15-amaliy mashg‘ulot Ekstraksiya jarayonlarini hisoblash (2 soat)



Yüklə 32,43 Kb.
səhifə1/3
tarix30.12.2023
ölçüsü32,43 Kb.
#166762
  1   2   3
15. Ekstraksiya jarayonlarini hisoblash


15-amaliy mashg‘ulot
Ekstraksiya jarayonlarini hisoblash (2 soat).

Ekstraksiya deb, moddalarni (metall birikmalarini) eritmadan suvga aralashmaydigan suyuq organik fazaga o‘tqazishga aytiladi. Organik fazadan metall birikmalarini suv fazasiga o‘tqazish reekstraksiya deb ataladi.


O‘ta suyultirilgan eritmadan ekstraksiya-reekstraksiya yo‘li bilan yuqori konsentratsiyali eritma olishga ekstraksiya jarayonlari deb ataladi 13.1 - rasm.

13.1 rasm. Eritmadan metallni ekstraksiya usulida ajratib olish jarayoning prinsipial sxemasi
Xozirgi kunda gidrometallurgiyada ekstraksiya uran, indiy, talliy, germaniy, tellur moddalarini ajratib olish va tozalashda; misni ajratib olishda, kobalt va nikelni bir biridan ajratishda; volframni ajratib olishda va platina guruxidagi metallarni ajratib olish va tozalashida qo‘llaniladi.
Ekstraksiya jarayonida kuyidagi tushuncha va atamalar ishlatiladi.
Ekstragent - ertimadan ajratib olinishi kerak bo‘lgan metall ioni yoki molekulasi bilan birikma xosil qiluvchi va xosil qilgan birikmasi boshqa biror organik suyuqlikda erish xossasiga ega bo‘lgan organik modda. Bularga organik kislotalar, spirtlar, efirlar va boshqalar kiradi.
Suyultirgich - eksragentni suyultirish uchun xizmat qiluvchi, suvda erimaydigan suyuq organik modda (kerosin, ksilol, uayt - spirt va boshqalar).
Faollantirgichlar - eritmadagi metall ioni bilan oson ekstraksiyalanuvchi molekula yoki kompleks xosil qiluvchi anorganik moddalar.
Ekstrakt - ekstraksiyadan keyingi organik faza.
Rafinat- ekstraksiyadan keyingi suvli faza.
Reekstrakt - reekstraksiyadan keyingi suvli faza.
Regeneratsiya- ekstragentning dastlabki xossalarini qayta tiklash jarayoni.
Ekstraksiya jarayonining miqdoriy ko‘rsatgichlarini ifodalash uchun moddaning taqsimlanish koeffitsenti (D), ajratish koeffitsenti (β), taqsimlanish doimiyligi (Kd) va ajralish (ekstraksiya) darajasi (E) kabi atamalardan foydalaniladi.

Yüklə 32,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə