Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika unversiteti


Kichik maktab yoshi bolalarida qo`rquv va xavotirlanish xolatlarini paydo qiladigan muammolar



Yüklə 293,74 Kb.
səhifə13/34
tarix05.04.2023
ölçüsü293,74 Kb.
#104405
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34
bolalardagi xavotirlanish va qorquv emotsional holatlarni tadqiq qilish maktabgacha va kichik maktab yosh davrlari )

Kichik maktab yoshi bolalarida qo`rquv va xavotirlanish xolatlarini paydo qiladigan muammolar


Birinchi marta maktabga qadam quyadigan birinchi sinf o`quvchilarinng maktabga borganda maktab talablariga, sharoitlariga moslashish uchun ma`lum vaqt kerak bo`ladi. Amalda moslashish vaqti hamma bolalarda ham bir xilda samarali utmasligi mumkin. Bolaning maktabda moslashishdagi qiyinchiliklar faqat ota-onalar arzlardigina emas, balki o`qituvchilarning o`quvchilarga berayotgan xarakteristikalarida ham qayd etilmoqda. Masalan, ota-onalar bolaning maktabga borishi, uy vazifasini bajarishni xohlamayotganini, uning to`tqish bermasligi, juda asabiy bo`lib qolganini aytishsa, o`qituvchilar bu bolalarning darsda diqqatsizligida, tartibsizligida, tengdoshlari bilan tez-tez aytishib qolishlariga e`tibor berishmoqda. Bunday bolalarda asabiy ruhiy bo`zilish, psixik rivojlanishda orqada qolish vujudga keladi. Bolalar maktabda o`qishga qanchalik tayyor bo`lmasalar, maktabda moslashish davri shunchalik qiyin va uzoo` o`tadi. Psixologlar bolaning maktabda o`qishga tayyor deganlarida, uning jismoniy, psixologik va shaxsiy tayyorgarligini nazarda to`tadilar. O`qishning dastlabki oylarida maktab psixologining birinchi sinf o`quvchilari bilan olib boradigan asosiy ishlari ko`yidagilardan iborat:

  • maktabga moslashishga qiynalayotgan bolalarni aniqlash;

  • bu bolalarga psixologik yordam ko`rsatish.

Bu vazifani bajarish uchun bolani maktabga moslashishdagi qiyinchilik ko`rsatkichlarini aniqlash lozim. Ko`rsatkichlar ko`yidagicha bo`lishi mumkin:

    • o`quv materialini o`zlashtirishda,

    • o`qituvchi talablarini bajarishda qiynalish,

    • o`quv vazifalarini bajarishda ihtiyoriylik xususiyatlari,

    • harakat aktivligining o`zgarishi,

    • bolaning emotsional xususiyatlari,

    • o`qishga, maktab hayotiga qiziqishlari,

    • o`qituvchi va tengdoshlari bilan muloqotga kirishishlaridagi qiyinchiliklaridir.

Bolani har tomonlama psixologik tekshirib, keyin u bilan olib boriladigan tuzatish ishlarini ko`rsatishi mumkin. Maktablarda «moslashish» sinflarning ochilishi bu muammoni hal qilishga oz bo`lsada imkon beradi. Psixolog tuzatish metodlarini rejalashtirayotganda bolani maktabga moslashishga ijobiy ta`sir etadigan faktorlarni, ya`ni o`quvchini o`zini to`g`ri baholashi, oilada to`g`ri tarbiyalanishi, oiladagi kelishmovchiliklarning bartaraf etilishi, tengdoshlar orasida bolani hurmat qozonishi hisobga olishi lozim.
Maktab psixologining o`zlashtira olmovchi boshlang`ich sinf o`quvchilari bilan olib boradigan ishlari uning faoliyatidagi amaliy yo`nalishni tashkil etadi. Psixolog bunday o`quvchilar bilan olib boradigan ishining asosiy yo`nalishlari haqida gapirishdan oldin o`zlashtira olmaslik sabablarini ko`rib chiqamiz. Maktabgacha yosh davrdan maktab yoshi davriga o`tish ancha qiyin kechadigan davrdir. etti yoshdagi qiyinchilik bu shunday keskin bo`rulish yoshiki, unda maktab yoshining barcha davrlari o`z ifodasini topadi. Odatda maktabga borish bilan bog`liq bulgan qiyinchiliklar va muammolar kuyidagilardan iborat:

    • Yangi o`quv tartibi bilan bog`liq bo`lgan qiyinchiliklar;

    • Bunday qiyinchilik ko`prok maktabgacha tarbiya muassasalariga bormagan bolalar uchun xosdir;

    • Bolaning sinf jamoasiga moslashuvdagi qiyinchilik;

    • Bu xolat bolalar jamoalariga etarli darajada ishtirok etmaganlarida ko`proq uchraydi;

    • O`qituvchi bilan o`quvchi munosabatlarida yuzaga keladigan qiyinchiliklar;

    • Bolaning oilaviy sharoiti o`zgarishi bilan bog`liq bo`lgan qiyinchiliklar. Bu kiyinchiliklar bola rivojlanishning yangi ijtimoiy sharoitlarida asta -

sekin o`z ifodasini topadi. Psixologlar maktabda psixogen bo`zilishi bolalar sinfda o`qishdagi qiyinchiliklarning asosiy xususiyatlaridan biri deb ko`rsatadilar.
Ruhiy omillar ta`siri ostida kelib chiqadigan kasallik psixogen kasalligidir. Mazkur kasallik bolaning maktabda, oilada ob`ektiv va sub`ektiv mavqeining bo`zilishida ta`lim-tarbiya jarayonining qiyinlashuvi hamda uning
shaxsda psixogenning tarkib topishida namoyon bo`ladi. Ta`limdagi qiyinchiliklarning alohida olingan sabablaridan kelib chiqib ularni tahlil qilish
«uddalanilmayotgan» materiallarni masalan, yozuv yoki o`qishni bosh asos qilib olish, keyin esa ularni keltirib chiqarayotgan omillarni ko`rib chiqish mumkin. Asosiy murakkablik shundaki, bir hil qiyinchilikning sababi turli iboralarda turlicha bo`lishi mumkin.
Bolaga yondashishning eng maksadga muvofiq yo`li - bu ta`limning turli bosqichlarda ro`y beruvchi qiyinchiliklarda bolaning funktsional xolatini va rivojlanishning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishdan iboratdir. O`qituvchi bolalarda uchraydigan har qanday qiyinchilikni uning o`zlashtirishi bilan bog`laydi. Bunda bolani baholash odatdagidek o`ziga xos shaklda bo`ladi, a`lochi - demak, yaxshi o`quvchi, «2» olsa - yomon o`quvchi. Mazkur shaklda xos choralar ko`rilgan. Masalan, maktabda yomon o`zlashtirgan o`quvchining ota- onasi chaqirtiriladi, g`azablangan o`qituvchi ularga o`z farzandlariga yomon qarayotganliklarini, yomon tarbiya berayotganliklarini, ular bilan kam shug`o`llanayotganliklarini aytib noliydi. Yana ham achinarlisi shuki, o`qituvchi sinf oldida yuqori ovoz bilan bolani so`kadi va kamsitadi. Ko`pchilik xatoni eng tajribali o`qituvchilar ham o`zlashtirmasligi sababini o`quvchining dangasaligi, nohushligi, tarbiyasizligi bilan baholashga urinadilar. O`qituvchi o`zlashtirmaslikning haqiqiy sabablari to`g`risida kamdan kam o`ylaydi va tabiiyki, uni bartaraf qilishning o`ziga xos chora tadbirlarini izlaydi.



Yüklə 293,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə