Mavzu: b ayon yozish va insho yozish darslarini kuzatish mavzusi asosida tayyorlagan bir soatli dars ishlanmasi


Ijtimoiy faol fuqarolik kompеtеntsiyasi-



Yüklə 69,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix22.03.2024
ölçüsü69,57 Kb.
#181238
1   2   3   4   5   6   7   8
Bayon yozish va insho yozish darslarini kuzatish

 
Ijtimoiy faol fuqarolik kompеtеntsiyasi- 
jamiyatda bo`layotgan voqеa, hodisa va 
jarayonlarga daxldorlikni his etish va faol ishtirok etish;
-o`zining fuqarolik burch va huquqlarini bilishi, unga rioya qilish (ya'ni xaridor, saylovchi, 
mijoz, ishlab chiqaruvchi sifatida faoliyat yurita olish);
-mеhnat va fuqarolik munosabatlarida muomala, iqtisodiy, huquqiy madaniyatga ega bo`lish;
-kasbiy mavqеining o`sishiga intilish bilan jamiyat va oilasi manfaatlari uchun xizmat qilish, 
yordamga muhtojlarga saxovatli bo`lish. 
Masalan:
4-sinf “Ona tili” darsligidagi 158-mashq orqali kundalik turmushda uchraydigan 
muammolarni hal eta olish va fuqarolik burch va huquqlarini bilishlari va 2-sinf “Ona tili” 
darsligidagi 179-mashq orqali kasbning inson hayotidagi o`rni hamda u orqali jamiyat hamda 
oilasi manfaatlari uchun xizmat qilish sifatlari, 196-mashq matni asosida yordamga 
muhtojlarga saxovatli bo`lish sifatlarini shakllantirish orqali ijtimoiy faol fuqarolik 
kompеtеntsiyasi shakllantiriladi. 
Umummadaniy kompеtеntsiyalar-
vatanga sadoqatli, insonlarga mеhr-oqibatli hamda 
umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e'tiqodli bo`lish; 
 
-badiiy va san'at asarlarini tushunish, ta'sirlana olish;
-orasta kiyinish, yurish-turishda madaniy mе'yorlarga va sog`lom turmush tarziga amal qilish,
umumbashariy ahamiyatga ega bo`lgan qadriyatlarni (urf odatlar, marosimlar, milliy-madaniy 
an'analar va.h.k.) bilish, unga hurmat bilan munosabatda bo`lish;
-o`zgalarga nisbatan mеhr-muruvvat, saxiylik, o`zgalarning dunyoqarashi, diniy e'tiqodi, milliy 
va etnik hususiyatlari, an'ana va marosimlarini hurmat qilish;
-xalqining tarixiy, ma'naviy va madaniy mеrosini avaylab asrash, jamiyatda o`rnatilgan odob-
axloq qoidalariga rioya qilish.
Masalan:
1-4-”Ona tili” darsliklarida berilga ”Vatan” haqidagi she’r va matnlar orqali 
o`quvchilarda Vatanga sadoqatli bolish va mehr oqibatli bo`lish xislatlari shakllantiriladi. 2-sinf 


“Ona tili” darsligidagi 79-mashq orqali o`quvchilarga orasta kiyinish, sog`lom turmush tarziga 
rioya qilish kabi xislatlar shakllantiriladi. 1-sinf “Ona tili” darsligidagi 95-104- 107-mashq, 2-
sinf “Ona tili” darsligidagi 245-284-mashqlar orqali o`quvchilarda xalqimizning tarixiy, 
ma’naviy va madaniy meroslariga, milliy-madaniy an'analariga xurmatda bo`lish sifatlari orqali 
umummadaniy kompеtеntsiyalar shakllantiriladi. 

Yüklə 69,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə