Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika


Boshlang‘ich sinflarda so‘z birikmalari ustida ishlash



Yüklə 65,86 Kb.
səhifə4/7
tarix19.07.2023
ölçüsü65,86 Kb.
#119700
1   2   3   4   5   6   7
Boshlang\'ich sinflarda so\'z birikmalari ustida ishlash

1.2. Boshlang‘ich sinflarda so‘z birikmalari ustida ishlash
Barchamizga ayonki, boshlang‘ich ta’lim inson hayoti davomida to‘plagan ta’lim-tarbiyaning poydevori bo‘lib xizmat qiladi.Mukammal boshlang‘ich ta’lim olgan o‘quvchilar yuqori sinflarda, ta’limning keyingi bosqichida,shuningdek hayoti davomida ham hech qanday qiyinchilikka duch kelmay , yuksak natijalarga erisha oladi desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu uchun eng ,avvalo, barcha ma’suliyat boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga yuklatiladi.Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quvchilar savodini chiqarishda ularga mustahkam bilim berish va ularda zaruriy ko‘nikma va malakalarni shakllatirishda barcha imkoniyatlarni ishga solishi , ta’lim -tarbiya jarayonini sifatli olib borishi lozimdir.Bugungi kunda o‘quvchi yoshlarning mafkurasini oshirish uchun turli mantiqiy fikrlashga turtki bo‘luvchi kitoblar ham muhim ahamiyatga ega Bu har bit o‘quvchida erkin filrlashga undaydi. Dekart aytganidek ,"men fikrlayapmanmi demak ,men mavjudman."Hozirgi kunda dolzarb vazifalardan biri bo‘lgan o‘quvchining savodxonlik darajasini oshirishda ona tili ta’lim muhim ahamiyatga ega.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tilshunoslik bo‘limlarining elementlari bosqichma bosqich o‘rgatib boriladi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar gap tuzishda so‘zlarni o‘z o‘rnida qo‘llay olishga qiynaladi.So‘z birikmasi leksik- grammatik birlik bo‘lib, tugallangan fikr ifodalamagani uchun gapdan farq qiladi.Nutqda so‘z birikmalaridan gap ichida foydalaniladi.So‘z birikmasi haqidagi kengroq tushunchalar 8-sinf ona tili darsliklarida keltiriladi. Boshlang‘ich sinflar kesimda esa bu tushunchalar aynan shunday nom bilan kelmagan bo‘lsada ,mavzuga oid bilimlar 1-2- sinf ona tili va o‘qish savodxonligi va 3-4-sinf ona tili darsliklarida mashqlar orqali amaliy tarzda berib boriladi.1-2-sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darsliklarida mavzuga doir qoidalar berilmay faqat bir nechta mashqlar bajartirish orqali bilimlar bilan tanishish nazarda tutilgan xolos. Biz bu maqolada so‘z yasalishi, so‘z birikmalarini tuzish, so‘z turkumlari hamda gapda so‘zlarning bog‘lanishi mavzulari qoidalar bilan biroz kengroq yoritib berilgani uchun 3- sinf ona tili darsligidagi mashqlarga e’tibor qaratamiz. Boshlang‘ich sinflarda so‘z birikmasi ustida ishlashda quyidagi mashq turlaridan foydalaniladi.

  1. Bosh so‘zdan ergash so‘zga so‘roq berish,so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishini aniqlash.Masalan,Sovuq shamol esdi.

Nima esdi? – shamol esdi, Qanday shamol? – sovuq shamol.
Ushbu topshiriq orqali o‘quvchilar gapda so‘zlarning bog‘lanishini so‘roqlar yordamida topish mumkinligini bilib oladilar.Natijada ularda so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishini tushunishlarida so‘roq berish malakasi amaliy tarzda shakllana boshlaydi.Gapda so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishini chizmada ko‘rsatish. Masalan,Qanday? Nimani?Jangovar qo‘shiq safimizni mustahkamlaydi.Ushbu mashqni bajarish uchun namuna berilgan bo‘lib,o‘qituvchi yordamida birga amaliy ko‘rsatiladi.Chizma yordamida mazmunan bir-biriga bog‘langan so‘zlari so‘roq berib topish O‘quvchi uchun yanada osonlashadi. Bu o‘quvchilarni asta-sekin murakkab qurilmalarni tuzishga ham o‘rgatadi.Matnda uchragan so‘z birikmalarini ma’nosini tushunish.Masalan,quyidagicha topshiriq berilgan mashqqa qaraylik:So‘roqlarga mos so‘zlar qo‘yib, gaplarni to‘ldiring.

  1. O‘quvchilar (kimlarga?) sovg‘a tayyorlashdi. Qizlar qiyqimdan (qanaqa?) qo‘g‘irchoqlar tikdilar. O‘g‘il bolalar (nimadan?) uychalar yasadilar. Foydalanish uchun so‘zlar:chiroyli qog‘ozdan kichkintoylarga.O‘quvchilar ushbu topshiriqni bajarish davomida har bir so‘zni kerakli o‘rinlarga so‘roq berish Orqali ma’nosiga mos keluvchi so‘zni topib qo‘yib, talaffuz qilib ko‘rishlari mumkin.Bu topshiriq orqali o‘quvchilarda sintaksis bo‘limiga doir so‘zlarning bog‘lanishi yuzasidan amaliy bilim va ko‘nikmalar hosil qilinishiga erishish mumkin.

  2. Matnda yoki faoliyat jarayonida uchragan yangi so‘z bilan so‘zbirikmasi tuzish.“Berilgan so‘zlardan birikma tuzing” deb topshiriq berilgan.Bular “Sho‘x , olma,uzmoq,olma,ertakni, qo‘shiq ,qovun, bola,tinglamoq,mehnatsevar,termoq.” Yuqoridagi so‘zlardan birikma tuzamiz.Sho‘x qo‘shiq,olma termoq,ertakni tinglamoq,qovun uzmoq,mehnatsevar bola.Bu topshiriqni bajarish jarayonida o‘quvchilar o‘zlari o‘qigan har qanday so‘zlarning ma’nosini chaqa olishmaydi.So‘roq berish orqali mazmunan bir-biriga mos kelmaydigan birikmalar tuzishlari ham mumkin. Masalan,sho‘x bola,olma uzmoq,qovun termoq. Bunda so‘roq to‘g‘ri berilgan bo‘lsa ham mazmun jihatdan so‘z birikmasi biroz to‘g‘ri kelmagan vaziyat bo‘lishi ehtimoldan holi emas,albatta. Shuning uchun ham o‘quvchilarga tuzayotgan birikmalarning mazmun jihatdan katta ahamiyat kasb etishini tushuntirib borish kerak. mashqning bu turi so‘zning ma’nosini chuqur tushunishga va undan o‘z nutqida chiroyli qo‘llashga yordam beradi.

  3. So‘z turkumlarini o‘rganish bilan bog‘liq holda so‘z birikmasi tuzdirish.Bu turdagi mashqlar so‘z turkimlarini har birini alohida o‘rganish davomida bajarib boriladi.3-sinf ona tili darsida asosan ot, sifat, son, fe’l so‘z turkumlari bilan tanishtiriladi.Ko‘pincha har bir so‘z turkumi bilan tanishtirilganda matndan so‘roq berish orqali shu so‘z turkumini ajratish va unga bog‘langan so‘z bilan birga yozish topshirig‘i beriladi.

Ot bilan ot – maktab bog‘i Sifat bilan ot yoqimli kuy
Son bilan ot – yettinchi avtobus Olmosh va fe’l - unga berdi
Ot bilan fe’l kinoga bordi.
Yuqoridagi mashqlar o‘quvchilarda so‘z birikmasi va gap tuzishda xatoga yo‘l qo‘ymaslik, sintaksis-uslubiy xato qilishning oldini olish uchun xizmat qiladi.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari gap tuzishda so‘z birikmalarini noto‘g‘ri qo‘llash xolatlari ko‘p uchrashi mumkin.Bunday xatolar asosan kelishiklarni o‘z o‘rnida qo‘llay olmasliklaridan kelib chiqadi.Masalan,
O‘quvchi nutqida uchraydi To‘g‘ri birikma
Maktabni bog‘i maktabning bog‘i
Ukamda berdim ukamga berdim
Sayohatda chiqdik sayohatga chiqdik
Mashinaga keldim mashinada keldim
Bolalar ko‘proq xatoga yo‘l qo‘yadigan so‘z birikmalarini yig‘ib borish xatoni oldini olishga qaratilgan mashqlar tuzishga imkon yaratadi.So‘z birikmasi ustida ishlash grammatik imloviy va boshqa mashqlarni to‘g‘ri bajarishga xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda,yuqoridagilardan so‘z birikmasiga oid sintaktik bilimlar anchagina murakkab ekanligi uchun o‘quvchilarda o‘rganishni ertaroq boshlash va mashqlar natijasida ko‘proq takrorlash zarurligi kelib chiqadi. Shundagina ularning
sintaktik bilimlari oshishi, nutqiy xatoliklarning bartaraf etilishi va savodxonlik darajasi oshishiga hissa qo‘shgan bo‘lamiz.


Yüklə 65,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə