiy yordam ko„rsatiladi.
11. Talabalar yashaydigan xonalar va palatka qurilmalari, oshxonalar, 
cho„milish dushlari, hojatxonalarning tozalik holatlari tibbiyot xodimlari 
tomonidan nazorat qilinadi.
12.Vaqti-vaqti 
bilan talabalarning 
sog„liq 
darajasini 
aniqlash 
maqsadida maxsus tibbiy ko„rik o„tkazilib turishi lozim.
13.Marshrut jarayonida chekish, gugurtdan foydalanish, gulxan 
yoqmoq tavsiya etilmaydi.
14.Zaharli ilonlar, qurt-qumrsqalar uchraydigan joylarda ehtiyot 
bo„lish talab qilinadi.
15. Mevali daraxtlarni sindirish, jarohatlantirish va pishmagan 
mevalarni iste’mol qilish man etiladi.
16. Palatka qurilmalariga ruxsatsiz elektr simlarini o„tkazish ruxsat 
berilmaydi.
51


17. Qulosiya, Paltov sharsharalarida, Ko„ksuv daryosida va Chorvoq 
suv omborida cho„milish man etiladi.
18. Rahbarlarning ruxsatisiz poligon chegarasidan tashqariga yoki 
uzoq joylarga borish qat’iy man etiladi.
19. 
Spirtli ichimliklarni iste’mol qilgan talabalar universitet 
dargohidan mahrum qilinadi.
Tabiatni muhofaza qilish
Inson geografik muhitda yashaydi va ehtiyojiga kerak bo„lgan havo, 
suv, oziq-ovqat, kiyim-bosh, turar joy uchun materiallarni, sanoat hom- 
ashyolarini tabiatdan oladi. Shunday ekan, inson ishlab chiqaruvchi kuch, 
jamiyat uchun boyliklar ularning mehnati natijasida yaratiladi.
Inson o„zini o„rab turgan tabiatga ta’sir etib, uni tinimsiz o„zgartiradi. 
Hozir sayoramizda inson faoliyati ta’sir etmagan landshaft deyarli 
qolmagan. Insoniyat xo„jalik faoliyatida tabiatga turli yo„llar bilan ta’sir 
etmoqda va sayoramiz relyefini o„zgartirmoqda.
Lekin odamlar tabiat boyliklarini o„zlashtira borib, o„zlari qilayotgan 
ishlarning oqibatlari to„g„risida oqilona o„ylab ko„rmaydilar.
Yerdagi barcha jonzotlarning bir-biri bilan o„zaro aloqadorligi va 
muvozanati haqida tashvishlanmaydilar. Insonning tabiat ishiga aralashuvi 
tabiatdagi 
buzilgan 
muvozanatni 
asliga 
qaytarib 
bo„lmaydigan 
o„zgarishlarga olib kelmoqda.
Masalan: Inson ta’sirida jumhuriyati-mizdagi o„rmonlar maydoni 1,5­
2 baravar kamaymoqda, ayrim hayvon turlari esa butunlay yo„q 
qilinmoqda.
Atrof-muhit - bu faqat odamlarning atrofini o„rab turgan narsalargina 
emas, balki biologik, iqtisodiy, ma’daniy va siyosiy aspektlarning bir 
biriga murakkab yo„l bilan qo„shilib ketishidir.
Ular bir butun, uzluksiz ravishda o„zgarib turadigan ekologik 
strukturani hosil qiladi. Ekologiya deganda, organizmlarning tevarak 
atrofdagi muhit bilan o„zaro munosabatlarini o„rganadigan biologik fan 
tushuniladi. Masalan, hozirgi vaqtda Yer sharining havosi, o„simligi, 
hayvonot dunyosi, landshaftlari, tog„ jinsi va mineral xom ashyo resurslari 
kabi noyob boyliklarni muhofaza qilish va rasional foydalanish uchun 
keng miqyosida har xil tadbirlar ishlab chiqilmoqda.
52


Atmosfera havosini muhofaza qilish
Atmosfera Yer sharini o„rab olgan havo qobig„i. Yer yuzasidagi 
atmosfera havosi gazlar aralashmasidan iborat, unda azot -78,08%, 
kislorod - 20,94%, argon - 0,9%, karbonat angidrid - 0,03% va oz 
miqdorda boshqa gazlar - vodorod, ozon, kripton, metan, geliy, neon bor. 
Atmosferada suv bug„lari, chang va boshqa aralashmalar ham bo„ladi.
Tirik mavjudotlar dunyosi necha-necha ming yillar mobaynida 
gazlarning ma’lum kontsentrasiyasiga va aylanib yurishi sharoitiga 
moslashadi.
Keyingi yillarda matbuotda atmosferaning havf soladigan darajada 
muttasil ifloslanib borayotganligi qayd qilinmoqda.
Atrof muhitning ifloslanishida, tobora ko„payib boryotgan kimyoviy 
moddalar muhim rol o„ynamoqda.
Ularga faqat sanoat chiqindilari va avtomashinalarning ishlatilgan 
gazlari emas, balki halq xo„jaligida va turmushda keng qo„llaniladigan 
turli xildagi sun’iy o„g„itlar, pestisidlar, dezinfeksiyalovchi va yuvadi-gan 
vositalar kiradi. Bu vositalarning me’yoridan ortiq qo„manishi odamlar, 
hayvonot va o„simliklar taraqqiyotiga juda yomon ta’sir qilmoqda. 
Shuning uchun havo havzasining musaffo bo„lishi uchun kurash olib 
borish har bir insonning burchidir.
Suvni muhofaza qilish
Sayoramizda taxminan 1,5 mlrd.km suv borligini aniqlangan. Shu 
miqdordagi suvning 94% okean va dengizlarda, 4% yer ostida to„plangan, 
taxminan 2% chuchuk suv, shunda ham uning asosiy qismi, qor va 
muzliklar bo„lib, faqat 0,4% suvdan foydalanish mumkin.
о
Hozir yer sharida yiliga hamma sohalar uchun 6000 km 
toza suv
о
о
sarflanmoqda. Shuning uchun 2000 km iste’mol qilinadi, 4000 km yana 
qaytib, 
ifloslanib 
suv 
havzalarga quyilmoqda. 
Suv 
havzalariga
о
о
quyilayotgan 
4000 
km 
suvning 
faqat 
400-450 
km 
gina 
zararsizlantiriladi. Zararsizlantirilgan suvda ham, 5 dan 25% gacha iflos 
moddalar uchraydi.
Shunday qilib, chuchuk suv yetishmasligi va chuchuk suv sifatining 
yomonlashuvi insoniyatni tashvishga solmoqda.
Ma’lumki, biznig sayoramizda suvning miqdori ming yillar mobaynida 
o„zgarmay turibdi, unga bo„lgan talab esa kun sayin oshib bormoqda.
53


Masalan, biz Yer yuzidagi aholini ko„payish suratini kuzatsak, 
quyidagi raqamlarni ko„ramiz, agar Yer yuzi aholisi 1000 yilda 288 
million kishi bo„lgan bo„lsa, bu ko„rsatkich 1901 yilda - 1,6 milliardga, 
1987 yili 5 milliardga, 2000 yilda- 7 milliardga chiqdi.
Aholining zichligi har bir kvadrat kilometr maydonga to„g„ri keladigan 
aholi sonibilan ko„rsatiladi. Yer shari aholisining o„rtacha zichligi har km 
yerga 30 kishi to„g„ri keladi. Odamning suvga bo„lgan ehtiyoji iqlim 
sharoitlariga qarab, bir sutkada 3-6 litrni tashkil qiladi. Xo‘jalik-ro‘zg‘or 
ehtiyojlari uchun bir sutkada 500 litrgacha suv kerak.
Aholi iste’mol qiladigan suv epidemiologik jihatdan havfsiz bo„lishi 
kerak. Suv orqali vabo, ich terlama, ichburug, brutsellyoz kasalliklariga 
uchrash mumkin. Ular daryoda yoki anhorda cho„milganda va oziq-ovqat 
orqali yuqishi ham mumkin.
Daryo oqar ekan, unga kolxoz dalalari, korxonalar (zavod, fabrika), 
kommunal xo„jaliklaridan oqava suvlar tushadi. Ularda pestisidlar, o„g„it 
mahsulotlari, turli xildagi sanoat chiqindilari bo„lishi mumkin. Shuning 
uchun suvni sifat jihatidan doimo sezgir, ishonchli, aniq usullar bilan 
analiz qilib turish kerak.
Yer po„sti jinslarini muhofaza qilish
Yer po„stijinslarining paydo bo„lishi-ichki (endogen) va tashqi 
(ekzogen) kuchlarning o„zaro ta’siridan sodir bo„ladi. Endogen jarayonlar 
ta’sirida ko„tarilgan yoki cho„kkan joylar vujudga keladi. Yer po„sti 
jinslari har xil kattalikdagi plita va bo„laklarga ajralib ketadi, ularning 
ayrim qismlari yirik burmalar sistemasini hosil qiladi, cho„g„day erigan 
magma o„choqlari va vulqon zanjirlari paydo bo„ladi, cho„kindi jinslar 
issiqlik va keltirilgan moddalar ta’sirida metamorfik jinslarga aylanadi.
Ekzogen jarayonlar tufayli shamol, suv, quyosh, sovuqlik, kimyoviy 
reaksiyalar, tirik organizmlar ta’sirida tog„ jinslari to„xtovsiz yemiriladi, 
keyin materiallar baland joylardan pastliklarga tushadi. Natijada Yer 
po„stining ko„tarilib qolgan bloklari o„rnida tog„li o„lklar vujudga keladi, 
yumshoq g„ovak jinslar esa tog„ orasidagi vodiylarda, pasttekisliklarda, 
dengizlarning qirg„oqqa yaqin qismlarida to„planadi.
Ayrim ma’lumotlarga (Borisov O.M.,1982y) ko„ra, faqat daryolarning 
o„zi jahon okeaniga yiliga 20-25 milliard tonna modda olib tushadi. Butun 
qit’alarda tabiiy jarayonlar natijasida 5dan 109 tonnagacha materiallar bir 
joydan ikkinchi joyga olib borilib yotqiziladi.
54


Bunday geologik jarayonlar natijasida sellar va surilmalarning paydo 
bo„lishi, quruqlikda, dengiz tagida zilzilalar ro„y berishi, vulqonlar paydo 
bo„lishi va otilishi, foydali qazilmalarning vujudga kelishi va boshqa 
xodisalarning ro„y berishi tabiiy bo„lib qolgan. Bunday geologik 
jarayonlar oqibatlari jamiyat va tabiatimizga katta talofatlar olib kelmoqda. 
Insoniyat bunday tabiiy ofatlarning oldini olish uchun yetarli kuchga ega 
emas, lekin ularning oqibatlarini imkoni boricha bartaraf etish mumkin. 
Buning uchun davlat tomonidan ko„plab mablag„lar ajratilmoqda.
Tuproqni muhofaza qilish
Insoniyat turli xil qurilmalar yordamida hozir Yer sharida har kuni 
6000 km 
yerni bir joydan ikkinchi joyga ag„darib tashlamoqda. Lekin 
tuproqdan noto„g„ri foydalanish oqibatida so„nggi 100 yil ichida 2mlrd. 
gektar yer eroziya va deflyatsiyaga duchor bo„lgan.
Bu esa qishloq xo„jalik oborotidagi yerning 25% demakdir.
Olib borilgan tadqiqotlar yerga yahshi qaralmasa tuproq struktu­
rasining o„zgarib ketishini, uning asta-sekin sho„rhok, kamhosil bo„lib 
ketishini ko„rsatadi. Tuproqning ifloslanishi o„simliklarda, hayvonlar va 
qushlar to„qimasida zararli moddalarning to„planishiga olib boradi, bu esa 
odamga ham ta’sir qiladi.
Amalda keng qo„llaniladigan axlatni yoqish, garchi tuproqni 
ifloslanishidan saqlasa ham, atmosfera havosini iflos qiladi va yuqumli 
kasalliklarni (ichburug, ich terlama, qoqshol) tarqatishi mumkin. Tuproqni 
muhofaza qilishga qaratilgan qator chora tadbirlar ma’lum.
Tabiat boyliklaridan foydalanadigan korxonalar va tashkilotlarga, 
zararli chiqindilar chiqarmaydigan hom ashyo va yoqilg„ilarni maksimal 
ishlab chiqarishni ta’minlaydigan texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va 
joriy qilish vazifasi yuklanadi.
Bunday jarayonlardan foydalanishning imkoni bo„lmagan taqdirda, 
samarali tozalash inshootlarini qurish tavsiya qilanadi. Yuqoridagi tabiatni 
muhofaza 
qilish 
qismida 
keltirilgan 
muammolar, 
O„zbekiston 
territoriyasining hamma shahar, nohiya va viloyatlariga ham ta’luqlidir. 
Misol tariqasida quyidagi dalillarni keltirish mumkin.
1. 
Hozirgi vaqtda 
jumhuriyatimizda o„rmonlar yong„oqzorlar, 
lolazorlar, dorivor o„simliklar maydoni kundan-kunga kamayib, cho„lu 
biyobonlarga aylanmoqda, havo muvozanati buzilmoqda.
55


2. 
Qattiq foydali qazilmalar (ko„mir, metallar, qurilish materiallari va 
boshqalar) qazib chiqarilganda, yer ostida ko„pdan-ko„p g„orlar, 
shtolnyalar, shaxtalar vujudga keladi.
Ma’lumki, yer ostidan boyliklar qazib chiqarilganda yiliga o„rta 
hisobda 40 milliard kubometr tog„ jins chiqarilib tashlanadi. Bunday 
jinslar tog„-tog„ bo„lib, katta maydonlarni qoplab yotmoqda va har xil 
sun’iy relyef shakllarini hosil qilmoqda. Shu bilan birga yig„ilgan otqindi 
jinslar tarkibida rux, simob, qo„rg„oshin, qalay va boshqa elementlar borki, 
ular sizot suvlarni, yer osti va usti (chashmalar, daryolar, suv omborlari) 
suvlarini, havoni, hayvonot dunyosini, tevarak-atrofdagi o„rmonlarni, 
o„simliklarni, poliz ekinlarini zaharlamoqda. Bunday zaharlanishlarning 
oldini olish uchun, davlatimiz tabiatni muhofaza qilish qoidalariga qat’iy 
amal qilishni talab qilmoqda va ko„plab mablag„ ajratilmoqda.
1. Jumhuriyatimizda yuzlab kimyo zavodlari, to„qimachilik fabrikalari
neft va boshqa ma’danlarni qayta ishlash korxonalari mavjud. Kimyo 
shubxasiz, jamiyat taraqqiyotiga hayot talablarining qondirilishiga yordam 
bermoqda, turmushni engillashtirmoqda, juda ko„p iqtisodiy foyda 
keltirmoqda. Lekin ulardan ajralgan har xil gaz va tutunlar, chiqindilar 
daryo suvlarini, suv omborlarini, havoni va tuproqlarni iqloslantirmoqda.
2.Hayotimizni bir zum avtomobilsiz, samolyotsiz, poyezdsiz tasavvur 
etib bo„lmaydi, qanchadan-qancha yo„lovchilar uzog„ini yaqin qilishdan 
tashqari, uning xalq ho„jalik yuklarini eltib borishdagi ahamiyati beqiyos. 
Lekin ulardan tarqalgan gazlar tabiatga salbiy ta’sir ko„rsatmoqda.
Bu transportlarni takomillashtirib borish esa konstruktor va 
loyihachilar, texnolog, injener va ishchilarning oldida turgan 
mu him 
vazifalardan biri hisoblanadi.
1. 
O„zbekistonda Chordara, Qayroqqum, Kattaqo„rg„on, Surxon, 
Chimqo„rg„on, Quyimozor, Pachkamar, Karkidon, Uchqizil, Kosonsoy, 
Jizzax, Tuyabo„g„iz, Sox, Chorvoq kabi ko„plab suv omborlari mavjud. 
Lekin ularning ekologik sharoitlari juda yomon. Misol tariqasida Chirchiq 
daryosi asosida qurilgan Chorvoq suv omborini tahlil qilib ko„rish
о
kifoyadir. Bu suv omborining umumiy hajmi 2000 mln. m , eni o„rtacha
10 km, suv yuzasining satxi 40 km. Chorvok suv ombori Toshkent 
viloyatining hamma noxiya axolisini, xalq ho„jaligining suv bilan 
ta’minlaydi. Shuningdek bu ombor atrofidagi yuzlab dam olish bog„lari, 
pioner lagerlari, sport komplekslari, davlat inshoatlari, ma’danlarni qayta 
ishlash kombinantlari, talabalarning amaliy mashg„ulot o„tkazish joylari, 
qishloqlar joylashgan. Shuningdek har kuni bu yerlarda minglab har xil 
sayoxlar, turistlar, shaxarlik oilalar dam olish uchun keladilar. Oqibatda
56


suv ombori atrofida ko„plab otqindi va chiqindilar yig„ilib qolmoqda. Ular 
oqava suvlar orqali omborga tushib, suv resurslarini, xavoni, tuproqlarni 
ifloslantirmoqda. O„simlik va hayvonot dunyosi holatiga salbiy ta’sir 
qilmoqda.
Bugunga kelib bu suv manbalari oqava suvlar bilan shunchalik 
ifloslanganki, ularni ichish naryoqda tursin, xatto cho„milish ham mumkin 
emas.
2. Orol ko„li muammosi hamma insoniyatni tashvishga solmoqda. 
Chunki Orol oqibatlari Qoraqalpoq, Toshovuz, Xorazm va boshqa 
viloyatlarning tabiatiga katta ta’sir qilmoqda.
Maxsus tuzilgan davlat komissiyasi Orolni o„zining oldingi xolatiga 
qaytarish to„g„risida katta chora tadbirlar ko„rmoqda.
3. 
Jumxuriyatimizda chiqindilarning ko„payib ketishi 
aholini 
tashvishga solmoqda.
Chiqindilarni 
yoqishning 
o„ziga 
xos 
qiyinchiliklari 
bo„ladi, 
chiqindilarning ko„p qismi yonmaydi, ba’zi plastiklarni yoqqanda zaharli 
tutun chiqadi. Chiqindilarni tashlash ham muammo bo„lib qolmoqda. 
Chiriyotgan axlat o„zidan metan gazini chiqarishi aniqlangan. Axlatlarni 
tashlash uchun axlatxona topish kundan-kunga qiyinlashmoqda. Ma’lumki, 
har odamga bir yilda 1 tonna chiqindi to„g„ri kelishi hisoblab chiqilgan. Bu 
muammolarni xal qilish uchun jumhuriyatimiz tomonidan ancha tadbirlar 
ko„rilmoqda.
O„zbekistonda tabiatni muxofaza qilishni kuchaytirish va tabiat 
boyliklaridan 
foydalnishni 
yaxshilash 
masalariga katta 
ahamiyat 
berilmoqda. Tabiat boyliklaridan foydalanadigan zavodlar, korxonalar, 
tashkilotlar zararli chiqindi, gaz va tutunlarni ushlab qoluvchi uskunalar 
bilan ta’minlanmoqda.
Yangi korxonalar qurishda ekologik vaziyatlar hisobga olinmoqda, 
tozalovchi qurilmalar qurish uchun maxsus mablag„ ajratilmoqda. Lekin 
shuni ta’kidlash kerakki, tabiatni muxofaza qilish muammolarini echishda 
keng jamoatchilikning va har bir insonning ro„li kattadir.
Shuning 
uchun 
ham 
Birlashgan 
Millatlar 
tashkiloti 
Bosh 
Assambleyasi 1972-yil dekabir oyida hozirgi va kelajak avlodlar uchun 
tabiatni saqlab qolishning aktualligini hisobga olib, har yili 5 iyunni atrof- 
muhitni muhofaza qilish Jahon kuni deb e’lon qilingan.
57


GEOLOGIK ATAMALARNING RUSCHA-O„ZBEKCHA
LUG„ATI
А
А б и сс^ - abissal, tubsiz chuqurlik 
Абрис - abris, xomaki plan (reja)
Aдaмeллит - adamellit (granit bilan granoliorit orasidagi magmatik 
jins)
Азимут пaдeния - yotish azimuti 
Аккумуляция - to„plash, yig„ish 
Aктивизaция - faollanish, faollashish
Aлeврoлит - alevrolit (zarralarining kattaligi 0,01-0,1mm bo„lgan 
cho„kindi jins)
Аллювий - allyuviy, o„trindi (doim 
oqar suvlar orqali daryo 
vodiylarida to„planuvchi chukindi)
Аляскит - alyaskit (rangli metallarsiz kaliyli granit)
Aмплитудa сктадки - burma amplitudasi 
Aмплитудa смeшeния - surilish amplitudasi 
А н ^ и з - tahlil
Aндeзит - andezit (effuziya tog„ jinsi)
Ататит - apatit (mineral)
Ассимляция - assimilyasiya (yot jinslarning magmada erish jarayoni)
B
Б
осис
- asos 
Бaссeйн - havza
Бeнтoс - bentos (chuqur suv osti hayvonlari va o„simliklari)
Биoсфeрa - biosfera (Yerning tirik mavjudot tarqalgan qismi)
Бoрoздa - jo„yak
Брaxиaнтиклинaль - braxiantiklinal (braxis-kalta, qisqa) - sharnirlari 
qarama-qarshi tomonga botiq antiklinal
Брaxисинклинaль - braxisinklinal (oval shakildagi sinelinal burma) 
Брeкчия - brekchiya (bo„laklari 10mm dan katta, o„tkir qirrali chaqiq 
bo„laklardan tuzilgan va sementlashgan tog„ jinslari)
Бурeниe - burg„ilash
В ^ у н - harsangtosh 
Вeк - asr
Вeщeствo - modda
V
58


B36poc - ko„tarilma (uzilma tekisligi ko„tarilgan qanoti tomon 70-800 
qiya joylashgan uzilma)
Вид - tur, xil 
В лож ^ать - namlik 
Вoдoнoснoсть - suvchanlik 
Вoдa пoдзeмнaя - yer osti suvi 
Вoдopaздeл - suv ayirg„ich, alish 
Вoльфpaмит - volframit (mineral)
Втадита - botiqlik
BbicoTa сктадки - burma balandligi
G
ra66po - gabbro (asos intruziv jins)
Гaлeчник - shag„al
Гeнeзис - genezis, paydo bo„lish, kelib chiqish 
Гeoмopфoлoгия - geomorfologiya (Yer yuzasining shakllarini 
o„rganuvchi geolog-geografik fan)
Г eo^HKraHanb - geosinklinal (nihoyata serharakat, chuqur uzilmalar 
bilan chegaralangan, cho„kindi jins yotqiziqlari juda qalin bo„lgan, 
magmatik jarayonlar faollashgan cho„ziq bukilma struktura)
Гeoxpoнoлoгия - geoxronologiya (1.muayyan bir vaqtdan boshlab 
geologik vaqt va geologik hodisalarni hisoblab borish haqidagi fan, 2. 
geologik voqealarning tarixi, vaqti ketma-ket ko„rsatib yozilgan jadval) 
Глита - til
r m 5 a - palaxsa tosh, katta bo„lak 
Гнeздo pуднoe - ma’dan uyasi, g„uji
Гopизoнтaль - gorizontal (dengiz sathidan bir xil balandlikdagi 
nuqtalarni birlashtiruvchi chiziq)
Topoo6pa3oBaH^ - tog„ paydo bo„lish 
ropCT - gorst (Yer qobig„ining yon atrofiga nisbatan ko„tarilgan va 
uzilmalar bilan chegaralangan qismi)
rpa6eH - graben (Yer qobig„ining yon atrofiga nisbatan cho„kkan va 
uzilmalar bilan chegaralangan qismi)
Гpaвий - mayda shag„al
Гpaнит - granit (nordon intruziv jins)
Гpaнoдиopит - granodiorit (tarkib bo„yicha granit bilan kvarsli diorit 
oralig„idati intruziv jins) 
rpynna - guruh
59


D
Д о й о - dayka (tik yoki qiya joylashgan, paxsasimon shakilli intruziv 
jinslardan ibrat jism)
Дeллювий - delyuviy (nurash hosilalarining tog„ yonbag„irlaridan 
yomg„ir suvlari orqali yuvilib to„plangan yumshoq, uvalanuvchi 
yotqiziqlar)
Дeндрит - dendrit (kristallarning daraxtsimon tarqalgan shakllari) 
Дeнудaция - (denudare - yalang„ochlash) - buzib, yemirib ko„chirish 
Дeпрeссия - depressiya (tektonikada Yer qobig„ining bukilib cho„kkan 
qismi)
Дeшифрирoвaниe - tahlil qilish, ma’nosini yechish 
Дюбоз - diabaz (to„liq kristallangan asosli intruziv jins) 
Диффeрeнциaция (differentiatio - bo„linish) -(geologiyada asosiy 
materialdan yangi, u bilan bog„liq bo„lgan, ammo boshqacha tarkibli 
moddalarninghosil bo„lish jarayonlarining umumiy nomi)
Дoкeмбрий - tokembriy (kombriygacha bo„lgan davr)
Дoлинa - vodiy, uva
Дoлoмит - dolomit (1. Mineral, 2.Dolmit minerallaridan tuzilgan 
karbonat jins)
Дoлoмит извeсткoвый - ohaktoshli dolomit (tarkibida 25-50% kaltsiy 
bo„lgan dolomit)
J
Жeлзaк - g„urra, tugun (menerallarning to„planishi natijasida xosil 
bo„lgan g„urrachalar)
Ж
ило
- tomir (darsliklarni mineral yoki tog„ jinslar bilan to„ldirgan 
jism)
Z
Зeлeгaниe - yotish, joylashish 
Зогежь - uyum 
Зaмoк сктадки - burma qulfi 
Зопос - zahira 
Зeмлeтрясeниe - zilzila 
Зeрнистoсть - donadorlik
3oHa дрoблeния - maydalanish, parchalanish doirasi 
3oHa смятия - ezilish, bukilish doirasi
60


И ^ г о ^ ж ^ - ignateriliklar, ignatanalilar 
№Beci™K - ohaktosh
№Beci™K дoлoмитизиpoвaнный - dolomitlashgan ohaktosh 
^B eerraK дoлoмитизиpoвaнный -
dolomitlashgan ohaktosh 
(tarkibida 25-50% dolmit bo„lgan ohaktosh)
И к ^ у з ^ - intruziya, joriylanish (1. Magmaning Yer qobig„iga 
joylanishi, 2.Yer qobig„ida magmaning qotishi natijasida hosil bo„lgan 
jism)
Истoчник - buloq, manbaa, chashma
K
Кальцит - kalsit (mineral)
Кальцитизация - kalsitlanish 
Kaмeннoyroльный пepиoд - toshko„mir davri 
Kapтa - xarita 
Kвapц - kvarts (mineral)
Kвapцит - kvartsit (kvartsdan tuzilgan, donador metamorfik tog„ jinsi) 
Климат - iqlim
Koнсeдимeнтaциoнный (con - birgalikda, sedimentation - cho„kish) 
- cho„kindi hosil bo„lish bilan birgalikda 
Kyпoл - gumbaz
Kopa вывeтpивaния - nurash qobig„i (kontinental sharoitda 
magmatik, cho„kindi, metomorfik jinslarning litsferani yuqori qismida 
nurash natijasida hosil bo„lgan tog„ jinslarining yig„indisi)
Koppaзия (corrasio - charxlash, egovlash) - tog„ jinsini egovlash, 
yo„nish, silliqlash jarayoni
Koppeляция 
(correfbatio 
-
o„zaro 
nisbatan, 
bog„lanish) 
-
stratigrafiyada yaqin va shuningdek, uzoq masofalarda joylashgan tog„ 
jinslarining qatlamlarini yoki ayrim qismlarini bir vaqtda hosil 
bo„lganligini aniqlash maqsadida taqqoslash 
Kpoвля слoя - qatlamning ustki tekisligi
L
Лава - lava (Yer yuzasiga vulqonlardan oqib yoki ezilib chiqayotgan 
qizigan suyuq yoki qayishqoq modda)
Лавина - ko„chki 
Л ак т ^ и т - lakkolit (osti va usti atrof jinslari bilan muvofiq 
joylashgan qo„ziqorinsimon shakildagi intruziv jism)
I
61


Лaмпрoфир - lamprofir (intruziv tog„ jinsi)
Лёсс - lyoss, soz tuproq 
Лимoнит - limonit, temir zangi 
Линия пaдeния - yotish chizig„i, qiyalik chizig„i 
Линия прoстирaния - yo„nalish chizig„i 
Литoлoгия - litologiya (cho„kindi jinslarning tarkibi, strukturasi, 
teksturasi, hosil bo„lishi to„g„risidagi fan)
M
M am a - magma (erigan holatdagi, lovsimon suyuq modda)
Могмотизм - magmatizm (Yer qobig„ini harakatga keltirishda magma 
sababchi bo„lgan barcha geologik jarayonlarning majmui)
Maгнeтит - magnetit (mineral)
Моршрут - marshrut (bosib o„tiladigan, o„tilgan yo„l)
Моссив (massa - bo„lak) - massiv, yaxlit joy (tektonikada - nisbatan 
mustahkamlashgan va turg„unlashgan struktura)
Моссив срeдинный - o„rtalik massiv 
Meл - bo„r
Meлoвaя систeмa - bo„r sistemasi 
Meлoвoй пeриoд - bo„r davri 
Meтoд - usul, uslub 
Meргeль - mergel (cho„kindi tog„ jinsi)
Meтaмoрфизм - metomorfizm (tog„ jinslarida, avvalgilariga nisbatan 
strukturasi, tarkibidagi o„zgarishlar bilan bog„liq 
bo„lgan xilma-xil 
endogen jarayonlar)
Moлибдeнит - molibdenit (mineral)
Moнцoнит - montsonit (intruziv jins)
Moшнoсть - qalinlik
Mрaмoр - marmar (metomorfik tog„ jinsi)
Mускoвит - muskovit (mineral)
N
Нодвиг - surilma (ko„tarilgan bo„lagi tushgan bo„lagi tomon 450 
gacha qiya joylashgan tekislik bo„yicha surilgan uzilma)
Нaкoплeниe - to„planish 
Нaплaстoвaниe - qatlamlanish 
Нeoтeктoникa - neotektonika (tektonikaning yangi tektonik 
jarayonlar natijasida hosil bo„lgan hozirgi relyef asosiy shakllarining 
tuzilishini o„rganuvchi bo„limi)
Нeсoглaснoe зaлeгaниe - nomuvofiq, nomos yotish
62


О
Облoмoк - parcha, bo„lak 
Облoмoчнaя пopoдa - chaqiq jins 
Обpaзeц - namuna 
OKpacKa - rang, tus 
Oпoлзeнь - ko„chki 
Oпopный paзpeз - tayanch kesma 
Opyдeнeниe - ma’danlanish 
Oсaдoк - cho„kindi 
Остатец - qoldiq 
Oсыпь - to„kilma 
Ось складки - burma o„qi 
Oтлoжeниe - yotqiziq 
Oтпeчaтoк - iz, tamg„a 
Oтчeт - hisobot
P
Пaдeниe - yotish
Пaлeoгeoгpaфия - paleogeografiya (o„tmishdagi geografik davrlarning 
geografiyasi)
nepeBan - dovon 
Пepepыв - tanaffus, uzilish 
Пepиoд - davr, bosqich 
Ш ш к - qum 
Пeсчaник - qumtosh 
П ^ и т - pirit (mineral)
Пласт - qatlam, qavat
Плaтфopмa - platforma (geosinklinallarga qarama-qarshi bo„lgan va 
ulardan tektonik taraqqiyot nuqtai nazaridan jiddiy ravishda farq qiluvchi 
kontinentlar strukturasining asosiy elementi)
Плoскoгopьe - yassi tog„
Плoскoсть - tekislik 
Плoтнoсть - zichlik
Плoскoсть напластования - qatlamlanish tekisligi 
Пoгpeжeниe - botish, cho„kish, sho„ng„ish 
Пoвepxнoсть paзмывa - yuvilish tekisligi 
Пoдoшвa пласта - qatlamning osti 
n o ^ o B - qoplama
63


Шристость - g„ovaklik 
Пoрoдa гoрнaя - tog„ jinsi 
Пoяс - mintaqa 
^
o
™6 - bukilma
Прoлювий - prolyuviy (nurash hosilalarining vaqtincha oqar suvlar 
orqali yuvilib to„plangan yotqiziqlari).
Прoслoй - qatlamcha 
^ o ^ ^ - jarayon
R
Ровнита - tekislik
Рaзлoм - uzilma
Paзмывaниe - yuvilish
Рaзрeз - kesma
Рaкoвинa - chig„anoq
Рaкушeвник - chig„anoqtosh
P e i p e ^ ^ - regressiya (dengizning chekinishi)
Риф - suv tagidagi qoya 
Poд - tur, xil, nav 
Poдник - buloq 
Рудо - ma’dan 
P o ^ i m - sochilma 
Pуслo - o„zan
S
Сaтeллит - satellit (yirik intruzivning uzoqqa joylashgan kichik bir 
qismi)
Сбрoс - tushirma (uzuvchi tekisligi tik yoki tushgan bo„lagi tomon qiya 
joylashgan uzilma)
Свито - svita (bo„lim)
Свoд - gumbaz 
Сдвиг - silliq
Сeрия - sill (yotqiziqlar orasida qatlamsimon shakilda joylashgan 
intruziv jism)
Систeмaтикa - tasnif, tartib
Склодко - burma
Склaдчaтoсть - burmachanlik
С т а ^ ц -slanes (metomorflashgan tog„ jinsi)
Слoй - qatlam
64


Сгош б - uslub
Сrpaтигpaфичeскaя пoлoнкa - stratigrafik ustun 
Стpaтoизoгипсa - stratoizogipsa - (har qanday geologik jismning 
tekisligidagi bir xil balandlikni ko„rsatuvchi nuqtalarni tutashtiruvchi 
chiziq)
Суглишк - qumoq tuproq 
Сфeн - sfen (mineral
T
Твepдoсть - qattiqlik
Тeктoникa - tektonika (l.Yer qobig„i alohida maydoning tuzilishi.
2.Yer qobig„ining tuzilishi, geologik strukturalari va ulurning joylanish 
qonuniyatlarini o„rganuvchi ta’limot)
Тeмпepaтypa - harorat 
Тeppaсa - daryo supachasi 
T o 4 0 Нaблюдeния - kuzatish nuqtasi 
Тpeшинa - yoriqlik, darzlik
T p a ^ ^ ^ ^ - transgressiya (dengizning bosib kelishi)
Т
у
Ф - tuf (vulqonning qattiq hosialaridan xosil bo„lgan tog„ jinsi)
U
Угол пaдeния - yotish burchagi 
Угол складки - burma burchagi 
Ушeльe - dara, jilg„a
F
Фaктop - omil, sabab
Фaмeнский яpyс - famen yarusi (devon sistemasining yuqori bulagiga 
tegishli yarus)
Фауна - fauna (ma’lum joy yoki davrga oid xayvonot dunyosi)
Фация - fatsiya (cho„kindi yoki tog„ jinslarida moddiy tus olgan 
cho„kindi hosil bo„lish sharoiti)
Фeльзит - felzit (yashirin kristalli effuziv jins)
Флopa - flora (ma’lum joy yoki davrga oid o„simliklar dunyosi) 
Флюидальная ^ у н т ^ а - (fluidus - oquvchan) - flyuidal struktura 
(qotayotgan jinsning harakatini tasvirlovchi struktura)
Флюopит - flyuorit (ftor minerali)
Фpaнский яpyс - fran yarusi (devon sistemasining yuqori bo„limiga 
tegishli yarus)
Фopмa - shakl
65


Фoрмaции гeoлoгичeскиe - geologik formatsiyalar (geologik jism, 
qatlam uyushmalarining paydo bo„lishi, tarixiy ketma-ketligi yoki boshqa 
bir munosabatlarining birlashmasi)
Х
Х о ^ ^ п ^ и т - (pir - olov) - xalkoprit (mineral)
Xoлм - tepalik
Xрeбeт ^ р н ы й - tog„ tizmasi 
Xрупкoсть - mo„rtlik
Ts
Цвeт минeрaлoв - minerellarning rangi
^ M e rn - sement (konglomerat, brekchiya, gravelit,qumtosh va 
alevrolitlarning chaqindi qismlarini jipslashtiruvchi modda)
^ п ь гортая - tog„ tizmasi 
Цикл тeктoничeский - tektonik sikl 
Циркoн - sirkon (mineral)
Ch
Чeртa - chiziq (mineralogiyada mineralning kukunini rangi ) 
Чeтвeртичнaя OTCTeMa - to„rtlamchi sistema (kaynazoy gruppasining 
yuqori sistemasi)
Чeтвeртичный терш д - to„rtlamchi davr 
Члeнистoнoгиe - bo„g„inoyoqlilar
Sh
Шлиx - shlix (og„ir minerallarning qoldig„i)
Шoнкинит - shonkinit (magmatik tog„ jinsi)
Шпинeль - shpinel (mineral)
Щeбeнь - qirrali tosh
E
Элeмeнты зaлeгaния - yotish elementlari (yotish, qiyalik burchagi, 
yo„nalishi, yotishi)
Элeмeнты сктадки - burma elementlari
Элювий - elyuviy (o„z joyida qolgan nurash mahsuli)
Эрoзия - yemirilish 
Эпoxa - zamon
Этикетко - etiketka (namunalari rasmiylashtiruvchi hujjat)
Ya
Ядрo - o„zak
66


FOYDALANILGAN ADABIY OTLAR
1.Тoшмyxaмeдoв 
Б.Т., 
Шepмyxaмeдoв Т.З., 
Тyлягaнoвa Н.Ш. 
Мeтoдичeскиe указания no пpoвeдeнию yчeбнo гeoлoгичeскoй 
^ а к тек и . Тaшкeнт: ТГТУ, 2010.
2. Toshmuxamedov B.N., Tulyaganova N.Sh., Ilyasova D.M. Strukturalar 
geologiyasi va geologik xaritalash fanidan xaritalash amaliyoti o„tish 
uchun uslubiy qo„llanma. Toshkent: TDTU-2014.
3. Дoлимoв Т.Н., Тpoицкий В.И. - Эвoлюциoн гeoлoгия. Т.: 
Унивepситeт, 2005.
о
4.Аxмeджoнoв М.А. Гeoлoгик xapитaлaш. - Тoшкeнт: Укитувчи - 
1990. 
5. Toshmuxamedov 
B.T. 
Umumiy 
geologiya. 
Darslik.- 
Toshkent.:Noshir, 2011.
6. Toshmuxamedov B.T.Umumiy geologiya. Darslik. -Toshkent.: IMR, 
2008.
7. Tulyaganova N.Sh. - Umumiy va tarixiy geologiya fanidan amaliy 
mashg„ulotlar to„plami. 1 qism. O„quv qo„llanma.-Toshkent.: «Voris» 
nashriyoti. 2013.
8. Toshmuxamedov B.T, 
Shermuxamedov T.Z, Tulaganova N.Sh. 
Umumiy geologiyadan amaliy mashgulotlar. Uslubiy qo„llanma. TDTU, 
2010.
9. Хoлмaтoв А.Х., Сyлтoнмypoдoв Ш. - Умумий гeoлoгиядaн амалий
о
мaшFyлoтлap. Услубий кулланма. Т.: Узбeкистoн, 2002.
Qo„shimcha adabiyotlar
1. Toshmuxamedov B.T. Umumiy geologiya. Darslik.TDTU, 2006.
2. 3o^poB Р.Т., Toшмyxaмeдoв Б.Т. - Умумий гeoлoгиядaн 
лaбopaтopия мaшFyлoтлapи буйича услубий кулланма (тoF жинслapи). 
Т.: ТашДТУ, 2000.
3. Зoкиpoв Р.Т., X o ^aeB Х.С. - Умумий гeoлoгиядaн лaбopaтopия 
мaшFyлoтлapи буйича мeтoдик кулланма (минepaллap). Таш ДТУ, 
2000.
4. Халисматов Э.Х. Зoкиpoв Р.Т. Стpyктypaлap гeoлoгияси ва 
гeoтeктoник излaнишлap. ТДТУ- 2004.
Elektron resurslar
1. http: //WWW/ ele brary.ru/ - научная 
элeктpoннaя библиoтeкa
2. http: //mggu. ru - Мoскoвский гoсyдapствeнный гeoлoгo- 
paзвeдoчный yнивepситeт
3. www.geologiya.ru
4. www.Ziyo. net
67



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə