Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika



Yüklə 65,86 Kb.
səhifə6/7
tarix19.07.2023
ölçüsü65,86 Kb.
#119700
1   2   3   4   5   6   7
Boshlang\'ich sinflarda so\'z birikmalari ustida ishlash

2.2. Boshlang’ich sinflarda so’z birikmasi va gap ustida ishlash metodlari
Boshlang‘ich sinflarda sintaksis yuzasidan beriladigan bilimlar amaliy o‘rganiladigan va nazariy o’rganiladigan bilimlarga bo‘linadi. Sintaksisga oid bilimlarni amaliy o‘rganish savod o‘rgatish davridayoq boshlanadi va 4-sinfda ham davom ettiriladi. Boshlang’ich sinfda “Gap”, “Darak gap”, “So‘roq gap”, “Buyruq gap”, “His-hayajon gap”, “Gap bo‘laklari”, “Bosh bo‘laklar”, “Ikkinchi darajali bo‘laklar”, “Gapda so‘zlarning bog‘lanishi” mavzulari nazariy o‘rganiladi. Bu mavzular yuzasidan turli mashqlar bajariladi.
Boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarining muhim vazifalaridan biri fikrni ifodalashda gapdan ongli foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish hisoblanadi.
Morfologiya va leksika, fonetika va orfografiya sintaksis asosida o‘zlashtirilgani uchun tilni o‘rganishda gap ustida ishlash markaziy o‘rin egallaydi. Gap nutqning asosiy birligi bo‘lib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ot, sifat, son, olmosh, fe’l va ularning muhim kategoriyalarining tilimizdagi rolini gap asosida bilib oladilar. O‘quvchilar ona tili leksikasini ham gap negizida egallaydilar. So‘zning lug‘aviy ma’nosi va uning qo‘llanish xususiyatlari so‘z birikmasi yoki gapda ma’lum bo‘ladi. So‘z gapda bir ma’noli bo‘ladi (gapdan tashqari bir necha ma’no ifodalash mumkin).
Boshlang‘ich sinflarda gap ustida ishlashni shartli ravishda besh yo‘nalishga bo‘lish mumkin:

  1. Gap haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish (til birligi bo‘lgan gapning muhim belgilarini o‘rgatish).

  2. Gap qurilishini o‘rgatish (so‘z birikmasida so‘zlarning bog‘lanishi ustida ishlash, gapning grammatik asosini, bosh va ikkinchi darajali bo’laklarning xususiyatlari, yoyiq va yig‘iq gaplar ustida ishlash).

  3. O‘quvchilarning nutqida gapning maqsadga va ohangga ko‘ra turlaridan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish.

  4. Gapda so‘zlarni aniq qo‘llash ko‘nikmasini o‘stirish.

  5. Yozma nutqda gapni to‘g‘ri tuzib yozish (uni bosh harf bilan boshlash, tinish belgilarini qo‘yish) ko‘nikmasini shakllantirish.

Ishning bu besh yo‘nalishi bir-biriga o‘zaro ta’sir etadi va gapning ayrim tomonlarini o‘rganish maqsadidagina ularning har biri mustaqil muhokama qilinadi. Gapni o‘rganish va nutqda undan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish o‘quvchilarning aniq bilimlarini doimiy kengaytirib, boyitib borishga asoslanadi. O‘quvchi qanday yangilikni bilsa, unda bu yangilik haqida xabar berish ehtiyoji tug‘iladi. U o‘z fikrini ifodalash uchun qulayroq shakl qidiradi. Demak, aloqa qilish talabidan gapni mukammalroq egallash zaruriyati kelib chiqadi.
“Gap” mavzusi barcha sinflarda o‘rganiladi. Gapning belgilari haqidagi bilimlar chuqurlashtirib boriladi. O‘quvchilar fikr ifodalovchi nutq birligi – gap haqidagi elementar tasavvurdan gapning bosh va ikkinchi darajali bo‘laklari, gapda so‘zlarning bog‘lanishini o‘rganishga o‘tadilar.
Gap ustida ishlashning boshlang‘ich bosqichi savod o‘rgatish davriga to‘g‘ri keladi. Bu davrda o‘quvchilar gapning muhim xususiyatlari (fikr ifodalashi, tugallangan ohang bilan aytilishi) bilan tanishadilar. Gapning bu xususiyatlarini bilmasdan turib, so‘zlardan gap tuzib bo‘lmaydi. Agar o‘quvchilar gapning bosh bo‘laklarini ajrata olmasalar, gap nutqning yaxlit birligi ekanini bilmaydilar. Ega va kesim gapning qurilishi va mazmunining asosini tashkil etadi. Shuning uchun ham savod o‘rgatish davrida gapning bosh bo‘laklari ustida kuzatish o‘tkazgan ma’qul.
Gapning bosh bo‘laklarini kuzatish bilan o‘quvchilar o‘z fikrlarini aniq ifodalashga o‘rganadilar, ularda nutqdan gapni ajratish ko‘nikmasi shakllanadi. Gapni o‘rganish me’yoriga qarab uning tarkibiy qismlari, xususan, so‘z birikmasi haqidagi tasavvur aniqlanadi.
Boshlang‘ich sinflarda o‘rganiladigan sintaktik material kam bo‘lsa ham, butun o’quv yili davomida, boshqa mavzularga singdirilgan holda gap ustida ishlab boriladi.
Milliy o‘quv dasturiga ko‘ra, 1-sinfda “Ona tili va o‘qish savodxonligi”da o’quvchilarga gap haqida elementar tushunchalar beriladi. Gap tugallangan fikr bildirishi, gap so‘zlardan tashkil topishi, uning oxiriga ma’lum tinish belgilari qo‘yilishi haqida amaliy ma’lumotlar beriladi.

  1. sinf “Ona tili va o‘qish savodxonligi” da esa o‘quvchilar gap haqida amaliy tushunchalar oladilar. Ular gapdan shu gap kim yoki nima haqida aytilganini va u haqda nima deyilganini bildirgan so‘zni ajratishga o‘rganadilar. Aslida gapning grammatik asosi ustida ishlash mana shundan boshlanadi va bu bosh bo’laklarni o‘rganishga muqaddima bo‘ladi.

  2. sinf gap ustida ishlashda yangi bosqichdir. O‘quvchilar gapni amaliy o‘rganishdan tushuncha sifatida o’rganishga o‘tadilar. Ular gapning muhim belgilarni bilib oladilar. Bu bosqichda bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarning ta’rifi, ega va kesim atamalari kiritiladi. Bu sinfda gapda so‘zlarning bog‘lanishiga katta e’tibor beriladi. O‘quvchilar gapning asosi (ega va kesim) ni ajratadilar, ikkinchi darajali bo‘laklarni farqlaydilar va gapdagi ikki so‘z (hokim va tobe so‘z)ni, so‘zlarning grammatik jihatdan, ya’ni qo‘shimchalar orqali bog‘lanishni bilib oladilar.Shuningdek, gapning maqsadga ko‘ra turlari, darakgap, so‘roq gap, buyruq gap hamda his-hayajon gaplarning o‘ziga xos jihatlari bilan tanishadilar.

  3. sinfda “Nutq. Matn” mavzusini o‘rganish bilan gap haqidagi bilim kengaytiriladi. Xususan, o‘quvchilar matn nutqning yozma shakli ekanligi, uni qismlarga bo‘lish, unga sarlavha qo‘yish, reja tuzish mumkiinlgi haqidagi tushunchlarga ega bo‘ladilar.

Shunday qilib, o‘quvchilarda gap bo‘laklari haqidagi tasavvurni o‘stirish gapni o‘zlashtirishda yetakchi hisoblanadi. Birinchidan, boshlang’ich sinf o‘quvchilari gap bo‘laklarini ikkita katta guruhga (bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarga) bo’linishini o’zlashtiradilar. Bu sinflarda ikkinchi darajali bo’laklar turlarga ajratilmaydi. Gapni o‘zlashtirish uchun bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarning mohiyati ochiladi: bosh bo‘laklar gapning grammatik asosini tashkil qiladi, fikr, asosan, gapning grammatik asosi orqali ifodalanadi; ikkinchi darajali bo‘laklar esa bosh bo‘laklarni aniqlovchilik va to‘ldiruvchilik vazifasini bajaradi.
Ko‘rinadiki, boshlang‘ich sinflarda sintaksisni o‘rgatishdan asosiy maqsad bolalarning yosh xususiyatini hisobga olgan holda og‘zaki va yozma nutqini, tafakkurini o‘stirish hisoblanadi. O‘quvchilarda gapni to‘g‘ri tuza olish, ulardan nutq jarayonida to‘g‘ri foydalana olish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Boshlang`ich sinf o`quvchilariga so`z birikmalarini o`rgatish uchun o`qituvchi ta`limning eng qulay usullardan foydalansa maqsadga muvofiq bo`ladi.
Bunda didaktik o`yinlarning ahamiyati juda katta. Shuning uchun o`quvchilarga berilayotgan bilimlar ularning yosh xususiyatlariga muvofiq o`yin tariqasida uyushtiriladi. Bundan o`yinlar jarayonida o`quvchilar ona tili va o`qish fanidan darslikda berilgan, o`zlashtirishi qiyin bo`lgan materiallarni oson o`zlashtiradi va shu bilan birga atrof-muhit, voqealarni kuzatishga, solishtirib ko`rishga, ular to`g`risida fikrlashga, ulardan to`g`ri xulosalar chiqarishga va xulosalarini asoslashga o`rganadilar. O`quvchilarni fanga qiziqtirishni va bilim, ko`nikma, malakalarini to`g`ri egallashlariga erishishni didaktik o`yinlar orqali amalga oshirish maqsadga muvofiq bo`ladi.
Darsga tayyorgarlik ko`rish jarayonida didaktik o`yinlarni to`g`ri tanlash muhim ahamiyatga ega. Didaktik o`yinlar uchun didaktik materiallarni tayyorlab qo`yish, didaktik o`yin jarayoni uchun vaqtni to`g`ri belgilash hamda to`g`ri nazorat qilish, didaktik o`yinni yakunlash va xolisona baholash kabilarni aniq rejalashtira olish lozim. Bunda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
-Didaktik materiallarni yetarli darajada tayyorlash;
-Didaktik o`yin jarayonida yo`l qo`yilgan xatolarni o`z vaqtida nazorat qilish va yo`l-yo`lakay to`g`rilab borish;
-Didaktik o`yinlar o`quvchilarda ziyraklik va mustaqillikni shakllantirib, rivojlantirishiga erishishga diqqatni qaratish lozim.
Didaktik materiallar - bu biror bir ko„rinishda ifodalangan bilimni taqdim qilishdir. Umumiy qilib didaktik materiallar deganda, bilish jarayonida pedagogik jihatdan ishlov berilgan va tizimga solingan maqsadli vazifalar to„plamini tushunish mumkin.
Boshlang„ich ta‟limga oid didaktik materialning ta‟lim jarayoniga qadar bo„lgan holati darslik muallifining pedagogik layoqatiga, uning ta‟lim jarayoni mohiyatini bilishiga, ma‟lumot mazmuniga pedagogik ishlov berish va didaktik loyihalash sohasidagi mahoratiga bog„liq.
Boshlang„ich ta‟limga taalluqli didaktik materialning ikkilamchi loyihalari dars loyihasi, ko‘rgazmali qurollar (tabiiy materiallar, illyustrastiya, chizma, audio va video materiallar), o‘quv topshiriqlari tizimi (test topshiriqlar, o‘yin topshiriqlari, tarqatma materiallar to‘plamlari) dan iborat bo„lib, ularga pedagogik jihatdan ishlov berilib, darslikdagi mavjud holatdan yangi holatga o„tkaziladi. Didaktik materiallar tuzilmasini biz quyidagi sxema bo„yicha ifodaladik:

XULOSA


Kurs ishimning xulosa qismini yakunlar ekanman, quyidagi oldimga qo’ygan maqsadlarimga erishdim deb o’ylayman. Mana shu bir soatlik ona tili darsimizda o’quvchilar DTS talablarida ko’rsatilgan bilim, ko’nikma va malakaga ega bo’ldilar. Dars jarayonida o’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilarga dars mustahkamlanib tushuntirildi. O’tilgan va yangi mavzular bo’yicha yangi usullardan foydalanib, o’quvchilarning bilimini jetonlar orqali baholab borildi. Darsda ”Test savollari”, ”Kim chiroyli yozadi?”, jadvalni to’ldirish, ”Do’stlik bog’i”, ”Aqliy hujum” usullaridan foydalandim. O’quvchilar DTS talablarida ko’rsatilgan bilimni o’z qobiliyatlariga yarasha tushundi va o’rgandi. Gapning maqsad va mazmuniga ko’ra turlarini dars davomida yaxshi o’zlashtirdi.
O’quvchilarda gap bo’laklari haqidagi tasavvurni o’stirish gapni o’zlashtirishda yetakchi hisoblanadi. Birinchidan, boshlang’ich sinf o’quvchilari gap bo’laklarini ikkita katta guruhga (bosh va ikkinchi darajali bo’laklarga) bo’linishini o’zlashtiradilar. Bu sinflarda ikkinchi darajali bo’laklar turlarga ajratilmaydi. Gapni o’zlashtirish uchun bosh va ikkinchi darajali bo’aklarning mohiyati ochiladi: bosh bo’laklar gapning grammatik asosini tashkil qiladi, fikr, asosan, gapning grammatik asosi orqali ifodalanadi; ikkinchi darajali bo’laklar esa bosh bo’laklarni aniqlovchilik va to’ldiruvchilik vazifasini bajaradi. Gap ustida ishlashning boshlang’ich bosqichi savod o’rgatish davriga to’g’ri keladi. Bu davrda o’quvchilar gapning muhim xususiyatlari (fikr ifodalashi, tugallangan ohang bilan aytilishi) bilan tanishadilar. Gapning bu xususiyatlarini bilmasdan turib, so’zlardan gap tuzib bo’lmaydi. Agar o’quvchilar gapning bosh bo’laklarini ajrata olmasalar, gap nutqning yaxlit birligi ekanini bilmaydilar. Ega va kesim gapning qurilishi va mazmunining asosini tashkil etadi. SHuning uchun ham savod o’rgatish davrida gapning bosh bo’laklari ustida kuzatish o’tkazgan ma’qul.Gapning bosh bo’laklarini kuzatish bilan o’quvchilar o’z fikrlarini aniq ifodalashga o’rganadilar, ularda nutqdan gapni ajratish ko’nikmasi shakllanadi.

Yüklə 65,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə