Nigmatov X



Yüklə 9,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/68
tarix23.05.2023
ölçüsü9,08 Mb.
#112295
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   68
523933cb17de0c259e334105409c3eff Kompyuter arxitekturasi

φ
1
va 
φ
2
signallari yordamida vaqt bo‘yicha sinxronlash bilan amalga oshiriladi. 
Buyruqning bajarilish vaqti, ya’ni buyruqni xotiradan o‘qish, dekodlash va 
bajarish vaqtlari – 
1÷5
mashina sikllaridan
iborat bo‘lishi mumkin. Mashina sikli 
deganda - xotiradan bir baytli axborotni o‘qish yoki bir baytli buyruqni bajarish 
uchun ketgan vaqt tushuniladi. Mashina sikli – 
3÷5 mashina taktidan
iborat bo‘lishi 
mumkin. Mashina takti deganda esa
φ
1
va 
φ
2
signallarning davri tushuniladi. 
K580BM80 protsessorida 10-ta turli xil mashina sikllari mavjud: 
1.Buyruq kodini xotiradan olib, protsessorning buyruqlar registriga yozish.
2.Ma’lumotlarni xotiradan o‘qish. 
3.Ma’lumotlarni xotiraga yozish. 
4.Stekka ma’lumotlarni yozish. 
5.Stekdan ma’lumotlarni o‘qish. 
6.Tashqi qurilmadan ma’lumotlarni kiritish. 


106 
7.Tashqi qurilmaga ma’lumotlarni yozish. 
8.Uzilishni bajarish sikli. 
9.Protsessor to‘xtash rejimida turganda uzilishni bajarish.
10.To‘xtash sikli. 
Har qanday buyruqni bajarilishida birinchi bo‘lib, buyruq kodini 
xotiradan protsessorning buyruqlar registriga yozish sikli bajariladi.
K580BM80 protsessorining buyruqlar to‘plami 
244-ta
turli xil 
buyruqlardan tashkil topgan. Ushbu buruqlarni beshta guruhga ajratish 
mumkin: 
1. Ma’lumotlarni bir joydan boshqa joyga ko‘chirib yozish buyruqlari. 
Ular yordamida, ma’lumotlarni biron-bir registrdan - boshqasiga, registrdan 
- xotiraga yoki xotiradan - registrga ko‘chirib yozish amalga oshirilishi 
mumkin.
2.Arifmetik buyruqlar. Ular yordamida, qo‘shish, ayrish, registrda 
yozilgan sonni birga orttirish yoki birga kamaytirish kabi amallarini bajarish 
mumkin. 
3.Mantiqiy buruqlar. Ular yordamida, mantiqiy qo‘shish, mantiqiy 
ko‘paytirish, taqqoslash va siljitish kabi amallarni bajarish mumkin. 
4.Boshqarishni uzatish buruqlari. Bunday buyruqlar sirasiga – shartli va 
shartsiz o‘tish buyruqlari, dastur osti dasturlarini chaqirish va dastur osti 
dasturlaridan qaytish kabi buyruqlar kiradi. 
5.Stek bilan ishlash va uni boshqarish buyruqlari. 
O‘quv kompyuterining xotirasi har biri o‘zining o‘n olti razryadli 
adresiga ega bo‘lgan, sakkiz razryadli yacheykalardan iborat ko‘rinishda 
tashkil qilingan. Shunday qilib protsessor 65536 -ta bayt, ya’ni 64 Kbayt 
hajmga ega asosiy xotira bilan ishlay oladi.
Bitta buyruq, bir baytdan uch baytgacha uzunlikka ega bo‘lishi mumkin. 
Ikki va uch baytli buyruqlar xotiraning ketma-ket joylashgan yacheykalariga 
yoziladi. Buyruqning birinchi bayti har doim – bajarilishi kerak bo‘lgan amal 
kodidan iborat bo‘ladi. Uch baytli buyruqning ikkinchi va uchinchi baytlariga 


107 
ma’lumotlar (adres) yozilgan bo‘ladi. Bunda ma’lumotlarning (adresning) 
kichik bayti, buyruqning ikkinchi baytga, ma’lumotlarning katta bayti esa 
buyruqning uchinchi baytiga yoziladi. 
Protsessorda xotira yoki registrlarni adreslashning 
to‘rtta xili
mavjud: 
1.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri adreslash
– buruqning ikkinchi va uchinchi baytlari 
xotira adresidan iborat bo‘ladi. Bunda adresning kichik bayti buyruqning 
ikkinchi baytiga, katta bayti esa buyruqning uchinchi baytiga yozilgan 
bo‘ladi. 
2.
Murojaat qilinadigan registrni ko‘rsatib adreslash
. Buyruqning o‘zida 
ma’lumot yozilgan registrning yoki bir juft registrlarning adreslari yozilgan 
bo‘ladi. 
3.
Registrlar yordamida bilvosita adreslash
. Buyruqda, xotira adresi yoki 
ma’lumotlar yozilgan bir juft registr ko‘rsatiladi. 
4.
Bevosita adreslash
. Ma’lumot buyruqning o‘ziga yozilgan bo‘ladi. 
Uzilishlar, shartli yoki shartsiz o‘tish buyruqlari bo‘lmagan taqdirda, 
protsessor buyruqlarni – xotiraning ketma-ket joylashgan yacheykalaridan 
o‘qib olish bilan dasturni bajarishni yo‘lga qo‘yadi. 

Yüklə 9,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə