Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor huzuridagi 2023-yil 14-oktabrdagi 2-sonli yig‘ilish b a yonnomasi



Yüklə 51,26 Kb.
səhifə2/4
tarix30.12.2023
ölçüsü51,26 Kb.
#166820
1   2   3   4
1-bayonnoma

V.Rajapovning axborotlarini tinglab va so‘zga chiqqan yig‘ilish a’zolarining fikr mulohazalari asosida


Q A R O R Q I L I N D I :


1. Fakultetlarda faoliyat yuritayotgan tyutorlarning lavozim yo‘riqnomalari bo‘yicha faoliyati yo‘lga qo‘yilsin.
2. Yoshlar bilan ishlash manaviyat va ma’rifat bo‘limi tyutorlar bilan ishlash bo‘yicha uslubchi xodim R.Jumatoyevga;
2.1. Tyutorlar faoliyatini hamda ularga biriktirilgan talabalar sonini qayta ko‘rib chiqish;
2.2. Tyutorlik lavozimining vakant o‘rinlari sonini aniqlash va munosib nomzodlarni tayinlash choralarini ko‘rish vazifalari yuklatilsin.
3. Mazkur qaror ijrosi bo‘yicha nazoratni talabalarni turar joy bilan taminlash ishlarini muvofiqlashtirish bo‘lim boshlig‘i O.Davletovga qoldiraman.


ESHITILDI: 2. Ijara xonadonlarida yashovchi talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish va ijara xonadonlariga tashriflar uyushtirilishi ma’lumoti to‘g‘risida
O.Davletov axboroti.


O.Davletov:- Ma’lumki, 2023-2024 o‘quv yilida kunduzgi ta’limda tahsil oluvchi talabalar 11.483 nafarni tashkil qiladigan bo‘lsa, shundan, TTJ bilan qamrab olinmagan 3.587 nafar talaba universitet tyutorlari tomonidan aniqlangan bo‘sh ijara xonadonlariga joylashtirildi. Bugungi kunda ijara xonadonlarida yashovchi talabalarning yashash sharoitlari, xonadonlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlarini o‘rganish va tegishli xavfsizlik chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida universitetning tegishli bo‘lim rahbar-xodimlari va fakultet dekan o‘rinbosarlari tarkibidan iborat Ishchi guruh tuzulib, hozirda ushbu ishchi guruh a’zolari Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi inspektorlari bilan hamkorlikda ijarada turuvchi talabalarning ijara xonadonlariga tashriflar amalga oshirilmoqda.
Tyutorlar tomonidan ijarada turuvchi talabalarning yashash sharoitlari, jumladan, xonadonlarda talabalar foydalanishlari uchun kerakli bo‘lgan jihozlarning (stol-stullar, gaz plita, kir yuvish mashinasi, xolodilnik va h.k.) mavjudligi o‘rganilib kelinmoqda, ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoitlarini o’rganish ishlarini yanada kuchaytirish muntazam ravishda universitet ijtimoiy tarmoqlarida yoritib birishlari kerakligi aytib o’tildi.
2023-2024 o‘quv yilida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan, joriy yilning sentabr oyida ijara shartnoma tuzib, tegishli hujjatlarni taqdim qilgan 270 nafar talabaga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdori (330.000 so‘m)dagi ijara pulini to‘lab berish bo‘yicha universitet rektori buyrug‘i ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
Mazkur masala yuzasidan nazoratni kuchaytirish zarur. Ijara pullari talon-taroj qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rishimiz kerak.
Fakultet dekanlarining bildirishnomasi asosida har oy ijara shartnoma qilgan talabalarning hujjatlari qabul qilinmoqda, talabalarning aynan o‘sha xonadonda yashayotganliklarini tyutorlar tomonidan avval tekshirib keyin bo‘lim mas’ul xodimlariga taqdim qilishlari so‘raladi.

Yüklə 51,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə