Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiyalar instituti rektori


O‘rta umumiy ta’lim maktablari uchun ona tilidan DTSning tarkibiy qismlari va uning mezonlari



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə11/135
tarix22.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#154396
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   135
Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiy-fayllar.org

O‘rta umumiy ta’lim maktablari uchun ona tilidan DTSning tarkibiy qismlari va uning mezonlari. Ona tili ta’limi natijasida o‘quvchilar egallagan bilim, ko‘nikma va malakalar uch parametrli standart ko‘rsatkichlar asosida tekshiriladi va aniqlanadi.
1. O‘qish texnikasi (minut, so‘z birliklari). Bolaning savodxonligi, yozma nutq belgilarini talaffuzda almashtirish ko‘nikmasini aniqlash maqsadida kiritilgan. Bu parametr orqali o‘quvchining notanish bo‘lgan matnni ifodali o‘qiy olish ko‘nikmasi aniqlanadi. Bunda miqdoriy ko‘rsatkich sifatida ifodali o‘qish tezligi, ya’ni bir daqiqada berilgan matndan nechta so‘z o‘qiy olish ko‘rsatkichi olingan. O‘quvchi sinfdan sinfga ko‘chgan sari so‘z miqdori ham, matnning murakkablik darajasi ham ortib boradi.


  1. O‘zgalar fikrini va matn mazmunini anglash malakasi. Bolaning bayon qilinayotgan o‘zgalar fikrini hamda yozma matn mazmunini anglay olish darajasini aniqlash maqsadida kiritilgan. Bu parametr orqali o‘zgalar fikrini va matn mazmunini anglash hamda uni og‘zaki qayta bayon qila olish darajasi aniqlanadi.


  1. Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi (minut, tugal fikr ifodalangan matn) murakkab jarayon bo‘lib, ona tili ta’limining maqsadi shu parametrda mujassamlashadi. O‘quvchining ona tili ta’limi jarayonida egallagan ko‘nikma va malakalari u yaratgan matnida o‘z ifodasini topadi. Bu parametr bo‘yicha ta’lim sifatining natijasini baholashda o‘qituvchi tomonidan o‘quvchi egallagan quyidagi ko‘nikmalarning darajasi aniqlanadi:

a) fikrning mantiqiy izchillikda ifodalanganligini aniqlash;


b) fikrlash, mavzuning murakkablik darajasini aniqlash (sodda, murakkab, fahmiy-konkret, mavhum va h.k.);
v) tavsifning mavzuga muvofiqligini va tavsifning qiymatini aniqlash;
g) tavsifda tilning ifoda vositalaridan foydalanish darajasini aniqlash;
d)imloviy (yozma) savodxonlikning sifatini aniqlash.
UO‘T maktablarini bitiruvchi o‘quvchilar «Ona tili» o‘quv fanidan quyidagi bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallashlari zarur:
Amaliy malaka va ko‘nikmalar:

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə