Xix asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlarida O‘rta Osiyo xalklari tarixining tarixshunosligi



Yüklə 298,38 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü298,38 Kb.
#163891
XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlarida O‘rta Osiyo xalklari tarixining tarixshunosligi.


XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlarida O‘rta Osiyo xalklari tarixining tarixshunosligi.

  1. XIX asrning 30-60 yillarida O‘rta Osiyo xonliklari tarixi tarixshunosligi.

  2. O‘rta Osiyo xonliklarining chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi tarixining maxalliy tarixshunosligi.Россияси тоР

Rossiya o‘zining jo‘g‘rofiy joylashuviga ko‘ra Sharqning ta’-siriga g‘arbiy Ovrupoga nisbatan ko‘proq berilgan edi. Sharq bilan Rossiya kabi uzoq davrlardan beri bu qadar bog‘langan birorta mamlakat yo‘q.1
Rossiya Sharq bilan eng yaqin aloqada bo‘lgan davr—uning tarixining eng dastlabki davridir. VII—X asrlarda Kaspiy bo‘y-laridan Irtishgacha, Volga bo‘yidan Azov dengizi va qrimgacha bo‘lgan bepoyon hududda hazor urug‘iga mansub turli o‘rdalar xo‘-jayinlik qilganlar.2
Hazor-rus munosabatlari" xususida gapirar ekanmiz, tojik tarixchisi Faxriddin Muborak Marvaziyning XIII asr oxiri-da yozib qoldirgan ma’lumotlariga qisqacha to‘xtalamiz. Uning qo‘lezmalari 1927 yili qisman nashr ztilgan bo‘lib, ro‘yxati Lon-donda saqlanadi. Unda hazor yozuvi xususida qiziqarli ma’lu­motlar bor. Mana, bizni qiziqtirayotgan savol yuzasidan tarix-chi Faxriddin nima deydi: «Hazorlarda ruslardan kelib chikdan, Rum va yunon xalqlari tarmog‘i bo‘lgan urug‘lar bor. Ularning maishiy hayoti hazorlarnikiga o‘xshaydi. Harf va yezuvlari bir-biriga o‘xshash». Aftidan muallif bu yerda Dunay bulg‘orlari ha-qida yozgan. Chunki bunday bulg‘orlar slavyan alfavitidan foy-dalana bilishardi.3
Arab jo‘grofiyunlari hazorlar turklardan kelib chiqqan de-yishardi. Hozirti davrda (lingvist) tilshunoslar' Volgabo‘yi bulg‘orlari tilining qoldiqlaridan hazor nutqi bazasida chuvad! tili paydo bo‘ldi, degan xulosaga kelishdi.4
Rossiyaning Bag‘dod xalifaligi viloyatlari bilan jonli savdo aloqalari olib borgani ma’lum. Xalifaning kumush dirham tangalari Rossiya hududida arxeologlar tomonidan juda ko‘plab topilgan. VII—VIII asrlarga tegishli bu jarayonni IX asrgacha bo‘lgan Rusning Sharq bilan savdo qilishga qodir xo‘jalik ta-raqqiyotining belgisi sifatida qarasa bo‘ladi. Rus knyazlari Vladimirdan boshlab, o‘z ismlari bilan kumush tangalar zarb qila boshlaganda bu tangalar arab dirhamlari og‘irligiga aso-san zarb qilinardi. Arablar rus mamlakati haqidagi ma’lumotlarni Vizantiya orqali yoki Volgabo‘yi bulg‘orlaridan olishardi.
Bag‘dod xalifasi Muqtadir elchixonasi xizmatchisi Ibn Faz-lan ruslarni Volgabo‘yida, bulg‘or yoki hazorlar yurtida ko‘rganini aytadi (922 y.). Arab tilida yozuvchi jo‘g‘rofiyunlar g‘arbiy Ov-rupo to‘g‘risida yetarli ma’lumotlarga ega bo‘lmasa-da, ruslar va boshqa Sharqiy Ovrupo xalqlari haqida mufassal ma’lumotlar­ni qrldirishgan.
Kiev Rusining dastlabki knyazlari o‘z nazariyalarini X asr-dayoq (907, 911, 945, 944 (945) va 971 yillarda) shartnoma tuzil-gan Vizantiyagagina emas, Kaspiy dengizi ortidagi viloyatlarga ham tiqishgan edi.
Vizantiya bilan tuzilgan shartnomalar nafaqat huquqiy yod-gorliq, balki qadimgi Rusning Vizantiya bilan aloqalari haqida yozma ma’lumot va ilk rus yilnomalarida yozilgan voqea-larning tasdig‘i hamdir. Chunki bundan oldingi shartnomalar bizgacha yetib kelmagan. Arab tilli yozuvchilar ruslarning Sharqqa va ayniqsa Kaspiy bo‘ylariga kelganlari haqida yozadilar, rus o‘rta asr adabiyotida bu haqda ma’lumotlar bor.
IX asrdayoq ruslar Don, Volga daryosi orqali qo‘shni davlat-larga sayohat qilishardi, undan Kaspiyga o‘tishar, so‘ng Turgan (Urganch) ga kelishar, ba’zan u yerdan tuyalarda o‘z mollarini Bag‘dodga jo‘natishardi.
Ruslarning Kaspiybo‘yi o‘lkalariga birinchi yurishi 912—913-^yillarga to‘g‘ri keladi.1
Sharqshunos V. F. Minorskiy Londondagi Hindiston ishlari bo‘yicha vazirlik kutubxonasida ishlayotib, XI—XII asrning o‘rta osiyolik tabib-tadqiqotchisi Sharaf al Zamon Tohir Map-vaziyning Rus to‘g‘risida qisqacha qiziqarli ma’lumot beril-g-an kitobining arabcha nusxasini uchratdi.2 Asardan muhim par-chalar keltiramiz.
«Ruslar to‘g‘risida gapiradigan bo‘lsak, ular dengizdagi orol-da yashashadi, orol hajmi u chetidan bu chetigacha uch kunlik yo‘l. Unda daraxt va o‘rmonzor bor, atrofi yo‘llar bilan o‘ralgan. Ular juda ko‘p sonli va kilichga suyanib yashashadi. Agar biron erkak kishi o‘lsa, bor mol-mulkini qizlariga, o‘g‘liga esa faqat qilichini berishadi vaotangiz shu qilich yordamida mol-mulkka ega bo‘ldi, siz ham uning izidan boring», deyishadi.
Uch yuzinchi yilning oylaridan birida xristianlarga aylan-magunlaricha ular shu tarzda tarbiyalanishgan. Xristian bo‘lish-gach, din qilichni ular turmushidan siqib chiqardi, ular meh-nat .va kamtarlikka qaytishdi, yashash uchun mablag‘lari qis-qardi.
Shunda ular musulmon bo‘lishni istab qolishdi, chunki bun da ularga bosqinchilar va muqaddas urushlar qilish — avvalgi hayotga q'aytish imkoni tug‘ilardi.
Ular Xorazm xoniga o‘z xonlari Vladimirning yaqinlaridan to‘rt kishini elchi qilib yuborishdi. Va ular islom diniga o‘tish-di. Bu baquvvat irodali kishilar uzoq yurtlarga bosqin uchun . piyoda ketaverishar, Hazor (muallif aftidan Azov dengizini shunday ataydi) bo‘ylab kemalarda sayohat qilishardi. Boshqa ke-malarni qo‘lga tushirib, mol-mulkini tortib olishib Pontus (qora dengyz) orqali Konstantinopolga sayohat hilishardi. Vir marta ular Hazor dengizida sayohat qilib yurib Burdaning vaq-tinchalik egasi ham bo‘lib olishdi.
Ularning jasur va chapdastligi ma’lum, har biri boshqa xalq vakillarining bir nechasiga bas kelardi. Agar ularning oti bo‘lib, suvoriy bo‘lganlarida edi, ular kishilar uchun dahshatli kuchga aylangan bo‘lishardi.
. Ruslarning xristianlikni qabul qilishi 988—989-yillarga to‘g‘ri keladi. Vladimir ismli bir necha rus knyazlari bor edi. Vladimir Svyatoslavovichdan (1015) keyingi eng mashhur va yirik knyaz Vladimir Monomax (1113—1125 y.) edi. «Monomax quroli bu Ulug‘ knyazni g‘arbu Sharqqa shu qadar mashhur qildiki,— deb yozadi «Rossiya Kolumbi», tarixchi N. M. Karamzin,— uning o‘omi yilnomachilarning yozishicha dunyoda momaqaldiroqday guldirardi, qo‘shinlar undan qo‘rqib turishardi. Yangi yozuvlarga' ishonadigan bo‘lsak, Vladimir Grek imperiyasini ham qo‘rquvga solgan. Ular­ning hikoya qilishlaricha, Vladimir bobolarining greklar usti-dan qozongan g‘alabalarini eslab, ko‘p sonli lashkarini Mstis­lav boshchiligida Adrianopolga yubordi va Fransiyani egalladi. qo‘rqib ketgan Aleksey Komnin Kievga kesar (qaysar) Avgust-ning jonbaxsh xoch (krest) og‘ochini, javohirly qadahini; Vla­dimirning bobosi Konstantin Monomaxning toji, oltin zanjiri va barmalarini sovg‘a qilib yubordi. Yefes Mitropoliti Neofrit bu sovg‘alarni buyuk knyazga taqdim qildr, tinchlikka o‘ndadi. Kiev jome’ ibodatxonasida unga imperatorlik tojini kiydir-di va Rossiya shohi deb e’lon qildi. Moskva qurol palatasida Monomaxning oltin qalpog‘i, zanjir, hassa, skipetr va qadimiy barma saqlanadi. Bizning shohlarimiz tantanali marosimda yasa-nadigan bu ziynatlar rostdan ham (Vizantiya Imperatori — st.) Aleksiyning sovg‘asi bo‘lishi mumkin.1
N. M. Karamzinning ma’lumotlaridan bilamizki, X asrda Rossiya hukmdorlari Vizantiya imperatorlaridan shohona sovg‘a-lar talab qilib turishgan. XIV asrdagi Moskva Ulug‘ knyazlari ko‘pincha ana shu ba’zilari Gresiyada yasalgan (bu ulardagi yozuv-lardan va buyumning o‘zidan ham ko‘rinib turibdi)' boyliklar tu-fayli vorislariga vasiyatnoma berishni rad etishardi.2 Biroq Frakiyaning bosib olingani shubhalidir.. qadimiy yilnomalar-da Vladimirning asosan Gresiyaga munosabatlarigina yozilgan. Shu bois Marvaziyning yozganlarini o‘sha* davr voqealari bayoni bilan qiyosiy tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, Sharaf al*Zamon Tohir Marvaziyning yozganlari tarixny haqiqatga to‘g‘-ri keladi va N. M. Karamzin ma’lumotlariga moe. Faqat XII aerning saroy tabib olimini bu tarixiy voqealarni yoznshga nima undaganini aniqlash qiyin. Ruslarning islom dinini qabul qilgani (ehtimol muallif Vladimir Monomax siyosatidan noro-zi bo‘lib, Xorazm xoni xizmatiga o‘tgan ruslarni nazarda tutgan-dir) haqida ma’lumotlar borligiga qaraganda Marvaziyning asari Xorazmning XI asr tarixiga tegishli, chunki yuqoridagi vo-qealar xususida Beruniy ham «Osoru-l-boqiya> (Xronika) asari-da yozgan. U. Xorazmda slavyanlar ko‘p bo‘lib, ular ichida ilmli-lari ham borligini aytadi. Beruniy o‘lardan slavyan va yunon tillarini o‘rgangan edi.
Mavzuimizning asosiy masalasi qadimgi Rus va Sharq mu-nosabatlari bo‘lgani uchun, mo‘g‘ullar davrigacha bo‘lgan qadimgi rus yozuvi yodgorliklarini qisqacha ko‘rib o‘tamiz va ba’zi yil-noma ma’lumotlarini tahlil qilish orqali Sharq mamlakatla-rining Sharqiy Ovrupo kengliklariga ta’sirini yoritamiz.
Mutaxassislarning fikricha, Kiev knyazi Yaroslav Degnoning (1046—1054) ilmiy-siyosiy g‘oyalari ruslardan chiqqan birinchi mitropolit Illarionning «Slovo o zakone i blagodati» (1037 — 1050 yillar orasida yozilgan) asarida yorqin ifodalangan. «Slo­vo» ning mavzui — xalqlar tengligi va rus xalqini butun jahon xalqlari o‘rtasida ulug‘lashdir.1 Shu asarda Kiev knyazi Vladi­mir Svyatoslavovich «erimizning hoqoni» deb tilga olingan. «Ber­ta yilnomasi» da 839-yilda Ingelxeyt shahriga imperator Lyu­dovik Blag va Polskiy huzuriga Vizantiya imperatori feodal elchilari bilan «ros» xalqidan bo‘lgan qandaydir kishnlar ham kelgani yozilgan. Ular Vizantiya imperatori Feofildan Frank-larning yerlaridan o‘tkazib yuborishni so‘rashgan. Keltirilgan «Ros» nomy janubiy rus (Dnestr januby) qabilalari «parose» larga Yaroslav Dono va uning izdoshi Yuriy Dolgorukiy (1155— 1157) hukmronlik qilgan davrga to‘g‘ri keladi, deyishga asos bo‘la oladi.
Shunday qilib, «Rus hoqoni» bu davr tarixshunosligida «rus knyazi» dan ko‘ra ko‘proq uchraydi. Hoqon so‘zining turkchadan kel­gani shubhasiz. Bu turk ta’sirining g‘arbga qanchalik chuqur ki-rib borganini ko‘rsatadi.
Bu bo‘limda rus — Urta Osiyo munosabatlarining mo‘g‘ullarga-cha bo‘lgan davrga ko‘p to‘xtaganimiz uchun o‘quvchilar bizni kechir-sinlar. Bizning tarixshunosligimiz Urta Osiyoning shimoliy qo‘sh-nisi Rossiyaning Movarounnahr, Yaqin va Urta Sharq, umuman Osiyo bilan o‘sha murakkab davrdagi o‘zaro aloqalari tiklanishi xususidagi yig‘ma, to‘la ma’lumotlarga ega emas. Shuning uchun biz tadqiqotchilarimiz e’tiborini hozirgi zamon jahon tarix ilmi
yetarli manbashunoslik materiallariga egaligiga qaratmoqchi-miz. Ular jumlasiga «Yilnomalar to‘plami» («Svod letopisey») — bu turdagi ilk o‘ziga xos tarixiy asardir. Bizgacha yetib kelgan rus yilnomalaridan «Davriy yillar qissasi» («Povest vremenno‘x let») ham shunday asardir. Fanda t'adqiqotchi qoqilmay-surinmay o‘tadigan yoritilgan to‘g‘ri tekis yo‘l yo‘q. Tadqiqotchilarimiz Rossiya va- Urta Osie qadimdan aloqada bo‘lib kelganini tan olishea-da, baribir bu sohada tarixshunosligimiz Urta Osiyoning bu davr voqealari tarixiga doyr tegishli tadqiqotlarga ega emas.1 Shu bois o‘quvchilar e’tiborini («Svod letopisey») «Yil-nomalar to‘plami»ga qaratmoqchimiz. Bu yilnoma 862—1117 yil­lar orasidagi rus tarixiga doyr voqealar bayonini o‘z ichiga oladi. «Povest vremenno‘x let» ning sanasiz qismida «Rumdan Bulg‘or va Hvalis (Xiva) va Sharqqacha somoniylar davlatiga yurish mumkin» ligi yoziladi.2 Bu yerda muallifning o‘z mamlakati jo‘g‘rofiyasini yaxshi bilishi sezilmaydi va uning Vatani Urta Osiyo xalqlari, balki butun Sharq bilan aloqa o‘rnatishdan man-faatdorligi odatdagi hol. Kelib chiqishiga ko‘ra chechenlar, turk va dashtiylarga qondosh (1.353); hvalislar (1.353) —Kaspiy or-tida yashovchi xorazmliklar — xivaliklardir. Kaspiy dengizi Pyotr I davridagina kartalarga shunday (kaspiy xalqi nomi bi­lan) yozildi. Barandiylar (1.176) — turklardan kelib chiqqan ko‘chmanchi xalq, ba’zan ynlnomachilar ularni turklar bilan .teng o‘ringa (1.173, 375), qo‘yishadi. Ynlnomachilar ularning yurishlar paytida qora quyunday paydo bo‘lishini aytishadi (11.463). Ma-salan, 965- yilda «qissa» Svyatoslavning hazorlar ustiga yurishi va ularning qochishi haqida yozadi. Shu bilan bir qatorda yilno-machi Kavkaz tog‘ etaklari va cho‘llarida yashovchi yassilar, osetin-lar va qosog‘i cherkezlar (1.47, 201, 244: 11.311) va ular ustidan qozonylgan g‘alaba haqida xabar beradi.
XII asr oxirida (1188 y.) oliy tabaqaga mansub, chamasi, har-biy kishi yozgan asar paydo bo‘ldi. U XII asr durdonasidir, ran «Igor polki haqida qo‘shiq» yoki «Igor jangnomasi» haqida ketyapti. «qo‘shiq» ning mavzusi Novgorod knyazi Igor Svyatosla­vovich tomonidan 1185 yilda poloves-dashtliklarga yetkazilgan mag‘lubiyat. Asarning yuksak badiiy qiymati xususida gapirib o‘tirish bizning vazifamizga kirmaydi. Asarning vatanparvarlik va ko‘tarinki ruhi XII asr Ovrupo adabiyoti durdonalari bilan bir qatorda Kiev Rusining yuqori madaniy darajasidan guvohlik beradi.
Bu bobning vazifasi feodal Rusning Sharq bilan aloqalari bo‘lgani uchun «Igor jangnomasi» ning turkiy so‘zlari xususida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Bu masala bilan rus olimlari turkolog P. M. Melioranskiy, tilshunos F. Ye. Korsh, turkolog S. Ye. Malov va shoir Uljas Sulaymonlar shug‘ullandi1 Ular «Jangnoma» dagi sharqiy, asosan turkcha so‘zlarni ajratib chiqishdi.
Ulardan ba’zilarini ko‘rib o‘tamiz: «b’lvan — idol, tosh sa­nam; pahlavon— qahramon, botir; boyon — boy; boyarin — boyonlar; biy — zodagon; or’tma —ortimdan; nachata — tanga turi, eski arab puli; yar — jarlik^ qoshey — yey o‘qi yoxud qo‘shchi va hokazo.
Billar deb Kiev Rusining chegaralarida yatagan qovud turk qabilalari oqsoqollari boshliqlarini atashgan degan fikr keng tarqalgan. qovudlarni ko‘pincha turklar gerongli klobuklar, qo-ra dengiz va Arab dengizi bo‘ylab savdo aloqalarida bo‘ltan xalq bilan chalkashtirishadi («Jangnoma», 22-bet).
«Igor jangnomasi» ma’lum bo‘lishi bilan, uning qadimiy-ligiga shubha tug‘ildi. Masalan, tilshunos Senkovskiy &Jangno-ma» ni qadim zamonda emas, balki feodalizmning so‘nggi davri, XVIII asr kishisining maqsuloti, deb aytdi.1 She’riyat bilim-doni A. S. Pushkin «Igor jangnomasi» ning bir xilligi va tilining yaxlitligidan kelib chiqqan holda, bunday shubhalarga qarshi chiqdi, bunday yodgorliklarning keyingi davrda yasalishi mumkin emas, deb hisobladi. ■
1964 yilning may oyida mamlakatimiz Fanlar akademiyasida «Igor jangnomasi» ning yezilgan davri muhokama qilindi va muhokama qatnashchilari uning haqiqatan qadimiyliginya tasdiq-ladilar.2
Tilshunos tarixchilar tomonidan allaqachon isbot qilinganki, Rossiyaning mo‘g‘ullargacha bo‘lgan yozuvida juda ko‘p sharq so‘zla-ri uchraydi: ol-az, al-ik, bazer, oasureni, bier, haqon, kaliber, klobuk, qumiz, qur’an, ma’azin, mitan, mitet, mana, el, tarir, tovar, gyar, chek, chertok, shater va boshqalar.
Yuqorida aytilganidek, Svyatoslav hazorlarning yerlzrini bo-sib olishdan voz kechib, Bolqon yarim oroliga ketdi, birOq u yerda xam ko‘p bo‘lmadi. U qisqa vaqt Bulg‘oriyada qoldi, so‘ng grek jang-chilari siquvi ostida ruslar u yerdan xam ketib, Kievga qaytib kelishdi.
Shunday qilib Svyatoslav Dunay yerlarini qo‘ldan chiqardi. XI asrda" ruslar nafaqat Kaspiy, balki qora dengizdan ham uzib qo‘yilgan edilar; janubiy rus cho‘llarini musulmon madaniyati ta’siridagi qipchoqlar egallashdi.
■ Svyatoslavning o‘limidan so‘ng ruslarning tashqi siyosatida o‘z-garishlar yuz berdi. X asrdagi Vizantiyaga va musulmon mintaqa-lariga yurishlardan farqli o‘laroq, Kiev knyazlari Vladimirdan (978—1015) boshlab, qora dengiz va Kaspiy dengiziga egalnk qilishga urinmay qo‘ydilar.
Keyin mo‘g‘ullar zulmi 243 yil davom etdi (1237—1480). Mo‘-g‘ullarning bosqinchilik yurishlaridan so‘ng ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan, jahon tarixida mislsiz ulkan imperiya dunyoga kel-di. Rus knyazlari va dindorlari qizil Urdada mo‘g‘ullardan ko‘p-roq vakillarga ega bo‘lsa-da, biroq bu Rossiyada jo‘g‘rofiy va tarixiy duneqarashning kengayishiga olib kelmadi.
Mo‘g‘ul hukmronligi davrida Rossiya xalqlarining ozodlik kurashini tasvirlovchi «Kalka daryosi bo‘yidagi jang qissasi» (1223 y.), «Ryazan knyazligi (bekligi)ning inqirozi qissasi» (1237 y. dekabr) asarlari yaratildi. Birinchi bosqinga ulkan Ryazan knyazligi (1237 y.) duchor bo‘ldi. Mo‘g‘ullarning bir qismi Polsha va Sileziyaga bostirib kirdi, boshqa qismi Vengriya va Serbiyani egallab, Adriatika dengizigacha yetib bordi. Botu tuz-gan Oltin Urda butun Ovruponi bosib olishi xavfi yuzaga kel-di. Mo‘g‘ul bosqinchiligiga qarshi kurash g‘oyasi «Aleksandr Yaros­lavskiy qissasi» (1263) da o‘z ifodasini topgan. «Kulikovo jangnomasi» (1380) asari esa mustaqillik uchun milliy-ozodlik harakati mavzuini yakunlaydi. «Moskvaga tatarlar bosqini qis-sasi»da 1382 yili Moskvani egallagan Oltin Urda xoni bir lecha yillar To‘xtamish bilan kurashib, uni Volga ortiga quvib yuborgans tasvirlanadi. Asarda xon Moskva tomonga yurib Yeles (Lipesk viloyati) gacha yetganligi, biroq To‘xtamishni boylikla-ridan mahrum etish uchun o‘z lashkarini yana janubga burganligi haqida fikr yuritiladi.
Moskva mo‘g‘ul bosqini haqidagi hikoyalarda bosh qahramon Moskvaning o‘zi — qo‘rg‘on va buyuk knyazlik markazi sifatida emas, balki Rus yeri markazi sifatidagi Moskva edi. Shu bilan birga bu asar muallifi Amir Temurning Oltin Urdaga qarshi kurashi Moskvani mo‘g‘ullardan saqlab qolish imkonini berga-nink tak oladi.
Shunday qilib, XV asrning ikkinchi yarmidagi rus yilnomala-ri Sharh bilan aloqada bo‘lsa-da, ularda kengroq jo‘g‘rofiy va tarixiy ma’lumotlar yo‘q. Masalan: tverlik savdogar Afanasiy Nikitinning (1466—1472) ma’lumotlari bunga guvohlik be-r'adi.1
1480 yili mo‘g‘ul zulmi tugatildi. 1483 yilda esa ruslarning Sibir, Irtish hamda Ob etaklariga dastlabki yurishi amalga oshirildi. Rossiyaning Urta Osiyo xonliklari bilan aloqalari muntazam emas edi.
1464 yili Ivan III Hirotga, Temuriy sulton Abu Sayd saroyi-ga elchilarini yuboradi. Tarixchi Abdurazzoq Samarqandiy rus elchixonasining Hirotga kelganini yozadi, biroq elchilar maqsadi noma’lum. 1490 yili temuriy Sulton Husayn Boyqaroning elchisi Urus Bahodir Moskvada bo‘ldi. U «do‘stlik va mUhabbat» taklif etib kelgan edi. Bu xaqda ba’zi rus yilnomalar'ida yozilgan.
XVI asrda Moskva Urta Osiyo va Hindiston haqida hech qanday ma’lumotga ega emas edi. Ivan IV (1530—1584) davrida qozon(1552) va Hojitarxon, Ashtarxon (Astraxan, 1554) olingach, Urta Osiyo xonliklari va Rossiya o‘rtasida aloqa o‘rnatilib, Rossiya-ning ayniqsa Xiva, Buxoro bilan aloqalari kuchaydi. Endi bu yerlarga keluvchi rus va chet elliklar orqali Urta Osiyo to‘g‘ri-sidagi bilimlar kupaya boshladi. XVI—XVII asrlarda Urta Osiyo to‘g‘risida maxsus tarixchilik asarlari bo‘lmaganini aytish, joiz. Biroq har holda ko‘rib o‘tilayotgan davrda Ovrupo va Rossiyaning Sharq mamlakatlari bilan savdo aloqalari kengayiShi oqiba-tida Rossiyaning Urta Osiyoning siyosiy va iqgisodiy ahvoli xu-susidagi tasavvuri ancha kengaydi. Bunga Fazlulloh Isfaxoniy-ning (XV asr boshi) «Buxoro mehmoni kundaliklari», Antoniy Shenkinsonning «Buxoroga sayohat> (1558—1560) asarlari, Xiva elchnsi Hoji Yusufning Moskvadan (1617) xarid qilgan mollari ro‘yxati ... bunga yorqin misol bo‘la oladi.
qadimiy manbalar jumlasiga 1627 yiln tuzilgaI «Katta chizma» («Bolshoy chertyoj») kitobiga kirgan Rossiyada Urta Osiyo to‘g‘risidagi jo‘g‘rofiy va kartografik' tasavvurlar ham kiradi. Besh marta nashr etilgan (1773, 1792, 1838, 1846 yy.) va Urta Osiyo to‘g‘risida qiziqarli ma’lumotlarga ega bu kitob XVII asr boshi rus tarixhunosligining noyob yodgorligi1 hisobla-nadi.
Rus madaniyati, fani va publitsistikasida (chet ellardagi kabi) Rossiya tarixi ko‘pincha ikki davlat — Pyotrdan oldingi va Pyotrdan keyingi davlatlarga bo‘linadi. Rossiya tarixchisi S. M. Solovev Pyotr I ni taxtdagi inqilobchi deb atagan edi. Rosskyda sharq tiddarkkk o‘rgannsh Pyotr davridagk yu^ori. taba-qalar maktablarida boshlandi. «Evropaga darcha» ochib.-qayta qu-rilgan davlatda ilg‘or fanga e’tibor berayotgan Pyotr Rossiyaning Sharqdagi manfaatlarini ham esdan chiqarmadi. Pyotr I 1702 yil-ning 16 aprelida poytaxtda yashaydigan rus kishilarining sharq tillarini o‘rganishlari to‘g‘risida buyruq chiqardi va buning uchun chet eldan tadqiqotchilar hamda muallimlarni taklif etdi. 1724 yilda Peterburgda Fanlar akademiyasi tashkil etilishi bilan chet eldan taklif etilgan Bayer va Ker Rossii Fanlar akademiyasining birinchi sharqshunos olimi bo‘ldilar. Xitoy, qa-dimgi ibriy va arab tillari bo‘yicha mutaxassis bo‘lgan Bayer zamondoshlarining ta’kidlashicha, rus sharqshunosligide sezilar-li iz qoldirmadi. Gap shundaki, Yaqin va Urta Sharq, asosan Turkiya va Urta Osiyo xalqlarining tillarini o‘rganish uchun Pyotr I ning musulmon fuqarolari orasida tayyor tilmoch va vo-sitachilari bor edi.
Masalan, keyinchalik Pyotr I Moldovaning birinchi hukmdori, 1711 yilda Rossiya tarafiga o‘tgan knyaz Dmitriy Kantemir xiz-matidan ko‘p foydalandi. 1792 yildagi fors yurishi paytida turk va fors tillarida varaqalar chiqaradigan bosmaxonani knyaz o‘zi bilan olib borgan. Kadrlar tayerlash bo‘yicha amaliy ishga 1716 yil 18 yanvargacha chiqarilgan «Moskvadagi lotin maktabla-ridan 5 kishini tanlab, sharq (turk, arab, fors) tillarini o‘rga­nish uchun Eronga yuborish» haqidagi qonundan boshlandi. Kerning achinib xabar beoishicha, Petrning sharqshunoslik sohasidagi ma’-rifiy ishlari ham hali rivoj olib ketmayotgan edi. Petrning chet elga birinchi safari vaqgidayoq (1697—1698 y.) asos solin-gan Peterburg Kunst kamerasi — ajoyibotlar muzeyiga sharq manbalari ham qo‘yilib turar, lekin ular 1735 yilgacha tartib-siz holda yotar edi. Petrning buyruqlari bajarilishini nazorat qiladigan odam yo‘q, fors yurishi vaqtida yig‘ib kelingan va shu muzeyga berilgan kitob hamda qo‘lyozmalar ro‘yxatga olinmay yotar et. Pyotr va uning birinchi vorislari daarida kitob va qo‘lyozmalarning bir qismi tashqi ishlar kollegiyasida, bir qismi esa ayrim kishilar qo‘lida qolib ketdi. Shulardan biri sifati-da Ker general Levashevni ko‘rsatadi. 1722 yilda Eronga yurish paytida Pyotr I Volga bo‘yidagi Bulg‘or shahri vayronalarini borib ko‘rdi va ularni saqlash haqida buyruq berdi. Petrning buyrug‘iga ko‘ra Oxun qodirmamat Suyunchalev, slobodlik tilmoch Yusuf Eshbo‘latov va arman Ivan Vasilev ellikta qabr toshi yozuvini rus tiliga o‘girib yozib oldilar. Shulardan 3 tasi ar­man tilida edi.! Birok, XIX asrning boshida bu yodgorliklar yo‘qoldi, tarjimalar esa 1771 yilda Yekaterina II hukmronlik qilgan davrda e’lon qilindi. Yozuvlarnyng asl ko‘chirmalari qozon arxivida qoldi. Faqat XIX asrga kelib, chet ellik U. Klap-rot degan kishi 1805 yilda juda qiyinchilik bilan izlab topgan yodgorliklar 1836 yilda e’lon qilindi. Endi Bayer va Ker ha-hida batafsilroq to‘x-talmoqchimiz. Gochlib Zigfrid Bayer 1694 yilda Kenigsbergda tug‘ilib, 1738 yilda Peterburgda vafot et-tan. U Peterburgda 1726 yilning fevralidan sharq tillari ka-fedrasini boshqardi. Graf Osterman unga o‘z kutubxonasidagi Xitoy kitoblaridan foydalanishga ruxsat berdi. So‘ng Bayer mo‘g‘ul, sanskrit va manchjur tillarini o‘rgana boshladi. 1730 yilda Peterburgda uning sharqshunoslik bo‘yicha asosiyishi e’lon qilindi. Lekin Bayer Rossiyada sharqshunos kadrlar^ tayyorlama-di. Faqat Kergina milliy sharqshunos kadrlar tayerlash ishini boshladi. Georg Yakov Ker (1692 yilda tug‘ilib, 1740 yilda Pe­terburgda vafot etgan.) Bayerga qaraganda yaxshiroq ilmiy tay-yorgarlikka ega edi. Ker — Leypsig universitetining magistri, bir qancha musulmon xalqlari tillarining bilimdoni edi. Ros-siyaga u graf Osterman tomonidan taklif qilingan va tashqi ishlar kollegiyasida tilmoch hamda sharq tillari muallimi va-zifalarida edi. Ker Fanlar akademiyasida ishlamasa ham, 1733 yilda Akademiyada ko‘rib chiqish uchun «Rossiya imperiyasida sharq fani va tillari jamiyati yoki akademiyasi» tashkil qilish loyi-hasini taqdim etdi. Afsuski, bu loyiha qo‘lyozma holida qolib ketdi va akademik Fren 1821 ynldagina Fanlar akademiyasi arxividan bu qo‘lyozmani topib oldi. Uzining loyihasida,— deb yozgan edi I. Yu. Krachkovskiy, — Ker Sharqda asosiy va amalny ishlar xodimlari tayyorlash masalalariga to‘xtalgan, zarur o‘quv qurollari yaratish haqida gapirgan. Keng tadqiqot ihlarini rejalashtirgan. Rossiya davlati uchun arab, fors, turk va tatar xalqlarining tarixiy manbalaridan olingan hujjatlarning ahamiyati katta ekanligini ta’minlagan edi.
V. V. Bartoldning guvohlik berishicha, Ker arxivi T.I.M. ning Moskva kutubxonasida turibdi: 1877 yilning 24 avgustida «Rus gazetasi» sahifasida «Rus — Osiyo jamiyati» maqolasi e’lon qilindi. Maqolada jumladan quyidagilar aytiladi: «U (Ker) '1726—1737 yillarda Moskvada o‘zining Sharq bo‘ylab qilgan 30 yillik safari davomida yiqqan barcha ma’lumotlar to‘plami bilan keldi, lekin buning uchun biz Pyotr I dan minnat-dor bo‘lishimiz kerak, chunki u ruslarni Sharq bilan tanishti-rishga harakat qildi. Shuningdek, Kerni ham Rossiyaga u tak-lif qildi».
Keyinroq, 1732 yilda Ker ishga kirishgach, Peterburgga uning qo‘lida til o‘rganish uchun 6 ta shogird keldi:
Sergey Yakovlev — pod’yakning o‘g‘li, Pyotr Voronin — cherkov qorovulnning o‘g‘li, Vasiliy Goratinsev — ruhoniyning o‘>li, Fyo­dor Chernitsin — ikonachining o‘g‘li (ikkalasi ham falsafa mak-tabidan), Pyotr Shukin — o‘ziga to‘q dehqon o‘g‘li va Pyotr Che-kalskiy — pod’yak o‘g‘li (ikkalasi ham ritorika maktabidan). Hujjatlardan ma’lum bo‘lishicha, Moskvadan kelgan shog‘irdlar-ning har biri xazinadan kuniga 8 titsindan olar edilar, .bu mab-lag‘ juda oz bo‘lib, shars tnllarnni o‘rganish ishlarins sekin-lashthshb qo‘ydi. Tashqi ishlar kollegiyasida ishlagan butun davr mobaynida Ker namunali pedagogik faoliyati bilan birga fors va turk tillaridagi risolalarni nemis tiliga yoki rus tilidan. yuqoridagi tillarga tarjimalar qilganligini aytib o‘tish ke­rak. Uning tashqi ishlar Ministrligi Bosh arxivi Moskva kutub­xonasida saqlanayotgan juda ko‘plab bosma qo‘lyozma asarlari orasidan 137 ta harf tasvirlangan qo‘lyozmalar daftarini biz-birinchi o‘rinda aytishimiz kerak. Turkiston general-gubernato-ri K. P. Fon-Kaufmanning 1876 yilda 45 nusxada e’lon qilin-gan kundaliklaridan olingan shu qo‘lyozmaning surat ko‘chirmala-ri ham qo‘lyozma bilan birga turibdi. Kerning alfavitlar yig‘ish bo‘yicha buyuk ishlaridan keyin, sharq tangalari boy kolleksiyasi to‘g‘risida eslatib o‘tishimiz kerak: bu yerda Pekarmon tangala-rining suratlari, arab xalifasi Muoviya ibn Marvon, Al-Man-sur, Xorun-ar-Rashid va Samarqand, Marv, Bag‘dod, Turkiya, Hin-diston, Xitoy va boshqa yurtlarning tangalari tasvirlari uch-* raydi. Bu kolleksiya faqat o‘zining boyligi bilangina emas, balki professor Ker qanchalik ter to‘kib mehnat qilganligi bilan ham diqqatni tortadi: deyarli har bir tanganing old va orqa tomonidagi mayda-chuyda yozuv belgilar qog‘ozda batafsil g‘ berilgan, ularning aniq qiymati va chiqarilgan vaqti ko‘rsa-tilgan. Bu ishni Ker bosib chiqarishga tayyorlagan bo‘lishi kerak, deb taxmin qilish mumkin. Chunki ish juda puxta bajarilgan. U tuzgan Kavkaz va Urta Osiyo jo‘g‘rofik xaritasida dare, dengiz, tog‘, shahar va elatlar joylashgan hududlar ko‘rsatilgan. Bu xa-rita Sharq haqida o‘sha davrdagi jo‘g‘rofik bilim va tasavvur-larning namunasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Lekin uchinchi xarita, qora dengiz atrofidagi Turk yerlarining xaritasi qir-g‘oqlar belgilanishi bilan ham, turli joylarning kattalikla-ri proporsional aks ettirilganligi bilan ham hozirgi xarita-lardan farq qilmaydi. Bu qo‘lyozma xaritani professor Ker 1723 yilda Konstantinopol shahrida chiqarilgan xaritadan ko‘-chirib olgan bo‘lsa ham, avvalgi ikki xaritaga nisbatan ahamiyat-liroqdir. Biz bu xaritada hozirgi Janubiy Rossiya va Tavriya yarim oroli yerlarida juda ko‘plab turkcha nomli joy va sha-harlarni-ko‘ramiz: bularning ko‘plari chbrizm qo‘l ostiga o‘tishga ulgo‘rganlar, lekin avvalgi nomlari saqlanib qolgan, boshqalari esa ruscha nom olganlar: bir qancha joylarning faqat nomi emas, o‘zlari ham yo‘q bo‘lib ketgan va ular qiziqarli arxeologii tadqiqot va qazilma ishlari olib borish uchun manba bo‘lishi mumkin. Uz takliflarimizni 2—3 misol bilan tasdiqlashga tanyormiz: Shu xaritada Oqmachitdan g‘arbda Eski — Furun (Eski Uchoq) shahri ko‘rsatilgan. Lekin u yangi kartalarning birorta-sida ham yo‘q. Xuddi shuningdek qrimning janubiy qirg‘og‘ida, Yalta yaqinidagi Kit, qurdak va boshqa shaharlar. Kafa va Eski qrimning shimolrogidagi Sulton saroyi shaharlarini ham yangi xaritadan topa olmadik. Professor Ker qo‘lyozmalarining eng mashhurlario‘i qisqacha sanab o‘tar ekanmiz, bular uning Moskva Bosh arxivi fondida saqlanayotgan asarlarining 20 dan bir qis-mi ham emasligini aytib o‘tishimiz kerak. Fondlardan birida esa uning e’lon qilingan va qilinmagan asarlari qancha (hamma fondlar uchun mufassal ro‘yxat — katalog bor). Shuning uchun o‘quvchini ogohlantirib qo‘ymoqchimizki, biz professor Kerning yurisprudensiya (huquqshunoslik) tarixi, fazoshunoslik va ilo-hiyotga oid ishlarining butun bir bo‘limlariga qo‘l urmadik. Bu qulyozmalarda musulmonlarni qanday qilib xristian diniga ishontirish haqida boshqa dalillar bilan birga, qur’ondan parchalar keltirib bildirgan o‘ziga xos fikrlari diqqatni tor­tadi. Endi esa o‘quvchilarni prof. Ker tomonidan lotin tilida tayyorlangan «S-Peterburgda Sharq akademiyasi tuzish» loyihasi bilan tanishtirish qoldi. Loyiha yuqorida aytib o‘tilganidek, 1822 yilda tasodifan topilgan edi. Bu loyiha 1730 yillardayoq Rossiyaning manfaatlari Sharq bilan qanchalar bog‘liq ekanligi­ni ko‘rsatuvchi aniq dalil bo‘lishi mumkinligini hisobga olib, P. S. Savelevning yuqorida aytilgan shartnomasining qisqacha bayonini keltiramiz. Sharq tillarini o‘rganish zarurligi:

  1. Rossiya imperiyasi Turk sultoni, Kabardin va Cherkes, Do-g‘iston, Shirvon knyazlari, bundan tashqari qirg‘iz, Tarxon, Bosh-qird xonlari, Xorazm sultoni hamda Buxoro xoni bilan turkiy-tatar tillarida yozma aloqalar olib borardi. Fors tilida esa Eron shohi va Buxoro xoni qo‘li ostidagi joylar va odatda buyuk mo‘g‘ullar deb atashadigan Shimoliy Hindiston imperatori bilan tez-tez yozishmalar olib borilardi; >

  2. Cherkeziya knyazlari va boshqalarga ularning o‘z tillarida davlat hujjatlari yozib yuborish mumkin bo‘ladi. Xatolarsiz yozilgan bu hujjatlar aniq, har ikkala tomon uchun tushunarli bo‘ladi. Bu buyuk hind imperatoriga ham tegishlidir;

  3. Osiyo elchilari ancha bilimdon, o‘qimishli kishilari qur-shovida Rossiya imperatori saroyiga tez-tez tashrif buyurishadi. Ular bilan nozik masalalarda suhbatlashish uchun ham tilmochlar zarur;

  4. Tilmochlar, mansabdorlar va barcha fuqarolar bu ishlarda o‘zlarining bilimsizligi uchun turli bahonalar qidirib yurish-masin;

  5. Tatarlar, turklar, forslzr, arablar, greklar va lotinlar tarixida Rossiya davlati uchun foydali turli hujjatlar "mav-jud. Lekin, ular tartibga keltirilmagan, mualliflar tekshi-rilmagan, bir voqeaning turli mamlakatlarga tegishli bayonlari taqqoslanmagan; qaysi tildaligiga qarab turlicha aytiladigan asl sharqona nomlar kelishilmagan va izohlanmagan;

  6. Turkiya, Forsiya, Tataristonda xizmat qiluvchi harbiy bosh-liqlar, amaldor, maslahatchi va xizmatchilar bu yerdagi xalq-larning urf-odati, tilini bilishi va ularni Rossiya davlatiga xizmat qildira olishlari zarur;

  7. Mahalliy topshiriqlarni muharrir bajara olish uchun, asl rossiyaliklar Sharqqa goborishlari uchun doimiy kunlik mashg‘u-lotlardan o‘tishlari lozim. Bularning hammasi deydi, Ker, Ros-siyada Sharq fani va tillarini o‘rganuvchi ijtimoiy Akademiya ta’sis etish uchun yetarli.

II. Buning uchun nimalar va kimlar talab etshyuyapti:

  1. Uqimishli va bilimdon, grammatika va stilistika qoida-laridan xabardor, arabcha, forscha, turkiycha, tatarcha yozmalarni ruschaga o‘giradigan va aniq, lo‘nda, chiroyli ifodalay oladigan tarjimonlar kerak. Chunki savodsizroq tarjimon bironta so‘zni shunday o‘girishi mumkinki, bu xato butun ran mazmunini buzib goboradi va ikki davlatning kelisholmasligi, hatto orasi buzi-lib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin;

  2. Mirzalar va husnixatchilar— nafaqat turkiy, forscha va arabcha dastxatlarni o‘qiy oladigan, balki o‘zlari ham bemalol xat — nomalar bita oladigan va ularni qayta ko‘chira oladigan kishilar zarur;

  3. Elchilar bilan bo‘ladigan turkiycha, forscha suhbatlar pay-tida adabiyot, tarix, jo‘g‘rofiya va boshqa mavzulardagi gaplarni og‘zaki to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘gira oladigan tilmochlar kerak;

  1. Sharq ' kitobdorlari, diplomatlari, arxivariuslari, nu­mizmat (tangashunos), poliglot {ko‘p til biluvchi) poligistorlari va qadimiy Sharqosori atiqalarini yig‘uvchi va tushuntiruvchilari kerak. Ular Sharqning o‘ziga xos jonli nusxalari bo‘lishadi;

  2. Tarixdan grek, lotin, tatar, turk, fors, arablarga tegish­li, Rossiya imperiyasi uchun foydali ma’lumotlarni ajratib ola biladigan tarixchilar, antikvarlar, filolog va tanqidchilar kerak;

  3. Elchixonalarda maslahatchi bo‘la oladigan, Sharq asarlari-dan Sharq xalqlarini Rossiyaga og‘dirishga yordam beruvchi qoida va fikrlarni ajratib oluvchi Sharq poligistorlari, siyosatchi-lar ,va huquqshunos maslahatchilar zarur;

  4. Bilimdon va yaxshi saboq bera oladigan professorlar ke­rak. Ular orasidan musulMonlarni xristian diniga og‘diruvchi missionerlar ham tanlab olinishs mumkin.

III. qo‘llanmalar:
A) Borlarn yetarli emas, chunkn hozirgacha chop etilgan tur-kiy, forscha va arabcha grammatikalar juda qisqa va xatosi ko‘p, kenglari ham keragicha misollar keltirmaydi:

  • Sharq tillarining husnixati va chiroyli (diplomatii) jumla tuzish bo‘yicha qam hech nima chop etilmagan. Lug‘atlar kam, borlari ham kambag‘al, to‘ldirilishga juda muhtoj;

  • Tatarchada esa na leksika, na grammatika qo‘llanmasi yo‘q. Vaholanki, bu eng zarur, dastlabki ish. Arab, fors va turkiy-tatar tillaridagi yaxshi matn va suhbatlar to‘plamlari yo‘q. Pokok va Ganier nashr etgan lotincha tarjimasi bo‘lgan arabcha matnda, tarixchi Abul Faraj, Yevtikaq Aleksandrii asarlarn-dan tashqari, Rossiyaning o‘quvchi yoshlariga foyda keltiruvchi ta-rixiy sharqshunoslik asarlari nashr etilmagan. Boshqa nashr etilganlari yoki Ilohiyot va Bibliyani tushuntirishga tegishli, yoki bilimi yetarli bo‘lmagan yosh magistrlar tomonidan chop etilgan;

B) Mavjud qo‘llanmalar; qisqacha grammatik lug‘atlarga izohlar; frazeologiyadan namunalar, kalligrafiya va uslublar-ning namunalari; xat va suhbatlar; qadimgi davr tarixi, yilno-machilik, geneologiya, jo‘g‘rofiya, numizmatika, urf-odatlar va boshqalarni o‘z ichiga olgan; arabcha, mavritancha, forscha, buxo-rocha, turkiycha, tatarcha qo‘llanmalar. Ular ilmiy holda Georg, Yakob, Ker tomonidan to‘plangan yoki jamlangan va lotin tilida bayon etilishi mumkin;
S) Uzga yurtlardan kutilayotgan qo‘llanmalar: a) Arab, turkiy va fors tillaridagi tarixiy, jo‘g‘rofiy, siyosiy qo‘lyozmalar. Ular Olmoniya, Gollandiya, Angliya, Fransiya, Ispaniya va Italiya kutubxonalarida bu tillarni biladigan ki­shilar tomonidan ko‘chirilib, ro‘yxati elchixona orqali Imperator kollegiyasiga yuborilishi mumkin, yoki Rus hokimiyati topshiri-g‘iga kura Rossiya imperiyasining bu xalqlarni boshqaruvchi mu-sulmon noiblari tomonidan ko‘chirib olinishi mumkin. Yoki bo‘l~ masa, asl nusxyalar Samarkand, Buxoro va boshqa shaharlarning kutubxonalaridan olib qo‘yilishi mumkin, yoki ularni Buxoro kitob sotuvchilaridan xarid qilinishi mumkin;
b) Konstantinopol (Istambul) bosmaxonasida chop etilgan turkcha kitoblar Rossiya elchixonasi bojxonachisi yordamida oson-gina olib qo‘yilishi mumkin;
s) Shu zlchixona yoki Forsiyadagi Rossiya elchisi orqadi ming-lab arab va fors yozuvidagi asarlarni osongina olib, Impera­tor kollegiyasiga yuborish mumkin;
d) Kamchatka sayohatchilarining Sibirda topgan Osiyoga tegish-li barcha narsalar — xat, tanga va qadimiy yodgorliklar bu yerga yuboriladi va yangi Osiyo Akademiyasi kutubxonasiga berilishi mumkin. Chunki, Fanlar akademiyasida turkiy-tatar-fors yozuvla-rini hech kim tushunmaydi.
IV. Akademiyaning ta’sis etilishi foydasi:

  1. Agar Akademiya yoki Sharqiy jamiyat tuzilsa va ravnaya topsa, bundan imperiya uchun katta fonda va shuhrat keladi: Shar­qiy xalqlar yashaydigan hududlarni boshqaruvchi amaldorlar va bu yerliklar urf-odatlari va tillarini o‘rganib, ular bilan yumshoq muomalada bo‘lishga o‘tadilar va ularni ko‘ngilli ravish-da bizning fuqaroligimizga o‘tishga va Imperator janobi oliy-lariga so‘zsiz bo‘ysunishlariga yordam beradi;

  2. Rus olimlari xam Sharqning maxsus bilim va tajribala-rini o‘zlashtiradilarki, bu Rossiyaga fonda keltiradi, uning kengayishi va boyishiga katta yordam beradi;

  3. Yuqoridagi ikki bandning amalga oshirilishi Imperiyaning janubiy chegaralarini yanada kengaytiradi (maxsus izohdan ko‘-rinib turibdiki, Ker «Buyuk Buxogo» ning Rossiyaga qo‘shib oli­nishi loyihasini ham tayyorlagan, biroq bu loyiha yozilib, pod-shohga taqdim etilganmi, yo‘qmi, ma’lum emas /S. T./).

V. Mavjud vositalar (Manba qo‘llanmalar):

  1. Tashqi ishlar bo‘yicha Imperator kollegiyasida saqlana-yotgan turkiy, tatar, fors va arabcha hamda boshqa tillardagi xat, qo‘lyozma va kitoblar;

  2. Graf Duglas janoblariga tegnshli va u Imperator kolle­giyasiga taqdim etmoqchi bo‘lgan turk, tatar, fors, arabcha va boshqa tillardagi nomalar to‘la sandiqcha;

  3. General Levashev tomonidan Shirvonda o‘lja sifatida qo‘lga kiritilgan va hanuzgacha unda saqlanayotgan forscha qo‘lyoz-ma va kitoblar bilan to‘la to‘rg sandiq. Ular bor va Sharq Aka­demiyasi yoki jamiyati irshidagi Shar'^ kutubxonasiga asos bo‘lishi mumkin Bu asarlar vaqt o‘tishi bilan, ko‘chirib olib boshqa yurt-larga olib ketilishi yoki 11 bo‘limning yettita bandida tilga olingan kishilar harakati bilan tezda juda ko‘payib ketishi mumkin. Ular orasida doktor Messershmidt ko‘zga ko‘rinib qoldi, bundan tashqari, Imperator kollegiyasida Osiyo tillarini biluv-chi mirzalar, tarjimon va tilmochlar bor. Xususan: a) turkiy va tatar tillari bo‘yicha: Sud mirzasn — tarjimon Sinevich, tur-kiycha juda yaxshi biladi; turkcha juda yaxshi gapiradigan Mus-tafo Ahma'd, turkcha, tatarcha yoza va gapira oladigan Murtazo Tavakkalov;

b) fors va turkiy tillar bo‘yicha: Bikri Xristofor, bu til-larni ona tiliday biladi;
s) arab, fors, turkiy, sibir-xoldey, samaritan — puni, abis-■sin (xabash), grek va lotin tillari bo‘yicha: Georgiy Yakob Ker, Sharqiy tillar Imperatorlik kollegiyasi professori.
Shuningdek:
d) qalmoq, mo‘g‘ul, manchjur va xitoy tili va yozuvi bo‘yicha: Teofil, Zigfrid Bayer, Akademiyaning qadimgi davr tarixi pro­fessori: Bukxart, yaqinda hoqonlik poytaxti Pekindan S-Peter-burgga qaytgan ajoyib yosh yigit: Bakunin, elchixona mirzasi va Pyotr Smirnov, qalmoq tili tarjimoni.
Va, nihoyat, Olmoniya, Gollandiya, Angliya, Fransiya, Ispaniya, Portugaliya, Italiya kutubxonalaridagi Sharq asarlaridan ko‘-chirmalar olish uchun Rossiya bojxonalari qoshida sharq tilla­rini o‘rganayotgan yosh yigitlarni yollash mumkin.
Usha davr savodxonligini, ma’rifatliligi darajasini va Ker birinchi bo‘lib Rossiyaga sharq tillarini o‘rganish urug‘lari-ni qadaganini e’tiborga oladigan bo‘lsak, loyihaning buyukligi, Ker tafakkurining kengligidan, loyiha bajarilishi uchun zarur shartlar aniq belgnlangani, Akademiya tuzilishining zarurligini isbotlab berganidan hayratga tushmay ilojingiz yo‘q. Bu g‘oya qanchalik mustamlakachilik ruhida bo‘lmasin, hozir ham undan chuqur ilmnylik ufurib turibdn. Umuman, inqnlobgacha bo‘lgan davr rus tarixshunosligining asosiy faoliyati Ker g‘oyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq. S. S. Uvarovning 1810 yildagi loyihasi bu g‘oyalarni asosan takrorlaydi.
Kerning arxividan Abulg‘ozining «Shajarai turk» asarining nemischaga va Zahiriddin Muhammad Bobur (1483—1530) «Bobur-noma» sining lotinchaga tarjimasini alohida ta’kidlab o‘tish zarur.
Rus sharqshunosligining ilk qadamlari rus jamiyatining Sharqqa katta qiziqishidan dalolat berib turibdi.
XIX asr boshlaridan chor hukumati Sharqdagi siyosatini faol-lashtirdi. «Kerning ilmiy va amaliy sharqshunoslikning Rossiya uchun qanchalik ahamiyatliliginn chuqur tushungan hamda endi tu-g‘ilib kelayotgan rus sharqshunosligining porloq kelajagini ol-dindan ko‘ra bilgani holda olib borgan ilmiy amaliy faoliyati,— deb yozadi A. N. Kononov,— XIX asrning boshlarida Akademiyaning (1803) yangi reglament!!, dorilfununlarning (1804) birinchi umu-miy ustavida, va nihoyat, Osiyo muzeyi tuzilishida o‘z ravnaqini topdi, rivojlantirildi.1 (1818 i.)
XVIII asrda rus sharqshunosligi tarixida Sharqqa oid tarixiy, etnografik materiallarni muntazam yig‘ish boshlandi: qo‘lyozma holidagi bir qator turkiycha lug‘atlar tuzildi; «Ker» maktabi va o‘rta o‘quv yurtlarida tatar va turk tillarini o‘qitish bosh­landi; chuvash, tatar va turk tillaridagi birinchi qo‘lyozmalar nashr etildi.2
Rus turkshunosi A. N. Kononovning fikricha, mamlakatimizdagi sharqhunoslik tarixining 1917 yilgacha bo‘lgan davri ikkita teng bosqichga bo‘linadi; 1854—1855 yillargacha SPb dorilfununining sharq tillari fakulteti tuzilgungacha bo‘lgan davr va undan ke-YI'NGI, to 1917 yilgacha bo‘lgan davrlarga bo‘linadi.3
Peterburg, qozon va Xarkov dorilfununlarining tashkil etilishi Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda XIX asr rus sharqshunosligining keskin kuchayishiga olib keldi. Bu sakrash G. Klaprot, G. Spasskiy, Dorn, Fren, O. I. Senkovskiy, To‘pchi-boshev, Tornou, Sablukov, Xanikov, Berezin, Grigorev, Vasilev, Kovalevskiy, M. Kozimbek va boshqa ko‘plab Rossiya sharqshunos-ligi asoschilari nomi bilan uzviy bog‘liq.
Fanlar akademiyasining sharq tillari bo‘yicha birinchi ad’yu-tanti etib (1804 yil 1 sentyabr) ajoyib akademik bo‘lib yetishgan nemis sharqshunosi Genrix Yulius Klaprot qabul qilindi. U bi-rinchilardan bo‘lib qozoq va uyg‘ur tillarini tadqiq etgan edi. U «Boburnoma», bulg‘orlarning Volgadagi yozuvlari va boshqa sharq yozma yodgorliklari bilan shug‘ullangan ovrupoliklardan biri edi. Uning tashabbusi bilan 1810 yili Rossiyada birinchi sharqshunos-lik to‘plami chiqarildi. A. N. Kononovning aytishicha, Klaprot ulkan bilimga ega, buyuk sharqshunos, biroq uning Rossiyadagi 7 yillik faoliyati rus sharqshunosligida arzigulik iz qoldirmadi.
Sharqshunoslik bo‘yicha FA muxbir a’zosi etib saylangan (1810 y.) birinchi rus olimi Georgiy Ivanovich Spasskiydir (1783—1864 y.). G. I. Spasskiyning ko‘plab asarlari bor. Uning «Drevnosti Sibiri» maqrlasi biz uchun ayniqsa ahamiyatli bo‘lib, unda keyinchalik runiy-turkiy obidalar deb tan olingan sirli yozuvlar to‘g‘risida maqola bor.4
A. N. Kononov G. I. Spasskiyni «Sibirskiy vestnik» jurnali asoschisi deb to‘g‘ri aytadi, biroq, uni «Aziatskiy vestnik» jurna­li asoschisi deb ham atashadi. «Biblioteka dlya chteniya» va «Azi­atskiy vestnik» jurnallari asoschisi O. I. Senkovskiy edi. O. I. Senkovskiy Vilno gubernasida tug‘ildi, Vilno doril-fununida o‘qidi. Usha yerda mustaqil sharq tillarini o‘rgandi. Ta-labalik yillari, 1818 yilda «Luqmon hikoyatlari» ni arabchadan polyakchaga o‘girib, kirish so‘zi va izohlar bilan chop etdi. 1819 yili kureni tugatgach Kichik Osiyo, Sibir, Misr, Nubiya bo‘ylab sayohatga chiqdi va Polsha oynomalarida bu sayohat asosida mate-riallar e’lon qildi.1 Rossiyaga qaytgach esa, «Severno‘y arxiv» va «So‘n otechestva» oynomalarida 1822 yil davomida yo‘l xotirala-ridan bir necha parcha e’lon qildiki, bular ko‘pchilikning e’tibo-rini yosh olim va Sharq tillarini biluvchi sayohatchiga jalb etdi. 1822 yili u Peterburg dorilfununi professori sifatida ishga qabul qilindi va birdaniga ikki — fors va arab tili kafedra-lari mudiri vazifalarini bajara boshladi. Uning mehnatn nati-jalari «Sharq mamlakatlari ilmi, san’ati va adabiyotiga doyr asarlar, tarjimalar "hamda sayohatnomalaru, eng yangi ma’lumot-lar chop etiladigan «Aziatskiy vestnik» jurnalida bosilgan. Senkovskiy 14 yil mobaynida o‘zi asos solgan «Biblioteka dlya chte­niya» va «Aziatskiy vestnik» jurnallariga rahbarlik qildi. Bu jurnallarning rus mada-niyati tarixidagi ahamiyati juda ulkan. XIX asrning 30-yillarida kamdan-kam jurnal uning haqidagi tanqydiy material, retsenziya, eslatma yoki latifasiz chiqardi. Go-goldan tortib Davidov va Protopopovgacha nomashhur yozuvchilar ham o‘z asarlarida uning bilan bahslashishgan. Gogol va Pushkin-ning tabibi, Timofeev va Kukolnikning do‘sti, ilmiy kashfiyot-larni to‘qib chsqaruvchi, o‘zining o‘tkir aqlini fanning eng yaxshi g‘oyalari ustidan kulishga bekorchi sarflagan kishi — Senkovskiy keyingi avlodlar ongiga shunday kirdi. Hatto Belinskiy ham uning tashkilotchilik iste’dodiga tan bergan.
Drujinin Senkovskiyning jurnalistlik maktabida mahorat egalladi. U Senkovskiyni eng yaxshi jurnalist, derdi.
Gersen Senkovskiyni hech nimadan hayratga tushmasligi uchun-gina hurmat qilardi.2
1818 yil 11 noyabrda Fanlar akademiyasida Osiyo muzeyi tu­zildi. U Rossiyada Urta Osiyo va sharqshunoslik tarixida asosiy urin egallaydi. Osiyo muzeyining birinchi direktori etib Xristi­an DanidoYich Fren (1782—1851) tayinlandi. Bu arabshunos, eron-shunos, turkshunos olim Meklenburg-Shver gersogligida, Rostokda-tug‘ilgan. Maktabni tugatgach, dorilfunun talabasi bo‘ldi. Sharq­shunos O. G. Tixsen rahbarligida Sharq tillarini o‘rgandi, nu­mizmatika va fiqh blan shug‘ullandi. 1805 yili Rossiyada erkin fanlar magistra va falsafa doktori unvonini oldi. Rossiyadagi 1804 yilgi birinchi dorilfunun Ustaviga asosan u 1807 yilda qo­zon dorilfununi Sharq kafedrasi professori vazifasini tasdiq-ladi. 1815 yilda esa shu dargohning tarix-filologiya fakulte­ti dekani etib saylandi. qozonga kelgan paytda X. D. Fren 1808 yili Somoniy va Buxoro tangalari xususida kichikroq asar chop etdi. Asarqozonda lotin shrifta yo‘qligi bone, arabcha yozilgan va sarlavhasidagi bir necha qo‘pol grammatik xatolarga ega. Biroq o‘qituvchilik faoliyatining dastlabki yillaridanoq o‘zining kasbiga beqiyos muhabbati va 4>idokorligi, o‘zga talantlarga hasad qilmasligi, fanga yosh iqti-dorli kuchlarnn tortishi va ular ishiga yordamlashishi bilan u barcha talabalarning hurmatiga sazovor bo‘lganligi shubhasiz. 10 yil davomida ruslardan o‘ziga o‘rinbosar tayyorlamagani to‘g‘risida tez-tez Frenga nisbatan aytilayotgan ayblovlarda hech qanday asos yo‘q. 1807 yildayoq Fren gimnaziyaning tatar sinfida ta’lim olgan kamtar, intiluvchan va harakatchan talaba S. V. Kruchininga e’ti-bor berdi. 1809 yili hali talaba bo‘lgan qruchinin Frenning yor-damchisiga aylandi va'professorning (shu jumladan bo‘lajak ta-rixshunos Yarsevning) leksiyalarini tinglashga yetarli tayyorgar-ligi bo‘lmagan to‘rt nafar talabaga yiliga 60 sum maosh bilan rahbarlik qila boshladi. Bevaqt o‘limgina (1809 yil 30 iyul) Kruchininga Frenning izdoshi bo‘lishiga xalaqit berdi. Shundan so‘ng uning ishlarini Ya. O. Yarsev (1792—1861 y.) davom ettirdi. U 1812 yili kureni tugatib, sharq tillari bo‘yicha nomzod dara-jasini oldi, 1816 yili esa magistrlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1817 yili Yarsev Frenning tavsiyasi va M. A. Saltikov-ning otalig‘i bilan Forsiyaga- jo‘nayotgan elchilar tarkibiga ki-ritildiva u yoqdan qozonga 1818 yili qaytdi. Bu paytda Fren Fanlar 'Akademiyasi qoshidagi Osiyo muzeyining birinchi direk-tori etib tasdiqlangandi.
qozon dorilfununi 1819 yili martda M. L. Magniskiyning reviziyasidan so‘ng nafaqat talon-toroj qilindi, balki to 1826 yilgacha o‘sha shaxening otaliq niqrbi ostidagi boshqaruvi ostida ishladi. Shunday qilib, Magniskiy o‘zn tuzgan va 1820 yilning 17 yanvarida chor hukumati tasdiqlagan rektor va direktor uchun ko‘rsatma qoidalari asosida dorilfununning faoliyatini qattiq nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Rektorga ko‘rsatmada hatto, kafedra professorlari olg‘a surishi lozim bo‘lgan g‘oya va nuqtai-nazarlar xam belgilab qo‘yilgan edi. Masalan, Sharq tillari va tarixi kafedrasi professori «arab donishmandligida hech qanaqa hayratga tusharli narsa yo‘qligini (ta’kid bizniki — S. T.), ko‘r-satishi, umuman, arab va fors tillari «Rossiyaning ular bilan olib boradigan aloqa va savdo munosabatlarida» foyda beradigan doiradagina o‘kitilishi lozim edi. qozon dorilfununi rektori K. O. Fuks 182*6 yil gi hisobotida«Sharq tillari adabiyotini o‘rga-nishda shunday ehtiyotkorlik shart ediki, o‘qituvchining mashqlari lotin tiliga o‘girilgan bo‘lishi lozim edi, toki ko‘rsatma ruhiga moe kelmaydiganlarini darhol to‘xtatish imkoni bo‘lsin», deb yoz-gan edi.
Shunday qilib, Magniskiy davrida ham, oliy ta’lim, shu jum­ladan sharqshunoslikka qarshi choralarga qaramay, Peterburg, Mos­kva, Xarkov, qozonda Sharq tarixi va tillari bo‘yicha o‘qietgan-lar soni ko‘paydi. Magniskiy bo‘shagan yili qozon dorilfununi kelajakda rus sharqshunosligiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatgan atoqli olim bo‘lib yetishgan kishiga ega bo‘ldi. Bu Kozimbek Alek­sandr qosimovich — Mirzo Muhammad Ali Kozimbek edi. U 1802 yil 22 iyunda tug‘ilgan, uning otasi Xoji qosim Kozimbek Nodir-shoh davrida Darbandga ko‘chib kelgan. Xoji Muhammadxon bekning (qo‘rchi urug‘idan)1 to‘rt o‘g‘lidan kenjasi edi. 1796 yili Xoji Muhammadxonbek tashvishlardan bezor bo‘lib, oilasi bilan Eron-ga, so‘ng Arabistonga ko‘chdi. yosh Xoji qosim olti yil fiqh asos-laridan Madinada ta’lim oldi, Arabistonningboshqashaharlari bo‘ylab sayohat qildi, Makkani ziyorat qildi. 1802 yili u Forsiyaga qaytdi va Resht shahrida Sharafniso ismli g‘ilonlik savdogarning kiziga uylanadi. 1802 yili ularning oilasida bo‘lajak olim Mu­hammad Ali tug‘ildi. Aftidan otasining o‘qimishliligi unga katta ta’sir ko‘rsatgan. Muhammad Ali boshlang‘ich ta’limni darbandlik mulladan oldi. 13 yoshida u-qur’on suralarini yoddan bilar, fors tilida o‘qir va yozar, arab tilini o‘rganardi. Keyin domlasi Abdul Aziz yordamida mantiq, ritorika va fiqh asoslarini o‘rgandi.
1819 yildayoq o‘n yetti yoshli o‘smir o‘zining birinchi ilmiy asari — «Arab tili grammatikasi tajribasi» (Opo‘t grammatiki arab­skogo yazo‘ka) asarini yezdi, 1920 yilda esa arab va fors tillarida «Muammo va lug‘am» ni tuzdi. Shundan so‘ng Kozimbek birin-ketig‘g «Islom haqnqatlari, xristian va yahudiylarning yanglishuvlari»^ «Muhammadning payg‘ambarlik fazilatlari» va boshqa asarlarini yezdi. Birok 1820 yili Kozimbekning oilasida yosh Muhammad Ali taqdirida hal qiluvchi rol o‘ynagan voqea sodir bo‘ldi — ularni Astraxanga ko‘chirib yuborishdi. U yerda yosh olim shotland missio-nerlari (boshlig‘i Glen va boshq.) bilan tanishdi va ularning ta’-sirida xristianlikni qabul qnlib, Aleksandr nomini oldi. 1842 yili qozondan Peterburgga yuborgan xatlaridan birida u shunday yozgan edi: «Men Muhammadning olamidan ketishga qaror qildim. Bu olam va bu olam bahr amand bo‘layotgan Muhammadning falsafa-si menga o‘ta fanatik bo‘lib tuyulayapti.»2
Kozimbekning xristianlikni qabul qilishi uning tezda Dar-banddan ketishini taqozo etardi. 25 dekabrda u Omskka yo‘l oldi. Io‘lda kasal bo‘lib, qozon doilfununi professori Karl Fyodoro­vich Fuksning uyida qimirlay olmay yotdi. Fuksning uyida bo‘lgan vaqti ham uning kelgusi hayotida katta rol o‘ynadi.
Kozimbek o‘z bilimdonligi bilan qozon ilmiy doiralarini hayratda qoldirdi va Birinchi qozon gimnaziyasiga o‘qituvchilikka taklif etildi.
1826 yil 31 oktyabrda M- Kozimbek qozon dorilfununi rektori-tavsiyanomasi bilan dorilfunun Sharq tillari lektori etib ta-yinlandi. Kozimbek rus tilini o‘rganishni eng birinchi burch deb bilar va lotin hamda nemis tilida dare o‘tuvchi xorij olimlarining raqibi edi. 1829 yildayoq Kozimbek nafaqat leksiyalarini rus tilida o‘qir, balkn Sa’diyning «Guliston» ini rus tiliga mohirona o‘girgan edi.
Shunday qilib, M. Kozimbekiing rus sharqshunosligidagi asosny xizmati shundan iboratki, u birinchilardan bo‘lib, Rossiyaning tur-li millat va elatlari vakillari bo‘lgan yurtdoshlaridan sharq-shunoslar tayyorlay boshladi; o‘qituvchi kadrlarni tayyorlash maq-sadida sharqshunos pedagoglar sifatida dorilfununda qolishni istagan talabalarga yordam berish g‘oyasini ilgari surdi: u ko‘proq til o‘rganish tarafdori va kurashchisi edi: talaba va o‘qituvchilar-ni jahon xalqlari tarixi va tillarini chuqurroq o‘rganishga chaqirardi, Olimning karomatli so‘zlari hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q: «Xalq tarixini o‘rganishda haqiqatni aniqlash uchun til o‘rganishdan ko‘ra ham yaxshi, samarali yo‘l yo‘qligi allaqachsh isbotlangan, bu yashirinib yotgan ilmlar xazinasi tomon yagona yo‘l».1
Kozimbekiing ilmiy-pedagogik faoliyatining qozondagi Davri uny jahonga tanitdi. «Tatarlardan bo‘lgan, tabiatan o‘qituvchi bo‘lib tug‘ilgan Xalfinlardan so‘ng Aleksandr Kozimbekiing bosh-qa hech kimga qozon gimnaziyasida Sharq tillarini o‘rganish bo‘-yicha bunchalik samarali foyda keltirish nasib etmadi,2 Uning zamondoshi, sharqshunos I. N. Berezin shunday yezgan edi: «Kozim­bekiing olimlik faoliyatini ko‘pincha uning o‘zining xohishi — tanlovi emas, shart-sharoitlar belgilardi. Bundan tashqari Ko-zimbek bironta ishga kirishar ekan, o‘ziga xos keng kamrovlilik bilan masalaga yondashardi va shuning uchun ham u To‘xtamishning-Yaga*yloga yozgan maktubidan' boshlab butun Urta Osiyoning tari­xini o‘rganishga kirishib ketdi... Har holda Kozimbek o‘zi o‘rga-nayotgan narsaga mehr bilan qattiq yopishardi».3
Biroq, hujjatlardan ko‘rinadiki, qozondagi hayot unga, unchalik kup quvonch taqdim etmagan. Unga qozondan chiqishga ruxsat etish-magan. Chor hukumati uning milliy kelib chiqishidan va sharqshu-noslikning mavqei, o‘rni haqidagi dadil fikrlaridan cho‘chirdi. Nihoyat, uzoq sinovlardan so‘ng M. Kozimbekiing orzusi ushaldi: u Peterburg dorilfununini fors tili kafedrasi professorligiga, Sharq tillari fakultetidan butunlay ketgan Mirza Ja’far To‘pchiboshevnnng o‘rniga tayinlandi.
Kozimbek 1849—1870 yillarda kafedra mudiri, dorilfunun-king Sharq fakulteti dekani vazifalarida ishladi. 1889 yil-ning 18 mayida, Sankt-Peterburg dorilfununi 50 yilligi ni-shonlanayotgan kunlarda, unga yopiq ovoz berish natijasida Sharq tillari doktori faxriy unvoni berildi.
Uquvchilarni qisqacha sharqshunos Mirza Ja’far To‘pchiboshev­nnng hayoti va faoliyatn bilan tanishtirib o‘tamiz.
Rossiya dorilfununlarining 1835 yilgi Ustavi — Nizomida Sharq xalqlari tarixi va tillarini keng ko‘lamda o‘rganish ko‘zda tutilgan edi. Ammo o‘sha vaqtda rossiya dorilfununlarining mod-diy negizi va kadrlari bu nizomga javob berolmas edi.1 Masalan, Peterburg dorilfununida ana shu Nizom qabul qilinayotgan vakt-da ikkita sharqshuios professor bor edi. Biri O. Senkovskiy, ikkinchisi Mirza Ja’far To‘pchiboshev (1790—4. II. 1869) edi. Professor To‘pchiboshev Ganja shahrida (hozirgi Kirovobod, Ozar-bayjon) tug‘ilgan. Madrasada o‘kigan, fors, arab, turk, gruzin va arman tillarini bilar edi. 1811 yilda Peterburgga keldi. Aso-siy pedagogika institutida fors tili o‘qitish bo‘yicha assisent bo‘­lib ishga kirdi. Ilmgoh 1823 yilda universitetga — dorilfunun-ga aylantirilgach, Mirza Ja’far muallimlikni davom ettirdi. 1835 yilda dorilfununning ekstra-ordinar professori, 1843 yil-dan xizmat ko‘rsatgan professori bo‘ldi. 1851 yilda RAO (Rossiy­skaya Assotsiatsiya orientalistov)— Rossiya sharqshunoslari uyushma-si ta’sischilaridan biri bo‘lib saylandi. Professor To‘pchiboshev­nnng shogirdlaridan biri elchi-shoir A. S. Griboedov Zdi2.
XIX asrning birinchi yarmidagi rus sharqshunosligi'asoschilari haqidagi bibliografii lavhamizni yana davom ettirishimiz mum-kin edi. Ammo kitobimiz hajmi bunga imkon bermaydi.3 Shuning uchun xulosa qilib aytsak, rus sharqshunosligining rivoji Rossiya imperiyasining tashqi siesatidagi faoliyatida Sharq mamlakat-larida, jumladan Urta Osiyoda ishlash uchun yuksak malakali sharqhunos mutaxassislar tayyorlash talablari bilan bog‘liq edi.
XIX asr boshlarida Urta Osiyoga kelgan sayyohlar va elchilar olib ketgan tarixiy qo‘lyozmalar rus sharqshunoslarini qiziqtirdi va Urta Osiyoning XVI—XVIII asrlardagi tarixiga oid dastlabki ma’lumotlar Rossiyaga shu vaqtlarda kirib kela boshladi. Chunon-chi Negri elchixonalari 1800 yilda Buxorodan olib kelgan «Muqim-xon tarixi»—fransuz tilida bosilib, 1824 yilda sharqshunos O. I. Senkovskiy tomonidan e’lon qilindi.4
XIX asr o‘rtalarida Rossiyada kapitalizm rivojlannshi bilan yangi-yangi mustamlakalarni bosib olish harakati kuchaydi. Chor Rossiyasining harbiy-siyosiy, iqtisodiy qudrati oshganligi Urta Osiyoga nisbatan bosqinchilik faoliyatini kuchaytirdi. Shu niyatda Nikolay I 1854 yil 22 oktyabrda Sankt-Peterburg dorilfununida Sharq tillari bo‘limini Sharq tillari kulliyotiga aylantirish
xaqidagi farmonga imzo chekdi. Ana shu yangi kulliyotda arab, fors, turk-tatar, mo‘g‘ul-qalmoq, xitoy, ibriy (yahudiy) arman, gurji, manchjur tillari kafedralari ochildi.
1855 yil avgust oyida dorilfununning Sharq tillari kulli-yotida kafedralarni lingvistik tarzda bo‘lishdan tashqari yana madaniy-tarixiy yo‘nalishlar bo‘yicha ham bo‘lishga qaror qilin-di: 1) arab-fors, turk-tatar tillari; 2) mo‘g‘ul-qalmoq-tatar tillari; 3) xitoy-manchjur tillari; 4) yahudyy-arab tilLari; 5) arman-gurji-tatar tillariga qarab kafedralar bo‘lindi. Tur-kiy tillardan turk, ozarbayjon, chig‘atoy," qozoq, uzbek tillari puxta o‘qitilardi.1
Uquv dasturiga o‘zgafishlar loyihasi 1856 yilda amalga oshi-rildi. Ammo shu va^tdan boshqa bir masala muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Sharq tarixini o‘qitish ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yildi. Rossiya hukumati 1823 yilda Sharqni o‘rganish masalalari bo‘yicha hali alohida fanni kiritishga mavjud materiallar yetarli emas, deb hisoblagan zdi.2 1857 yil oktyabr oyida esa Sharq fakul-teti kengashi Sharqiy Osiyo tarixi va musulmonlar Osiyosi ta-rixi kafedralari ochishni iltimos qilib, hukumatga ariza berdi.
Kozimbek 1858 yilda yozgan arizasida Sharq tarixini o‘qitish sharq tillarini o‘qitishdan ko‘ra jiddiyroq masala ekanligini e’tirof etsa ham, baribir dorilfunun rahbariyati Sharq tarixi­ni o‘qitish tillarni yaxshiroq o‘rganish uchungina zarur, degan fikr-da edi. Xuddi shu tufayli Sharq tarixi fani taryxiy aloqalarga yoki davrlarga qarab emas, balki qabila, elatlar guruhlariga (asosan 3 bo‘limga — semit tillari, oriy tillari, O‘rol-Oltoy tillari) ajratildi. Kozimbek Sharq va Osiyo tarixi tarixshu-nosligining o‘sha vaqtdagi ahvolini ko‘zda tutib, Sharq tarixi «rus olimlari tomonidan mutlaqo ishlab chnqilmagan»3 deb, gina qilgan edi.
Dorilfununda alohida Sharq tarixi kafedrzsining tashkil etilishi yuqori malakali tarixchi mutaxassislar tayyorlash bilan ayni vaqtda Sharq mamlakatlari va ayniqsa Osiyo tarixini va istoriografiyasini chuqurroq ishlab chiqish uchun muhim zamin yarat-di. Bu tashabbusning boshlovchilaridan biri Vasiliy Vasilevich Grigorev (1816—1881) edi.4 U, Peterburgda, badavlat oilada tug‘ilib, yaxshi ta’lim-tarbiya olgan. Grigorev 1831 yili doril­fununning falsafa fakulteti qoshidagi Sharq bo‘limiga o‘qishga kirdi va prrf. O. I. Senkovskiy qo‘lida arab, fors va turk til­larini o‘rgandi. Dorilfununni a’lo darajada tamomlagani uchun Grigorevga 1834 yil iyunida fan nomzodi unvoni berildi va u1 1919 yil kuzida sharqshunoslik, tarix-filologiya, huquqshunoslik kul-
lnetlari tugatilib, o‘rniga ijtimoiy fanlar kulliyoti ochildi. Rossiya TIM (Tashqi ishlar vazirligi) Sharq tillari departa-menti o‘quv bo‘limiga ishga olindi. Ikki yildan so‘ng O. I. Senkov­skiy uni fors tili bo‘yicha professorlik unvoniga tayyorlanishgz taklif etdi. Bu orada ustozi bilan munosabati buzildimi, boshqa sababdanmi, V. V. Grigorev o‘sha vaqtda Odessaga, Rishele muze-yiga professorlik lavozimiga ishga taklif qilindi. 1838—1844 yillarda u shu yerda ishladi. Odessada u Oltin Urda xonlarining rus ruhoniylariga bergan yorliqlari" haqida dissertatsiya yezdi va tarix fanlari magistri unvoniga sazovor bo‘ldi. 1845 yilda Gri­gorev Peterburgga qa'ytib, RGO — Rus geograflari jamiyati va RAO — Rus arxeologlari jamiyati (1846) tashkil qilishning tashabbuskorlaridan biri bo‘ldi. U 1851 yilda Orenburgga ishga keldi. 1853 yilda Grigorev Oqmachit shahrining bosib olini-shida safar devonxonasi /konsultatsiyam) boshlig‘i bo‘lib qatnash-di. 1853 — 62-yillarda Orenburg qozoqlari oblastining devon-begisi (uprav, delami kanselyarii) bo‘lib ishladi.
V. V. Grigorev taklifi bilan uzbek olimi Mirza Shams Buxo-riy o‘zining Buxoro va qoshg‘ar voqealari haqidagi esdaliklarini yezdi. Mirza Shams Buxoriy Orenburgda 25 yil yashadi va Buxoro xonligining Rossiya bilan munosabatlari yaxshilanishiga katta hissa qo‘shdi. Mirza Shams 1804 yilda Buxoroda tug‘ilgan. qarin-dosh-urug‘lari Buxoro amiri xizmatida edilar. 1820—30- yillar­da u savdo karvoni bilan bir necha marta Rossiyaga borgan. So‘ng Buxoro xonligi amiri Nasrulloxon topshirig‘i bilan Orenburgda savdo vositachisi sifatida doimiy yashab qolgan.
Mirza Shams Buxoriyning «Buxoro, qo‘qon va qoshg‘ardagi ba’zi voqealar xususida» degan asari qozonda 1861 yilda V. V. Gri­gorev tarjimasi va izohlari bilan bosilib chiqdi. V. V. Gri­gorev Mirza Shams xotiralarining qimmatli ekanligi haqida bunday yozadi:
«Uning xotiralari Buxoro xonligida diplomatik aloqalarda ishlatiladigan fors tilida emas, balki buxorolik tojiklar-o‘zaro gaplashadigan sodda tilda yozilganki, bu tilni Yevropa orientalist — sharqshunoslari unchali'k yaxshi bilchaydilar1.
V. V. Grigorev guvohlik berishicha, Mirza Shamsning xotira-larini haqqoniyligi, ishonchliligi jihatidan XIX asrning birin-chi yarmida Urta Osiyo tarixi haqida yozgan G. Meyendorf, A. Boris2, N. Xanikov3 va boshqa sayyoh olnmlarning asarlaridan ustun qo‘yadi. 1863 yilda V. V. Grigorev Sharq tarixi kafedrasi professori bo‘lib saylangach, unga fan doktori unvoni berildi. U rus olimlarya orasida birinchi marta dorilfununda Urta Osiyo tarixi fanini o‘qita boshladi. V. V. Grigorev o‘zining deyarli barcha nlmiy ishla-rini asosan Urta Osiyo tarixini o‘rganishga bag‘ishladi. U, Sankt-Peterburg dorilfununining dastlabki 50 yili davomida (1819-1869) rus taraqqiyparvar sharqshunoslari orasida Urta Osiyo ta-rixining tarixshunosi sifatida ko‘p ishlar qildi. Dorilfununda uning o‘rniga kelgan N. I. Veselovskiy ham Urta Osiyo tarixidan mutaxassis edi. 1878—96- yillarda u mana shu sohaning yagona mu-■allimi edi.
1868 yildaeq Shar; tillari kulliyoti dekani, professor Kozim­bek hukumatga yozgan arizasida 2—3 yilgacha tajribali professor B. V. Grigorev rahbarligida «Turkiston bo‘ylab 4 yillik sayohatga chiqish uchun, u yerdagi qadimiy obidalarni o‘rganish uchun mablag‘ ajratilishini iltimos qilgan edi. qozimbekning fikricha, «Sa-marqand, Toshkent va o‘sha atroflardagi shaharlarda saqlanayotgan juda kup manuskript (qo‘lyozma) larning faqat nomlari bizga ma’-lum xolos. Machitlarning va boshqa nodir binolarning devorlari-dagi bitiklarda tarixning qorong‘u muammolarini yoritish uchun, lingvistika (tilshunoslik), numizmatika (tangashunoslik) va etnografiya (elshunoslik) sohalarida ko‘plab qimmatli osori-ati-qalarni kashf etish mumkin» edi.1 Yana bir tafsilot e’tiborga loyiqdir: prof. V. V. Grigorev Sankt-Peterburg dorilfununi bitiruvchi .talabalariga joylarda praktika o‘tkazish uchun quyn-dagi mavzuni taklif etgan edi: «Musulmon xalqlari jo‘g‘rofiy adabiyotini o‘rganish. Musulmon jo‘g‘rofiyunlari Urta Osiyo ichka-risining qaysi hududlarigacha ma’lumot berganlarini va bu ma’-lumotlarining qimmatini bilish.»
1878 yilning sentyabr oyida dekan V. V. Grigorevga Bolga-riyada qo‘lga tushgan kitob va qo‘lyozmalar soni (4300 dan ziyod) xaqida hukumat idoralarining ma’lumotnomasini berishgan.
1867-yil kuzida Sharq tillari kulliyoti dorilfunun uchun Ko-zimbek kutubxonasini (uning roziligi bilan) sotib olish masa-lasini qo‘zg‘adi. Kozimbek kutubxonasi masalasida Grigorev, Nav­roskiy va Xvalishevlardan iborat komissiya tuzildi. 1869 yilda Sharq kulliyotida Kozimbek o‘rnini Berezin egalladi (1873 yil­gacha). So‘ng dekanlikka Grigorev keldi (1878 yilgacha). Sharq kulliyotiga 1878—1893 yillarda, 15 yil davomyda V. P. Vasilev rahbarlik qildi. V. P. Vasilev Berezinga nisbatai Kozimbek va qozon Sharqshunoslik maktayiga yaqin odam edi. 1884 yilda doril-fununning yangi Nizomi qabul qnlingach, V. V. Velyaminov-Zernov (1864), P. Ya- Petrov sanskrit tili, adabiyoti bo‘yicha, N. V. Xani-kov— turk-tatar tili adabiyoti bo‘yicha (Sharq tarixi doktori), V. A. Dorn akademiklikka (1881), arxiepiskop Nil — dorilfunun kengashining faxriy a’zoligiga (1869) saylandilar. Yuksak unvon-larga sazovor bo‘lgan mazkur shaxslarning hech biri Urta Osiyo xalqlari tarixini o‘rganish sohasida jiddiy ishlashga tayyorgar-ligi yo‘q edi. Shuning uchun inqilobdan avvalgi davrda V. V. Gri-gorevning arzirli shogirdi va izdoshi N. I. Veselovskiy (1848—-1918) bo‘ldi, xolos. N. I. Veselovskiy 1867 yilda Vologda gimna-ziyasini bitirgach, bir yil tayyorlandi va 1869 yilda Sankt-Peter­burg dorilfununi Sharq tillari kulliyotining arab-fors-turk-tatar bo‘limiga o‘qishga kirdi. Dorilfununni 1873 yilda tugatib, fan nomzodi unvoni bilan uch yil muddatga professorlik unvoniga tayyorlanish uchun fakultetda ishlashga olib qolindi. Veselovskiy 1877 yilda «Xeva xonligining tarixiy-jo‘g‘rofiy ma’lumotlari lavhalari» mavzuida dissertatsiyasini qilib, magistrlik ilmiy unvonini oldi.' Rus sharqshunoslaridan V. V. Grigorevdan keyin N. I. Veselovskiy ikkinchi bo‘lib, uning shogirdi va izdoshi sifa­tida Urta Osiyo arxeologiyasini, tarixi va etnografiyasini o‘rga-nishga katta hissa qo‘shdi.
Gap shundaki, N. I. Veselovskiy Sankt-Peterburg dorilfu­nuni professbrlaridan birinchi bo‘lib, Kozimbek va. V. V. Gri­gorev g‘oyalarini amalga oshirdi, ya’ni u Urta Osiyo tarixini qo‘lyozmalar, etnografik, toponimik va epigrafik tarixiy yodgor-liklar asosida amaliy o‘rganishni yo‘lga qo‘ydi. Veselovskiy us-tozlari Kozimbek va Grigorev maslahatlariga amal qilib, iloji boricha ko‘p yillar Urta Osiyoda bo‘lib, Go‘ri Amir, Dah-bed kabi tarixiy-madaniy obidalarni mufassal o‘rgandi. U, mahalliy xalq vakillaridan Mirza g‘ozi, Barot va boshqa dast-labki sharqshunoslarni yetishtirdi. Podshoh mansabdorlari va ularning tarafdorlari bo‘lgan sharqshunoslar Veselovskiyni «ashaddiy monarxist», ya’ni podshoparast, deb atashardi. Vese­lovskiy podsho Rossiyasi tomonidan Urta Osiyo bosib olinganidan so‘ng -1885 yilda bunday deb yozgan edi:
«Mana bu — xaqiqiy harbiy boshqaruvdir (Veselovskiy ta’ki-di. S. T.) ... Biz bu yerga sivilizatsiya (taraqqiyot) keltirdik, deb o‘ylaymiz ... biz bo‘ysundirilgan osiyoliklarga tinchlik, osoyishta-lik, xavfsizlik keltirdik, deb o‘ylaymiz... Ammo, bularning ham-masidan a’loroq bir saodat bor. Bu milliylik, milliy tuyg‘udir... Bo‘ysundirilgan musulmonlarning ahvolinn tushunish kerak. Siyo-siy o‘lim og‘ir, ammo millatning o‘limi yanada fojialiroqdir. Bizning hukmronligimiz vaqtida ular milliy qiyofasini yo‘qot-moqdalar. Milliylikni boshqa biror baxt-saodat bilan almashti-rish mumkin emas. Bizning hukmronligimizga qarshi harakatlar portlashiga ajablanmasak ham bo‘ladi ... Axir milliy manfaatlar degan gap bor. Xalq to‘qmi, yaxshi kiyinganmi, och-yupunmi, bundan qat’i nazar milliy manfaatlar tashqariga otilib chiqishi mum­kin». Urta Osiyo xalqlarining yangi va eng yangi tarixiga aloqador ushbu karomatli so‘zlarning naqadar teranligini o‘ylab ko‘ring-a! Urta Osiyo xalqlari iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy hayotini qayta qurishdek tarixiy jarayonlar boshlanganligi rus olnmi N. I. Veselovskiyning dohiyona fikrlari xaq ekanligini ko‘r-satmoqda. Urta Osiyo tarixchisi Veselovskiy ehtimol xuddi shun-day dadil fikrlari uchun ham jahonga mashhur V. V. Bartold, I. Yu. Krachkovskiy, N. P. Ostroumov kabi olimlar qatorida qo‘-yilmayotgandir?
Uzbek diyorining muqaddasligi va uzbek xalqining olamga mash-hurligi, dasturxonining to‘kinligi ham avvalo shul boshdankim» bul diyorning tuprog‘ida aziz kishilar o‘z oromgohini tanlagan. Shundaylardan biri Mahdumi A’zam taxallusli Xojai Ahmad bulib, xullas Bobur e’tiqod qilgan va ul zotni o‘zi bilan Hin-
distonga olib ketishga undagan, ammo Mahdumi A’zam {1460—
1549 yillar) o‘z umrini Dahbed dahasida yashagan va shu joyda
uning kuyovi Samarqand hukmdori Bahodur Yalangto‘sh tomonidan
qurilgan xonaqoh va masjid yonidagi mozorgohda orom topgandir.
N. I. Veselovskiy bu maqbarani ilmiy jihatdan o‘rgangan bi-
rinchi olimdir. »
Shunday qilib, rus shovinistlarini mahalliy xalqlarga kalon-dimog‘lik bilan qarashidan qat’i nazar, Urta Osiyo xalqlari progressiv va revolyusion Rossiyaninu Oktyabr inqilobinint asl mohiyatini anglab yetdilar.
Urta Osiyo xalqlari madaniy hayoti Buxoro xonligidagi feodal tuzumi jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoliga — poydevoriga bog‘liq bo‘lib, uni tadqiq etishda ijtimoiy hayotning barcha soha-lari o‘zaro aloqadorlikda ekanligini ko‘zdan qochirmaylik. Muam-moning turli jihatlarini ana shunday o‘zaro aloqadorlikda olib qarash madaniyat taraqqiyotining Buxoro jamiyatida qanday o‘rin tutganligini, uzbek va tojik madaniyati klassiklari, xalq usta-lari va hofizlari, baxshi, oqindarining eng yaxshi asarlarida aks etgan taraqqiyparvarlik xususiyatlarini (tendensiyalarini) aniq-lashga yordam beradi.
XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab Buxoro xonligida iqti-sodning rivojlanishi uchun yaxshi sharoitlar yuzaga keldi, garchand sekinroq bo‘lsa-da, ishlab chiqarish kuchlari o‘sdi, shaxar hayoti va ba’zi viloyatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar yaxshilandi, xalq-aro bozor ahamiyati ortdi, shuningdek, Rossiya bilan savdo-sotiq munosabatlari kengaydi. XVII asr oxirida Rossiyada kapitalistik munosabatlar rivojlanishi tufayli uning Buxoro xonligi bilan o‘zaro aloqalari kuchaydi.
Bu davrda madaniy hayotda arab tili bilan birgalikda, avval-gidek rasmiy til sifatida fors-tojik tilidan ham foydalanil-, gan. Ko‘pgina yozishmalar va davlat ishlari fors tilida olib borilardi, bu esa xonlikning ko‘pgina aholisi uchun unchalik tushu-narli emasdi. Til to‘sqinligi ham xonlik aholisining madaniy, hayoti darajasining har xilligiga sabab bo‘lgan. Bu ayniqsa mar-kazda — aholi zich yashaydigan tumanlarda, masalan, Miyonqol, Ishtixon, Mitan va Kattaqo‘rg‘onda yaqqol sezilgan. Bu joylarda asosan o‘zbeklar yashagan. Biroq madrasaning boshlang‘ich sinflari-da ta’lim mullalar rahbarligida arab yoki tojik tillarida olib borilgan. Umuman olganda, madaniyatning ancha pasayishiga asosiy sabab, o‘sha paytlardagi hokimlarning zulmkorligi edi. U paytlarda juda ko‘plab «muqaddas» kitoblarga yozilgan sharhlar tahlilsiz o‘rganilar, maktablarda esa diniy fanlardan ta’lim berilardi. Ular ilmky dunyoqarashining cheklanganligini, masalan, quyidagi mulohazalardan bilsa bo‘ladi: «butun dunyoga nur quyoshdan, ya’ni yuqoridan tushsa ham, Buxoroda u yerning ostidan chiqadi, chunki unga juda ko‘p ulug‘ kishilar dafn etilgan». Bu, obrazli ifoda, albatta.
Hukmron sinfning g‘oyasini baholab, K- Marks bunday yozadi: «s’hukmron sinfning fikri har bir davrda hukmron fikr hisobla-nadi. Bu degan so‘z, jamiyatning hukmron moddiy kuchi bo‘lgan sinf, ayni vaqtda uning hukmron ma’naviy kuchi hisoblanadi».^Mafku-ra — ijtimoiy-tarixiy rivojlanish mahsulidir. Sinfiy jamiyat­ning har bir davriga ma’lum mafkura moe keladi. Bu ijtimoiy hayot hodisalarini ijtimoiy guruhlar va sinflarning, odamlar-ning aniq-tarixiy tushunishlaridir.
Hukmron sinfning ijtimoiy-siyosiy qarashlari uning foydali siyosiy va iqtisodiy munosabatlarida ma’qullanadi va mustah-kamlanadi.^Xukmgyun sinfning mafkuraviy qarashlari barcha vosi-.talar va turli usullar bilan u yaratgan'tuzumtga himoyaqiladtgva 'yoqlaydi, uning manfaatlari uchun ma’naviy xizmat qiladi.
Buxoro xonligidagi feodal jamiyatda hukmron sinflar -— fe-odallar, din ahllari, savdogarlar hisoblangan. Dehqonlar, hunar-mandlar va aholining boshqa tabaqalari quyiroq sinflar edi. Feodallar, din ahllari, savdogarlar mafkurasida amirlar va hukmron boylar hokimiyatining muqarrarligi va abadiyligi, din ahllarinnng ishi va huquqlarining muqaddasligi, xalqning huku-matga itoatkorligi, mehnatkashlarning ezilishn va huquqsizligi ta’kidlangan. Shuning uchun dehqonlar va hunarmandlar mavjud ijtimoiy-siyosiy tuzumni qoralaganlar va zolim boylarni, umu­man hukmron sinfni la’natlaganlar va kelajakda yaxshi yashashla-riga umid bog‘laganlar.
Ezuvchi sinflarning mafkuraviy sistemasi ularning bir-byri-dan farq qilishiga, xususiyati va o‘ziga xosligiga qaramasdan umumiy asosga ega. Ular kishini kishi tomonidan ezishni himoya qilishga, xususiy mulkchilikning barqarorligini targ‘ibot qiladi, mulkiy tengeizlikni qonunlashtiradi, aslzodalarning hukmron-ligini, ommaning itoatkorligini asoslaydi. Aksincha, eziluvchi sinflarning qarashlari qullik va zulmga norozilnkni ifodalay-di, ular adolatsiz ijtimoiy tuzumni buzishga, tenglik va ozod-likka erishishga harakat qiladilar. Shubhasiz, qarama-qarshi mafkuraviy qarashlar Buxoro xonligi hayotida ham xilma-xil bo‘lgan. Tabiiyki, hukmron sinf o‘z qarashlarini boshqa sinflarga va ijtimoiy qatlamlarga singdirishga harakat qilar, odamlarga mafkuraviy ta’sir ko‘rsatar, jamiyatda mafkuraviy jihatdan hukmronlik qilar edi. Iqtisodiy imkoniyatlarga ega bo‘lgani tu­fayli u tashkilotlar, jamiyatlar tuzgan, o‘zining qarashlarini targ‘ib etgan. Hokimiyat tepasida bo‘lgan hukmron sinflar davlat-ng boshqaruv murvatlarini, dastaklarini o‘z qo‘llarida tutgan-lar va ularni o‘z maqsadlari yo‘lida xizmat qildirganlar. Ta’lim sistemasini va o‘smir yoshlarni tarbiyalashni o‘z nazoratiga olgan hukmron sinflar ular ongini turli usullar bilan tarbiyalaganlar, Kishilarning diniy dunyoqarashini shakllantirish uchun ko‘plab xudojo‘ylar va dindorlarni, darvesh va qalandarlarni, shoir va yozuvchilarni, shariat qonunlari va qur’onni sharhlovchilarni tarbiyalab yetishtirgan. Hukmron sinflar o‘z qarashlarini har tomonlama va qat’iy ravishda xonlik aholisiga singdirishga, boshqacha fikrlovchilarnn ta’qib etishga, itoatsizlarni shafqat-siz jazolashga yo‘naltirganlar.
Buxoro xonligida hukmron mafkuradagi islom olimlari mav-jud ijtimoiy-iqtisodiy tuzumni maqtar va yoqlar edilar. Din esa hayotga ham moddiy, ham ma’naviy jihatdan katta ta-’sir ko‘rsatardi. Mafkurannng barcha sohasi, madaniyat va faya mehnat-kash xalqqa ta’sir o‘tkazishga xizmat qilardi, ular islom diniga tamomila bo‘ysundirilgan edi.
Buxoro dindorlari qozikalonlar, shayxulislomlar, mudarris-lar,.raislar, muftiylar, io‘omlar, xo‘jalar, eshonlar, shayx va darveshlar islomni «xudoning irodasi»deb targ‘ibot qildilar va feodal tuzumning ehtirosli himoyachilari bo‘ldilar. Ularning barcha faoliyati keng xalq ommasini tnnchlikka, yaxshilikka chaqi-rishdan iborat edi.
Mamlakat madaniy hayotining asosi — jamiyatning sotsial-iq-tisodiy hayoti edi. Tarixdan ma’lumki, madaniy hayotda sotsial-iq-tisodiy sharoitlar bilan bir qatorda alohida davlat, jamoat arboblari ham muhim rol o‘ynaydilar. Ammo ko‘rib chiqilayotgan davrda na Haydar va Nasrullo va na uning merosxo‘ri Muzaffar-xon bunday tarixiy shaxslar emas edilar. Aksincha ular ma’rifiy faoliyatda islom va shariat qonunlarining posbonlari edilar.
Saroy tarixchisi, Doniyorbiyning kenja o‘g‘li Muhammad Yequb Buxoriy, masalan, Amir Haydarni mana bunday ta’riflaydi: «Yulim, fozil, fikrchan, diniy rasm-rusumlarga amal qiladigan, kalomi sharifning bilimdoni. Davlat ishlari bilan behad band-ligiga qaramasdan u har kuni 400 mullaga1, o‘n minglab bechora faqirlarga2 ma’ruza o‘qir, har kuni maosh tarqatar, shuningdek qalandarlarga ko‘maklashar edi. U shayxlarni juda e’zozlar va ularga ko‘p miqdorda g‘alla nazr qilardi... tabarruk nomoz va tungi ibodatni hech qachon o‘tkazib yubormasdi».3
«Ahli din,— deb yozadi professor A. A. Semyonov,— musulmonlik ruhi bilan payvandlangan yagona jipslashgan tabaqani tashkil qilib, shariat nomli yagona ilohiy qonunlarga amal qilardi. Hech qanday yangi fikr, hattoki yangilikka ishora ham bu toshday qotgan muhitga sizib kirolmasdi. Uz qo‘l ostidagilarning hayoti va o‘limnning mutloq hukmdori bo‘lgan amirlar ham ko‘pincha Buxo­ro oliy tabaqa dindorining kayfiyati bilan hisoblashishga maj-bur bo‘lardi».1
Masalan, amir Shohmurod xudojo‘yligi uchun hayotlik chog‘idayoq ruhoniylar trmonidan «amir Mas’um («Gunohsiz amir») faxriy nomini oldi^hh.L1ixmurod mang‘itlar sulolasidagi eng tinib-tinchimas amir bo‘lib, uning" hokimligi davrida sug‘oriladigan yerlar ko‘paygan, otasi Doniyolbiy zamonida misli ko‘rilmagan da-rajada oshib ketgan ba’zi soliqlar bekor qilingan bo‘lsa-da,-baribir UssNEsiyo viloyatlarining mustamlakalik jarayoni kuchay-di. U amirlshGo‘nvoniga qaramasdan o‘zini Buxoroning eng kiri1G din peshvosi, Buxoro dindorlarining rahnamosi Shayx Safarning sadoqatli muridi deb bilardi. Aynan Shayx Safarning tazyiqiga ko‘ra amir Shohmurod Afg‘onistonga katta yurish qilib, uni«yo‘ldan ozgan» mayitlarga qarshi urush degan diniy shior bilan oqladi.
«Fotihnomai sultoniy» nomli tarixiy majmuaning muallifi («Nasrullaxonning rasmiy tarixi») Muhammad Mir Olim Buxo­riy Shohmurodning Afg‘oniston hukmdori Temurshohga (unga o‘sha paytlarn Shimoliy Hindistonning katta qismi itoatda, o‘zi esa Shahrisabz begi Niyozali otaliqning ittifoqchisi edi) qarshi^ yurishga tayyorgarligini tavsiflab yozgandi:
«Mashvarat (harbiy kengash) Shohmurodga Amudaryo bo‘yida mu-dofaa tashkil etishni maslahat berdi. Xullas, amir hazrati oliylari kengash maslahatini oqilona deb topdi, mashqlarni to‘p-ladi, himoya qilishga tayyor turishga chaqirdi. So‘ng amir Samar­kand, Jizzax, Miyonqol, Kattaqo‘rg‘on, Karmanada va Marvda turk-man askarlarni to‘plab ixtiyoriga yuborishga buyruq berdi. Bundan tashqari, u qorako‘ldagi harbiy bo‘linmalarga va Buxoroning yetti tumani, Nasaf, g‘uzor, shuningdek, qo‘ng‘irot, Dohisori, Boysun urug‘lariga Amudaryo bo‘yida yig‘ilib turishga buyruq berdi».2 «So‘ng, davom etadi Mir Olim Buxoriy,— amir Shohmurod boshchn-ligida... bir yuz ellik ming qo‘shin yuktaqi bilan to‘plandi... Bu qo‘shin safida 20 ming olim va islom targ‘ibotchilari bor edi. Bu hurmatli zotlarning yo‘lboshchisi janobi eshon Shayxulislom edi...»3. So‘ng muallif xabar b'erishicha, bu jangda odam qoni daryo-day oqdi, juda ko‘p begunoh odamlar o‘ldnrildi va mayib etil-di, o‘n minglab odamlar asirlikka olindi va qullikka haydalib ketildi va h. k.
«Begunoh» amir Shohmurodning haqiqiy ishlari mana shunday bo‘lgandi. Lekin Shohmurodning merosxo‘ri Amir Haydar (1800— 1826) markazlashtirish siyosatini davom ettirishni eplolmadi.
XIX asrning birinchi yarmida uchala xonlik o‘rtasidagi o‘zaro janglar davom etdi; masalan Nasrullo (1826—1860) Shahrisabzni 856 yilda egallab olgunicha, bu beklikka qarshi 32 yurish qilgagg. «qassob amir» nomi bilan dong taratgan bu amir taxtga o‘tirib, ikkala ukasini o‘ldirdi va hokimiyatni qo‘lga kirntgach, har kuni odamlar ko‘z o‘ngida 50—100 odamni ostirdi.
«Gulshan-ul-mulk» tarixiy asarining muallifi, amir Nasrul-loga adovat ko‘zi bilan qaragan Muhammad Yequb Buxoriy yozgan zdiki, Nasrulloning Buxoro taxtiga o‘tirish kuni 50 odam o‘ldi-rilgan. Ularning deyarli hammasini olomon oldida «nog‘oraxoni»1 minorasidan pastga tashlangan: Masalan, qozi Tursun Bobo o‘g‘ln bilan munajjim Mirza Aziz, shoir Aziz Sodiq (taxallusi Muno-iy)2, Samarqand darbozasidan esa mudarris qozibek Miroxo‘rg Riyozbiy, Buxoro yasovullari boshlig‘i Rahmatullabek, qozi Muhar-ram, Xo‘jaqul g‘ulom va boshqa ko‘plab Buxoro ziyolilari vakil-lari minoradan irg‘itiladi.3
Ko‘rib chiqilayotgan davrda diniy ahkom tazyiqi ostida avvali-ga Amir Haydar, keyin Nasrullo hukmlari bilan o‘z davrining ilg‘or vakillari o‘ldirildilar, surgun qilindilar, turli ta’qib-larga duchor bo‘ldilarki, ular orasida shoira Nodira, Buxoro mad-rasalari mudarrisi Hojiboy, qozi Abdusaid Samarqandiy, Vob-kent mudarrisi Mo‘minxo‘ja, Boysun mudarrisi Xudoyberdi, g‘ij-Gduvon mudarrisi Fozilbek va boshqalar madrasaning o‘quv dasturiga norozilik bilan qarashar va amirga qarshi dushmanlik kayfiyatida edilar. Lekin qo‘rquv bois o‘z qarashlarini oshkor etolmasdilar.4
Harbiy-feodal guruh va uning g‘oyasi himoyachilari — dindorlar mehnatkash xalq orasiga hamisha va har joyda sodiq fuqarolik g‘oyasini yoyardilar. Diniy muassasalar faoliyati rag‘batlantirilar-di. Faqat Buxoroning o‘zida 465 machit va 103 Madrasa ishlardi.& Samarqand singari yirik shaharda, uning chet hududlarini xam hisobga olsak, 155 machit va 22 Madrasa, qattaqo‘rg‘onda esa 22 ma­chit va 100 ga yaqin tabarruk joy bor edi6. Bu diniy muassasalar asosan xalqni islom qonunlari ruhida tarbiyalash o‘chog‘i bo‘lib xizmat qilardi.
Butun Sharq singari, Buxoro xonligida ham ikki xil maktab-mavjud edi: maktab va Madrasa. Ba’zi maktablar machitlardagi kichik va tor xonaqohlarga joylashardi.7
Maktablarda dastlabki 5—6 yil «Haftiyak»— qur’onning yetti-dan bir qismi, tojikcha «Chor kitob» (bu kitob savol-javob asosi-da yozilgan) o‘qitilardi. Keyin xudo va mo‘tabar zotlar nomiga bitilgan hamdu-sanolardan iborat So‘fi Olloyor asariga o‘tilardi. Bu kitob uzbek tilida she’riy shaklda yozilgan Shundan so‘nt mistik yo‘nalishda alohida she’rlardan tuzilgan Xoja Hofiz ijodi o‘rganilardi. g‘
Maktabning ichki va tashqi sharoiti aholining jamoat va oila-viy hayotiga mushtarak edi. Butun Buxoro xonligi va Zarafshon o‘lkasida ham keyingi ma’lumot sharoit yanada og‘ir bo‘lgan madra-sada olinardi. Toliblar ikki kishi arang sig‘adigan, yolg‘nz eshi-gidan ham yorug‘lik, ham havo kirib turadigan nim yorug‘ hujralarda yashardilar Hujralarda ovqat tayyorlanardi, oziq-ovqatlar saqla-nardi, shuningdek yuvinish va mashg‘ulotlarga tayyorlanish ham shu" yerda bo‘lardi. Vaqt o‘tishi bilan hujralar singari, vaqf mulkn ham olib-sotish mumkin shaxsiy mulkka aylanardi.
«Buxoro madrasalarida quyidagi fanlar o‘qitilardi: arab tilining sintaksisi va etimologiyasi, mantiq, islom asoslari, tibbiyot va xudojo‘ylikdan iborat fan, qonunshunoslik — fiqh. So‘nggi sanalgan fan g‘unohnn yuvish qoidalarini, fotihalarni, ro‘zani, Hajga borish, dafn marosimlarini, jonli-jonsiz buyum-larga soliq, savdo-sotiq, qulga ega bo‘lnsh, ishdan ozod etish, uylanish, ajralish va boshqa diniy ko‘rsatmalar yoki jamiyat muno-sabatlarida yuzaga kelgan hayotiy hollarni talqin qilardi.
Xohlovchilar hisob-kitob qilishni istagan domladan o‘rganish-lari mumkin edi. Adabiyot bilan har kim o‘z ixtiyoricha shug‘ullani-shi mumkin edi. Ona tilini har kim o‘zining qobiliyati va kuchiga yarasha tajribada va kitoblar o‘qish orqali o‘rganardi.
Darslar dasturi va o‘quv adabiyotlari hamisha o‘zgarmasdan qo-
lardi.»1
Maktab va madrasada o‘qish muddati 19 yilgacha cho‘zilib ketardi. Shunda ham ba’zi talabalar yetarli savod olmasdi. Uqih pulli bo‘lib, kambag‘al dehqon va hunarmandlarning bola-» lari ham, o‘rta hol odamlarning bolalari ham goho o‘qishni da-
vom ettirolmasdi.
Buxoro xonligidagn ta’lim tartibi sxolastik ruhda edi. Aso­san diniy fanlar o‘qitilar, hozirgi ma’nodagi ilm berilmas edi. Bunday ta’lim mamlakatni qoloqlikka olib keldi.
Shuni ham aytish kerakki, madrasalarning ilg‘or tafakkurli yoshlari o‘z xohishlari bilan Abu Nasr Forobiy, Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Sa’diy, Hofiz, Navoiy, Fu-zuliy, Bedil, So‘fi Olloyor, Huvaydo asarlarini o‘qib, o‘rganar edilar. Ana shunday ongli talabalar orasidan Abdulla Avloniy, Behbudiy, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Hamza, Shavqiy Kattaqo‘rg‘o-niy, Mujrim Obid, Muztar Miriy, Mullo qurbon Jomiy va bosh-qa shoir, ma’rifatchilar yetishib chiqdi. Maktab va madrasani bitirgan ilg‘or fikrli yoshlar o‘z xalqining orzu-armonlarini tu-shunar va uning ahvolini yaxshilash uchun qo‘lidan kelganicha yordam berishga intilar edilar. Ular zamonasi va xalqiga foyda yetka-zish uchun mustaqil ravishda yunon faylasuflarining asarlarini,tarix, adabiyot, jo‘g‘rofiya, fiqh (qonunshunoslik) ilmlarini o‘r-ganar edilar.
asr_o‘rtalarida Buxoroning eng boy kutubxonasi, somoniy-I lar" X1—XII asrlarda asos «solgan «Dori-sh-Shifo» ilm-fan mar-kazi bo‘lib, bu yerga buxoroliklardan tashqari Urta Osiyo va jami Sharq mamlakatlarining ilg‘or fikrli odamlari "kelib turishar-di. Ammo hukmron sinflar xalqning savodli bo‘lib ketishini xoh-lashmasdi. Amir Haydarning loqaydligi va ko‘magi -bilan «Dori-sh-Shifo» ning juda ko‘p bebaho kitoblari turli odamlarga ro‘yxatsiz berilib, talon-toroj bo‘lib ketdi.1 Amir Nasrullo maxsus farmon chiqarib, «Dori-sh-Shifo» kutubxonasini begona-larga yopnb qo‘ydi va undagi xazinalarni tortib oldi. Amir Nas-rulloning madaniyat boyliklariga yovvoyilarcha munosabati ayniq-sa 1842 yilda, qo‘qon lashkarlari Buxoroga bosib kelgan vaqtda yaqqol ko‘rindi. Amir kitob xazinalari «dushmanga tushmasin» deb, ularni sarbozlar qilichi bilan chopib, maydalab tashlattirdi, ba’zi kitoblar yoqildi, ba’zilari o‘g‘irlandi. Madaniyatga Buxoro hukumatining bunday munosabati keyingi vaqtlargacha Sharq xa'lq-lari tarixini o‘rganishni mushkullashtirdi.
V. V. Bartold yozishicha, «Buxorodagi mavjud kutubxonalar amir Nasrullo vaqtidayoq talon-toroj qilindi, amirning uz ku-tubxonasiga esa ruslarning kirishiga ruxsat yo‘q edi».2 * To‘g‘ri, bu davrda falsafa, tarix, adabiyotga doyr bir qancha yirik asarlar ham vujudga keldi. Ammo bu asarlarning ko‘pchiligi diniy ruhda bo‘lib, ularda amirlar va xonlar madh etilgan edi. Bu kitoblarda xalq ommasining tarixdagi roli yetarli ko‘rsatil-magan. Masalan, tarixchi Muhammad Mir Alim Buxoriy o‘z asarida amir Shohmurod (Botirxon) siyosatini maqtab, bunday yozadi: «Mazkur haqiqiy yo‘lboshchi davrida islom va shariat keh* quloch yezdi. Adolat va haqiqat shu darajada qaror topdiki, buri bilan g‘so‘y bir oxurdan suv ichadigan bo‘ldi.»3
•"**" Mahalliy tarixchilar xalq ommasining rolini kamsitib, amir­lar va hokimlarni maqtab, tarixiy voqealarni unchalik xolis yoritmasdilar. Ular o‘z asarlari bilan feodal tuzumning ijti-
1 moiy negizlarini himoya qilib, hukmron sinflar manfaatlariga xizmat qildilar.
Buxoro xonligida ham bilim tarqatishning eng yaxshi manbala-ri kitoblar edi. Bu davrda xonlikda|kitoblar tipografiyada emast litografiya, toshbosma yoki qo‘lyozma holda tarqatilar edi.
O‘rta Osiyoning buyuk allomalari tomonidan bunyod etilgan kitoblar qadim zamonlardan beri xalkimizga ma’naviy ozuqa berib keladi. Kitoblar inson va jamiyatning ma’naviy boyishiga xizmat qiladi. Ilg‘or odamlar kitoblarning bilim, fan, san’at, hunarlarni ravnaq topdirishnnng buyuk quroli ekanligini yaxshi bilar edilar. Kitob insonga mehnat qilishga va yashashga yordam beradi. Inson aqli va hissiyotlariga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Utgan asrlardayoq Herman (Arman) Vamberi «Alisher Navoiy asarlari har bir uzbek oilasida xazina» ekanligini hayratlanib yozgan edi. Ajoyib kitoblarning xazinalari xalqning o‘zida, xona-donlarda saqlanar edi. Odamlar kitoblarni avaylab-asrab, ke­yingi avlodlarga yetkazar edilar. Kitoblarni ko‘chirib yozish, asrash va tarqatish juda katta savob ish hisoblanardi. Chunonchi, XIX asr va XX asr boshlarida Buxoro shahrida 20 ta uzbek va tojik olimi-ning shaxsiy kutubxonasida 10 ming nusxa turli sohalarga doyr qo‘lyozma va toshbosma kitoblar saqlanar edi. Hozir shu qo‘lyozma va toshbosma kitoblarning ko‘pchiligi sobiq Itgifoq, Uzbekis­tan va Tojikiston sharqshunoslik institutlarining fondlarida saqlanmohda., Faqat O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshu­noslik institutida turli sohalarga oid 30 ming toshbosma asar saqlanmoqda. Bulzr orasida mohir hattotlar — kalligraflar ko‘chirgan, falsafa, tarix, adabiyot, tabiiyot va boshqa sohalarga oid qo‘lyozmalar bor.
Lekin, feodalizm tuzumining ijtimoiy-iqtisodiy qonuniyati va talabiga ko‘ra kitob ko‘chirish va kitob to‘plash ishlari hozirgi-dan boshqacha edi. Ruhoniylar hamma tabaqalarga mansub odamlar-ning shariatga, dini islomga zid asarlarni tarqatishiga yo‘l ber-mas edilar. Bunday qilganlar qattiq jazolanar edi. Shuning uchun ham aholida tabiiy fanlarga doyr kitoblarga nisbatan diniy-mistik ruhdagi «Rashohat-aynu-l-hayot», «Tazkiratul-avliyo», «Xa-zinatul-asfiyo», «Safinatu-l-avliyo», «Mazoroti Samarqand» («Samariya»), «Sayqalnoma», «Me’rojnoma», «Maslakul-mutta-qiyn», «Sabotul-ojizkyn», «Abu Muslim», «Kimiyoi-saodat» kabi kitoblar ko‘p bo‘lar edi. Bu kitoblarda diniy-fantastik, ilmi-gayb (g‘oyibot sirlari), avliyo va payg‘ambarlarning ilo-hiy mo‘jizalari, oxiratdagi jannat rohatlari va do‘zax azob-lari tasvirlangan edi.
Hokimlar diniy bilimlarni keng tarqatish uchun Ahmad Yassa-viy, Sulaymon Baqirg‘oniy (Bag‘ri^oniy), Jaloliddin Rumiy, So‘fi Olloyor va boshqa mutasazviflarning ijodiy merosiga kat­ta e’tibor berar edilar. Mir Olim Buxoriyning yozishicha, amir Shohmurod «... har madrasaga mudarris va har machitga imom tayin-ladi. Har bir tuman (rayon) da va shaharda ilohiyotchi olimlar... qozilar va raislar diniy rasm-rusmlarga, savdo-sotiq qoidalari-ga va soliqlar to‘g‘ri undirilishiga mutasaddilik qilar edilar. Bilimga tashna odamlar har tomondan Buxoroga oqib kelardi. Tez^ orada madrasalar talabalarga to‘ldi. Shundan so‘ng amir oddiy fuqarolarga ham dini-islom yo‘l-yo‘riqlarini o‘rgata boshladi. Buxoro aholisining xu dojuy ligi, taqvosi ziyoda bo‘ldi. So‘ng tarixchi yozishicha, amir Haydar davrida dini-islom yanada ravnaq topgan. «Shu maqsadda u (amir Haydar) har yili darveshlar va aziz-avliyolarga nazr-niyoz uchun yuz ming tanga mablag‘ ajratar edi.»1
Ammo, yuqoridagi dalillardan Buxoro xonligida faqat diniy kitoblar tarqalgan, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. Xalq-dan chiqqan taraqqiyparvar odamlar turg‘unlik va jaholatga qar-shi kurashib, xalq orasida ma’rifat tarqatdilar. Xalq orasida savodli kotiblar, hattotlar, noyob kitoblarni to‘plovchilar va saq-lovchilar ko‘p edi. Ma’rifatli mana shu odamlar uzbek, tojik, ozarbayjon va boshqa xalqlarning ma’naviy, ruhiy boyliklarini qayta ko‘chirish, to‘plash va asrash bilan shug‘ullandilar. Ular uzbek va tojik adabiyoti klassiklarining noyob durdona asarlari-ni avaylab to‘pladilar. Masalan, ulug‘ uzbek shoiri Alisher Na-voiyning «Mahbubul-qulub» asari zamonasining ma’rifatchilari Mir Olim Buxoriy tomonidan 1838 yilda, Ne’matillo b-Yaqub Samarqandiy tomonidan 1844 yilda chiroyli naqshlar bilan qay-ta ko‘chirilgan edi va hokazo.
Samarqandlik mashhur naqqosh va kotib Mir Abdulhay 1825 yilda Navoiyning «Chor devon»ini, naqqosh Muqimxon Samarqan­diy 1850 yilda olamga mashhur buyuk asar «Hamsa» ni chiroyli yozuvda qayta ko‘chirgan edilar.1
XIX asrning‘ birinchi yarmida ulug‘ uzbek shoiri Alisher Navony asarlaridan tashqari yana Mashrab, Huvaydo, Sayqaliy, Shavqiy, Amiriy, g‘oyibiy va boshqa shoirlarning asarlari ham husnixat bilan ko‘p marta qayta yozib chiqilgan edi. Bu asarlar tez-tez qay­ta ko‘chirilib, qo‘ldan-qo‘lga o‘tib yurardi.
XIX asrning birinchi yarmida Muhammad Munis Xorazmiy 1854— 55- yillarda o‘z devonini tuzish bilan ayni vaqtda Nizomiy, Sa’-diy, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy kabi ulug‘ shoirlarning bayozlarini ham to‘plagan edi. Ana shu devonlar hozir Uzbekistan Fanlar aka-demiyasi Sharqshunoslik ilmgohining qo‘lyozmalar fondida saqlan-moqda. Kichik hajmdagi bu she’riy bayozlardan odatda ixlosmand-larning yig‘inlarida foydalanar edilar.
XIX asrda Buxoro xonligi hududida juda ko‘p shoir, olim, hattotlar yashab, ijod qilganlar. Muhammad Rajab Buxoriy, qori Rahmatillo Vozix, Masixo Boysuniy, Afqori Buxoriy, Adriy Sa­marqandiy, Habibiy, Yakdil Mahmud qoriziy, «Tavorixi muluki ajam» («Eron yerlari tarixi») ni ko‘chiruvchi Mulla Muhammad Yusuf, Odilmurod Miriy, Yunusxo‘ja Kotib, Shahrisabziy, Mu­hammad Amin Buxoriy, Muhammad Yequb Buxoriy, Muhammad Mir Olim Buxoriy, Rahmonqulbek kotib Miroxur, Muhammad Farhod, Muhammad Shukur Kotib, Jaloliddin Buxoriy, Mullo Nasrullo Kotib kabi juda ko‘p taraqqiyparvar olim va hattotlar yashar edilar. Ulardan ko‘plari faqat asarlar yozibgina qolmasdan, bal­ki ko‘plab shogirdlar ham tayyorlaganlar. Ular g‘ayrat bilan kitoblar tuplashgan va imkoniyatlariga qarab xalq orasida bilim, ma’rifat tarqatishga intilishgan.
Shuni ta’kidlash lozimki, A. Navoiyning bizgacha yetib kelgan asarlari XIX asrning oxirida va XX asrning birinchi yarmida ko‘chirilgan. Navoiy asarlaridan boshqa yana Sa’diy, Hofiz, Jo­miy va Sharq adabiyotining boshqa klassiklari asarlari ham san’atkorona ko‘chirilgan. Xususan 1818 yilda xattot Abdulla Xevaqiy «Devoni Hofiz» she’rlar to‘plamini sharhlab tahlil etib, uni tojik tilida nasrda yozib chiqqan. Usha yili Jomiyning mashhur «Tuhfat-ul asror» asari, ozarbayjon shoiri Sohib asar­lari, 1863 yilda Fazliyning devoni ko‘chirilgan. Nasrullo Buxo­riy hattotlik yo‘li bilan xorazmlik shoir va olim Muhammad Xoksorning (1794—1801 y.) «Muntaxab al-lug‘at» asaridan, Muham­mad Rajab Buxoriy esa Mirzo Bedilning «Kulliyot»idan, Rahim-bek Kotib 1780 yilda Fuzuliyning «Soqiynoma» asari va she’rlar to‘plamidan, Muhammad Farhod (1806—1807 i.) Xusayn Voizning mashhur didaktik asari «Latoif va zaroif» dan nusxa ko‘chirish-gan. Zarafshon vodiysining shoir va-yozuvchilari Shavqiy Kattaqo‘r-g‘oniy, Volai Samarqandiy, Xiromiy va boshqalar original asar­lar yaratibgina qolmasdan, balki uzlaridan oldin o‘tgan mashhur kishilarning asarlaridan nusxa ko‘chirganlar va tarjima qilgan­lar. Masalan, shoir Xiromiy forscha-hindcha hikoyatlarga o‘xshash pandnoma ruhidagi qiziq asarlar yaratadi. Rahmatillo Vozix esa o‘rta asrda yashab, ijod etgan arab shoiri va mutafakkiri Al-Mah-diyning asarlarini tojik tiliga tarjima qiladi. Shuni ta’kid­lash zarurki, uzbek va tojik adabiyoti yetuk namoyandalari o‘z asar-larida zamonining ilg‘or g‘oyalarini ifodalashga intilishgan. Bu she’riyat, nasr va tarixiy xronikalarning eng yaxshi namunalari feodal hukmronligi zamonida zulmat ichra nur bo‘lishgan. Ular-ning asarlari ijtimoiy adolat va insonparvarlik, vatanga muhab-bat g‘oyalari bilan sug‘orilgan bo‘lib, xalq ijodiyotini juda yaxshi aks ettirgan. Ular bizni bugungi kunda ham o‘ziga maftun etadi. Ammo xalq yaxshi kurgan odamni hukmdorlar yomon ko‘radi. Uzbek va tojik adabiyotining eng yaxshi, iqtidorli vakillari quvg‘in va ta’qibga uchragan. Buxoro amirlari mutafakkirlarni quvg‘in qilib qolmasdan, balki ularni zindonlarga solib qiynashganlar, hatto o‘ldirganlar. Ular o‘limidan keyin asarlarini yashirganlar va hatto yo‘qotib yuborishgan yoki ular asarlari mazmunini o‘zgar-tirishib, soxtalashtirganlar. Ularning asarlari diniy ruhdagi soxta xayollar yoki teskari fikrlar deb talqin etilgan.
Shunday qilib, bu davrda feodal zulmi va dinning ahamiyati kuchaygan. G. Vamberining yozishicha, Buxoroda XIX asr o‘rtalarida 20000 dan ortiq qul bo‘lgan. Biroq moddiy boyliklarni dehqonlar va erkin hunarmandlar yaratganlar. Buxoro xonligi bilan Rossiya o‘rtasida madaniy aloqalar rivojlanganligi tufayli bizning vatandoshlarimizning ba’zi nodir asarlari Rossiyaning ilmiY markaziga jo‘natilgan. Masalan, 1820 yilda Rossiya vakolatxona-sining diplomatik missiyasi muvaffaqiyatli tamomlagandan keyiy amir Haydar rus elchisi Negriga sovg‘a sifatida «Tarixi Muqim-xoii» asarini beradi. Negri bu asarni Rossiya Fanlar akademiyasiga topshiradi. Bu asar Peterburg dorilfununining sharqshunos professori O. I. Senkovskiy tomonidan fransuz tiliga tarjima qilinadi.1
Shuni eslatib o‘tish kerakki, rus sharqshunos olimlari va o‘z zamonining ilg‘or kishilari, Urta siyo tarixchilari, faylasufla-ri, uzbek va tojik adabiyoti klassiklarining nodir asarlarini saqlash va to‘plashda kato-a hissa qo‘shganlar. 1960 yilda bir guruh sovet delegatlari G. D. Mikluxo-Maklay, O. F. Akumushkin, V. V. Kuliev, M. A. Salohiddinov sharqshunoslarning XXV Xalqa-ro kengashida o‘z ma’ruzalarida shu fikrni ta’kidlab o‘tishgan. V. A. Ivanov 1915—1916 yillarda Buxoroda fors-tojik adabiyoti-ning juda katta kolleksiyasini to‘playdi. Hozirgi vaqtda ular SSSR FA ning Sharqshunoslik ilmgohida saqlanmoqda. U asosan XVIII—XIX asrlarda qayta ko‘chirilgan Urta Osiyodagi qo‘lyozma-lardan iborat. Bu qo‘lyozmalar XVIII—XIX asrlarda va hatto XX asr boshlarida Urta Osiyoda keng tarqalgan adabiyotlardan iborat edi. Demak, bu adabiyotlarni o‘rganish Urta Osiyoning XVIII—XIX asrlardagi aholisining ma’naviy hayoti haqida fikr yuritish uchun zarur, hujjatli, aniq dalillar beradi.
Buxoro xonligining, asosan XIX asrning ikkinchi yarmidan bosh-lab Rossiya bilan chegaradosh bo‘lgan davri tarixi Mirzo Salim-bekning asarlarida o‘z aksidi topdi.1 U so‘nggi Buxoro amirlari davrida yuqori mansablarni egallagan va shu bois Buxoro amirla­ri shaxsini ulug‘lashga intilgan. Muallif asosan, xonlik siyosiy hayotining tashqi jihatlarini yoritib, xalq hayotini kam tasvirla-gan. Mirzo Salimbek o‘z asarida XIX asr ikkinchi yarmidan Rossiya-Buxoro munosabatlariga to‘xtalib o‘tgan bo‘lsa-da, urush davridagi shaharlar aholisi ahvolini kam yoritgan. U Buxoro xonligiga qa-rashli, ruslar bosib olgan shaharlarni sanab o‘tish bilan chekla-nadi, Samarkand aholisining 1868 yil aprel-mayidagi amirga qarshi ko‘tarilishining asosiy sabablarini ochib bermaydi. U rus­lar Samarqandni asosan eroniy beklar sotqinligi, «darvozalarni ochib» berganlari sababli egallashdi, deb hisoblaydi.2
Buxoro xonligi tarixi mirzo Abdul Azim Somiyning «Tarixi sapotini mang‘itiy» («Mang‘it hukmdorlari tarixi») asarida ham basi etilgan.3
Sobiq Buxoro mansabdori Mirzo Abdul-Azim Somiyning asari­da XIX asrning tarixiy voqealari, 1866—1868 yillardagi Rossiya-Buxoro urushi haqida keng ma’lumotlar, Samarqandga rus qo‘shin-lari hujumi oldidan Oqtepa qishlog‘ida o‘tgan harbiy kengashga oid faktlar bor. Boshqa zamondoshlariga qaraganda, u bu davr voqealarini mufassalroq tasvirlagan. U jamiyatdagi turli siyosiy guruhlarnnng faoliyati natijalarini bayon qiladi. Jumladan u, 1868 yil aprelda amir Samarkand begi qilib tayinlagan Sherali Inoqning zulmiga qarshi xalq, qo‘zg‘olonini mufassal yoritgan.
Biroq, Mirzo Somiyning asari kamchiliklardan ham holi emas. Ularni L. M. Yepifanova so‘zboshisi va izohlarida ko‘rsatgan. Shu bilan birga L. M. Yepifanovaning ba’zi xulosalari bilan ham kelishib bulmaydi. Jumladan, uning so‘zboshisi bilan tanishar ekanmiz, Urta Osiyo tarixi — uni chor Rossiyasining bosib olishn davriga bag‘ishlangan Ahmad Donish asari mazmunan Mirzo Somiy­ning asaridap past qo‘yiladi/
L. M. Yepifanova hisoblashicha na Ahmad Donish, na Mirzo Salimbek Samarqandni ruslar bosib olishi oldidan shahar aho­lisining Sherali Inoqdan juda noroziligi, rus qo‘mondoniga murojaagi xususida to‘xtalishmaydi.2 L. M. Yepifanova «So‘zboshi» sida Salimbekning asariga to‘g‘ri baho berish bilan birga Ahmad Donishning Uzbekistan FA Sharqshunoslik ilmgohida saqlanayot-gan «Tarjimat-ul-ahvoli amiroi Buxoroi Sharif az amir Doniyol to asri amir Abdulahad»3 asari mazmuniga nisbatan xato fikr aytgan.
Aytib o‘tish lozimki, Ahmad Donishning Urta Osiyoning Rossiya tomonidan bosib olinishiga bag‘ishlangan asarlari turlicha. «Ri-solai tarixi»3, «Tarixcha», «Kichik tarix», «Risolai sayohat», «Ri-solai muxtasare az tarixi saltanati xonadoni mang‘itiya» kabi nomlar bilan ma’lum, Buyuk ma’rifatparvarning barcha asarlari­da mazkur davr voqealari bayon etilgan.
L. M. Yepifanovaning A. Donishga nisbatan aytgan fikri yana shuning uchun ham noto‘g‘riki, A. Donishning UzFA Sharqshunoslik ilmgohida 1937 rakami bilan saqlanayotgan 79 varaqdan iborat «Buxoroi sharifning amir Doniyoldan to amir Abdulahadgacha bo‘l­gan amirlari hayoti bayoni» asari qo‘lyozmasi hijriy 1352, ya’ni 1933 pili Ibodulla Odilov tomonidan boshqa nusxasidan ko‘chi-rio olingan edi. Bu nusxa sharqshunos olim A. Mirzaevning kat­ta mehnati natijasida 1960 yili Dushanbeda nashr etildi.
Bu asarni ba’zi olimlar A. Donishning ijtimoiy-siyosiy qa-rashlari o‘zgarishi aks etgan «Risolai muxtasare az tarixi salta­nati xonadoni mang‘itiya» asarining eng to‘la varianti deb hisob-lashadi.
Abdug‘ani Mirzaevning ta’kidlashicha, «Tarjumatul-ahvoli amironi Buxoroi sharif az amir Doniyol to asri amir Abdulahad» qo‘lyozmasi «Risolai muxtasare az tarixi saltanati xonadoni man-
gitiya» asariga o‘xshash emas, aksincha alohida mustatsil asar. U o‘z mazmuni va nomiga kura ikkinchi asardan ancha farq qiladi. «Bu-xoroi sharifning amir Doniyoldan to amir Abdulahadgacha bo‘lgan amirlari hayoti bayoni» da haqiqatan ham Samarkand aholisining Sherali Inoqqa qarshi ko‘tarilishlari va 1868 yilgi boshqa voqea-lar hakida gapirilmaydi. Biroq, bundan shoshma-shosharlik bilan xulosa chiqarish kerak emas. Chunki ran sanayu voqealarni shunchaki yozib ketishda emas, balki ularga va ularning natijalariga be-rilgan bahoda. Bu natijalarga ko‘ra esa umumiy xulosalar chiqa-rish mumkin.
Bizningcha L. M. Yepifanova «Buxoroning mang‘it amirlari qis-qacha tarixi» bilan yaxshi tanish bo‘lmagan.1 Unda A. Donish 1866— 1868 yilgi Rossiya-Buxoro munosabatlari, Yerjar voqealari, Jiz-zaxning olinishi, Samarqand aholisi isyonlarini mufassal yoritib, amir Muzaffar va amaldorlarining maqtanchoqligini fosh etgan. U Buxoro amirligi mag‘lubiyatining sababi — amirlikning texni-kaviy-iqtisodii qoloqligida, deb to‘g‘ri ta’kidlaydi,
Ruslarning Samarqandni egallashi sanasida ham Mirzo Somiy kabi, L. M. Yepifanova ham noaniqlikka yo‘l qo‘ygan. Mirzo Somiy Jizzax olingach «15 kun o‘tgach, qo‘shinlar Ilon uti orqali Samar-qandga yo‘l olgani» ni yozadi.2 So‘zboshida L.-M. Yepifanova bunday deb yozadi: «Somiy bu yerda nohaq, bu voqealar o‘rtasidagi farq 15 kun emas, bir necha oydir. Jizzax 1866 yilning oktyabrida, Samarkand 1867 yilning mayida egallangan.3 Bunaqa fikr barcha adabiy va arxiv materiallariga zid keladi. Ma’lumki, Samar­qand 1867 yilda emas, 1868 yilning 2 mayida egallangan.
Buyuk ma’rifatparvar olim Ahmad Donishnnng (1827—1897 y.) ijodiy hayoti haqida keyinroq to‘xtalib o‘tish lozim. U Urta Osiyo tarixida o‘chmas iz qoldirgan kishilardan biridir. Uning ilmiy qiziqishlari qamrovi keng bo‘lib, bu bois tirikligidayoq uning «Donish» taxallusiga «Muhandis» nomini qo‘shib aytishardi.
Peterburg gazetalaridan birida noma’lum muallifning «Bu­xoro elchixonasi»4 maqolasi e’lon qilingan edi. Unda Buxoro elchilarining 1874 yilning yanvarida Peterburgga yetib kelgani haqida yoziladi. Maqolada Buxoro elchisi Abduqodirboy Dodhoga qisqacha tavsif berilgan. So‘ng muallif yozadi: «Elchi huzurida ikki nafar mirzo bor: 1) mirzo Ahmad Uroq va 2) mirzo Abduva-hob. Ulardan birinchisi 1869 yili ham Peterburgga kelgan va Ros­siya haqida asarlar bitgan. U shoir, adabiyotchi va munajjim. U, buyuk knyaz xonim Mariya Aleksandrovnaning nikoh to‘yi munosaba-ti bilan qadimgi fors tilida she’r yozgan edi. She’r bir vaqtning o‘zida ham muvashshah, ham tarixdir. Har satrning boshlanish harflari «Mariya va Alfred»ni, oxirgi harflari qo‘shilganda nikoh yilini beradi».
Demak, elchixona mirzolari Mirzo Ahmad Uroq va Mirzo Abdu-vahob edil ar. Bizni, Mirzo Ahmad Uroq — Ahmad Donish qiziq-tiradi, albatta. Unga Peterburgga borib kelgach, taxminan 1871 — 1872 yillarda faxriy saroy unvoni «Uroq» berilgan edi. Shu bois, ulug‘ ma’rifatparvarning ijodiy merosini o‘rganish jarayonida Ahmad Donish (Donish taxallusi, otasining ismi Nosir) taxallusidan tashqari, uning Muhandis1, Mir Ahmad2, Mirzo Ah­mad Uroq taxalluslari bilan bitilgan ba’zi asarlariga ham duch kelish mumkin. Chunki, u... o‘ta ijodkor bo‘lib, qo‘lga qog‘oz va qalam olish imkoniyatini hech qo‘ldan chiqarmas3 edi.
Shubhasiz, sovet tadqiqotchilari Ahmad Donishning ilmiy qa-rashlarini o‘rganish, umumlashtirish va yoritish bo‘yicha katta ish qildilar. Uning bir'qator asarlarini mamlakatimiz xalqlari tillarida chop etish bo‘yicha katta ish qilindi.
A. Donishning M. P. Osmanov va L. N. Demidchuk tojikchadan ruschaga o‘girgan va R, Hodizodaning sharhlari bilan berilgan asar-lari tarjimasi e’tiborga loyiqdir4. Bu A. Donish asarlarining rus tiliga dastlabki jiddiy tarjima qilinishi edi. Tarjima-ning tili sodda, keng o‘quvchilar ommasiga tushunarli. Biroq shu bilan birga noaniq, shubhali o‘rinlar ham bor. Masalan, R. Hodi-zoda Buxoro elchilarining (Ahmad Donish ham) Peterburgga keli-shi sanasini 1857 yil 8 yanvardan 1858 yilning 11—12 yanvari, deb noto‘g‘ri ko‘rsatadi, boshqa asarda esa o‘zi yana to‘g‘ri (1858 yil 9 yan­var) ko‘rsatadi.5
Buxoro elchilarining Peterburgga ikkinchi kelishi sanasi ham noto‘g‘ri ko‘rsatiladi, ya’ni 1859 yilning 2—3 noyabrlari, deyila-di,6 vaholanki to‘g‘risi —1869 yilning 2—3 oktyabrlari7.
«Risolai tarix» tarjimasida ham bir necha noaniqliklarga yo‘l qo‘yilgan. Bu asl nusxa bilan taqqrslanganda ko‘zga tashlana-di. Masalan, asl nusxadagi: «May agar suvori shavam, rost boloi Moskov meravam»8 jumlasi «Men gar ularga qarshi yurar bo‘lsam, to‘g‘ri Moskvaga yuraman» (47- bet) deb o‘girilganki, bu haqiqatga to‘gri kelmaydi. Uni «Otga o‘tirsam bo‘ldi, to‘g‘ri Moskvaga yetib boraman» deb o‘girilsa to‘g‘ri bo‘lur edi.
Yana, «Sayohatnoma» ning asl nusxasidagi «Chun fuqaroi Samar-
kand in guna bedodiro az Her Ali didand, baxamiyoti din tarafi musulmonan va talabai ilm shuda, zan va mard ba askariya doxilin, Samarqand dar aftodand, ki chuyxoi xun dar kuchaxo ravon shud...1 jumlasi «Sherali zulmidan to‘ygan Samarqand xalqi yetib kelgan mullolar va Madrasa talabalari bilan qo‘shilib shahar garnizoni bilan jangga kirdi, ariq to‘lib qon oqdi».2 Bunday tarjima mu-allif fikrini to‘liq ifodalamaydi. Buni quyidagicha tarjima qilish to‘g‘ri bo‘lardi: «Sher Alining haddan tashqari zulmidan to‘ygan Samarqand xalqi ruhoniylar vakillari bilan birgalikda-musulmon va Madrasa talabalariga yordamga ko‘tarildi. Ayollar va erkaklar Samarqandda o‘rvashgan ko‘shin bilan jangga kirish-di. Oqibatda ko‘chalardan qon ariq bo‘lib oqdi».
«Buxorodan Peterburgga sayohat» ba’zi kamchiliklardan xoli bo‘lmasa-da, bu tarjima qimmatini pasaytirmaydi. U sovet olim-larining Ahmad Donish asarlarini katta hajmda rus tiliga tar­jima qilish bo‘yicha qo‘ygan dastlabki ulkan qadamidir.
Urta' Osiyoning ma’rifatchilari A. Donish, Furqat, Muqimiy., Shoxin, Asiriy, Hamza va boshqalar ma’rifat va demokratik yo‘na-lishdagi g‘oyalarni, Muhammad Olim, Abdumajid Shavqiy, Hoji Sobir Samarqandiy turli tabaqalarning sinfiy tinch-totuvligi-ni himoya qildilar. Masalan, Samarqand muftiysi Abdulmajid Shavqiy o‘z asarlarida Buxoro amirlari, Oq podsho va mahalliy hukumat amaldorlarini adolatli, xalqning himoyachisi deb maq-taydi. Samarqandlik shoir Hoji Sobir Samarqandiy diniy-mis-tik ruhdagi qarashlarni targ‘ib etib, xudoga ishonish, dunyoviy rohatlardan voz kechish, din talabi va shariat qonunlariga qat’iy rioya etishga chaqiradi.
Fahmiy, Abdulkarim Sipondiy, Nasriddii Hodiy, Vasliy, Ha-bibiy, Yakdiliy va boshqa shoirlar klassik adabiyotning eqg yaxshi an’analarini davom ettiradilar. Ularning asarlarida sevgi-mu-habbat bilan bir qatorda ijtimoiy g‘oyalar, adolatsiz tuzumdan norozilik xam o‘z ifodasini topgan.
Urta Osiyo sivilizatsiyaning qadimiy markazlaridan biridir. U asrlar davomida shakllangan yuksak madaniy an’analarga ega edi va jahonga ko‘plab yirik olim va shoirlar yetishtirib berdi. Urta Osiyoda yashab ijod qilgan Xorazmiy, Forobil, ibn Sino, Beruniy, Navoiy, Donish, Furqat, Muqimiy va boshqa ko‘plab ulug‘ zotlarning ilmiy yutuqlari va ilg‘or g‘oyalari jahon sivilizatsiya-si taraqqiyotiga ulkan hissa bo‘lib qo‘shildi. Ilg‘or burjua sharq-shunos-orientalistlari ham Urta Osiyo xalqlari boy merosini o‘rganishga sezilarli hissa qo‘shdilar. Biroq, ular qarashlarining va yondoshishlarinnng cheklanganligi oqibatida ko‘gshncha Sharq xalq­lari, shu jumladan, O‘zbekiston olimlarining ilg‘or g‘oyalari buzib ko‘rsatildi, soxtalashtirildi. Ko‘pgina burjua olimlari bizda ilmiy tafakkur taraqqiyoti bo‘lish mumkinligini, umuman xalqla-rimizning nazariy-mantiqiy fikrlay olishi mumkinligini rad etishardi. Shunda nsilojlpkdan Beruniy, ibn Sino, Forobiy, Xorazmiy va boshqalarni qadimgi yunon falsafasining oddiy sharhlovchilari deb atashardi. Masalan, Gollandiya kompartiyasi asoschilaridan biri, olim va jamoat arbobi A. Pannekuk «Astro­nomiya tarixi» (rus tilida 1966 yil chiqqan) kitobini yezdi. U bu kitobida ta’kidlaydiki, o‘z nazariy qarashlarida musulmon olim­lari eng qadnmgi donio‘shandlardan xam o‘zib keta olmaydilar1. Keyin, u buyuk uzbek olimlari Xorazmiy, Ulug‘bek va Farg‘oniyning «arab astronomiyasi» ning ilg‘or olimlari deb ko‘rsatadi2.
Sharqning ayrim burjua olimlari o‘z millatchilik nuqtai na-zarlaridan kelib chiqqan holda, Urta Osiyo madaniyatining o‘ziga xosligini rad etadi va uning yutuqlarini u yoki bu xorijiy Sharq xalqlariga buradi, uni arab, eron yoki hind madaniyatining bir qismi deb ataydi. Bundan tashqari, keiiigi yillarda xorijiy Sharq mamlakatlarida Osiyoni markazlashtiruvchi g‘oya targibot-chilari paydo bo‘lishdi. Ular jahon madaniyati tarixini buzib, g‘arb xalqlarining unga qo‘shgan hissasi, sotsialistik g‘oyalarni yuzaga keltirishdagi xizmatlarini rad etadilar. Bunday fikr xam zararli va biryoqlamadir.
Urta Osiyo xalqlari ma’naviy merosi tarixini haqqoniy ilmiy o‘rganish har qanday erishilgan hamma madaniy yutuqlarni Yevro-paga yoki faqat Osiyoga yo‘yuvchi millatchilikka o‘xshash qarashlar-dan voz kechishni talab qiladi.
Xalqimiz Beruniy, Forobiy, ibn Sino, Ulug‘bek, Navoiy va boshqa Urta Osiyo olimu shoirlarinipg ilmiy ijodiy merosini qadrlab saqlamoqda. Xalqimizning taraqqiyparvar farzandlari og‘ir zamonlarda^ ruhoniylar qattiq ta’qiqlab qo‘ygan davrlarda ham bu ulug‘ merosni o‘rgandilar, sharhlar yozdilar. Xususan, biz t’monimizdan topilgan Muhammad qosim bin Abu qosimi Buxoriy qalamiga mansub «Abdurahmon Jomiy asarlari uchun lug‘at» i (1199 hijriy yilida yozilgan) juda qimmatlidir. Bu muallif ham ilgari noma’lum bo‘lib, adabiyotimizda tilga olinmaydi. Albatta, Muhammad qosimning bu qiziqishlari moddiy jihatlar bilan bog‘liq bo‘lmagan, albatta, u Jomiyning ijodi bilan keng o‘quv-chilar ommasi tanishishini istagan, ularga asarlarni tushunishni yengil l a shtir ga n.
Yana shuni ham ta’kidlash lozimki, ko‘pgina olimlar orasida XVIII—XIX asrlarda aniq fanlar, jumladan, matematika va ast­ronomiya fanida turg‘unlik bo‘ldi, degan fikr yuradi. Ular buni O‘zbekiston va Tojikiston FA larida saqlanayotgan qo‘lyozmalar orasida bironta ham matematika va astronomiyaga oid asar yo‘qli-gi bilan dalillaydilar. Biroq biz topgan, 1223 hijriy yilida Muhammad Hakim Munajjim bin Mulla Zoir Muhammad yozgan «qozizoda Rumiyning falakiyotga doyr risolasiga muqobil sharh­lar» kitobi bu fikrlarni rad qiladi.
X asr va XX asr boshlarida O‘zbekistonda ma’naviy madaniyat murakkab sharoitlarda taraqdiy etdi. Masalan, Samarqandlik jadid Sayd Azimizoda «Oq podshoga dush»,' Mull o Abduholiq «Olloh dargohiga podshoh uchun duo»2 she’rlarida, Mahmudxo‘ja Behbudiy esa o‘z maqolalarida mahalliy boylarni xalq. manfaat-lari uchun g‘amxo‘rlik kilishga chaqirdilar. Mahmudxo‘ja Behbudiy podsho hukumati ruxsati bilan 1913 yil oxiri va 1914 yil boshidan boshlab Samarkand shahridagi «Tovarihestvo Bazarova i Sliya-kova» bosmaxonasida uzbek va tojik tillarida «Oina» jurnali va «Samarkand» ro‘znomasini chiqara boshladi. Bu nashrlar sahi-falarida jadidlar xalq mapfaatlaripi himoya qilib, maorifni zamon talabiga muvofiq rivojlantirish va mahalliy burjuaziya-ni rivojlanib kelayotgan san’at va savdo talablariga moe holda tarbiyalash uchun kurashdilar.
XIX aerning ikkinchi yarmida yashab, ijod qilgan Urta Osiyo ta-raqqihtarvar shoirlari klassik adabiyot an’analariga tdyanishgan bo‘lsa.XXasr boshida yashagan shoir va o‘qituvchilar— Mir Akrom Fikriy, Abdujalil Pisandiy, Naqibxon To‘g‘ril, IbrohyM Jur’-at, Saidahmad Vasliy va boshqalar klassik adabiyot an’analarini davom ettirish bilan birga o‘z asarlarida zamonaviy g‘oyalarni aks ettirdilar,
Bu davrda rus adabiyotining namunalari tojik va uzbek tilla-riga o‘girildi. Masalan, Samarqanddag‘i yangi uslub maktabi asoschisi Abduqodir Shakuriy (1875—1943) «Jome’-uL hikoyat» (1901 i.) asarini yaratdi va nashr etdi. Bu asar maktab qo‘llanma-si bo‘lib xizmat qildi. Unga tojik tiliga o‘girilgan I. A- Krilov masallari va L. N. Tolstoy hikoyalari kiritilgan edi. A. Shaku­riy tuzgan yangi uslub maktabi tezda shuhrat qozondi. 1909 yili u bilan tanishish uchun Samarqandga bo‘lg‘usi shoir va dramaturg, o‘^ktuvchn va ^kakoat arboby %am.z.a qakxshzodd Nkyoziy £eldd. Bu uchrashuv kelgusida ularni do‘stlashtirdi. Shuningdek, S.Ayniy ham Shakuriyning qalin do‘sti edi. Shakuriyning yordamyda S. Ay­niy 1914 yili yangi uslub maktabi talabalari uchun tojik tilida darelik chop ettirdi.
Yana bir taraqqiyparvar shoir va muallim Saidahmad Ajziy
(1864—1927y.) edi. Uo‘zining «Ibratko‘zgusi» (1912 y.), «Ruhlar
majlisi» (1912 y.), «Bilim ko‘zlari» (1914 i.), «Hikmat xazina-
lari» (1915 y.) kabi asarlarida chin musulmon bo‘lib qolgani hol­
da ba’zi ruhoniylar, boylarning‘ munofiqligi va pastk#shligini
fosh etadi. U fan, texnika targ‘ibotchisi, rus tili, madaniyatining
tarqatuvchisi sifatida maydonga chiqadi, diniy maktablardagi ze­
ki o‘qitish usullarini tanqid qiladi, bu maktab domlalari bo‘lgan
ba’zi ruhoniylarning savodsizligi, befahm va pastkzshligini
fosh etadi. '
Shuningdek, qori Muhammad Rahim Tojievning (1874—1948, taxallusi «Tikon»); Hoji Muin Shukurullo, Shokir Muxtor (1890—1920, taxallusi «Ishchi») va Mullo Abdullo Fayzievlarning (1927 yilda vafot etgan), adabiy va ijtimoiy faoliyati ham diqqatga sazovordir.
Bu ziyolilar adabiy-pedagogik va ijodiy jihatdan Oktyabr inqilobidan so‘ng shakllandilar. Ular ilgarigi asarlarida qo-loklik va adolatsizliklarga qarshi kurashdilar, xalq manfaat-larini himoya qildilar. Masalan, qori Muhammad Rahim o‘zining «Tikon», «Mayna» kabi she’rlarida eski turmush, urf-odatlar tarafdorlarini kulgu tig‘iga' olib, xalqni fan-madaniyatni egallashga chaqiradi.
Muallim va jamoat arbobi Shokir Muxtor 1910—1918 yil-larda matbuot sahifalarida uzbek tilida yozilgan turli ilmiy-ommabop maqolalari bilan qatnashdi. U 1918 yili chop etilgan «Sotsializm nima?» makrlasida ilmiy asosda sotsializmning‘ aso-siy mazmunini ochib bergan.
1894 yili 84 kishi ishlovchi katta bosmaxonaning qurilishi1 badiiy va ilmiy adabiyotning nafaqat rus, balki uzbek va tojik tillarida ham keng tarqalishiga ta’sir ko‘rsatdi. Xususan, 1904 yili Samarqandda litografik usulda tojik tilidagi «Rahbar-noma dar borai chechak», 1908 yili uzbek tilida qo‘qrnboy Ab-duholiqzoda tarjima qilgan «Asar tarjimasining baenoti» asarlari chop etildi. Shuningdek, 1905 yilda «Pilla qurtining parvarishi» qo‘llanmasi, 1913 yilda Ismatullo Rahmatullaev-king «Rahbari maktab» alifbesi nashr etildi. Tarjimon Kond­ratenko forschadan A. Fitratning «Sayyohi hindi» asarini rus-chaga o‘girdi. Turkiston Buxoro, Xivaning xaritalari uzbek tilida chop etildi. 1908—1916 yillarda uzbek tilida samarqandlik o‘qituvchi Hoji Muin Shukrullaevning «Rahnamoi savod» alif­besi, «To‘y» pssasi, «Yangi maktab va eski maktab*, «Mazluma xotin» asarlari nashr etildi.
1917 yil Fevral inqilobigacha Samarqandda 49 pomdagi ki-tob, hikoya, pesa, she’r to‘plamlari chop etildi. Ulardan 19 tasi uzbek, 23 tasi tojik, 1 tasi rus va 6 tasi Rossiya tillarida nashr etilgan edi. Bu milliy ziyolilarning qadimiy uzbek xalqi ma-daniy merosini o‘rganish bo‘yicha dastlabki ishlaridir.
Urta Osiyoning juda boy tabiati azaldan rus tadqiqotchilari, olimlari va tabiat ixlosmandlarini o‘ziga jalb etib kelgan. K. F. Butenev boshchiligidagi rasmiy rus ekspeditsiyasi (1841 — 1842 y.) tarixda alohida o‘rin egallaydi.
1841 yil ning ko‘klamida Peterburgdan Buxoroga qarab geolo­gik zkepedipiya yulga tushdi. Uning tarkibiga mayor K. Butenev (rahbar), tog‘ muhandisi M. Bogoslovskiy, sharqshunos N. Xanikov, topograflar Yakovlev, Plotnikov, Chalpanov, Petrovlar kirgan. Shunchaki hamroh sifatida ular bilan yo‘lga chiqqan A. Lemen o‘z kundalkk va xatlarida bu sayohat tafsilotlarini mufassal bayon qiladi.
Ekspeditsiya Peterburgdan Buxorogacha to‘rt oy yo‘l yurib, av­gust oxirlarida manzilga yetib keladi. Ekspeditsiya qatnashchilari uchun maxsus qoidanoma tuzilgan bo‘lib, ular geologik qidiruv-lar bilan bir qatorda meteorologiya, zoologiya va botanika soha-sida xam kuzatuvlar olib borishlari l ozim edi._
Ekspeditsiya qatnashchilari Buxoroda bir necha kun bo‘lgach, Sa-marqandga kelishdi. Shaharni, uning tarixiy yodgorliklarini tomosha qilishdi. Bogoslovskiy geologik qidiruv olib borayotib shahar chetida, Zarafshon daryosi yoqasida oltin borligini aniq-ladi.
Sayyohlar Panjikent nohiyasida va Urmitan qo‘rg‘onida o‘sim-liklarning yangi turlarini topishdi, tog‘ jinslaridan qimmatli kolleksiyalar to‘plashdi.
Ekspeditsiya a’zolari Iskandarko‘lni va Ko‘likalonni tekshi-rib, Samarqandga qaytib kelishdi. 1842 yilning bahorida esa ekspeditsiya Peterburgga jo‘nab ketdi.
Bu ekspeditsiya materiallari asosida rus sharqshunosi N. V. Xanikov 1843 yili «Buxoroxonligitavsifi»1 asarini yezdi. Urta Osiyoniig ruslar tomonidan bosib olinishidan oldin yozil-gan bu asarda Buxoro xonligining iktisodiy-ijtimoiy hasti, ta-rixi va tabiati yoritilgan edi. Uning asaridan XIX asrning bi-rinchi yarmidagi Samarqand to‘g‘risida mufassal ma’lumotlarni topish mumkin. Ekspeditsiyaning boshqa qatnashchisi F. Bogoslov­skiy Zarafshon vohasining geologik tuzilishini o‘rganib, uning tabiiy boyliklarini bayon etadi.2 Ekspeditsiyaning norasmiy qat­nashchisi, botanik A. Leman esa o‘lkaning o‘simliklar va hayvonot olami to‘g‘risida qimmatli materiallar to‘pladi. Samarkand va Buxoroning qadimiy obidalariga oid bir qancha suratlar uning qalamiga mansub. Ular hozir xam o‘lkaning qadimiy me’morchilik yodgorliklariga bag‘ishlab XIX asrning 50-yillarida chizilgan no-yob suratlar hisoblanadi. I. Mushketovning guvohlik berishicha, natijalariga ko‘ra, o‘zidan oldingi barcha ekspeditsiyalardan us-tun bo‘lgan bu ekspeditsiya rus sharqshunosligi taraqqiyotiga kat-ta ta’sir ko‘rsatdi.
Urta Osiyo tabiati, tarixi, xalqlari madaniyatining o‘rganil-maganligi rus fanining ilg‘or vakillarining diqqatini tor-tardi.
Urta Osiyo chor Rossiyasi tomonidan bosib olingach, rus olim-lari o‘lkaning tabiati, turmushi, tarixi va moddiy boyliklarini keng va sistemali o‘rganib, olingan ma’lumotlarni umumlashtira boshladilar.
Ulkada ilmiy faoliyat olib borish niyatida, o‘qituvchi, vrach, agronom va boshqa ishlarga jon deb rozi bo‘layotgan yosh — bosh-lovchi olimlar ko‘p edi. Peterburg va Moskva oliy o‘quz yurtla rining bitiruvchilari chet o‘lkaga o‘z xohishlari bilan kelishar va Urta Osiyoni o‘rganish bo‘yicha ilmiy ekspeditsiyalarning tashkilot-chilariga aylanishardi. Masalan, 1868—1870 yillarda A. P. Fed-chenko va O. A. Fedchenko1 lar ko‘pgina qimmatli ilmiy manbalar to‘pladilar.
1867 yili, Moskva dorilfununi fizika-matematika kullieti-ni tugatgach. er-xotin Fedechenkolar tabiatsevarlarning birinchi Butunrossiya s’ezdida qatnashish uchun Peterburgga keladilar. Shu yerda ular aniq fanlar tadqiqotchilari jamiyati prezidenti pro­fessor G. Ye. Shgurovskiy bilan tanishadilar. Professor Fedchen-kolarga Urta Osiyo tabiati bilan qattiq shug‘ullanishni taklif etdi. Puxta tayyorgarlikdan so‘ng uzoq yo‘l yurgan tadqiqotchilar 1869 yilning 3 yanvarida Samarqand shahriga yetib keladilar. A. P. Fedchenko ishni Urta Osiyo iqlimini kuzatishdan boshladi. U xam Urta Osiyoning iqlim sharoiti o‘ziga xos ekanini ta’kid-lagan edi. Uning 1869 yilning 31 yanvaridan 4 fevraligacha olib borgan kuzatishlari bu yerning iqlimi Norvegiya poytaxti Oslo iqlimiga, 10—14 fevrallar orasidagi kuzatishlari Rim iqli-miga o‘xshashini ko‘rsatdi.
Zarafshon vohasini zoologik jihatdan o‘rganishda ham A. P. Fedchenkoning xizmati katta. U qisqa muddatlarda 8 ming-dan oshiq hasharot, qush va hayvon turlari yig‘ib, kolleksiya qil-di. Olimning rafiqasi Olga Aleksandrovna esa Zarafshon vodiysi o‘simliklar olami to‘g‘risida katta materiallar, gerba-riylar to‘pladi. U tabiat, mahalliy xalq turmushi va mehnat qurollari haqida lavhalar yezdi.
Ekspeditsiya davomida Fedchenko oilasi mahalliy xalqqa kat­ta hurmat bilan munosabatda bo‘ladi. Uz navbatida aholi ham ularga iliq munosabatda bo‘lgan. Fedchenkolar oilasini shahar-ning turli joylarida, Zarafshon vodiysi qishloqlarida aholi-ga tibbiy yordam ko‘rsatayotganda yoki ular bilan gurunglashib o‘tirganini uchratish mumkin edi. 1869 yilning bahorida Fedchen­ko Zarafshon daryosining boshlanish qismini o‘rganish uchun ekspe­ditsiya uyushtirdi. U daryoning boshlanishidagi abadiy muzlikni ochgan birinchi kishi hisoblanadi. qeyinchalik bu muzlik Fedchen­ko nomi bilan atala boshladi.
Ular Zarafshon vodiysi xaritasini tuzdilar, o‘simlik va hayvonot olami, iqlimi, tabiiy geografiyasi to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar to‘pladilar.
Zarafshon vohasi, shahar va qo‘rg‘onlari tarixini o‘rganish bo‘yicha Zarafshon okrugi zakot boshqarmasi boshlig‘i A. P. Xo-roshkin to‘plagan materiallar ham diqqatga sazovor.2 U aholining ijtimoiy tarkibini aniqlashga, vohaning Urgut nohiyasi tavsi-finn berishga uringan.
Hozirgacha ham V. V. Radlov, Bikov, A. Grebenkin, L. N. So bolev, A. Kun va boshqalarning Urta Osiyo tarixi, jo‘g‘rofiyasi, gidrogeologiya, meteorologiya va etnografiyasiga bag‘ishlangan asarlari o‘z ilmiy ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
Rossiya harbiy sanoat doiralarini eng avvalo, Zarafshon vo-diysi foydali qazilmalari va tabiiy boyliklari qiziqtirardi. Shu boisdan vohaning tog‘li rayonlarini Zarafshon okrugiga qo‘-shib olishda tog‘, o‘rmon va boshqa tabiiy boyliklardan foydala-nish imkoniyatlari nazarda tutilib, kapitan Grebenkin tomoni-dan tekshiruv, tadqiqotlar o‘tkazilgan ,va «Zarafshon daryosi yuqori qismlari haqida ma’dumotlar» tuzilgan edi.
Bu harbiy-ilmiy ekspeditsiyao‘ing eng faol ishtirokchisi D. L. Ivanov edi. U keyinchalik XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonda taraqqiyparvarlik rolini o‘ynagan «Xomutov to‘-garagi» tashkilotchilaridan biriga aylandi.
Zarafshon muzliklari to‘grisidagi lavhalar uning dastlabki asarlari hisoblanadi. Shundan so‘ng u Samarkand obidalari to‘g‘risida suratli maqolalar e’lon qiladi. Uning «Proxorovich» taxallusi bilan e’lon qilingan maqolalarida Samarqandning birinchi sahna 'artisti qurbonxon to‘g‘risida xabar beriladi.1
1868—1870 yillarda Knyaz Urusov Rossiya bosqiniga qadar Zarafshon vohasida jun yetishtirishning ahvolini mufassal >"r-ganib chiqdi. Urusov, nafaqat okrugdagi jun ishlab chiqarish tarmoqlarini o‘rgandi, balki Turkistonda chorvachilikni, ayniq-sa, uning ipak junli qo‘ychilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish yo‘llarini izladi. Uning tadqiqotlari natijalari «Zarafshon okrugida jun yetishgirish to‘g‘risida yozuvlar»da aks etgan.2.
Keyinroq, 1870 yilda harbiy injener-kapitan Bogolevskiy Zarafshon daryosiga ko‘priklar qurish imkoniyatlariyi ko‘rib chiqdi. Okrug muhandislik ishlari mudiri bo‘lgan bu harbiy in­jener o‘sha yiliyoq tog‘ ishlari bo‘yicha mzxsus topshiriqlar amaldori Tatarinovga Zarafshon daryosiga ko‘prik qurishga moe joy topish uchun asbob va burg‘ulash ishlari bilan tanish bir na-far ishchi yuborishini so‘rab murojaat qiladi. Bu haqda Turkis-ton harbiy okrugi muhandislari boshlig‘i vazifasini bajaruvchi-ga xabar bergach (deystvitelno‘y statskiy sovetnik), Tatarinov bahorgacha burg‘ulash ishlariga ehtiyoj yo‘qligi tufayli Bogolev-skiyga uskunalardan tashqari, tog‘ ishchisi va geologiya, minera­logiya va tog‘ ishlari bilan tanish tog ustavshigini xam jo‘natish imkoniyati borligini tushuntirdi.3
Albatta, Tatarinovni aholi uchun zarur bo‘lgan ko‘priklar qurilishi emas, o‘zi ta’kidlaganidek, Zarafshon vodiysi qaznl-
ma boyliklari qiziqtirardi. Zarafshon okrugi boshlig‘iga yubor-gan shaxeiy xatida u shunday deb yozgandi:
«...Men shuningdek uddaburon kishini ham yuborishga qaror qildim. U imkoni boricha Samarkand atrofining geologik tuzili-shini o‘rganish va ko‘prik qurish uchun qurilish materiallari iz-lash bilan birga boshqa foydali qazilmalar joyini ko‘rsatishi lozim... agar toshko‘mir koni chiqishiga umid tug‘ilsa, uni amalga oshirish uchun uzim boraman yoki muhandis yuboraman».1
Rossiyaning Urta Osiyoni bosib olgan dastlabki davridanoq, chor hukumati Amir Temurning kutubxonasini izlashga katta e’ti-bor berdi. Turkiston viloyatining harbiy gubernatori o‘z rapor-tida (1866 yil 17 yanvar) shoshilinch choralar ko‘rgani, xususan, Buxoroga Samarqand orqali qatnovchi toshkentlik savdogar boy-larga, ehtimol Samarqandning qaeridadir yashirin yotgan Te-mur kutubxonasini qidirish bo‘yicha ko‘rsatma berganini xabarqiladi.Keyinroq, 1868 yildan boshlab, mashhur rus orientalisti
A. L. Kun turli vaqf hujjatlari yig‘a boshlaydi. U o‘zi yiqqan
1'50 dan ko‘proq qimmatli hujjatlarni rus tiliga o‘girdi va umumlashtira boshladi. 1870 yili general-gubernator fon Kaufmanning topshirig‘iga ko‘ra^"A. L. Kun Urta Osiyo tarixida bigfp&fibvT6yjm5 zarafshon v"odiysida qazish ishlarini olib borib,qadimiy obidalarning qoldiqlari, tangalar va boshqa ashyolarni to‘pladi.2 Arxiv materiallarining guvohlik berishicha,A.L.Kun ko‘plab qadimiy topilchalar to‘plagan. Bular 1871 yilning may oyida Samarqanddan Toshkentga, so‘ng u yerdan Rossiyaga jo‘natid- gan. A. L. Kunning bu topilmalari Peterburgda Ermitajda ko‘rgazmaga qo‘yilishi lozim edi.3
Shuni ham aytish lozimki, A. L. Ko‘1Gk^azysh va arxyoologik' materiallarni o‘rganish ishlariga mahalliy aholining bilim-don vakillarini ham jalb etgan. Masalan, Mirzo Mulla Abdu-rahmon ibn Muhammad Latif (tarixiy adabiyotda Mirzo Sa-marqandiy nomi bilan mashhur), Muxtojir Samarqandiy shular jumlasidan. Samarqandlik Mirzo Mullo Abdurahmon A. Kun­ning (1840—1888 y.) yaqin do‘sti va tarjimoni edi. Mirzo Sa­marqandiy A. Kunning 1870 yilgi Iskandarko‘lga ekspeditsiyasi-da hamrohlik qilgan edi. U safar taassurotlari asosida «Ro‘z-nomai safari Yskandarko‘l» («Iskandarko‘l safari kundaligi») ni yezdi.4 Unda Zarafshon daryosi yuqorisidagi Panjikentdan to Paldaragacha, Yagnobdan Iskandarko‘lgacha bo‘lgan barcha aholi maskanlarining tavsifi berilgan, «Kundalik»da mazkur joy-larning ijtimoip-iqtisodiy ahvoli, xalq turmushi, tili va an’analari to‘g‘risida muhim ma’lumotlar va ba’zi arxeologii faktlar bor. «Kundalik» ning asosiy qiymati shundaki, unda u yoki bu ma’-lumotning qaerdan olingani va qachon yozilgani ko‘rsatilgan. Mir-zo Samarqandiy «Kundalik» ni' 1870 yil 30 aprelida Panjikent shahri yaqinidagi Ro‘dak qishlog‘idan boshlab, 1870 yilning 29 iyunida Samarqandda tugatgan.
«Kundalik» ning kirish qismida asarning maqsadi bayon qi-lingan va u 1870 yilning 1 iyunida Samarqand shahrida yozilgani aytilgan. «Ilova» da esa boy ashyoviy materiallar, xususan, mas-jid va boshqa binolar devoridagi bitiklardan ko‘chirmalar, qabrtosh yezuvlari va yo‘l ko‘rsatkichlaridan, ekspeditsiya yo‘lida uchragan boshqa turli yozuvlardan ko‘chirmalar, Falg‘ar va Matchoh rayonlaridagi aholi orasida to‘plangan lapar. va qo‘shiqlar kel-tirilgan.
«Kundalik» ning muallif qo‘lyozmasi A. Kun tomonidan qis-man rus tiliga o‘girilgan. Mirzo Samarqandiyning bizgacha yetib kelgan ikkinchi asari 1872 yili yozylgan. «Moskva ekspeditsiyasi kundaligi» (Ro‘znomai safari Maskob) asaridir1. Asar Mirzo Samarqandiy va A. Kunning «Tabiatsevarlar jamiyati» taklifi bilan Rossiya Politexnika instituti Pyotr I tug‘ilgan kunning 200 yilligiga bagishlab uyushtirgan ko‘rgazmada qatnashish uchun Moskvaga sayohati natijasida yuzaga keldi. «Kundalik» da Ros-siyaning madaniyat va xalq xo‘jaligidagi yutuqlari mufassal yori-tilgan. Ayniqsa, ko‘rgazmaning Turkiston bo‘limi ishi keng yori-tilgan. Bu bo‘lim shunisi bilan jozibali ediki, u Sherdor madrasasini eslatuvchi ayvon — pavilonda joylashgan edi.
Olim va tarjimon Mirzo Mullo Abdurahmon Samarqandiy­ning bizgacha yetib kelgan qo‘lyozma asarlari Urta Osiyo xalqlari-ning tarixi, tili, etnografiyasi va arxeologiyasi bo‘yicha qimmat-li manba hisoblanadi2. f^- A. L. Kun tadqiqotlarining eng muhim natijasi shuki, 1871 — / 1872 yillarda, Turkiston o‘lkasining arxeologik albomini tu-/ zish maqsadida Samarqand obidalari suratga olindi3.
1870 yilda Perm boylari — aka-uka Kamenskiyning ishonchli vakili Semyon Lyaxtin Zarafshon vohasidan 109 pud, 0,5 funt xar xil arxeologik .-ch^stilmdd4
Biroq, shunaqa savobli ishlar bilan bir qatorda, Zarafshon-da xam butun o‘lkada bo‘lgani kabi, rus amaldor, ofitser va savdogarlari o‘rtasida qadimiy noyob narsalarga bo‘lgan g‘a- razli qiziqish kuchaydi. Ular har xil yo‘l va usullar bilan qadi­miy narsalarni qo‘lga kiritishga urindilar. Maqsadlarn — ke-ynn ularni qimmatga sotib boyish edi. Masalan, A. Kun general Abramovga yuborgan maktublaridan birida mahalliy millat va-kill'aridan uch kishi uning iltnmosiga ko‘ra, Buxorodan qidimiy oltin va boshqa metallardan zarb qilingan tangalar olib kel-gani, biroq, bir xil narx taklif qilinganiga qaramay, ular tangalarni A. Kunga emas, keyin qimmatiga sotish umidida bo‘lgan Samarqand bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Serovga sotishganini yozadi va Abramovdan chor amaldorlarining qadimiy yodgorliklar bilan chayqovchilik qilishining oldini olish bo‘yicha choralarko‘-rishini so‘raydi. Abramov javobida A. Kun bu masalada haq eka-nini tai olsa-da, bu ishga aralashishdan qat’iy bosh tortadi va chor amaldorlarining xususiy mulkiga tegib bo‘lmasligini ta’-
kidlaydi1.
General Abramovnnng yodgorliklarni talashga sukutli rozili: gi rus amaldorlarini yanada «yirik» ishlarga ruhlantirdi va ularning ba’zilari arxeologik topilma nimaligi xususida tasavvurga ega bo‘lmagani holda Samarqanddagi Afrosiyobnk qazib,
talashga tushdi. Bu talonchilikni cheklash maqsadida Turkistondagi Chor xukumati187'1 yil 3 martda 942- sonli maxsus hujjat chiqarishga majbur bo‘ldi. Unga ko‘ra, shaxsan Kaufmannnng ruxatisiz hech qanaqa qazish ishlarini amalga oshirish mumkin emas edi2. Biroq, bu ko‘rsatma kam samara berdi va chor hukumati keyinroq, 1879, 1882, 1892 yillarda xam shunga o‘xshash qarorl'ar qabul qildi3.
Rus jo‘g‘rofiya jamiyati topshirig‘yga ko‘ra, 1874 yilning yozida N. P. Barbot de Marni Zarafshon vohasida geologik kuzatishlar olib bordi. Uning natijalari umumlashtirilmagan, qo‘lyozma holda bayon qilingan, xolos4.
G. D. Romanovskiy va I. V. Mushketovlarning 1874 yilda o‘t-kazgan foydali qazilmgalarni qidirish ishlari katta ilmiy ahamiyatga ega. Ularning tadqiqotlari natijalari 1878 yilda e’lon qilindi5. 1886 yilda esa bu materiallar I. V. Mushke-tovning «Turkiston1» asarida ilmiy jihatdan umumlashtirildi.
1875 yili Afg‘oniston — Buxoro chegarasida yuzaga kelayotgan voqealar munosabati bilan Kaufman buyrug‘iga ko‘ra harbiy to-pografik xarakterdagi ekspeditsiya uyushtirildi. U ikki oy davo-mida Hisor va Ko‘lob rayonlarida bo‘ldi. Ekspeditsiya a’zolari, Turkiston o‘lkasi statistika qo‘mitasi raisi N. Maev -(ra-hbar) podporuchik Vishnevskiy va astronom Shvars Hisoriipg muhim rayonlarida bo‘ldilar, ulargacha bu joylarga bironta Ovrupo-likning oyogi yetmagan edi. Ular Darvoza va Kunluz chegarasigacha yetib borishdi. Ekspeditsiya qaytishi bilan Vishnevskiy Hisorg Ko‘lobning, Zarafshonning yuqori qismi hamda darali tog‘ rayon-larining mufassal xaritasini chizdi va olimlarpi hali noma’-lum ma’lumotlar bilan tanishtirdi. N. Maev ekspeditsiya o‘tgan joylarning tarixiy, antropologik va topografik tafsilotini tuzdi, astronom Shvars esa Hisor va qo‘lob rayonlarida 14 ta astronomik kuzatuv punktlarini belgiladi1.
— 1878 yil^a_anid„fanlar, antropologiya va etnografiya ishqi-„bozla^i Tuduh^ton bo‘lnmyannng „birinchi ilmiy ekspeditsiyask-, uyushtirildi. V. V. Bartoldning aytishicha, bu bo‘lim 1870 yilda ish boshlagan2. Ekspeditsiya tarkibida olimlar V. F. Oshanin (bo‘lim kotibi, rahbar), G. Ye. Rodionov (topograf) va M. I. Ne­veskiy (botanik) bor edi. Ekspeditsiyaniig vazifasi qorategin va Amudaryo yuqrrn qismini tadqiq etish edi. 1878 yilning 25 iyulida ekspeditsiya Samarqanddan jo‘nab ketdi va yo‘l-yo‘lakay qorategin va Darvoza hududlarining bir qismini tekshirdi. So‘ng Selsuv vodiysi yuqorisida ulkan tog‘ muzligini topdi va bu muzlik yuqorida eslatganimizdek, olim A. P. Fedchenko nomiga qo‘yildi3. Bu muzlik — Zarafshon daryosi suv manbaidir, daryo-suvining oz-ko‘p bo‘lishi, vohaning suv bilan kanchalik ta’minla-nishi shu muzlikning erishi hajmiga bog‘liq.
M. Neveskiy ekspeditsiya mobaynida Samarkand tabiati, o‘sim-liklar dunyosi haqida juda qimmatli ma’lumotlar to‘pladi. Unikg 1894 yili e’lon qilivtan asarida vohada o‘suvchi 25 xil daraxt va butalar ro‘yxati, mevali daraxt va butalarning payvaldlangan (introduksiyalangan) turlari nomi keltyarilgan.
Rus olimi V. M. Oshaninning ikkinchi yirik sayohati 1879— 1905 yillarga to‘g‘ri keladi. Bu sayohat davomida asosan hasharot-lar to‘planib, entomologii tadqiqotlar o‘tkazildn. 1884 yilning iyunida u Toshkent gimnaziyalaridan biri o‘quvchilarining Za­rafshon vodiysiga ekskursiyasini uyushtirdi. Uning marshruti Tosh-kent,-Mirzacho‘l, Uratepa, Jizzax, Samarqand va Namangan or^ali-o‘tg-an edi. Olim va uning shogirdlarini dehkrnlarning oug‘orshp-shoxobchalarini qurish va foydalanish san’ati, mahal-liy-ahelining xo‘jalik yuritish faoliyati, tabiiy sharoit va hayvonotoolami qiziqtirardi.
Zarafshon vodiysi Oshaninda kuchli taassurot qoldirdi. U shunday deb.yozadi: «Zarafshonning har ikki qirg‘og‘i bir-biri bilan tutalshb ketgan qishloqlar va bog‘-rog‘lar bilan to‘la, go‘yo bu yerlarda eni 25 chaqirim, uzunligi behad bo‘lgan bitta shahar turgaiga o‘xshaydi. Bu yerlar tabiatan hosildor, nam ko‘pligi tu fayli qora ko‘rinadigan lyossdan tarkib topgan. Zarafshon bu yerlarni «xoritmaydi», o‘zi bilan olib kelayotgan ko‘plab mine­ral jinslarni bu yerga berib, oziqlantiradi1...»
V. F. Oshanin Samarqand to‘g‘risida chuqur hurmat bilan ga-piradi. U Samarqand va uning atrofn qalin daraxtzorlar bilan qoplavgani tufayli, issiq bu yerda Toshkentdagidek kuchli se-zilmasligini yozadi. Uni ayniqsa, Abramov xiyoboni (hozir Gor­kiy nbmida) va istirohat bog‘i hayratga soladi. «Bor va xiyobon-ga,—deb yozadi Vasiliy Fedorovich,— nafaqat Toshkent, Peterburg ham havas qilsa arziydi». Olim, shuningdek, Samarqandda bog‘-dorchilik va uzumchilik juda rivojlanganini yozadi.
V. F. Oshanin asarlaridan Zarafshon vohasida paxtachilik va ipakchilikni rivojlantirish bo‘yicha bir qator foydali masla-hat va tavsiyalarni topish mumkin.
1879 yil qurilajak temir yo‘l yo‘nalishini belgilash va Amu-
daryoda kemalar yurishi imkoniyatlarini aniqlash uchun o‘tkazil-
gan kompleks ekspeditsiya xam ulkan ishlarni bajardi2. Bu
ekspeditsiya tarkibiga graf Rostovsev, injener Lyapunov, pro-
fessorlar Sorokin va Mushketov, musavvir va adib N. N. Kara-
zin, injener E. O. Sokolovskiy, musavvir Simakov, podpolkov­
nik N. Maev, Lunevich, Kregmeyr, doktor Valiskiy, zoolog
Pelsam va boshqalar kirdi. Ekspeditsiya ikkn guruhda ikki yo‘na-
lish bo‘yicha ish olib bordi. 1879 yilning iyunida ekspeditsiyaniig
barcha a’zolari Samarqandda yig‘iladilar. Bir guruh cho‘l bilan
qarshiga yo‘l oladi va quruqlik yo‘lini o‘rganadn, ikkinchi guruh
Kitob, Shaar, Yertepa, Kaltanor orqali Darbandga boradi, deb
qaror qilinadi. Darbandda uchrashgach, guruhlar yana dasturga
muvofiq tadqiqotlarni alohida-alohida olib borishga kelisha-
dilar. Aholining turmush tarzini o‘rganish N. N. Karazinga top-
shirildi. U ekspeditsiyaniig mufassal yo‘l jurnalini to‘ldnrib
borishi lozim edi. Musavvir N. Ye. Simakov esa Shaarda bo‘lgach,
Samarqandga qaytishi va uch hafta mobaynida tarixiy obidalar-
ni, asosan, Go‘ri Amir, Shohn Zinda, Bibixonim yodgorliklarinn
o‘rgannshi va nusxa ko‘chirishi lozim edi. Bu ekspeditsiya yakuni
bo‘yicha katta hajmda ma’lumotlar to‘plandi va ular Turqisten
o‘lkasini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb ztdi.
Ulkaning rus olimlari tomonidan muntazam o‘rganilishi/T87sr yildan boshlandi. Samarqandda (1878 i.), Nanjikent, Jizzaxda (1881 y.), Kattaqo‘rg‘onda (1901 y.), Krasnogvardeyskda (1909 i.) meteorologii stansiyalar tashkil qilindi3. Bu stansiyalarning keng qamrovli ma’lumotlari esa keyinchalik Urta Osiyoning iq-lim xaritasini chizgan L. A. Molchanov tomonidan ishlab chi-qildi4.
1887 yildan boshlab Turkiston general-gubernatori va yana uch mahalliy viloyat harbiy gubernatorlari huzurida statistika qo‘mitadari tuzildi. Ularning‘ tarixiy rolini Samarkand vilo­yat statistika qo‘mitasi misolida ko‘rish mumkik1. Turkiston o‘l-nasini boshqarish to‘g‘risidagi Nizomning 55- moddasi va Tur­kiston o‘lkasi bo‘yicha 1887 yil 29 avgust va 1 oktyabrdagi buyruqlarga ko‘ra, Samarqand viloyat statistika qo‘mitasi tuzil­di. U gubernya statistika qo‘mitalari haqidag‘i Nizomga ko‘ra ishlashi lozim edi2. Statistika qo‘mitasi huquqi, vazifalari, byudjeti va tarkibiga ko‘ra davlat muassaaasi bo‘lsa-da, u yerda asosan chor hukumat apparatining quyi zvenosi va mahalliy faol o‘lkashunoslar to‘plangan edi. Samarqand qo‘mitasiga o‘z ma’muriy vazifasiga ko‘ra uchta doimiy a’zo va maholliy amaldorlardan 29 nafar haqiqiy a’zo kirardi. Uning doimiy kotibi va bosh tashkilotchisi M. Virskiy edi. Graf K. Palen uni unvoni k)qo-riroq kishi bilan almashtirishni taklif etgan. Uningcha, Vir­skiy o‘z ma’lumoti va dunyoqarashiga ko‘ra bu vazifaga, hukumat talabiga moe emas edi3. Haqiqatda esa gai statistika qo‘mitasi-ning tuzilnshida emas, balki ish uslubida edi. qo‘mita kotibi M. Virskiy, mahalliy o‘lkashunos olim V. L. Vyatkin, V. P. Na-livkin va boshqalar ko‘proq fan va o‘lkashunoslik bilan shug‘ul-lana boshladilar. Birok, bu rasmiy hukumat vakillarining fik-richa, statistika qo‘mitasi vazifasiga kirmasdi. K- Shlenning fikricha, qo‘mita asosan Samarqand viloyatidagi barcha tarmoqlar bo‘yicha iqtisodiy va xo‘jalik hayotiga oid ma’lumotlarni to‘shta-shi va shu asosda, harbiy gubernatorlar hisobotiga ilova sifa-tidagi hisobotlar ski statistika obzorlari tayyorlah, bilan shug‘ullanishi lozim edi.
To 1891 yilgacha, deyiladi K. Palenning taftish hisobotida, qo‘mita bu vazifani yaxshi bajarib keldi. 1891 yildan keyin qo‘mita faoliyati kup tomonlama kengaydi, nafaqat obzor uchun zarur bo‘lgan, balki o‘ta ilmiy materiallarni to‘play boshladi, tarixchilik va ma’rifatchilik bilan shug‘ullana boshladi Bu Rossiya hukumati manfaatlariga zid edi. Xususan, 1907 yil bosh-larida Samarqand viloyati statistika qo‘mitasi kutubxonasida 2505 nomda 4877 nusxada kitob bor edi. Faqat 1906 yilda ku-tubxonaga 167 nomdagi 299 nusxada kitoblar keltirilgandi. 1908 yilda unda 2672 nomdagi 5168 nusxa kitob bor edi. Usha davrga nisbatan bu katta kutubxona edi.
V. L. Vyatkin ilmiy va ijtimoiy faoliyat bilan bir qatorda ba’zi nashrlarga muharrirlik ham qilgan. 1900—1907 yillarda u «Samarqand viloyati obzori» dan tashqari, S. A. Lagin yezgan «Ruscha-o‘zbekcha lug‘at» ning 1-, 2-, 3-nashrlariga muharrirlik qildi, Lug‘atning 3-nashri 1907 yilda «Russkaya okraina» bosma-xonasida 3000 nusxada nashr etildi1.
Viloyat stat. qo‘mitasi boshqaruvchi a’zolari tashabbusi bilan 1908 yili Samarqandning eski shahar qismida maxsus kutubxona ochildi. U Sherdor madrasasi binosida joylashgan bo‘lib, mudiri V. L. Vyatkin edi2. Kutubxona asosan chorizm olimlariga, ba’zan musulmon aholiga xizmat ko‘rsatardi. Kutubxona o‘lkaning endi shakllanib kelayotgan demokrat ziyolilari — jadidlar to‘planib, munozara qiladigan ma’rifat markazi edi.
Yana shuni alohida ta’kidlash lozimki, statistika qo‘mitasi to‘plagan barcha materiallar, 1908 yili taftish qilgan senator K. Palen aytganidek o‘rtacha, taxminiy edi. Samarqand viloyati statistika qo‘mitasi Rossiyaning boshqa guberniyalaridagi Yer ish-lari statistika qo‘mitalariga o‘xshagan idora edi. Uning ba’zi ma’lumotlari aniqligi va to‘liqligi jihatidan g‘arbiy Ovrupo statistikasidan a’loroq edi. Biroq, shuni ham aytish kerakki, bu ma’lumotlar hozirgi paytda tadqiqotchilar uchun juda qim-M1atli va hatto, Zarafshon vohasining 1887 yildan to Oktyabr to‘ntarilishigacha bo‘lgan davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy tarixini o‘rganishning yagona manbai bo‘lib qolmoqda.
Statistika qo‘mitasi o‘z faoliyatining dastlabki kunidan bosh-laboq Samarqandning 20 yillik, ya’ni, Rossiyaning uni bosib ol-gan davri tarixini yozishga urindi. Bu vazifa qisman bajarilib, materiallar matbuotga tavsiya etildi. Biroq, tasodifanmi, atay-labmi, Samarqand shahri sobiq shtab boshlng‘i (unga qo‘lyozma tanishib chiqish uchun berilgandi) uni yo‘qotib qo‘ydi. Keyin, qo‘­mita Samarqand tarixiy yodgorliklarini tasvirlab, shu asosda qisqacha lavha chop etishga qaror qildi.
Keyingi yillarda qo‘mita ancha qimmatli ma’lumotlar to‘p-ladi va o‘z vaqtida ko‘pgina atoqli sharqshunoslar ahamiyatini ta’kidlagan ilmiy statistika maqolalarini chop etdi. 1890 yili qo‘mita «Samarqand viloyati statistikasi uchun materiallar to‘p-lami» ni nashr etdi. Bu to‘plamda ilk bor Zarafshon vohasig‘ing 1887—1888 yillardagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini ko‘rsatuvchi ba’zi raqamlar berilgan edi. «To‘plam» dan, shuningdek, qishloq xo‘jaligi, maorif, jo‘g‘rofiya va o‘lka sug‘orish tarmoqlari to‘g‘­risidagi o‘lkashunoslik ruhidagi bir qator maqolalar ham o‘rin olgandi3. 1889—1912 yillarda qo‘mita «Samarqand viloyati ob­zorlari» ning 23 to‘plamini nashr qildi (Samarqand—1890— 1913 y.y.). qeyin «Samarqand viloyati ma’lumotnomasi»4, «Samarqand viloyati» manzillari-kalendarlari»1 ning 17-chiqarilishini e’lon qildi. Bundan tashqari, qo‘mita M. Virskiy tuzgan «Tur­kestanskiy kommercheskiy adres-kalendar v 1898 g.» ni ham chop etdi2.
Bu manzil-kalendarda Samarqand, Farg‘ona, Sirdaryo viloyat-lari va Buxoro xonligining savdo-sanoat firmalari to‘g‘risida juda qimmatli ma’lumotlar bor. Bundan tashqari, M. Virskiy-ning ba’zi asarlari Samarqand statistika qo‘mitasi tashkil eti-lishidan oldin nashr qilingandi. Ularda Zarafshon vodiysi aholisining antropologiyasi (yuz tuzilishi), turmush tarzi, umu-man etnografiyasi bo‘yicha qiziqarli ma’lumotlar bor edi.
M. S. Andreev3, M. Virskiy4, I. M. Sluskiy5, N. V. Pozdnya­kov6, N. S. Likoshin7, F. Pospelov8, V. L. Vyatkin9 va boshkgalar-ning tarixiy-iqtisodiy xarakterdagi va ba’zi aholi punktlari-ning madaniy turmush sharoitini srituvchi turli matbuot organ-lari va to‘plamdarda chop etilgan ilmiy ishlari diqqatga sazo-vordir.
Samarqand o‘lkashunoslari M. Virskiy10, I. P. Petrov11, V. L. Vyatkin12 o‘lkaning vaqf hujjatlarini o‘rganish bo‘yicha bir qator maqolilar e’lon qilishdi. Yu. O. Yakubovskiy13, N. A. Kir­pichnikov14, F. Pospelovlarning15 asarlari esa Samarqand viloya­ti hunarmandchiligi tarixi va ahvoliga bag‘ishlakgan edi.
V. L. Vyatkiining (1859—1932 y.) inqilobgacha nashr etilgan ilmiy asarlari eng qimmatli manbalardir1. V. L. Vyatkin o‘z hayotini, kuch-g‘ayrati va bilimini insonlarga bag‘ishlagan yirik rus olimi edi. Uning arxeologik maktabi ham, ustozlari ham yo‘q edi. U mustaqil o‘qigan bilimdon, iqtidorli o‘lkashunos edi. Shu-ning uchuy ham arxeologik qazilmalarni u «fan o‘rgatganday» emas, o‘zicha olib borardi. V. V. Bartold aytganidek, u «Samar­kand obidalarining ajoyib bilimdoni» edi.
VZerdi.
U tarix, iqtisod, madaniyat, etnografiya bilan qiziqdi. Mir Abu Tohir xoja Samarqandiyning «Samariya» sini ruschaga tar­jima qildi2. So‘ng Imom Abdulfozil Muhammad bin Abduja-lil bin Abdumalik bin Haydar as Samarqandiyning «qan-diyoyi Xurd» (Kichik qandiya) asari qo‘lyozmasining birinchi qismini tarjima qildi3. Bu qo‘lezma Samarqandning turli mo-•zorlari bayonini va shahar tarixiga oid bir qator qimmatli ma’-lumotlaripi o‘z ichiga olgan. Keyin u «Boburnoma» ning ancha qis-mini4, Muhammad Solihning «Risola» sini5, Samarqandning bunyod etilishi va tarixiga oid afsonalarni tarjima qilib,
e’lon qildi.
V. L. Vyatkin Samarqand joylashuvini ham o‘rgandi va «Sa­marqand viloyati tarixiy jo‘g‘rofiyasi materiallari»6 asarnda o‘z tadqiqotlarining natijalarini bayon etdi. Birok, yosh tadqi-qotchiga oson bo‘lmadi. Chor hukumati tarixiy obidalar taqdiriga Zefarq qarar edi. V. L. Vyatkiining ketma-ket noroziliklari tu-fayli, aytaylik, yodgorliklarni talash kamaygani, Ashratxan-a vayron bo‘lishining, Shohi Zinda binosida naqshlarning olib qo‘-"yilishining oldi olinishi kabi bir necha hollarning o‘zigina bu olim to‘g‘risida ma’lum tasavvur beradi.
Samarqanddagi umri davomida V. Vyatkin Ulug‘bek rasadxo-nasini qidirdi va 1908 yili rasadxona vayronalarini topdi.
Raoadxona sekstanti (Vyatkin tolgan) hanuzgacha ham o‘rta asr fa-laknyotshunoslari foydalangan eng qadimgi noyob asbob hisob-lanadi.
U me’moriy yodgorliklarni tiklash, Afrosiyobda katta qazish ishlarini boshlash, ulkan va boy kolleksiyalar to‘plab, Samar-qandni muzey shaharga aylantirishni orzu qilardi. V. A. Vyatkin orzu qilgan ishlar bugungi kunda ro‘yobpa chiqmoqda. Bevaqt o‘lim olimning orzularini xam o‘zi bilan olib ketdi. Minnatdor samar-qandliklar olimni Registon devorlari poyiga dafn etishdi, ,'4 keyinroq hokini Ulug‘bek rasadxonasi yoniga ko‘chirishdi. ,' Urta Osiyo, shu jumladan, Samarqandni tarixiy-arxeologik jihatdan o‘rganishda sharqshunos olim, akademik^ V. V^Bartold (1869— 1930 JL) yetakchi o‘rinni egallaydi. U Urta Osiyo xalqlari-ning qadimgi va o‘rta asrlar tarixini o‘rganishning asoschisidir. 1893 yili Peterburg dorilfununi V. V. Bartoldni qadimiy yozuv va yodgorliklarni joyida o‘rganish uchun Urta Osiyoga yo‘lladi. U o‘zining birinchi ma’ruzasini 1893 yilning 11 dekabrnda aniq fanlar, Antropologiya va etnografiya ishqibozlari jamiyati— Turkiston bo‘limining majlisida qildi. Uning ma’ruzasi Xi-toy va Urta Osiyoning Yettisoy orsali o‘tuvchi aloqa yo‘lini o‘rganishga bagishlangan edi. Bartold Turlhstonda Arxeologiya ishqibozlari to‘garagi ochish goyasini ilgari surdn. 1895 yilning oktyabrida uning rahbarligi'ostida to‘garak pizomi tuzilib, tas-diqlandi. Bu to‘garak chor hukumati tomonidan hech qanaqa mnblag‘ bilan ta’miilanmasdi. 107 mafar to‘garak a’zolaridan 16 na-fari uning tashkilotchilari bo‘lib, ular orasida V. V. Bartoldt D. M. Levshin, N. S. Likoshin, K. V. Aristov, V. F. Oshanin bor edi1.
Tez orada V. V. Bartold rahbarligidagi bu to‘garak tarixchi va arxeologlarning ilmiy markaziga aylandi. V. Bartold esa butun Turkistondagi tarixchi va arxeologlar faoliyatiga rahbar-lik qila boshladi. 1899 yilda Samarqand, Ashxobod va Farg‘ona-da to‘parakning filiallari ochildi2. V. Bartoldning yordamida 1899 yili V. L. Vyatkin «Samariya» va «Boburnoma» ning tarji-masini pashr etdi.
V. V. Bartoldning eng kuchli asarlaridan biri «Turkiston mo‘g‘ul bosqini davrida» (1898—1900 y.) edi. Bu asar bilan V. Bartold rus faniga Urta Osiyo tarixini o‘rganishda ulkan hissa qo‘shdi3.
V.'V. Bartold Temur va temuriylar tarixi bilan shug‘ullan-di. Bu masalada u Hofiz Abro‘ning asarlarini sinchiklab o‘rgandi va jug‘rofiyun va sharqshunos tarnxchilar o‘rtasida davom etib kelayotgan Uzboy to‘g‘risidagn kup yillik tortishuvni hal qildi. Asar 1897 yilda chop etildi. Unda Samarqandning XV—XVI asr lardagi tarixiy-jo‘g‘rofiy joylashuviga yetarli tavenf beril-gan.
Samarqanddagi Bibixonim maejidining qurib bitkazilgani-ning 500 yilligi munosabati bilan (1399—1899 y.) V. V. Bar­told Samarqand va Turkiston o‘lkasining boshqa rayonlaridagi tarixiy obidalarni saqlash va tuzatishga bag‘ishlangan maxsus ilmiy maqola yezdi. Bu inqilobgacha bo‘lgan davrdagi Turkiston o‘lkasi tarixiy yodgorliklarini qo‘riqlash va tiklash yuzasidan bo‘lgan birinchi urinish edi.
1896—1901 yillarda V. Bartold Peterbug dorilfununidz ishlaganida Urta Osiyo tangalaridan kolleksiya to‘plagan, u yerda Samarqand dirhamlariga alohida o‘rin berilgan edi. V. V. Bar­told ilgari fanga ma’lum bo‘lgan va ma’lum bo‘lmagan Samar­qand dirhamlari haqida qator maqolalar e’lon qildi. Bu maqo-lalarda Samarqand aholisiiing qadimgi v'a o‘rta aerlardagi tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti aks etgan edi.
V. V. Bartoldning «Ulug‘bek va uning davri»1, «Turkis-tonda sug‘orish ishlari tarixiga oid»2 va boshqa ajoynb asarla-ri bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Olimning shogirdi, SamDD professori, marhum I. I. Umnyakov guvohlik berganidek, V. V. Bartold o‘zi tanlzgan sohasida o‘chmas nz qoldiradigan ki-shilar sirasiga kiradi. Uning ilmiy qiziqishlari qamrovi juda keng edi. Uz asarlarida u Yaqin va Urta IIIarq va ayniqsa, Mar-kaziy Osiyoning o‘rta asr tarixini, islom tarixini, qadimgi Arab xalifaligi tarixini, Eron va Afg‘onnston tarixi va filologiya-sini, -larixiy jo‘g‘rofiyani, Xitoy va Kavkaz orti tarixini, tur-kiy va mo‘g‘ul xalqlari filologiyasi va etnografiyasi tarixini,. musulmon zpigrafiya va numizmatikasini, manbashunoslik, rus va jahon sharqshunosligi tarixini qamrab oladi3.
B. g‘. g‘afurov, I. I. Umnyakov va boshqa sharqshunos olimlar-ning taklifiga ko‘ra, 1962 yili Moskvadagi Sharq adabiyoti nash-riyotida akademik V. Bartoldning 10 jildlik asarlari tuplami chop etildi. Uni nashrga tayyorlashda tahrir hay’ati Bartold asarlarini nashr etish bo‘yicha bosh tahrir hay’ati a’zosi bo‘lgan professor I. Umnyakov tuzgan «Akademik V. V. Bartold asarla-rining tavsiflangan bibliografiyasi» dan keng foydalangan4. Professor I. I. Umnyakov Leningrad, Moskva, Toshkent arxiv-laridan misqollab material to‘pladi va natijada V. V. Bar­toldning 460 dan oshiq nomdagi chop etilgan asarini bibliogra-fiyaga kiritdi. Bundan tashqari, I. Umnyakov rus qomusiy lug‘atlaridagi 28 maqolani, «Islom qomusi» dagn 246 maqolann -hisobga oldi. I. Umnyakov V. Bartoldning «Dissertatsiya himoya-si oldidagi nutq», «Turkiston mo‘g‘ul bosqini davrida» Ning 5 bo­gini, Samarqandda 1894 yil yanvardan chiqa boshlagan «Okraina» .ro‘znomasida bosilgan bir qancha publitsistik maqolalarini top-dn va bibliografiyaga kiritdi. Usha davrlarda Samarqand Bar­toldning asosiy o‘rganish ob’ekto‘ edi, ular V. Vyatkin bilan Lfrosiyobda qazilma nshlarini olib boryshar, Urta Osnyo tari­xiy obidalarini qo‘riqlash va tiklash ishlari bilan shug‘ulla-iishardi.
Shu yerda bizning tarixiy adabiyotimizda faoliyatn to‘g‘risida ^ech narsa deyilmagan rus o‘lkashunosi Yu. I. Brjeziskiy xususi-da to‘xtalib o‘tish joizdir.
Utgan asrning to 90- yillarigacha mahalliy dehqonlar quti-larda boqiladig‘an asalarichilik bilan kam shug‘ullanar edilar. Panjikentda xizmatda bo‘lgan Yu. Brjeziskiy mahalliy aholini ■bu ishga o‘rgatishga qaror qildi. Buning uchun u oyna quti sotnb oldi va dehqonlarga arilarni parvarishlashni o‘rgatdi. 1890 yili uni Samarqandga o‘tkazishdi. Bu yerda h_am u sevimli ishi bilan .shug‘ullandi. Asalarichilikni rivojlantirgani uchun u 1890 yili ■Samarkand ipakchilik va asalarichilik ko‘rgazmasining oliy mu-«ofoti bilan taqdirlandi. 1909 yilgi Turkiston qihloq xo‘l^a-ligya, sanoat va ilmiy ko‘rgazmasida esa u Langbragning «Pchela i uley» kitobini mahalliy tilga o‘girgani (1910 yili Samar-kandda chop etilgan), kutili asalarichilikdagi ko‘p yillik fao-.liyati uchun katta oltin medal bilan mukofotlandi.
Brjeziskiy Samarqandda madaniyat va maorif muassasalari-ani ochishga xam katta hissa qo‘shdi. Ma’lumki, Samarqanddagi muzey 1874 yilda ochilgan va 10 yil o‘tgach, kolleksiyalari Tosh-kentga berib yuborilgandya, Muzeyning ikkinchi tug‘ilishi 1896 'yilga to‘g‘ri keladi. Muzey va kutubxona binosini qurishni Brje-'ziskiy rahbarlik qiluvchi maxsus qo‘mita bajardi. U muzey va •kutubxona ishida faol qatnashdi, zoologik kolleksiyalar to‘p-ladi. Yu. Brjeziskiy Samarkand Botanika bog‘ining (hozir 'SamDD tajriba botanika bog‘i) asoschisidir. Bu yerda Yu. Brje­ziskiy Xitoy, Hindiston va boshqa mamlakatlardan keltirgan ■turli daraxt va butalar to‘plangan edi.
Yu. Brjeziskiyning qo‘llab-quvvatlashi natijasida 1911 yili !Samarqand ilmiy kutubxonasi (hozir bu binoda Samarkand 1-bo-lalar kutubxonasi joylashgan) qurib bitkazildi va kitob fondi «lmiy adabiyotlar bilan to‘ldirildi.
Rus sayohatchi rassomi S. Dudinning faoliyati ham o‘lkamizning XIX asr oxiri — XX asr boshi tarixi bilan bog‘liq. S. Dudin buyuk -rus rassomi I. Repinning shogirdi edi. U Peterburg Badiiy aka-demiyasinn tugatgach, Urta Osiyoga keldi.
1895 yili S. Dudin arxeologiya komissiyasining topshirig‘iga ko‘ra, Samarqandning tarixiy yodgorliklaridan 200 ta surat ko‘-'chirdi va «Ornament va Samarqand masjidining hozirgi ahvolie asarini yezdi. U 10 yildan oshiq umrini Urta Osiyo xalqlari et„nografiyasi va amaliy san’atinn o‘rganishga bag‘ishladi. 1905 yili
S. Dudin Shohi Zinda mavzoleyida qazish ishlari olib bordi va
tu bilan bir vaqtda Urta Osiyo ganch o‘ymakorligi bo‘yicha boy
kolleksiyalar to‘pladi, 1908 yili esa u o‘lkaning tarixiy obidalarining suratlarini oldi.
Bu sayohatlar paytida S. Dudin etnografik kolleksiyalar to‘p-ladi, Urta Osiyo me’morchiligi, yog‘och va metall buyumlari va gi-lamlari haqnda maqolalar yezdi, Afrosiyob ganchkorligini o‘rgan-di. U 4000 dan oshiq tur l i narsa va amaliy san’at namunalari to‘pladi, 2000 surat chizdi.
Shu orada mahalliy o‘lkashunoslar ham yetishib chiqdi. Bular Mirzo Buxoriy, Mirzo Abdullaev, Mirzo Barot Mul l o qosimov va boshqalar edi. Ular birinchilardan bo‘lib o‘lkadagi foydali qazilmalarni qidirish va tarixiy yodgorliklarpi o‘rg‘anishni o‘z-lashtirib oldilar.
Samarqand Rossiya tomonidan bosib olingach, rus olimlarining bu yerdagi tarixiy yodgorliklarg‘a qiziqishi yanada jonlandi. 1870 yilda rus sharqshunosi A. Kun rahbarligida Samarqandda birinchi marta arxeologik qidirishlar va tarixiy yodgorliklarni to‘plash bo‘yicha anjuman o‘tkazildi.
Ammo, Rossiyaning ba’zi amaldorlari shaxsiy boylik ortti-rish maqsadida qimmatbaho nodir buyumlarni o‘zlashtirib olish hrllari uchrab turardi.
Toshkent, Buxoro, Samarqand, Ashxobod va boshqa shaharlarda azaldan qadimiy yodgorliklar savdosi mavjud bo‘lsa-da, Rossiya istilosidan so‘ng Samarqand bunday savdoning markaziga aylan-di. «Bu shu bilan izohlanadiki, Zakaspiy harbiy temir yo‘li Samarqandga kelib tugardi. Va shu bois Rossiya va chet ellardan Temurning qadimiy loytaxtiga ko‘plab ziyolilar kelishga inti-lardi»£.
Vaqt o‘tishi bilan qadimiy osori-atiqalar bilan savdo qi-lish mahalliy aholiga ham yuqdi. Mahalliy aholi orasida oso-ri-atiqalarni tuplovchidardan biri Mirzo Buxoriy edi. U 2- gil­diya savdogari, Samarqand, keyinroq Xo‘janddagi dastlabki ipak yigiruv ustaxonalarining egasi edi, ipak bilan va boshqa mol-lar bilan yirik savdo qilardi2. Biroq, uning bu ishlari qadim-gi noyob buyumlar yig‘ishga hech xalaqit bermasdi. U 1878 va 1886 nillardagi Toshkent va 1887 yilgi Xarkov ko‘rgazmalarining qatnashchisi va sovrindori edi3.
Mirzo Buxoriy 1883 yili I. I. Veselovskiy bilan tanishadi. U uzbek ziyolisining bu ishga qiziqishini orttiradi. B. V. Lu-ninning xabar berishicha, rus olimi Mirzo Buxoriydan 1883 yili 1202 ta buyum sotib oladi. Ular orasida 11 ta tilla, 77 ta kumush va 951 ta mis tanga, 13 ta mis sirg‘a, 3 ta haykalcha, 18 ta muhr,. odam na hayvonlar tasviri tushirilgan 6 ta tosh bor edi1.
1887 yilda Xarkov ko‘rgazmasidan keyin Mirzo Buxoriy Moskva bilan Peterburgda bo‘ldi, bu yerlarning numizmat olim-lari bilan yaqindan tanishdi, oddiy buyum yig‘uvchidan o‘lkashunos-ga aylandi. Kup hujjatlarning guvohlik berishicha, L1irzo Bu-xoriy (1893 yil bezgakdan vafot etgan) umrining oxirigacha o‘z faoliyatini davom ettirdi va o‘lkani o‘rganishga o‘z hissasini qo‘shdi. U 1889 yilning 6 iyunida Arxeologiya komissiyasi nomiga yuborgan maktubida shunday yozadi: «Ko‘p yillardan buen qadimiy buyumlarni yig‘ib kelaman va juda katta mukofot kerak emas^ men har holda Rossiyamizning fani va umummanfaati uchun hara-kat qilyapm'an. Aynan Turkiston o‘lkasida shug‘ullanganim ...ma’-nisi shuki, mahalliy aholimiz qadimiy buyumlarni qadrlashni o‘rganishi lozim»2.
Mirzo Buxoriy Furqat bilan shaxsan tanish edi. Bu haqda akademik Ibrohim Mo‘minov shunday deb yozadi: 1891 yili Fur­qat Samarqandda bo‘ladi va Mirzo Buxorinnikida yashaydi. «Furqat Urta Osiyo madaniyati darajasini ko‘rsatuvchi qadimiy buyumlarni zo‘r diqqat bilan ko‘zdan kechiradi,— deb yozadi I. Mo‘­minov.— Furqat bu haqda «Turkiston viloyati ro‘znomasi» da 1891 yil avgustda bosilgan xatida yozadi3.
qadimiy buyumlarning yana bir ishqibozi Mirzo Barot edi4. "Mirzo Barot Mullo qosimov olim, tarjimon va kalligraf — hattot edi. Uning nabirasi Faxriddin Baratovning5 xabar beri­shicha, Mirzo Barot Mullo qosimov taxminan XIX asrning birinchi yarmida Samarqandning mahdum Xorazmiy mahallasida tug‘ilgan. U bolaligidan arab va fors tillarini o‘rgandi, kalli­grafiya turlari bilan qiziqdi. Uning kalligrafiya bo‘yicha oxir-gi ustozi mashhur Samarkand kalligrafi Mirzo Hbji Samar-qandiy edi. XIX asrning 50—60- yillarida Mirzo Barot atoqli olim va rangli kalligrafiyaning ustasi sifatida mashhur edi. U Samarqanddagi birinchi rus-tuzem maktabining birinchi o‘qi-tuvchilaridan edi. Mirzo Barot uch yil davomida ona tili va husnixatdan dare berdi. Ish borasida u Urta Osiyoning tadqi-qotchilari, rus olimlari bilan yaqindan tanishdi. Manbalar Mirzo Barotning N. Veselovskiy bilan yaqin munosabatda bo‘lga-nidan guvohlik beradi. N. Veselovskiy 1885 yilda 4 oy mobay-nida Afrosiyobda qazish ishlarini olib bordi. Shu davrda rus olimi Mirzo Barot bilan tanishdi va uni Samarqand tarixi bilan jiddiy shug‘ullanishga ko‘ndirdi, aynnqsa, Samarqandning -tarnxiy yodgorliklaridagn arab yozuvlarini ko‘chirnb, o‘rganishga undadi. Bunga ular o‘rtasida bo‘lgan 1886 yilgi yozishmalar ham guvohlik beradi1.
Mirzo Barot Mullo qosimov ajoyib musavvir va kalligraf sifatida birinchilardan bo‘lib ranglarga anik rioya qilgan hol­da Sherdor madrasasi, Bibixonim, Go‘ri Amir qabr toshlari, Shohi Zinda devoridagi va undagi qabr toshlaridagi hamma yozuv-lardan ko‘chirmalar oldi. Jizzax uezdidagi «Temurlang darvo-zasi» qoyasidagi ikki yozuvdan ham ko‘chirma oldi. 1886 yili Mir­zo Barot Ulug‘bek madrasasi chizmasini tayyorlab, Tashkent ko‘rgazmasiga qo‘ydi, Ulug‘bek madrasasining bu chizmasi va lav-halar 1944 yil 9 dekabrda rassomning nabirasi Faxriddin Ba-rotov tomonidan Uzbekistan Fanlar akademiyasiga sovg‘a qi-lindi.
Mirzo Barot Toshkent ko‘rgazmasida boshqa ko‘plab mahorat -bilan bajarilgan qur’oniy, kufiy va kitobiy usuldagi kalli-grafik ishlari bilan qatnashgan. Ma’lumki, Urta Osiyo ustalori Chnuhratini olamga yoygan Samarqandning tarixiy obidalari ana shu uslublarda bezatilgan edi.
Mirzo Barot tibbiyot, tarix va islomshunoslikning ham bi-lyHhni edi. Bunga uning Samarqanddagi Bazarov bosmaxonasida chop etilgan «Sharxi Islomz> asari guvohlik beradi2.
Bu asarda "muallif islom dinining afzal jihatlarini qiyo-siy tahlil qilib bergan. Mirzo Barot shariat qonunlarini yax-shi bilganidan, uning qur’on suralarini bilimdonlarcha tahlil qilgani ham guvohlik beradi. Bu asar muallifning ijtimoiy hayotga qarashlarini aniqlashga yordam beradi.
Mirzo Barotning kasbi noyob kasb bo‘lsa-da, usha davrda meh-natiga unchalik ko‘p xaridor buyurtmachilar topmagan. U, kalli­graf va rassom sifatida yetarli qadrlanmaganligini ham ta’-kidlab o‘tish joiz. U umrining so‘nggi yillarini qashshoqlikda o‘tkazdi, yorug kunlarga yetmay, 1888—1889 yillar orasida Samar­qandda vafot etdi.
Mirzo Barotning kasbini o‘g‘li Kiromiddin Baratov davom ettirdi. U shuningdek, kitoblarni qayta ko‘chirish, she’r yozish bilan ham shug‘ullangan. K. Barotov 1886 yili Samarqand bos-maxonasiga harf teruvchi bo‘lib ishga kiradi. Oktyabr inqilobi-dan so‘ng esa Sho‘ro hukumatini qo‘llab-quvvatlagan bosmaxona ishchilari safida bo‘ldi. U Abu Tohir Xojaning «Samariya» sini tojikchadan o‘zbekchaga ag‘dardi. Bu tarjima 1884 yili N. P. Ost­roumov tomonidan Toshkentda chop etildi3.
Rus olimi G. D. Romanovskiyning 1879 yilda o‘lkaning tog‘lirayonlarida o‘tkazgan ilmiy ekspeditsiyalarida unga xo‘jandlik Mullo Sangin yordamchi va yo‘l boshlovchn bo‘lgan1.
Shunday qilib, mashhur rus olim va sayohatchilari — A. P. Fed-chenko, I. V. Mushketov, T. D. Romanovskiy, V. V. Bartold„ V. L. Vyatkin va boshqalar Urta Osiyo xalqlari tarixi, mada-niyatinn o‘rganish va umumlashtirishga ulkan hissa qo‘shdilvr.
Bu olimlardan ko‘plari mahalliy aholi bilan do‘stona, iliq munosabatda bo‘lib, uning hayotini yengillashtirish, tarixi va ma-daniyatnni o‘rganishni istashar edi.
Rus ziyolilarining ilg‘or vakillari xalq maorifi, sog‘liqni saqlash, san’at va adabiyotga ulkan hissa qo‘shish bilan birga„ Turkiston o‘lkasi mahalliy xalqlaridan ham bilimdon kishilar yetishib chiqishiga hamkorlik ko‘rsatdilar. O‘zbekistonning atoqli olimi va jamoat arbobi T. N. qori-Niyoziy aytganidek, «ba’zan aqlga sig‘mas to‘siqlarni yengib o‘tgan bu olimlarning chidamiga qoyil qolmay iloj yo‘q. A ta shu fan zahmatkashlarining xayrli mehnati oqibatidagina, ulkan ish davom ettirildi va Turkiston o‘lkasini jo‘g‘rofiy, zoologik, botanik va geologik jihatdan o‘r­ganish boshlandi»
Tayanch iboralar:
Jome’ ul xikoyat, Ibrat kuzgusi, Ruxlar majlisi, Bilimlar kuzlari, Xikmat xazinalari, Chor devon, Xamsa, Risolai tarix, Oyna, Sayyoxi xindiy, Tuy
Mavzuga oid savollar:

  1. «Mayna» she’rining muallifi kim?

  2. 1914 yillarda Samarkandda kanday jurnal chika boshladi?

  3. M.Buxoriyning kanday asarlarini bilasiz?

  4. Fitratning kaysi asari rus tiliga tarjima kilingan?

Mavzuga oid adabiyotlar:

  1. Saidkulov T.S. Urta Osiyo xalklari tarixining tarixshunosligidan lavxalar. T. «Ukituvchi» 1993 y.

  2. Boboxonov X. Kukon tarixi. T.1996 y.

  3. Jadidchilik, isloxot, yangilanish, mustakillik va tarakkiyot uchun kurash. T. «Universitet» 2000 y.

Yüklə 298,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə