Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika unversiteti


Dissertatsiyaning tarkibi va xajmi



Yüklə 293,74 Kb.
səhifə6/34
tarix05.04.2023
ölçüsü293,74 Kb.
#104405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
bolalardagi xavotirlanish va qorquv emotsional holatlarni tadqiq qilish maktabgacha va kichik maktab yosh davrlari )

Dissertatsiyaning tarkibi va xajmi. Dissertatsiya ishi: kirish bo`limi, uchta bobtan, yakuniy bo`limi, adabiyotlar ruyxati va ilovalardan iborat. Ko`lami bet.

I-bob: MAKTABGAChA hamda KIChIK MAKTAB YoSh DAVRI BOLALARIDA QO`RQUV va XAVOTIRLANISh XOLATLARI





    1. Qo`rquv va xavotirlanish emotsional sferaning ko`rinishi ekanligi

Kishi idrok etish, xayol surish va fikrlash jarayonlarida faqat voqelikni bilib qolmay, balki shu bilan birga hayotdagi u yoki bu narsalarga qanday bo`lmasin munosabat bildiradi. Unda ularga nisbatan u yoki bu tarzda xis-tuyg`u paydo bo`ladi. Bunday ichki shaxsiy munosabatning manbai faoliyat va munosabat jarayonlari bo`lib, u ana shunday jarayonlarda ro`y beradi, o`zgaradi, barqaror tus oladi yoki yo`qoladi (vatanparvarlik, nafratlanish, bar lahzalik, mamnunlik).
Xis-tuyg`ular – kishining o`z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg`ul bo`layotganiga nisbatan o`zicha turli xil shaklda bildiradigan ichki munosabatidir.
Xis-tuyg`uni boshdan kechirishning turli shakllari – emotsiya, affekt, kayfiyat, turli hayajonlanish (stress holati) mavjud. Ehtiros, va nihoyat, tor ma`nodagi so`z bilan aytganda, xis-tuyg`ular – shaxsning emotsional sohasini tashkil etadiki, ular kishi xulq-atvorini tartibga solib turadi, bilishning jonli manba, odamlar o`rtasidagi murakkab va ko`pqirrali munosabatlarning ifodasi bo`lib hisoblanadi.
Xis-tuyg`ular ba`zan har qanday psixik jarayonning faqat yoqimli, yoqimsiz yoki aralash asorati tarzida boshdan kechiriladi. Bu o`rinda ular o`z xolicha anglanilavermaydi, aksincha, narsa va harakatlarning xususiyati tarzida anglaniladi va biz yoqimli kishi, yoqimsiz ta`m, kulgili ifoda, nafis mato, quvnoq sayr va hokazolar deb gapiramiz. Ko`pincha bunday hissiy tus oldingi kuchli kechinmalarning oqibati, o`tmish tajribaning aks-sadosi bo`lib chiqadi.
Ba`zan u narsaning kishini qanoatlantirishi yoki qanoatlantirmasligi, uning faoliyati muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz o`tayotganligi belgisi sifatida xizmat qiladi.
Xis-tuyg`ular shaxs ehtiyojlariga javob beradigan narsalarni aniqlab olishga yordam beradi va ularning qondirilishiga qaratilgan faoliyatga omil baxsh etadi.
Ehtiyojlarning qondirilishi yoki qondirilmasligi kishida turli xil shaklni kasb etadigan o`ziga xos kechinmalarni hosil qiladi.

Yüklə 293,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə