1. Og‘zaki nutqning tovush tizimi qaysi bo‘limda o‘rganiladi? A fonetikada b grafikada



Yüklə 16,5 Kb.
tarix08.05.2023
ölçüsü16,5 Kb.
#109059
fonetika


Fonetika 1
1.Og‘zaki nutqning tovush tizimi qaysi bo‘limda o‘rganiladi?
A) Fonetikada B) Grafikada
C) Orfografiyada D) Orfoepiyada
2. Nutq tovushlarining asosiy vazifasini toping.
A) so‘zlar tuzishda ishtirok etish
B) so‘z ma’nolarini farqlash
C) nutq hosil qilishda ishtirok etish
D) hammasi to‘g‘ri
3. Hali voqelanmagan imkoniyat tarzidagi, ma’lumjamiyat a’zolari uchun barobar xizmat qiluvchi ijtimoiy-ruhiy aloqa vositasi nima?
A) nutq B) til
C) til va nutq D) tovush
4. Tovushlarning qanday tomonlari bor?
1) fiziologik 2) akustik 3) vazifaviy
A) 1,2 B) 1,2,3 C) 2,3 D) 1,3
5. Zidlanayotgan ikki birlikni bir-biridann farqlash uchun xizmat qiladigan belgilar qanday belgi hisoblanadi?
A) birlashtiruvchi belgi B) farqlovchi belgi
C) umumiy belgi D) zidlovchi belgi
6. M va K undoshlari qaysi jihatdan o’xshash?
A) jaranglilik
B) Hosil bo’lish o’rniga ko’ra
C) Hosil bo’lish usuliga ko’ra
D) Barcha javoblar to’g’ri
7. Y va F undoshlarining birlashtiruvchi belgisini toping.
A) jarangli B) sirg’aluvchi
C) lab tishundoshi D) portlovchi
8. Hozirgi o’zbek adabiy tilida jarangsiz juftga ega jarangli undoshlar nechta?
A) 7 B) 8 C) 9 D) 10
9. Qaysi javobdagi barcha undoshlar jarangli undoshlar hisoblanadi?
A) b, p, m B) v,j, l C) v, k, j D) y, m ,q
10. Quyidagi gapda nechta ochiq bo‘g‘in borligini aniqlang.
Go‘zallik tuyg‘usini singdirmay turib barkamol insonni voyaga yetkazish mumkin emas.
A)12 ta B) 11 ta
C) 10 ta D) 9 ta
11. Yopiq bo‘g‘inlaridan biri faqat jarangli undoshlardan tashkil topgan so‘zni toping.
A) kitob B) paxta
C) sunbul D) toshloq
12. O ‘zak va qo ‘shimchalarga ajratish bilan b o’g ‘inga ajratish teng kelgan so‘zlarni toping.
1) o ‘yna; 2) o ‘yla; 3) sabrsizlikdan; 4) bargi; 5) suvsizlik; 6)ko ‘nglim; 7) tongga.
A) 2,3,5,7 B) 1,2,3,6,7
C) 1,2,5,7 D) 1,2,4,7
13. Qaysi qatorda qator undoshlar mavjud emas?
A) ilm, sabr B) tong, teng C) do ‘st, past D) hammasida qator undosh mavjud
14. Portlovchi undoshlar qator kelgan so ‘zlarni toping.
A) nutq, xursand B) mayl, xayr C) zavq, zabt D) qasd, stul
15. Quyidagi so'zlarning qaysi qatorida qo’shimcha qo'shilishi bilan tovush o'zgarishi sodir bo'lgan?
A) O'lcham, to'plam, о 'ymakor B) Shirinlik, ко 'pchilik. bog 'lam
C) Kо 'ylakchan, ко 'klam, о 'lguncha D) Guldiros. quvnoq, ovloq
16. Qaysi qatordagi so'zlarda tovush tushishi sodir bo'lgan?
A) Qo 'shni, chinni, shinni B)Jinni, ayni, ma 'ni
С) Sarg'ay, yarmi, ko’ngli D) Chayla, qayla, to’g'ri
17.Qaysi qatordagi so'zlarda tovush o'zgarishi sodir bo'lmagan?
A) Shahri, o'g'ri, bo'yni B) O'shanga, bunga,unga
С) O'roqqa, terakka, ко'kka D) Qoshida, poyaki, xomak
18.Qaysi qatordagi so'zlarda tovush ortishi sodir bo'lgan?
A) Shahri, o'g'li, bo'yni B) Nashida, poyaki, xo'raki
С) O 'roqqa, terakka, ко'kka D) Unga, о'shanga, bunga
19. Qaysi qatordagi so'zlarning portlovchi tovushi jonli tilda sirg'aluvchi kabi talaffuz etiladi?
A) Maqola, siqiq,tutmoq B) Maqsad, naqd, vaqt,
C) Chaqa, yoqa, baqa D) Takt, fakt. hit
20. Axloq, to’piq, tok so'zlariga qo'shimcha qo'shilganda, o'zakda vujudga keladigan fonetik o'zgarish qaysi qatorda to’g'ri ko'rsatilgan?
A) -ga qo'shimchasi qo'shilsa jarangli jarangsizga aylanadi
B) Unli bilan boshlanadigan qo'shimcha qo 'shilsa berilgan so 'zlarda jarangli jarangsizga aylanadi
C) Unli bilan boshlanadigan qo'shimcha qo'shilsa, berilgan so'zlarda jarangsiz tovush jarangliga aylanadi
D) Unli bilan boshlanadigan qo'shimcha qo'shilsa, to'piq so'zidagi jarangsiz jarangliga aylanadi
21. Suv ichsam ham chanqog’im bosilmadi.Ushbu gapda chanqog'im so'zi asliga ko'ra qanday fonetik o'zgarishlar natijasida hosil bo'lgan?
A) 2 ta tovush almashishi B) 1 ta tovush almashinishi, 1 ta tovush tushishi
C) 2 ta tovush almashinishi, 2 ta tushishi D) 1 ta tovush almashishi
22. Qanday hollarda un, uy so'zlariga -im omonim qo'shimchasi qo'shilsa qo'shimcha tarkibida fonetik o'zgarish bo'ladi?
A) Egalik qo 'shimchasi sifatida qo 'shilsa
B) Qarashlilik ma'nosini hosil qilish uchun ishlatilganda
C) So'z yasovchi qo'shimcha sifatida qo'shilsa
D) So 'z о'zgartiruvchi qo’ shimcha sifatida qo'shilsa
23. Qaysi so'zda yonma-yon kelgan undoshlarning oldingisi boshqa jarangli tovush sifatida talaffuz etiladi?
A. Taqsimot B. Taskin C. To'qson D. Tanbeh
24. O'rnimdan turib uy eshigini ochsam o'g'lim bilan o’rtogi sovuqdan qulog’I , burni qizarib ketgan holda kulib turardi. Ushbu gapdagi qo'shimcha qo'shilishi bilan tarkibida fonetik o'zgarish bo'Igan so'zlar miqdorini aniqlang.
A) 3 ta B) 4ta C)5 ta D) 7 ta
25. Metateza hodisasi qaysi qatordagi so'zda kuzatiladi?
A. Yurakka-yurakga B. Zarar-zaral C.Tuzsiz-tussiz D. Turpoq-tuproq
26. Urg'u orqali so'z ma'nolarini farqlash mumkin bo'lgan qatorni toping.
A) yangi, yigitcha, qishloqcha B) surma, kitob, hovli
C) tutma, chog'lar, mudir D) olma, anjir, muhit
27. Gapning ma'lum bir bo'lagiga alohida e'tibor berib, uning boshqa bo'laklardan ovoz kuchi bilan ajratilishi...
A) undalma deyiladi B) ajratilgan bo'lak deyiladi
C) so 'z urg 'usi deyiladi D) ma no urg'usi deyiladi
28. Bosh so'zlar imlosi haqidagi qaysi fikr noto'g'ri?
A.Har bir gap bosh harf bilan boshlanadi
B.She'rning har bir misrasi bosh harf bilan boshlanadi.
C.Atoqli otlar bosh harf bilan boshlanadi.
D. Atoqli otlardan hosil bo'lgan turdosh otlar bosh harf bilan yoziladi.
29. Fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan so'zni belgilang.
A. ketdi B. maktabga C.fikr D.buloqqa
30. Qaysi so'z imlo qoidasiga ko'ra xato yozilgan?
A) hayhot B) hatti-harakat C) xushhol D) xohlovchi
31. Qaysi qatordagi so'zlarning bo'sh o'rinlari h harfi bilan to'ldirilishi kerak?
A) i..los, mi.., i.cham B) i..roj, i.tiyor C) de..qon, e..rom D) i..tiro, i.tilof
32. Quyidagi so‘zlardan qaysilarida tutuq belgisi unlini undoshdan ajratib talaffuz etilishini ifodalash uchun qo‘yiladi?
1) qat…iy; 2) da…vo; 3) mo‘…jiza; 4) sur…at; 5) e…lon.
A) 1,4 B) 2,3,5
C) 1,3,4,5 D) 2,5
33. ayir so’ziga quyidagi qaysi qo’shimchalar qo’shilsa tovush tushishi sodir bo’ladi?
1.-ish; 2.-il; 3.-ma; 4.-i; 5.-im
A)1,2,4,5 B)2,3,4,5 C) 2,4,5 D)1,2,4
34. Qaysi so’z tarkibida portlovchi undosh mavjud?
A) sadoqat B)suvsiz C)yuzsiz D)foizsiz
35. Qaysi qatorda teskari o’qilganda ham ma’no beruvchi so’zlar berilgan?
A) motor, yo’l, tomon B) mato, kalit, ko’p
C) misol, yo’q, tom D) bahor, sim, gulzor
36. Hozirgi o’zbek adabiy tilida jarangsiz juftga ega jarangli undoshlar nechta?
A) 7 B) 8 C) 9 D) 10
37. M va K undoshlari qaysi jihatdan o’xshash?
A) jaranglilik
B) Hosil bo’lish o’rniga ko’ra
C) Hosil bo’lish usuliga ko’ra
D) Barcha javoblar to’g’ri
38. Qaysi so’zdagi til oldi undoshi og’zaki nutqda lab-lab undoshi sifatida talaffuz qilinadi?
A)ichdim B)shanba C)borib D)taqsim
39. Negadir undagi quvnoq davraga bo’lgan e’tibor susaydi. Ushbu gap tarkibidagi so’zlarda fonetik o’zgarishlarning qaysi biri kuzatilmaydi?
A)tovush tushishi B)tovush almashishi
C)tovush orttirilishi D)fonetik o’zgarishlarning uchchalasiyam mavjud
40. Berilgan qaysi so’zlarda qo’sh undosh bir undosh sifatida talaffuz qilinadi?
1. chaqqon 2. Million 3. Metall
A) 1,2,3 B)2,3 C)3 D)2
41. Berilgan so’zlardan qaysi biri bo’g’iz undoshi bilan boshlanishi kerak?
1. Xivich 2. Xorg’in 3. Xurram 4. Xovuch
A)1,2,4 B)2,3,4 C)2,4 D)1,3
42. Tilning eng orqa qismida hosil bo’ladigan undosh tovushlar qatorini toping?
A) q, x B) g’, k C) h, g D) j, z
43. Qaysi tovushlar talaffuz qilinganda, havoning bir qismi burun bo’shlig’idan chiqadi?
A) v, f, b, p B) m, n, ng C) ng, x, o’ D) q, g’, h
44. Malika opaning ikkala o’g’li shaharda o’qib,ulg’ayib bag’riga qaytdi. Ushbu gapdagi necha so’zda tovush tushishi hodisasi mavjud?
A) 1so’zda B) 2 so’zda C) 3 so’zda D) 4 so’zda
45. Qaysi so’zlar talaffuz qilinganda, bir burun tovushi boshqasiga almashinishi mumkin?
A) kitob, daftar B) shanba, yonbosh
C) zarur, maktab D) tartib, odob
46. Jarangli b undoshi qaysi qatordagi so‘zlar tarkibida jarangsiz p tarzida talaffuz qilinadi?
A) abjir, abgor B) do‘mboq, bog‘bon
C) dabdaba, gumbaz D) girdob, azob
47. Tilning old qismida hosil bo‘ladigan jarangli tovushlarni toping.
A) ch, k B) r, l C) b,m D) z,s
48. Qaysi yasama so‘z o‘zagida jarangsiz undoshlar mavjud emas?
A) ranjimoq B) ko‘zlamoq C) to‘shak D) balandroq
49. Qaysi qatordagi yasama so‘z unli va jarangli undoshlardan iborat?
A) ko‘makdosh B) gulchi
C) ulg‘ay D) gaplash
50. Qaysi olinma so‘zlarning oxirgi bo‘g‘inidagi unli tovush talaffuz qilinmaydi?
A) obraz, rektor, traktor
B) motor, geolog, direktor
C) termos, okean, direktor
D) obraz, monolog, geograf



Yüklə 16,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə