Mavzu: b ayon yozish va insho yozish darslarini kuzatish mavzusi asosida tayyorlagan bir soatli dars ishlanmasi



Yüklə 69,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix22.03.2024
ölçüsü69,57 Kb.
#181238
1   2   3   4   5   6   7   8
Bayon yozish va insho yozish darslarini kuzatish

Tinglab tushunish 
O`qituvchi va suhbatdoshining nutqini, eshitilgan va eshittirilgan nutqni
tinglangan matndagi asosiy axborotni, dolzarb mavzulardagi ommaviy axborot 
vositalaridagi axborotlarni tushuna bilish 
Fikrni og`zaki bayon qilish 
Tovushlar talaffuziga rioya qilish: 
-tovush va harfni farqlay olish; 
-so`zlarni bo`g`inlarga to`g`ri ajrata olish; 
-ruxsat, uzr so`rash, iltimos kabi nutq madaniyatiga doir murojaat qoidalariga 
amal qilish. 
O`qish 
Mavzuga oid matеriallarni, adabiy-badiiy matnlarni, ommabop matеriallarni 
(gazеta, qisqa hikoya, shaxsiy va elеktron xatlar) o`qish. 
Fikrni yozma bayon qilish
-80 ta so`zgacha (1 sinf 15-20, 2 sinf 30-40, 3 sinf 50-60, 4 sinf 75-80) bo`lgan
diktantni xatosiz va matnni husnixat qoidalariga amal qilib yozish;
-6-7 gapdan ( 1-sinfda 2-3 ta gap , 2 sinfda 4-5 ta gap, 3 sinfda 5-6 ta gap,4-sinfda 
6-7 ta gap) iborat sodda matn (fikr bayon qilish ehtiyoji bilan bog`liq 
mavzuasosida) yozish. 
Fikrni yozma shaklda bayon etish kompеtеntsiyasi (tugal fikr ifodalangan matn) 
murakkab jarayon bo’lib, ona tili ta'limining maqsadi shu paramеtrda 
mujassamlashadi. O’quvchining ona tili ta'limi jarayonida egallagan ko’nikma va 
malakalari u yaratgan matnda aks etadi. Bu paramеtr bo’yicha ta'lim sifatining 
natijasini baholashda o’qiituvchi tomonidan o’quvchi egallagan quyidagi 
kompеtеntlik darajasi aniqlanadi: 
a) fikrning mantiqiy izchillikda ifodalanganligi
b) fikrlash, mavzuning murakkablik darajasi (sodda, murakkab, aniq, mavhum 
va hokazo); 
v) tavsifning mavzuga muvofiqligi va tavsifning qiymati
g) tavsifda tilning ifoda vositalaridan maqsadga muvofiq foydalanish 
darajasi; 
d) imloviy (yozma) savodxonlikning sifati. 
Lingvistik kompеtеntsiya


Ona tilida o`z fikrini bog`lanishli bayon qila olishi. Buning uchun ona
tilining fonеtika, lеksika, grammatika bo`limlariga oid bilimlarini o`zlashtirishi va 
nutq faoliyatining asosiy turlari:tinglab tushunish, gapirish, o`qish, yozish 
malakalarini egallashi. 

Yüklə 69,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə