Ning ko‘payish biologiyasi. Umarov Fayoziddin Abdulfatto o‘g‘li 1; Nazarov Muxammadrasul Sharopovich



Yüklə 1,61 Mb.
səhifə2/3
tarix08.09.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#121495
1   2   3
Ko\'zli taxir baliq ko\'payish biologiyasi Nashrga tayyor

Material va uslubiyot . Namunalar Norin daryosining yuqori oqimi Uchqo’rg’on tumani va Norin daryosining pastki oqimi Uychi tumanidan Uychi ko’prigi atrofidan hamda Norinning Qoradaryo bilan qo’shilish joyidan tutildi. Namunalarning bir qismi 10%li formalin eritmasida saqlanmoqda. Bir qismi ko’zli taxir baliqning etologiyasi va ko’payish biologiyasini o’rganish uchun tirik holda akvariumga solib boqildi hamda ko’payish etologiyasi kuzatildi. Rhodeus ocellatus ning ko’payish jarayoni, erkak baliqlarning urg’ochilarga munosabati, erkak baliqlarning ko’payish substrati bo’lmish molyuska chig’anog’i va urg’ochilar uchun o’zaro raqobati o’rganildi. Baliqlar o’rtasidagi munosabat video va foto tasvirga olindi(2-rasm).
Na'munalarni o'lchashda 0,01 mm aniqlikda raqamli shtangensirkul hamda 0,1gr aniqlikdagi elektron tarozidan foydalanildi. Barcha statistik hisoblashlar MS Excel 2013 dan foydalanilgan holda olib borildi.
Natijalar. Urg’ochi baliqlar gonadalarini massasi o’rtacha 0,24 g bo’lib, tuxum hujayralarning soni o’rtacha 231 taga teng bo’ldi. Mahsuldorlik bo’yicha eng yuqori ko’rsatkich yirik urg’ochi baliqlarda kuzatildi. Maksimal tuxum hujayralar soni 304 taga teng bo’ldi. Urg’ochi baliqlar ko’payish mavsumida bir necha bor tuxum qo’ygani uchun ularning gonadalarida bir paytda yetilgan va yetilmagan tuxum hujayralarni kuzatdik. Yetilmagan tuxum hujayralar yumaloq shaklga ega bo’lib ular nisbatan kichik o’lchamga ega bo’ldi. Yetilgan tuxum hujayralar esa o’ziga xos shaklga ega. Bunday shakldagi tuxum hujayra bizning o’lkada uchrovchi boshqa karpsimonlarda uchramaydi. Kam sonli tuxum qo’ygani uchun tuxum hujayralari anchagina yirik o’lchamli.
Norin daryosida uchrovchi ko’zli taxir baliq populyatsiyasini o’rganish davomida jinslar nisbati urg’ochi va erkak organizmlar o’rtasida 1:1 ekanligini aniqladik.
Rhodeus ocellatus ustida Buyuk Britaniyaning Lester universiteti olimlari tarafidan qiziq tajriba olib borilgan. Taxminiy tanlab olingan 4 erkak baliqni midiya bilan birgalikda akvaryumga joylashtirishgan. 1 soatdan so’ng kuzatilganda 4 ta erkak baliqdan faqat 1 tasi midiya atrofida suzayotganini va midiya yoniga qolgan erkak baliqlarni yaqinlashtirmayotganini kuzatishgan. Agar dominant erkak baliq olib qo’yilsa uning o’rnini boshqa bir erkak baliq egallagan [3].
Xuddi shunday tajribani akvariumda olib bordik. Tajriba tariqasida Norin daryosidan tutilgan Rhodeus ocellatus ning 4 ta erkak va 2 ta urg’ochi individlarini akvariumda 2 yil davomida boqdik. Birinchi yil nisbatan kichik bo’lganligi uchun ko’payish jarayoni sodir bo’lmadi. Lekin ikkinchi yil erkak va urg’ochi baliqlar o’rtasida farq paydo bo’la boshladi. Erkak baliqlar anchagina yiriklashib rang-barang tusga kirdi. Urg’ochi baliqlar esa uncha ham kattalashmadi va rangi ham o’zgarmadi. Biz o’tkazgan tajribada erkak baliqlar ichida o’lcham jihatidan ikkinchi o’rinda turuvchi baliq yetakchilikni qo’lga oldi yani mollyuska yoniga boshqa erkak baliqlarni yaqinlashtirmay qo’ydi. Yetakchi baliq mollyuska yoniga urg’ochilarni jalb qila boshladi. Mollyuska chig’anog’ini erkak baliq boshqa erkak baliqlardan qo’riqladi. Ekrak baliq urg’ochi baliqni molyuska yoniga yetakladi va urg’ochi baliq molyuska yoniga yaqinlashdi. Urg’ochi baliq boshini pastga tushirib, uzun nay orqali molyuskaning chig’anoq bo’shlig’iga tuxum qo’ydi. Shundan so’ng erkak baliq ham molyuskaning chig’anoq bo’shlig’iga spermiylarini sochdi.

1-rasm. Ko’zli taxir baliq (Rhodeus ocellatus). Norin daryosi.
Ko’zli taxir baliq ko’rinish jihatidan akvarium baliqlari singari chiroyli bo’lgani uchun ba’zan bu baliqni akvariumlarda boqilishini ko’rishimiz mumkin (1-rasm). Ayniqsa erkak baliqlar ko’payish mavsumida o’ziga xos libosga kiradi. Urg’ochi organizmda esa ikki pallali mollyuska ichiga tuxum qo’yish uchun mo’ljallangan nay hosil bo’ladi. Ko’payish mavsumida erkak va urg’ochi baliqlarni ajratish oson. Norin daryosidan tutilgan ko’zli taxir baliqlarning erkagi nisbatan yirik va rangdor, urg’ochilari esa kichik va unchalik ham rangdor emasligi kuzatildi.
Tuxum qo’yish jarayonida odatda 1ta erkak va 1ta urg’ochi baliq qatnashadi. Baz’an yetakchi erkak baliq spermiy sochgandan so’ng nisbatan kuchsizroq erkak baliq ham spermiy sochib ketishi mumkin. Ba’zi holatlarda kuchsizroq erkak urug’lanishdan avval ham spermiy sochib ketishi mumkin ekan. Agarda molyuskani qo’riqlaydigan erkak baliq bo’lmasa yoki hududiylik buzilgan bo’lsa ommaviy tuxum qo’yish kuzatiladi[4].
Shunday qilib Rhodeus ocellatus ning ko’payishi uch xil tipda sodir bo’ladi. Birinchi holatda bitta erkak va bitta urg’ochi baliq qatnashadi. Bu holatda urg’ochi baliq molyuska ichiga tuxum qo’yadi. Erkak baliq tuxumlarni urug’lantiradi. Tuxumdan chiqqan baliqchalarning otasi bitta bo’ladi. Ikkinchi holatda bitta urg’ochi va bitta dominant erkak baliq va bir nechta kuchsiz erkak baliqlar qatnashadi. Urg’ochi baliq tuxum qo’yadi. Dominant erkak baliq tuxumlarni urug’lantiradi. Kuchsiz erkak baliqlar esa dominant erkak baliqni ketishini kutib, urug’lanishdan avval yoki keyin spermiy sochishadi. Bu holatda tasodifan tuxum hujayralar boshqa erkak spermatozoid hisobiga urug’lanib qolishi mumkin. Uchinchi xil ko’payishda molyuska chig’anoq bo’shlig’iga Rhodeus ocellatus ning bir necha urg’ochilari tuxum qo’yadi va tuxumlarni bir necha erkak baliqlar urug’lantiradi.
Agar erkak individlar zichligi orttirib borilsa tajovuzkorlik dastlab ortadi, keyin esa kamayadi. Erkak organizmlarning xulq atvorini o’rganish uchun o’tkazilgan tajribalar quyidagi 6 ta nisbatda olib borilgan. Bunda erkak va urg’ochi individlar quydagicha 1:1, 2:1, 3:1, 5:1, 7:1, 9:1 nisbatlarda bo’lgan. Bu nisbatlar ichida 3:1 holatda erkak organizmning xatti-harakatlari maksimum darajaga chiqadi [5].

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə