Neft va gaz qazib olish texnologiyasi va texnikasi fanidan


Maxsuldor qatlamni qum suyuqlik aralashmasi bilan



Yüklə 5,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/43
tarix29.11.2023
ölçüsü5,78 Mb.
#141573
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43
Neft va gaz qazib olish texnologiyasi va texnikasi fanidan

4.5. Maxsuldor qatlamni qum suyuqlik aralashmasi bilan
teshish
Teshishning bu usuli quduq devoriga yunaltirilgan maxsus teshgich
uchligidan suyuqlik qum aralashmasi katta tezlikda xarakatlanishidagi kinetik
energiyasi va devorni emirish xususiyatiga asoslangan. Qisqa vaqt ichida
mustahkamlovchi quvurlar tizmasi, sement xalqa va qatlamda teshik yoki ariqcha
simon kanal hosil qiladi. 
11-rasm. Gidroperfarator: 1-xvostovik-pero; 2- korpus; 3-sharikli klapan;
4- nasadkani ushlovchi;10-rasm. 5-stopop xalqa; 6-nasadka; 7-tiqin.
Suyuqlik qum aralashmasi yordamida teshish tarxi.
Suyuqlik qum aralashmasi quduq usti atrofiga o’rnatilgan nasoslar
yordamida nasos kompressor quvurlari buylab teshgich uchligiga o’rnatiladi.Bu
usul yangi burg’ilangan quduqlarda maxsuldor qatlamni teshishda ham ishlatish
quduqlarining maxsuldorligini oshirish uchun teshishda ham ishlatiladi.
Qum suyuqlik aralashmali teshish usulidan quduqda bir qator ishlarni
bajarishda ham qullaniladi:
-Quduqda mustahkamlovchi quvurlar tizmasini, NKKni, burg’ilash
quvurlar tizmasini teshishda.
-Quduqdagi metall, sement stakanlarini va qattiq qumli tiqinlarni buzishda.
-Quduq tubi atrofini kengaytirishda
Gidroperfarator (11-rasm)da uchlikni va tiqinni ushlagich uchun 10 ta
ingnachaga ega bo’ladi. Uchlikni ushlagich keng tashqi gaykaga ega bo’lib, u
teshgichni haydalayotgan ishchi agentning qaytib emirishdan saqlash uchun
mo’ljallangan. Ushlagich gaykasi va uchlik ishdan chiqkanda boshqasiga
almashtiriladi.
Teshgich uchligi o’lchash uzunligi 4,5 mm va uzunligi 20mm bo’lib,
emirilmaydigan materialdan tayyorlanadi.


4.6.Quduqlarni tarpedalash.
Quduqqa neft gaz oqimini yaxshilash uchun tarpedalash jarayonida
zaryadlangan portlovchi torpeda quduqka tushirilib, maxsuldor qatlam qarshisida
portlaydi. Torpeda portlash natijasida quduq deametrini kattartiruvchi g’ovaklar
hosil bo’ladi. Quduqdan radial yunalishda yoriqlar to’ri hosil bo’ladi.
Portlatish usulida ta’sir etish kisilgan burg’ilash va mustahkamlovchi
quvurlarni bo’shatishda, burg’ilashga yo’l qo’ymayotgan metallarni parchalash va
quduq tubidan chetga olishda, zich qum tiqinlarini buzishda, fil
ь
trlarni tozalashda
va boshqa jarayonlarda qo’llaniladi.

12- rasm: Torpeda
moslamasi tarxi: 1- po’lat
arkon; 
2- 
Sekin 
ta’sir
ko’rsatiadigan portlatgich; 3.-
saklovchi 
prujina;4-
elektromagnitli tashlagich;5-
elektromagnit plunjeri;6-
elektromagnit;7-CHugun
koplama;8-osma
Torpeda moslamasining tarxi 12-rasmda keltirilgan. Torpeda trotil va
geksogenning bir-xil miqdoridagi kotishmasi bilan tayyorlanadi. Torpedani
quduqka tushirishda mustahkamlovchi quvurlar tizmasiga zaryadni ishqalanishidan
saqlash uchun kogozbakelitli silndrdan foydalaniladi. Zaryad 40 mn/m
2
bosim va
75
0
S haroratda ishlashga mo’ljallangan.
Torpeda zaryad kattaliklari quduq diametri, portlash maqsadi va VV ning
xossalariga qarab tanlanadi. Zich tog’ jinslaridan tuzilgan qatlamlarni
torpedalashda ko’p zaryad talab kilinsa, bo’sh tog’ jinslarini torpedalashda uncha
ko’p bo’lmagan zaryadlar bilan amalga oshiriladi.
Quduq tubi atrofi ochiq bo’lgan quduqlarda torpedalashdan ko’prok
foydalaniladi.
Mustahkamlovchi quvurlar tizmasini shkastlanishdan saqlash uchun
torpeda yuqorisiga suyuk yoki qattiq «mustaxkamlagich» kuyiladi. Suyuk
mustaxkamlagich sifatida – qum, glina yoki sement ko’prigidan foydalaniladi.
Mustahkamlovchi quvurlarni saqlashda qattiq mustaxkamlagichni, suyuk
mustaxkamlagichdan yaxshirok lekin jarayon o’tkazilgandan keyin yaxshirok
tozalashga to’g’ri keladi. Quduqlarda torpedalash ishlarini geofizik partiyalar
tomonidan olib boriladi.



Yüklə 5,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə