Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiyalar instituti rektori



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə12/135
tarix22.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#154396
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   135
Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiy-fayllar.org

a) o‘qish texnikasi bo‘yicha: miqdoriy ko‘rsatkich 9-sinfning oxirida bir daqiqada 120–130 so‘z. Sifat ko‘rsatkichlar–murakkab tipdagi ilmiy atama va ramzlarni to‘g‘ri talaffuz qila olish, ma’nosini anglagan holda to‘g‘ri va ravon o‘qish;
b) o‘zgalar fikri va matn mazmunini anglash malakasi bo‘yicha: miqdoriy ko‘rsatkich –10 minutda 11–12 sahifa. Sifat ko‘rsatkichlar–og‘zaki nutqning aniqligi, matn mazmuniga mos bo‘lishi, to‘g‘ri, ravon va ta’sirchan bo‘lishi;
v) fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi bo‘yicha: miqdoriy ko‘rsatkich 10-12 gap (5-sinf), 12-14 gap(6-sinf), 14-16 gap(7-sinf), 20-25 gap(8-sinf), 25-30 (9-cinf)gapdan iborat bo‘lgan tugal matn(fikr ehtiyoji bilan bog‘liq mavzu asosida) yaratish. Sifat ko‘rsatkichlar–matndagi gaplarning mazmunan o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligi, ko‘rsatilgan mavzu doirasida birlashishi, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘yish, matndagi abzaslarning yaxlitligi va fikr izchilligini ta’minlash, o‘rganilgan ifoda vositalarini o‘rinli qo‘llay olish va ularning uslubiy imkoniyatlaridan foydalana olish, ish qog‘ozlari (ariza, ma’lumotnoma, ishonch xati, vakolatnoma, ixcham hisobot, axborot kabilar)ni yoza olish.
Muhokama matn yaratish. Fonetik, lug‘aviy, morfologik, sintaktik, uslubiy tahlil qilish. Bayon, insho yozish, yozma ish uchun material to‘plash, to‘plangan materialni tizimga solish, sodda va murakkab reja tuzish, yozma ishga epigraf va ma’lum asarlardan sitatalar tanlash, qiziqarli epizod qo‘shish, xatboshilarni to‘g‘ri belgilash, dialoglarni to‘g‘ri ajratish, dialogning muallif so‘zi qismida qahramonning ruhiyatini ochuvchi, uni tavsiflovchi so‘zlarni berish, gaplarni va matn parchalarini o‘zaro bog‘lovchi leksik-grammatik vositalarni to‘g‘ri qo‘llash. Matnni tahlil qilish.
DTS talabiga ko‘ra UO‘T maktablarining 5–9-sinflarida «Ona tili» o‘quv fanidan o‘quvchilar quyidagi nazariy bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari zarur:


  1. grammatikaga oid o‘zlashtiriladigan bilimlar: fonetika, leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalar.



  2. Yüklə 0,73 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə