Neft va gaz qazib olish texnologiyasi va texnikasi fanidan


Quduqlar ishini texnologik rejimi



Yüklə 5,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/43
tarix29.11.2023
ölçüsü5,78 Mb.
#141573
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   43
Neft va gaz qazib olish texnologiyasi va texnikasi fanidan

5.2.Quduqlar ishini texnologik rejimi.
Quduqlar ishining texnologik rejimi ulardan olinadigan maxsulot
miqdorining normasini belgilab beradi. Quduqning tadqiqot natijalari texnologik
rejim tuzish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. SHuning uchun ham xar bir quduqda
muntazam tadqiqot ishlari olib borilishi kerak.
Quduqning maksimal (potensial) imkoniyati bo’yicha maxsulot miqdorini
belgilash mumkin emas.CHunki bu xolda qatlam energiyasi norasional sarflanishi,
neft zaxirasining to’la ishlatilmasligi, qatlam emirilishi va tizma sikilishi xollari
yuz berishi mumkin.
SHu sabab xar bir quduq uchun o’zining okilona ishlatilish sharoitini
ta’minlaydigan maxsulot miqdori me’yori belgilanadi.
Me’yorni belgilashda quduqlar ikki guruxga bo’linadi:
1.CHeklanmagan maxsulot miqdori bilan
2. CHeklangan maxsulot miqdori bilan
Birinchi guruxga kam maxsulotli, dinamik satxi past bo’lgan va past
bosimliquduqlar kiradi. Bu quduqlardan olinadigan maxsulot miqdori mavjud
uskunalarning maksimal imkoniyati va potensial miqdori orqali belgilanadi.
Ikkinchi guruxdagi quduqlarning miqdorini bir necha sabablarga ko’ra
cheklashga to’g’ri keladi.Uyumning chekka suvlari faol sharoitda qatlam bosimi
to’yinganlik bosimidan yuqori bo’lsa, suyuqlikdan gaz ajralib chiqishini oldini
olish maqsadida maxsulot miqdori cheklanadi. Bunda tub bosimi to’yinish
bosimiga teng yoki undan 20-25% past xolda belgilanadi.
CHeklanishning boshqa sabablari sifatida qatlam suvining quduq tubiga
ko’tarilishini oldini olish, gaz do’ppisining bir me’yorda kengayishini ta’minlash,
qatlamdan qum va mexanik zarrachalar olib chiqilishinining oldini olish, yo’ldosh
suv miqdorini kamaytirish va boshqalar xizmat qiladi.
Ba’zan quduqning maxsulot miqdori texnikaviy sabablarga ko’ra
cheklanadi.Masalan past bosimli cho’qur quduqlarda dinamik satxning pasayishi
mustahkamlovchi quvurning siqilib kolishidan saqlash uchun ham maxsulot
miqdori cheklanadi.
Gaz quduqlarida maxsulot miqdori suv ko’tarilishining oldini olish va gaz
oqimida qum chiqishini cheklash shartlari bilan belgilanadi.Debiti katta gaz
quduqlarda me’yor quduq diametriga qarab belgilanadi.

Yüklə 5,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə