Hujjat stili



Yüklə 7,7 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü7,7 Kb.
#157759
1RDmVZhClB3nLh18ihdV4sxTiedPcsP7NZKxMVkd


Hujjat stili

Reja:

Sahifa va matn bilan ishlash

  • Latex buyruqlari teskari slesh “\” belgisidan boshlanadi va faqat lotin harflaridan iborat bo’ladi. Buyruq oxirida bo’sh joy, raqam va ixtiyoriy harf bo’lmagan belgidan foydalanish mumkin.
  • Latexda bo’sh joy belgisi buyruqdan keyin qo’yiladi. Lekin bu belgi o’rniga boshqa maxsus {} belgisini ham qo’yish mumkin. Masalan: Men ertaga barcha ishchi \TeX{}niklarimiz va \TeX nika mutaxasislarimiz bilan uchrashmoqchiman. Bugun \today

Sahifa va matn bilan ishlash

Misollar:

-Bugun 8-mart \textsl{Xalqaro-xotin qizlar bayrami}

Natija: Bugun 8-mart Xalqaro-xotin qizlar bayrami

-yangi satrga o'tish \newline yangi satr

Natija: yangi satrga o'tish

yangi satr

Shuningdek {} belgisini bu belgi oxiriga yozilgan buyruqga turli xil parametrlar berish uchun ham ishlatish mumkin. Bunda bir yoki bir necha parametr berish mumkin. Parametrlarni faqat {} belgisi bilan emas balki [] belgisi orqali ham joylashtirish mumkin.

Kiritiladigan fayl strukturasi

Fayl strukturasi

\documentclass{...}

dan boshlanadi. U hujjat qanday tipda yozilishini ko’rsatadi. Bu buyruqdan so’ng hujjat ko’rinishi, paketlarni yuklash va LATEXning qo’shimcha imkoniyatlarini yuklash boshlanadi. Bunday vazifalarni bajarish uchun

\usepackage{...}

buyrug’idan foydalaniladi. Bu buyruqdan so’ng matn tanasi boshlanadi. Bu buyruq quyidagicha yoziladi.

\begin{document}


\documentclass[12pt,a4paper]{article}
\usepackage[utf8]{inputenc}
\usepackage[T1]{fontenc}
\usepackage{amsmath} %matematik kutubxona%
\usepackage{amsfonts} %shriftlar bn ishlovchi kutubxona %
\usepackage{amssymb}
\usepackage{makeidx}
\usepackage{graphicx} %rasmlar bn ishlovchi kutubxona%
\usepackage[russianb]{babel} %bu kiril xarflardan foydalanish kutubxonasi%
\usepackage[left=1.00cm, right=1.00cm, top=1.00cm, bottom=1.00cm]{geometry} %listni hamma tomonidan joy tashlash%
Fayl strukturasi

Kiritiladigan fayl strukturasi

Endi LATEX buyruqlari yordamida matnni kiritamiz va oxirida

\end{document}

buyrug’i yordamida hujjatni yopamiz. Masalan:

\documentclass{article}

\usepackage[russian]{babel}

\begin{document}

Latexdagi oddiy hujjat.

\end{document}

Sahifa o’lchamlari

Latexda sahifa o’lchamlarini aniqlash uchun maxsus buyruqlardan foydalaniladi. Bunda sahifaning turli qismi uchun turli buyruqlar mavjud. Odatda sinf e’lon qilinganda sinfga mos sahifa o’lchamlari avtomatik aniqlanadi. Sahifada foydalaniladigan asosiy buyruqlardan biri \marginpar buyrug’i bilan tanishamiz. Bu buyruqdan asosan sahifaning o’ng qismini belgilashda foydalaniladi. Masalan:

\marginpar[chegara]{chap chegara shu yer}

Shuningdek \reversemarginpar va \normalmarginpar buyruqlaridan ham foydalanish mumkin. Sahifaga tegishli buyruqlardan yana biri butun sahifa bo’yicha matn shriftini berish buyrug’idir. Bunda \normalfont yoki \textnormal(matn) buyrug’idan foydalanishingiz mumkin

Titul varag’i va mundarija

Hujjat haqida ma’lumotlar ya’ni hujjat muallifi,yaratilgan vaqti hujjat nomi va boshqa ma’lumotlarni standart kiritish buyrug’i bu \maketitle buyrug’idir.\title{nom} buyrug’i yordamida hujjat nomi kiriti ladi.\author(muallif) buyrug’i yordamida esa hujjat mualliflarini kiritish mumkin. \date{sana} buyrug’i yordamida esa hujjat yaratilgan vaqtini kiritish mumkin.Bu buyruqlar yozib bo’lingandan so’ng izoh uchun \thanks{izoh} buyrug’idan foydalanish mumkin. Izohlar haqida biz keyingi mavzularda batafsil to’xtalib o’tamiz. \author buyrug’ida mualliflar soni ko’p bo’lgan hollarda ularni ajratish uchun \and buyrug’idan foydalanish mumkin. Shuningdek sinflardagi standart sahifa parametrlari sizni qoniqtirmasa \begin{titlepage} ... \end{titlepage} tanasi yordamida sahifa parametrlarini o’rnatish mumkin. Bunda sahifani raqamlash 1 dan boshlanadi.

Mundarija yozish qoidasi

Masalan:

1.Kirish …………………………………………………………….3

2.Masalaning.lishi………………………………………………...4

3.Asosiy.………………………………………………………………10

4.Xulosa……………........ ………………………………………..18

5.Adabiyotlar....…………..... ………………………………………..18

1.Kirish \dotfill 3\\

2.Masalaning qo’yilishi \dotfill 4\\

3.Asosiy natija \dotfill 10\\

4.Xulosa \dotfill 18\\

5.Adabiyotlar \dotfill 18\\

Mundarija yozish qoidasi

  • Bunda $ belgi ishlatilmaydi,\dotfill komandasi yetarlicha nuqtalar qo’yadi. Betlar nomeri o’ng chetdan avtomatik ravishda qo’yiladi. Agar mundarijada §-paragraf belgisi ishlatilsa , \S komanda ishlatiladi. $ belgi qo’yilmaydi.

Sahifani raqamlash

Odatda sahifani raqamlashda odatiy raqamlardan foydalaniladi. Lekin agar bunday raqamlash sizni qoniqtirmasa raqamlash ko’rinishini o’zgartirishingiz mumkin. Bu ishni \pagenumbering{format} buyrug’i orqali bajarish mumkin. Bu buyruq orqali tanlangan raqamlash formati butun hujjat sahifalariga ta’sir qiladi. Quyidagi formatlar mavjud:

arabic roman Roman alph Alph

Sahifa ko’rinishi


Sahifa parametrlari
1-chizma
Yüklə 7,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə