Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 2,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/361
tarix21.04.2022
ölçüsü2,63 Mb.
#85808
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   361
Milliy ma\'naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov) (2)

Milliy  ma’naviyat  –  har  bir  millatga  qaysidir  bir 
tarzda  aloqador  hisoblanuvchi  o’tmish,  bugun  va 
kelajakdagi  barcha  shaxslar  ma’naviyati  majmuini 
muayyan 
bir 
tizim 
sifatida 
anglanishi. 
Milliy 
ma’naviyatimiz  ham  tarixiy  hodisa,  ham  zamonaviy 
voqelik  bo’lib,  millatning  o’tmishi,  buguni,  hamda 
kelajagini  o’zida  mujassam  etadi.  U  millatimizning 
ma’naviy  takomil  jarayoni  bilan  bog’liq  va  nafaqat 
ajdodlarimiz yaratgan ma’naviy merosda, balki bugungi 
kun  va  kelajak  avlodlarning  hayotga  munosabatida, 
orzu-istaklarida o’z aksini topgandir. Uning teranligi va 
ko’lami 
ajdodlarimizning 
ming 
yillar 
davomida 
to’plagan  yaxlit  tarixiy-ma’naviy  tajribasi  bilan 
belgilanadi,  shu  bilan  birga  xalq  donishmandligining 
turli  suratlarda  zuhur  etishi  ham  u  haqdagi  nazariy 
xulosalarning manbai bo’lib xizmat qiladi. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
9
 Xalq  og’zaki  ijodi  va  uning  noyob  durdonalari  ham
 
millat  ma’naviyatini 
o’zida  yorqin  aks  ettiruvchi    noyob    boylik  ekanligini  Prezident  kitobida  
«Alpomish»  dostoni  misolida  hayajonli  satrlarda  ochib  berilgan.  Bu  dostonning 
“ko’p asrlik milliy  davlatchiligimizning xalqona badiiy ifodasi” 
ekanligi  haqidagi 
mulohazalar  xalq  ardoqlagan  bahodir  alplar  timsoli  naqadar  ulug’vor  ramzlarni 
o’zida  yashirganiga  bizning  diqqatimizni  tortadi.  Muallif  mustaqillik  tufayli  bor 
hashamati  bilan  qayta  tiklangan  Navro’z  bayramining  chuqur  falsafiy  mazmuniga 
ham  alohida  e’tibor  qaratadi.  Bu  qadim  bayramimiz  “biz  uchun  hayot  abadiyligi, 
tabiatning  ustivor  qudrati  va  cheksiz  sahovatining,  ko’p  ming  yillik  milliy 
qiyofamiz,  olijanob  urf-odatlarimizning  betakror  ifodasi”  bo’lib  kelayotganligi 
ta’kidlanadi.  Shu  o’rinda  “Yuksak  ma’naviyat  –  engilmas  kuch”  kitobining  bir 
noyob  xususiyatini  alohida  ajratib  ko’rsatishni  xohlar  edik.  Muallif  nazariy 
teranlikni  yorqin misollar, ehtirosli ifodalar bilan ajoyib uyg’unligiga erisha bilgan 
va  bu  bilan  bizga  o’xshagan  ko’pgina  darslik  va  qo’llanmalar  yozishga  bel 
bog’laganlarga  ibratli  namuna  ko’rsatgan.  U  qadim  bitiklar,  xalq  og’zaki  ijodi, 
marosim  va  urf-odatlarimizni  ma’naviyatni  shakllantiruvchi  muhim  mezonlardan 
ekanligini  oddiy  sanab  o’tish  bilan  cheklanmaydi,  balki  ularning  har  biriga  bir 
yorqin  misol  keltirib,  ushbu  tasnifdagi  har  bir  asarda  alohida  bir  ma’naviy  olam 
mavjudligini ko’z oldimizda yaqqol gavdalantirib beradi.  
Ma’lumki,  yurtimizdagi  bizga  ma’lum  ilk  shakllangan  yaxlit  ma’naviyat 
tizimi  “Avesto”  kitobida  o’z  aksini  topgan.  Bu  kitob  mustaqillik  sharofati  bilan 
hozirgi  o’zbek  tiliga  to’liq  tarjima  qilinib  nashr  etildi.  Bir  paytlar  bu  kitob 
muqaddas  “mazdayasna”  diniga  asos  bo’lgan  bo’lsa,  bugun  biz  unga  yirik  adabiy 
yodgorlik  sifatida  qaraymiz.  “Avesto”  matnlari  shakllangan,  yig’ilgan  va  qayta  
yig’ilgan  davrlar  asotir  tafakkur  davri  bo’lgani  sababli  bu  kitobda  bayon  etilgan 
ma’naviy  qadriyatlar  tizimi  keyinchalik  boshqa  yurtlarga  tarqalib,  turli  siyosiy, 
g’oyaviy ta’sirlar ostida ko’p joylarida mushriklik aqidalari bilan chalkashib ketdi.  
Masalan,  Zardusht  gohlarida  tilga  olingan  7 

Yüklə 2,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   361




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə