Mavzu: halqali kichik harflar guruhi bilan tanishtirish. Harf birikmalari va ularning elementlari ustida ishlash reja



Yüklə 14,94 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü14,94 Kb.
#181556
1-amaliy




MAVZU: HALQALI KICHIK HARFLAR GURUHI BILAN TANISHTIRISH. HARF BIRIKMALARI VA ULARNING ELEMENTLARI USTIDA ISHLASH
REJA:
1. Halqa elementli harflar guruhi bilan tanishtirish.
2. Harf elementlarini to‘g‘ri yozishni tushuntirish, talabalarning mavzu yuzasidan bilim va ko‘nikmalarini baholash.
3. Husnixat daftariga harf unsurlarini yozishni mashq qildirish.
Mashg‘ulot maqsadi: Talabalarni harf unsurlarini grafik jihatdan to‘g‘ri yozish malakalarini rivojlantirish.
Masalaning qo‘yilishi: Harf elementlarini to‘g‘ri yozishni o‘rganadi.
Insonning yozma nutqi harflar orqali shakllanadi. Husnixat darslarida savodli yozuv grafik malakalar bilan shakllantirilishi asosiy vazifa hisoblanadi. Har bir harfning aniq yozilishi yozuvning aniq va ravon bolishini ta’minlaydi. Buhing uchun harflarning shaklini to‘g‘ri yozish, ularni to‘g‘ri ulashning ahamiyati kattadir. Harflami bosmasdan bir tekisda yozish, elementlarni ajratmasdan boglash, so‘zlarni qatorda to‘g‘ri joylashtirish, yozuv vaqtining belgilab olinishi, tahlil ishlarining (bo‘gln-tovush, tovush-harf, imloviy tahlil), ya’ni fonetik-grafik tahlilning amalga oshirilishi muhim sanaladi.
Husnixat darslarida o‘quvchilar quyidagi talablarga amal qilishlari lozim.
1. Husnixatning gigienik talablariga rioya qilishlari, harflarni garfik jihatdan to‘g‘ri shakllantirishlari, ulashlari, ritm asosida yozishlari nazarda tutiladi. 1-sinfda xat-savod o‘rgatish davrida bolalar yozuvga bevosita yozuv daftarlaridagi materiallar asosida o‘rgatiladi.
2. Grafik me’yorlarga amal qilish.
3. Harflar qiyaligini to‘g‘ri saqlash. Bolalaming yozuvlari har xil qiyalikda bolishi mumkin. agar harflarning asosiy elementlari daftar chizig‘iga nisbatan tik holatda bo‘lsa, yozuv holati ham tik bo‘ladi. Harf elementlari o‘ng tomonga qiya bolib, o‘tmas burchak hosil qilishi ham mumkin. biz o‘quvchilarni o‘ng tomonga qiya qilib (65°) yozishga odatlantirishimiz lozim.
4. Daftarni partada yozish talablari asosida tutish.
Daftaming pastki chap burchagi ko‘krak o‘rtasiga to‘g‘ri bo‘lishi yoki daftaming qiya chizig‘i (agar qiya chiziqli daftar bolsa) partaning chetiga tik bo‘lishi kerak.
Daftar beti satrlarga to‘lib borgan sari yuqoriga surilib boradi. Chap qo‘l bilan esa daftarning yuqori tomoni bosib turiladi. Buning uchun sinf partasining ustiga ikki o‘quvchining har biri uchun alohida ingichka qiya chiziq tekshiruv chizigl sifatida chizib qo‘yiladi. Bu chiziqning pastki uchi o‘quvchilarning chap ko‘kraklari o‘rtasiga to‘g‘ri bo‘lib, partaning old qirrasiga nisbatan 65° qiya boladi.
1-topshiriq:
Harf elementlarini esga olish va mashq qilish ustida ishlash.




1-topshiriq:
Halqa elementli harflarni esga olish va mashq qilish ustida ishlanadi.


2-topshiriq:
Halqa elementli harflarni husnixat daftariga grafik qoidalarga amal qilgan holda yozish.
3-topshiriq:
Halqa elementli harflar uchun ko‘rgazma tayyorlash
4-topshiriq:
Halqa elementli harflarni o‘rgatish dars ishlanmasini tuzish.
Uyga vazifa:
1. Husnixat o‘qitish jarayoniga bog‘liq ta’limiy o‘yinlar tuzish.
2.Husnixat o‘qitish jarayoni dars ishlanmasini tuzish.
Yüklə 14,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə