Ning ko‘payish biologiyasi. Umarov Fayoziddin Abdulfatto o‘g‘li 1; Nazarov Muxammadrasul Sharopovich



Yüklə 1,61 Mb.
səhifə3/3
tarix08.09.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#121495
1   2   3
Ko\'zli taxir baliq ko\'payish biologiyasi Nashrga tayyor

Rhodeus ocellatus ning urg’ochilari 1 tadan 5 tagacha (odatda 3ta) tuxum qo’yadi. Tuxum hujayra urug’lanib bo’lgandan so’ng ularning lichinkalari o’rtacha 1 oydan keyin ekzogen oziqlanishga o’tadi. Ya’ni taxmiman 1 oy molyuska chig’anog’i ichida rivojlanadi [6]. Urg’ochilarning tuxum qo’yish sikli har 6-9 kunda takrorlanib turadi va bir mavsumda 10 marta tuxum qo’yadi[7]. Jami mahsuldorlik 220-280 dona tuxumga teng bo’ladi. Ko’zli taxir baliqning ko’payish davri apreldan sentyabrgacha davom etadi. Eng faol ko’payish davri may va iyun oylarida kuzatiladi [5].
Rhodeus ocellatus va molyuska o’rtasidagi munosabatdan faqatgina baliq uchun foydali emas. Bu munosabatdan molyuska ham foyda ko’radi. Mollyuskaning lichinkasi baliq terisi va jabralariga kirib oladi va uzoq masofalarga tarqaladi [8]. Mollyuska ichiga qo’yilgan tuxumlar nobud bo’lishi ham kuzatilgan. Bu jarayon ikkita holatda sodir bo’lishi mumkin. Ba’zan mollyuska tuxumlarni chiqarib yuboradi. Bu holatda tuxumlar ko’pincha nobud bo’ladi. Ikkinchi holatda esa molyuska chig’anog’i ichida kislorod yetishmasligi natijasida ham tuxum nobud bo’lishi mumkin[2].
Erkak ko’zli taxir baliqlar o’rtasida molyuska uchun kuchli raqobat kuzatiladi. Odatda erkak ko’zli taxir baliqning hududi 100 sm gacha bo’ladi. Lekin erkak baliq qo’shni baliqlar hududiga tez-tez bostirib kiradi. Urg’ochi baliqni qidirib o’z hududidan ancha uzoqqa boradi. Erkak baliq hududida 1 tadan bir necha 10 ta mollyuska bo’lishi mumkin[2].

2-rasm. Ko’zli taxir baliqning ko’payish jarayoni. Institut akvaryumi.
Ko’zli taxir baliq Norin daryosining yuqori qismida nisbattan kamroq, pastki oqimida ko’proq uchrashini qayd etdik. Bunga sabab harorat omili deb hisoblanadi. Norin daryosining O’zbekistonga kirib kelish qismida harorat 110C dan oshamaydi. Daryoning nisbatan o’rta qismlarida suv harorati 13,50C, tugash qismida ya’ni Norin va Qoradaryoning qo’shilish joyida harorat 17,5-190C ni tashkil etadi. Ko’zli taxir baliq issiq suv balig’i hisoblanadi. Bu baliqni ko’payishi uchun harorat 200C atrofida bo’lishi zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Mirabdullayev I.M., Kuzmetov A.R., Qurbonov A.R. O‘zbekiston baliqlari xilma-xilligi. Toshkent: “Classic” nashriyoti, 2020.
2. Martin Reichard et al.: Selection gradients on male phenotypic traits: experimental study on lifetime reproductive success in the bitterling fish (rhodeus amarus) Evolution 2008 doi:10.1111/j.1558-5646.2008.00572.x
3. Mara Casalini et al.: Male dominance, female mate choice, and intersexual conflict in the rose bitterling (rhodeus ocellatus) The Society for the Study of Evolution. 63-2: 366–376 2008-yil
4. Yoshihiko Kanoh. Reproductive success associated with territoriality, sneaking, and grouping in male rose bitterlings, Rhodeus ocellatus (Pisces: Cyprinidae). Environmental Biology of Fishes 57: 143–154, 2000.
5. Liao et al.: Reproductive behavior of the male rose bitterling Rhodeus ocellatus as influenced by the operational sex ratio. Zoological Studies 2013 52:21. doi:10.1186/1810-522X-52-21
6. Muna Agbali va boshqalar. Mate choice for nonadditive genetic benefits correlate with mhc dissimilarity in the rose bitterling (rhodeus ocellatus). Evolution 64-6: 1683–1696 2010-yil
7. Yoshihiko Kanoh. Reproductive success associated with territoriality, sneaking, and grouping in male rose bitterlings, Rhodeus ocellatus (Pisces: Cyprinidae). Environmental Biology of Fishes 57: 143–154, 2000.
8. Н. Г. Богуцкая, А. М. Насека, О. К. Клишко. Горчак и моллюск: необычный пример межвидовых отношений. Вестник санкт-петербургского университета. Cер 3 2009 вып 3.


Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə