4. Ta’lim metodlarini tanlash.
Pedagogika fanida, o‘qituvchilarning amaliy tajribasini o‘rganish va
umumlashtirish asosida ta’lim metodlarini tanlashga o‘quvtarbiya jarayoni kechayotgan shart-sharoitlar
va aniq holatlarga bog‘liq muayyan yondashuvlar vujudga keladi. Ta’lim metodlarini tanlashda quyidagi
holatlar inobatga olinishi lozim:
•
Ta’limning umumiy maqsadlari.
•
Fanning va o‘rganilayotgan mavzuning mazmuni hamda o‘ziga xosliklari.
•
Biror fanni o‘qitish metodikasining o‘ziga xosliklari.
•
Materialni o‘rganishga ajratilgan vaqt.
•
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi, vazifalari va mazmuni.
•
O‘quvchilarning yoshi va bilish imkoniyatlari.
•
O‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi.
•
Ta’lim muassasasining moddiy ta’minlanganligi.
•
O‘qituvchining nazariy, amaliy va metodik tayyorgarligi, pedagogik mahoratni egallaganlik
darajasi.
Dostları ilə paylaş: |