Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti “Umumiy tarix” kafedrasi



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə2/13
tarix17.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#150301
növüПрограмма
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
ii jahon urushidan song germaniya taq

Ayni paytda Germaniya sotsial-demokratlar partiyasi (GSDP) ham jadal sur'atlarda tiklana bordi. 1945-yil mayda Gannoverda "Shumaxer byurosi" yuzaga keldi. Uni reyxstagning sobiq deputati K.Shumaxer (1895— 1952) boshqarar edi. Byuro yangi dastur asosini yaratdi, unda energetika va tog'-kon sanoati tarmoqlari, yetakchi banklami davlat ixtiyoriga o'tkazish, yirik yer egaligini cheklash, korxonalarda ishchi vakillarini kengaytirish masalalari ko'rib chiqilgandi. Shu bilan birga GSDP g'oyalariga va burjua parlament tizimi tamoyillariga sodiq qolishini bildirdi.

  • Ayni paytda Germaniya sotsial-demokratlar partiyasi (GSDP) ham jadal sur'atlarda tiklana bordi. 1945-yil mayda Gannoverda "Shumaxer byurosi" yuzaga keldi. Uni reyxstagning sobiq deputati K.Shumaxer (1895— 1952) boshqarar edi. Byuro yangi dastur asosini yaratdi, unda energetika va tog'-kon sanoati tarmoqlari, yetakchi banklami davlat ixtiyoriga o'tkazish, yirik yer egaligini cheklash, korxonalarda ishchi vakillarini kengaytirish masalalari ko'rib chiqilgandi. Shu bilan birga GSDP g'oyalariga va burjua parlament tizimi tamoyillariga sodiq qolishini bildirdi.
  • Yirik nemis burjuaziyasining eski partiyalari obro'sizlanib yetarli darajada ijtimoiy bazaga ega emas edi. Biroq, Katolik markazining roli kuchaydi. Uning asosida 1945-yilda yangi partiya tuzilib, Xristian demokratik ittifoqi (XDI) deb yuritila boshladi. Uning muassislari katolik ruhoniylari, sanoatchilar, bankirlar, ziyolilar, xizmatchilar edi. Xristian demokratlar antifashist tarafdori ekanliklarini e'tirof etib, yangi Germaniyada umumiy farovonlikka erishish, monopo-liyani bartaraf qilish, ishchilarga korxonalarni boshqarish imkoniyatini berishga va'da qildilar. Ularning dasturida bir qator sanoat tarmoqlarini "ijtimoiylashtirish" ko'zda tutilgan edi. Natijada ishchilar, ayniqsa, dindorlar tomonidan xristian-demokratlar qo'llab-quvvatlandi. Amerika okkupatsiya hukumatining talabi bilan partiya yetakchisi sifatida Kyolnning sobiq burgomistri Konrad fon Adenauer saylandi.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə