Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə36/232
tarix27.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#162199
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   232
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz -fayllar.org

Undosh fonemalar

1.

Unli fonemalar hosil bo`lishida o`pkadan chiqayotgan havo og`iz bo`shlig`ida hеch qanday to`siqqa uchramasdan o`tadi.

Undosh fonemalarni hosil qilishda o`pkadan chiqayotgan havo og`iz bo`shlig`ida turli to`siqlarga uchraydi va buning natijasida shovqin hosil bo`ladi.


2.

Unli­larni cho`zib talaffuz qilish mumkin.

Undoshlarni cho`zib talaffuz qilib bo`lmaydi


3.

Unlilar talaffuzida un paychalari albatta titraydi.

Undoshlar talaffuzida un paychalari titrashi ham (jarangli va sonorlarda), titramasligi ham (jarangsizlarda) mumkin.


4.

Unlilar bo`g in hosil qilib biladi: a-ka, o-i-la, mu-do-fa-a.

Undoshlar bo`g`in hosil qilib bilmaydi, ular bo`g`in tarkibida kelishi mumkin.




4-ma`ruza

Mavzu:Ona tilining vokalizmi va konsonantizmi
Hozirgi o`zbek adabiy tilida unli fonemalar oltita: i, e, a, u, o`, o. Tildagi unlilar tizimi vokalizm (ingl. unli degan ma’noni bildiradi32) deb yuritiladi.
Unlilar hosil bo`lishida til va lablar faol ishtirok etadi, shuning uchun ular tasnifi uch xususiyatga asoslanadi: tilning oldinga yoki orqaga harakat qilish darajasiga, tilning tanglay tomon ko`tarilish darajasiga va lablarning ishtirokiga ko`ra. Shu jihatdan unlilar uch tomondan tasnif qilinadi:
1) tilning gorizontal harakatiga ko`ra;
2) tilning vertikal harakatiga ko`ra;
3) lablarning ishtirokiga ko`ra.
Tilning gorizontal harakatiga ko`ra unlilar ikki guruhga bo`linadi:
1) old qator unlilar: i, e, a;
2) orqa qator unlilar: u, o`, o.
Og`iz bo`shlig`idagi eng faol a’zo tildir. U unlilarni talaffuz qilishda oldinga yoki orqaga qarab harakat qiladi. Masalan, i, e, a ulilarini hosil qilishda til oldinga siljiydi, u, o`, o unlilarini hosil qilishda orqaga tortiladi.
Tilning vertikal harakatiga ko`ra unlilar uch turga ajratiladi:
1) yuqori (tor) unlilar: i, u;
2) o`rta (keng) unlilar: e, o`;
3) quyi (keng) unlilar: a, o.
Unlilar talaffuzida tilning tanglayga tomon ko`tarilishi va tushishi vertikal harakat sanaladi. Bu harakat tufayli og`izning ochilish darajasi har xil bo`ladi. Masalan, i, u unlilarini hosil qilishda til tanglayga yaqin turadi va og`izning ochilish darajasi tor bo`ladi; a, o unlilarini hosil qilishda esa til tanglaydan uzoqlashadi va til bilan tanglay o`rtasidagi oraliq keng bo`ladi.


Lablarning ishtirokiga ko`ra unlilar ikkiga bo`linadi:
1) lablangan unlilar: u, o`, o;
2) lablanmagan unlilar: i, e, a.
Unlilar talaffuzida lablar ishtirok etishi yoki ishtirok etmasligi mumkin. Masalan, u, o`, o unlilarini hosil qilishda lablar cho`chchayadi, i, e, a unlilarini hosil qilishda bunday holat kuzatilmaydi.



Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə