Mavzu: b ayon yozish va insho yozish darslarini kuzatish mavzusi asosida tayyorlagan bir soatli dars ishlanmasi



Yüklə 69,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix22.03.2024
ölçüsü69,57 Kb.
#181238
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bayon yozish va insho yozish darslarini kuzatish



 
Abdulla Qodiriy nomidagi JDPU Boshlang'ich 
ta'lim va sport tarbiyaviy ish yo'nalishi 4-
bosqich 706-guruh talabasi Xayitbayeva 
Xuriyatning Ona tili o'qitish metodikasi 
fanidan seminar topshirig'i
Mavzu:B
ayon yozish va insho yozish darslarini 
kuzatish 
mavzusi 
asosida tayyorlagan bir soatli 
dars ishlanmasi 


B
ayon yozish va insho yozish darslarini 
kuzatish
Ona tili ta’limi bolalarning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish, erkin 
fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma ravishda 
ravon bayon qila olish, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma 
va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu o‘rinda ona tili ta’limiga o‘quv 
fani emas, balki, butun ta’lim tizimini uyushtiruvchi ta’lim jarayoni sifatida 
qaraladi.
Ona tili ta’limining kompetentlik yondashuviga asoslangan Davlat ta’lim
standartlari va o’quv dasturlari bolaning fikrlay olishi, ifodalangan fikrni anglashi 
va o‘z fikrini savodli, mantiqiy izchillikda bayon eta olish nuqtai nazaridan 
belgilanadi. 
Boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘quvchilarning ona tili ta’limi bo‘yicha 
tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar quyidagi uch parametr orqali aks 
ettiriladi: o‘qish texnikasi, o‘zgalar fikrini va matn mazmunini anglash hamda 
fikrni yozma shaklda bayon etish. 
Ma’lumki hozirgi kunda kishilar axborot dunyosida yashaydi. O’qishda va
kundalik faoliyatda muvaffaqiyatlarga erishish uchun zaruriy axborotga ega 
bo’lish hamda ularni izlab topish, undan keraklisini ajratib olish va
foydalanaishni o’rganish kerak. 
Yana o’quvchi bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lish bilan birga o’z 
fikrini boshqalarga tushuntira olishi, ularni tinglab tushuna olishi, bahsga 
kirishishi, ya’ni kommunikativ kompetentsiyaga ega bo’lishi lozim. 
Shu bilan birgalikda kundalik hayotda uchraydigan muammolarni hal etishda 
bilim, ko’nikma malakalaridan o’rinli foydalana olishlarini shakllantirish ham 
zarur. Bu vazifalarni ta’lim muassasalarida o’quvchilar o’quv fanlarini o’rganish 
jarayonida zaruriy bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lish bilan birgalikda, 
ulardan hayotiy ehtiyojlarda o’rinli foydalana olishlari kerak. Buning uchun Davlat 
ta’lim 
stnadartlari 
kompententlik 
yondashuviga 
asoslangan 
holda 
takomillashtirilishi lozim. 

Yüklə 69,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə