Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə35/232
tarix27.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#162199
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   232
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz -fayllar.org

Tovush va fonema
Tovush va fonemaning o`zaro farqi ham nutq va til o`rtasidagi o`zaro farqqa borib taqaladi. Boshqacha aytganda, tovush nutqqa tegishli tushuncha bo`lsa, fonema tilga tegishli tushunchadir.

So`zlar tarkibidagi nutq tovushlari ularning ma’nolarini farqlash uchun xizmat qiladi. Bu ularning asosiy vazifasidir: tob, toj, toy, tok, tol, tom, tor, top, tot, tosh, tog`, toq. Ko`rinyaptiki, bu so`zlar o`zaro bitta (oxirgi) tovush bilan farq qilyapti. So`z ma’nolarini farqlash uchun xizmat qiladigan tovush fonema deb ataladi. Fonemaning aniq talaffuz qilingan, quloqqa eshitilgan ko`rinishi tovush yoki fon (allofon) deb yuritiladi30. Masalan, bir, bilan so`zlaridagi qisqa i, biy, tiy so`zlaridagi cho`ziq i, qirq, G`irot so`zlaridagi ruscha ы ga yaqin aytiladigan i fon (allofon) hisoblanadi. Jorj Yul yuqorida zikr qilingan darsligida yozishicha, fonema ongda mavhum tushuncha sifatida mavjud bo`lgan paytda, real nutqda uning turli variantlari hosil bo`ladi.31

Fonemalarini tasnif qilganda ularni bir-biridan farqlantiruvchi belgilar farqlovchi (differensial) belgilar hisoblansa, shu tovushlar uchun umumiy belgilar esa birlashtiruvchi (integral) belgilar sanaladi: b va p tovushlari uchun lablar ishtirokida hosil bo`lish va portlovchilik belgilari birlashtiruvchi belgilar sanalsa, jarangli-jarangsizlik belgisi farqlovchi belgidir.
Fonemalarning turlari
Fonemalar quyidagi xususiyatlariga ko`ra ikkita guruhga bo`linadi:





Unli fonemalar



Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə